Bog‘dorchilik o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari uchun o‘quv qo‘llanma sifatida tavsiya etilgan «O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati»



Download 2,33 Mb.
bet27/126
Sana27.01.2022
Hajmi2,33 Mb.
#414076
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   126
Bog'liq
bogdorchilik

Asosiy tushunchalar:


Yong‘oq. Shimoliy yarim sharda to‘qqizga yaqin, janubiy yarim sharda esa bir qancha turlari bor.

Yong‘oq daraxtining yog‘ochi, ayniqsa, tanasidagi g‘uddasi qimmatli hisoblanadi. Undan chiroyli mebel ya sanoatda ish-latish uchun detallar tayyorlashda foydalaniladi.




23-rasm. Yong‘oq. «Bostonliq», «Tezpishar» va «Yupqa po‘choq» navlari.

56


Yong‘oq ajoyib dekorativ daraxt hisoblanadi. Undan ixota daraxtzorlar barpo qilishda foydalaniladi. Bundan tashqari ko‘l va daryolar bo‘ylariga o‘tqaziladi, chunki uning ildizi baquvvat bo‘lib, yerga chuqur kiradi va tuproqni yuvilishdan saqlaydi.

Yong‘oq daraxtining bo‘yi 2,5–3 m gacha, diametri 1,5–2 m ga yetadi, shox-shabbasi shar yoki qubbasimon shaklda. Ildizlari baquvvat bo‘ladi. Tana va asosiy shoxlarining asosida yashirin kurtaklar ko‘p bo‘ladi. Yong‘oq bir uyli, lekin gullari ayrim jinsli o‘simlikdir. Erkak kuchalalari o‘tgan yilgi novdalarining uchi-da, urg‘ochi gullari esa shu yili ko‘kargan novdalarining uchida joylashadi. Erkak gullari o‘tgan yilgi barg qo‘ltiqlarida paydo bo‘ladi, urg‘ochi gulining murtagi esa o‘tgan yilgi yozda novda-lar uchidagi sharsimon kurtaklarda hosil bo‘lib, faqat kelgusi yili ko‘klamda rivojlanadi. Barglar yozilishidan­ oldin, martning ik-kinchi yarmi, aprelning boshlarida, tog‘li rayonlarda uch–to‘rt hafta kechroq gullaydi. Ko‘pchilik navlarning erkak va urg‘ochi gullari bir vaqtda gullamaydi. Shuning uchun yong‘oqzorlarga changlovchi navlar o‘tqazish talab qilinadi.


Yong‘oq daraxti 8–10-yildan boshlab hosilga kiradi. O‘tqazilgandan keyin ikkinchi yiliyoq hosil beradigan xillari ham bor. Yong‘oq 25–35 yillik bo‘lganda mo‘l hosil beradi va har tupi 100–150 kg, ba’zilari esa 300–500 kg hosil beradi. U har yili hosil beradi. Yong‘oq sentabrning ikkinchi, yarmi – oktabrning bosh-larida pishadi. Mevasida 40–50 foiz, kamdan-kam hollarda 60 foiz mag‘iz bo‘ladi. Yong‘oq daraxtining ayrim tuplari 300 yilgacha yashaydi.




Pekan. Pekan daraxtining yog‘ochi qattiq, egiluvchan bo‘lib, dub va shumtol daraxtlarining yog‘ochiga o‘xshaydi.

Pekan – chiroyli, yirik va ko‘p yashaydigan (500 yilgacha), bo‘yi 30–60 m gacha yetadigan daraxt bo‘lib, shox-shabbasining kengligi 35 m, tanasining diametri ayrim hollarda 2 m gacha yetadi.


Erkak kuchalasi bitta gulbandda uchtadan bo‘lib, novdalari­ ning asosida joylashadi. Urg‘ochi gullari bitta gulbandda uch-to‘rttadan (dasta) bo‘lib, shu yilgi novdaning uchida joylashadi.



57


Mevasi – soxta danak, ko‘pincha cho‘zinchoq, ingichka uchli, meva yoni ingichka va mo‘rt bo‘ladi.


Pista. Pista bargining bujgini (gullari)dan gilamlarni bo‘yash uchun qizil rang, shuningdek, tannin olinadi. Yog‘ochidan oli-nadigan smola bo‘yoqchilik ishlarida qimmatli mahsulot hisob­ lanadi. Qattiqi va chiroyli yog‘ochidan turli-tuman buyumlar ishlashda foydalaniladi. Pista Markaziy Osiyoda yovvoyi holda o‘sadi. Pista bo‘yi 5–6 m keladigan daraxt va buta o‘simlik bo‘lib, chuqur joylashadigan baquvvat ildizlari bo‘ladi.

Vegetativ yo‘l bilan ko‘paytirilganda beshinchi yili, urug‘idan o‘stirilganda esa 8–10-yili hosilga kiradi. Pista ikki uyli o‘simlik bo‘lib mart–aprelda gullaydi va shamol yordamida changlanadi. Mevasi sentabrda pishadi. Yovvoyi holda o‘sayotgan pistaning bir tupi 3–5 kg, ekib o‘stirilganda esa 40–80 kg gacha hosil be-radi.





Download 2,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish