Ishni bajarish tartibi: Talabalar yangi uzilgan o‘simlik, belgilab olingan gul va mevalardan, gerbariy va ma’lumot nomalardan va adabiyotlardan foydalanib, yong‘oqdoshlar oilasiga mansub turlarning botanik, morfologik va xo‘jalik belgilarini o‘rganadilar. Mashg‘ulot jarayonida talabalar yong‘oqdoshlar oilasiga kiruvchi yong‘oq, pekan va pista o‘simliklaridan foydalanadi va 6-jadvalni to‘ldiradilar.
Tur
Yong‘oq
Pekan
Pista
|
Daraxt
|
Balandligi, sm
|
Shox-shabbasiningdiametri,sm
|
|
|
6-jadval
|
Hosilga kirish yili
|
Yashash muddati
|
Bir yillik novdasiningo‘rtachauzunligi,sm
|
|
|
|
10. MEVALI DARAXTLARniNG RIVOJIlANISH DAVRLARI, O‘SUV vА TIniM FAZALARI. MEVALI O‘SIMliKLARGA TASHQI MUhiTNING TA’SIRI (2 soat)
Mevali daraxt yer ustki qismining bo‘yi baland yoki past bo‘lib birinchi navbatda o‘stirilayotgan meva turi va ularning navlariga bog‘liq bo‘lsa, ikkinchidan payvandtaglarga va uchin-chidan qo‘llaniladigan agrotexnikaga bog‘liq.
Daraxtning ildiz bo‘g‘zidan yuqori qismi o‘simlikning yer ustki qismi hisoblanadi. Mevali daraxt ko‘chatlari to‘g‘ri ekil-ganda uning ildiz bo‘g‘zi, ya’ni kurtak payvand qilingan qismi yer betiga tarqalgan holda tuproq ustida yerga zich tegib turadi. Payvandtag yoki payvand ustning ayrim biologik xususiyatlari-ga binoan daraxtning ildiz bo‘g‘zida shish paydo bo‘ladi.
Masalan, olchaga gilos payvand qilinganda daraxtning ildiz bo‘g‘zidan yuqorisi yo‘g‘onroq bo‘ladi. Chunki olma, olcha, gilos navlari uchun payvandtag hisoblanganligidan gilos kuchli, olcha esa kuchsiz bo‘ladi.
Yuqorida aytilganidek, ildiz bo‘g‘zidan to birinchi yon shoxi o‘sib chiqqan yerigacha qismi tana deyiladi. Tananing vazifasi juda kattadir. Daraxtning ildizi yerdan o‘zlashtirilgan oziq mod-dalarni nam bilan daraxtning shox-shabbalariga o‘tkazadi.
Barglarida paydo bo‘lgan plastik organik moddalarni ildiz tizimiga yetkazib beradi. Kuchsiz payvandtaglarda o‘stirilgan olma daraxtlari tanasining balandligi 30–40 sm, kuchli payvand-taglarda o‘stirilgan olma va boshqa mevali daraxtlar tanasining balandligi 50–70 sm bo‘ladi.
Tanani haddan tashqari baland va past bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Tana haddan tashqari baland bo‘lsa, daraxt-ning shox-shabbalari balandlashib ketadi, shamol ta’sirida bir to-monga egilishi yoki mevasi to‘kilib ketishi mumkin.
Baland bo‘yli daraxt shox-shabbalaridan hosilni terib olish, uni parvarishlash va hosilli shoxlar tagiga tirgovuchlar qo‘yish ham ancha qiyinlashadi. Tana haddan tashqari pasayib ketsa da-raxtning shox-shabbasi atrofida tarvaqaylab o‘sganligidan ular
bog‘ qator orasida mashinalarning erkin yurishiga xalaqit be-radi.
Tuprog‘i sho‘rlangan yerlarda ham tananing balandligi 10– 20 sm dan kamroq bo‘lganida daraxtning shox-shabbasi quyuqlashib yerga yaqinroq o‘sadi.
Daraxt tanasining hamda po‘stining shikastlanmasligiga qu yosh nuri ta’sirida qattiq sovuqdan saqlanishga alohida ahamiyat berilishi lozim. Markaziy lider shoxda kelgusida navbatdagi ya-ruslar barpo qilinadi.
Markaziy tanadan o‘sib chiqqan yosh shoxlar birinchi tartib shoxlar, ikkinchi tartib shoxlardan uchinchi tartib shoxlar va shunga o‘xshash bir necha tartib shoxlar paydo bo‘ladi.
Tana tepasidagi har tomonga yoyilib o‘sgan shox, butoq va novdalar daraxtning shox-shabbasi deyiladi.
Shox-shabbaning o‘sayotgan qismida barglar, gullar va turli shaklda kurtaklar chiqargan yangidan-yangi novdachalar pay-do bo‘ladi. Turli mevali daraxtlarda hosil novdachalari turlicha bo‘ladi. Chunonchi olma, nok kabi urug‘li meva daraxtlarida uzunligi 3–5 sm bo‘lgan halqali meva chiviqlari, meva nayza chalari bo‘ladi.
Danakli meva daraxtlarida esa nihlar buketli novdachalar, halqasimon novdachalar kabi hosil novdachalar mavjud. Tana po‘stloq bilan qoplangan: po‘stning sirtqi qavati hujayralardan iborat. Ostki, ikkinchi qavatining hujayralarida bargida hosil bo‘ladigan organik moddalar harakatlanadi. Barg bilan qoplan-gan bir yillik shoxcha novda deyiladi.
Mevali daraxtlarning shox- shabbalari piramidasimon, shar-simon va yoyiq bo‘ladi. Qlcha va gilos hosil shoxchalari qisqa bo‘ladi, ularning ichida o‘sish kurtagi va yonida yonma-yon joylashgan gul kurtaklari turadi. Bu xil meva shoxchalari dasta deyiladi.
Bundan tashqari danakli mevalarda ham o‘sish va gul kur-taklari aralash hosil shoxchalari bo‘ladi. Novdadagi har bir barg qo‘ltig‘ida kurtak bo‘ladi, bular yon kurtak deyiladi. Novdaning ichida ustki kurtak bo‘ladi. Yon kurtaklarning hammasi ham
o‘savermaydi. Bunday kurtaklar uyquga ketuvchi kurtaklar de yiladi.
Mevali daraxtlarda kurtaklar yoz davomida shakllanadi, meva kurtaklari dumaloq, uchi to‘mtoq, o‘sish kurtaklari esa yumaloqroq va uchi nayza bo‘ladi. Urug‘li meva daraxtlarida ba’zan meva kurtaklaridan gul va novdalar o‘sib chiqadi, bu kur-taklar aralash kurtaklar deyiladi.
O‘zbekiston sharoitida olma, nok va olcha daraxtlarida hosil-li va o‘suvchi kurtaklar iyun oyining oxiri iyulning boshlarida, gilosda iyul oyining ikkinchi yarmida, o‘rikda iyul oyining uchinchi o‘n kunligida shakllana boshlaydi.
1 2 3 4 5 6
7 8 9 10
11 12 13 14
Do'stlaringiz bilan baham: |