Oq husayni. Keng tarqalgan mahalliy Markaziy Osiyo navi O‘zbekistondan tashqarida juda uzoqlarda ham ma’lum. Av-
|
gustning
|
oxirlarida sentabrning
|
|
|
boshlarida to‘liq
|
pishib
|
yetiladi.
|
|
|
G‘ujumlarining qandliligi
|
17–19
|
|
|
foiz, kislotaliligi 2,8–3,2 lg ga ye
|
|
|
tadi. Bu navning variatsiyasi mur-
|
|
|
chamiyon husayni asosiy kloni-
|
|
|
dan
|
farq
|
qilib;
|
g‘ujumlarining
|
|
|
o‘rtasi
|
ingichkalashgan
|
bo‘ladi.
|
|
|
Kelin barmoq husayni g‘ujumi bi-
|
|
|
roz egilgan va ancha uzun.
|
|
|
|
Pushti
|
|
toyifi.
|
Kechpishar
|
|
38-rasm. Uzum. «Oq husayni»
|
nav
|
bo‘lib
|
O‘zbekiston
|
sha-
|
|
roitida
|
sentabr
|
oyida
|
pishadi.
|
|
navi.
|
Asli
|
Arabistondan
|
keltirilgan.
|
|
|
Markaziy
|
|
Osiyo,
|
jumladan
|
|
|
O‘zbekistonning
|
barcha
|
vilo
|
|
|
yatlarida
|
keng tarqalgan. Bargi
|
|
|
o‘rtacha, to‘q yashil, orqa to-
|
|
|
monida
|
tomirlari bo‘ylab
|
kalta
|
|
|
tuplari bor, guli ikki jinsli. Bir
|
|
|
bosh
|
uzumining
|
og‘irligi
|
700–
|
|
|
900 gr va undan ortiq. Tupi
|
|
|
kuchli
|
o‘sadi, gektaridan
|
150–
|
|
|
250 sentner hosil olish imkoni-
|
|
|
yatiga ega, kasallikka chidamli.
|
|
|
Vinobop
|
navlar.
|
|
Aliatika.
|
|
|
Bu nav Italiyadan kelib chiqqan.
|
|
39-rasm. Uzum. «Pushti toyifi»
|
Uzum boshlari og‘irligi 200 gr,
|
|
silindrsimon,
|
kamroq
|
qanotchali.
|
|
navi.
|
Bu navning uzumidan «aleatiko»
|
|
|
|
markali to‘q yoqut rangli, nozik ta’mli, kuchli, yoqimli muskat hidli vino, shuningdek, desert va o‘rtacha shirin vinolar tayyorla-nadi. O‘rtacha hosildorligi 250–300 s/ga.
Allegote. Bu nav Fransiyadan kelib chiqqan, uzum bosh-lari o‘rtacha 140–175 gr, silindr-konussimon shaklda, baland
qanotchali, tig‘iz shakli o‘zgargan, g‘ujumlari bo‘ladi. G‘ujumlari o‘rtacha yirik, yumaloq, yashilroq rangda bo‘ladi. O‘rtacha hosil-dorligi 250–300 s/ga.
Qora vassarga. Mahalliy nav bo‘lib, Qashqadaryo viloyati ning Kitob tumanida keng tarqalgan. Uzum boshlari katta, ko-nussimon shaklda, qanotchali, o‘rtacha tig‘iz, g‘ujumlari yum-aloq, eti sersuv. Po‘sti pishiq, biroz mumsimon, g‘uborli. G‘ujumi tarkibida 25 foiz shakar bor. Kislotaliligi 4,2–6,3 lg. Hosildorligi o‘rtacha.
Kaberne sovin’on. Fransuz navi, uzum boshlari o‘rtacha 130– 150 gr, silindrsimon shaklda, ko‘pincha qanotchali tig‘iz bo‘ladi, g‘ujumlari o‘rtacha, yirik yumaloq, to‘q ko‘k rangda va sirti kuchli mum g‘uborli. Po‘sti qalin, meva eti sersuv. Shirasi rang-siz bo‘ladi, ta’mi o‘ta mazali bo‘lib, o‘ziga xos xushbo‘y. Meva-sining tarkibida 24,2–24,6 foiz shakar bor. Kislotaliligi 7–8 lg. Hosildorligi o‘rtacha yuqori. Nisbatan qurg‘oqchilikda chidamli.
Risling. Bu nav Germaniyadan kelib chiqqan, uzum bosh-lari katta silindr-konussimon shaklda, tig‘iz bo‘ladi. G‘ujumlari mayda yumaloq och yashil rangda. Po‘sti o‘rtacha qalin eti ser-suv, eriydigan bo‘ladi.
Saperaviy. Gruzin navi bo‘lib, keng tarqalgan. Bargining orqa tomoni to‘r bilan qalin qoplangan. Uzum boshlari o‘rtacha 150 gr, konussimon shaklda, sershox, siyrak, yoki o‘rtacha tig‘iz. G‘ujumlari o‘rtacha yirik, ovalsimon shaklda, qora rangda bo‘lib, yetarli darajada qalin mumsimon g‘ubor bilan qoplangan. Eti sersuv, po‘sti yupqa, pishiq, g‘ujumlarining qandliligi 20– 22 foiz, kislotaliligi 6,1–7,6 lg, ayrim yillari 8 lg gacha yetadi. O‘zbekiston sharoitida bir gektardan 300–350 sentner hosil be rish imkoniyatiga ega.
Soyaki – mahalliy nav bo‘lib, Toshkent viloyati zonasida tar-qalgan. Uzum boshlari juda ham katta (750–800 g) konussimon shaklda, sershox, o‘rtacha tig‘iz, po‘sti yupqa, o‘rtacha pishiq, eti sersuv, ta’mi o‘ziga xos bo‘lib, sentabrning birinchi yarmida pi-shadi, g‘ujumi tarkibida 17–20 foiz va undan ortiq shakar bor. Hosildorligi yuqori.
Pobeda. Bu VIR ning Markaziy Osiyo stansiyasida zabolkon navining gamburg muskati bilan chatishtirish natijasida hosil qi lingan yangi xo‘raki nav, g‘ujumi qora rangda. Juda yirik, uzun-choq, seret, qarsillaydigan. Uzum boshlari katta, silindrsimon shaklda, sershox, o‘rtacha tig‘iz yoki siyrak. Bargi juda bo‘lingan. Besh bo‘lakli to‘rsiz bo‘ladi. Hosildorligi yuqori, kasalliklarga chidamli.
Muskat charosi. VIR ning Markaziy Osiyo stansiyasida ye-tishtirilgan, o‘rta muddatda pishadigan, tashishga yaxshi chi-daydigan yangi xo‘raki nav. Guli ikki jinsli, g‘ujumi qora rang-da, yirik, ovalsimon shaklda. Uzum boshlari katta silindrsimon shaklda, o‘rtacha tig‘iz yoki siyrak. Bargi o‘rtacha kesilgan besh bo‘lakli och rangda bo‘ladi.
Rizamat. Bu uzum boshlari yirik, chiroyli, a’lo sifatli mayizbop-xo‘raki yangi nav bo‘lib, R.R.Shreder nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot ins titutining Samarqand filialida yetishtirilgan. Guli ikki jinsli. G‘ujumi juda yirik, silindrsimon shaklda, pushti rangda bo‘ladi. Uzum boshlari katta, siyrak, konussimon shaklda, o‘rta mud-datda pishadi. O‘zbekiston sharoitida 320–350 s/ga hosil berish imkoniyatiga ega.
Nazorat savollari:
Uzumchilik sohasi nimani o‘rgatadi?
O‘zbekistonda uzumchilikning istiqboli qanday?
Ilmiy-tadqiqot institutlarining asosiy vazifalari nimalardan iborat?
Tok butalarining kelib chiqishini ayting.
Uzumchilik sohasida katta yutuqlarga ega bo‘lgan xo‘jaliklarni ay-ting.
Uzumdan qaysi maqsadlarda foydalaniladi?
124
8-amaliy mashg‘ulot
2. ТОК MORFOLOGIYASI.
ТОКning TUZILISHINI O‘RGANISH
(2 soat)
Ishning maqsadi: Talabalarni tok tupining yer ostki qismi – ildiz tizimining morfologik tuzilishi va rivojlanishi bilan hamda yer ustki qismlarining tuzilishi va rivojlanishi bilan tanishtirish.
Material va jihozlar:
1. A.Ribakov va boshq. O‘zbekiston uzumchiligi. – T.: 1969.
2. Sh.Temurov. Uzumchilik. – T.: 2002.
3. Tok tupining namunalari, har xil uzum navlari konserva-lari.
Asosiy tushunchalar:
Tok tupi ham boshqa mevali daraxt ekinlari singari yer ostki qismi – ildiz tizimidan va yer ustki qismlaridan tuzilgan. Tok ildizlari ko‘paytirish usuliga, tuproq tipiga, yer osti sizot suvlari ning joylashish chuqurligiga qarab har xil o‘sadi. Tok qalam-chasidan ko‘paytirilganda ildizlari popuk ildiz bo‘lib, har qaysi bo‘g‘indan rivojlanadi, qalamchalar chuqur va qiya ekilsa yaxshi rivojlangan ildizlar paydo bo‘ladi, yuza ekilganda esa kam rivoj lanadi.
Tok ildizlari 3 qismdan iborat: yuza, shudring shimuvchi ildizlar; o‘rta ildizlar; asosiy ildizlar.
Tokning yer ustki qismlariga: kundasi, ko‘p yillik novdalari, bir yillik ko‘k novdalari va ulardagi barglari, jingalaklari, gul to‘plami, gullari, mevasi va urug‘i kiradi.
Tok asosan qalamchalaridan ko‘paytirilgani uchun soxta ildiz bo‘g‘zi bo‘lib, undan so‘ng kundasi rivojlangan. Tok kundasining balandligi o‘stirish usuliga qarab har xil bo‘ladi.
Tok barglari oddiy barglar bo‘lib, nav belgisiga qarab, shakli, rangi har xil bo‘ladi. Bir gektar tokzorda 3–4 gektargacha barg yuzasi bo‘lib, ko‘p miqdordagi suvni parlatadi. Masalan, tokning Oq kishmish navi butun yillik o‘suv davrida bir gektar yerdan 11 ming metr kubgacha suvni parlatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |