Ishni bajarish tartibi: O‘zbekistonda tavsiya etilgan tok butalarini joylashtirish tartibini inobatga olib, ekish tartibiga binoan kerak bo‘ladigan tok ko‘chatlarini hisoblab, 15-jadvalni to‘ldiradilar.
|
|
|
|
12-jadval
|
|
|
|
1 qator uchun
|
1 gektar tokzor
|
Qatorlar ora-
|
Qatordagi tup
|
1 gektar
|
talab
|
uchun
|
sidagi masofa
|
oralari
|
qatorlar
|
qilinadigan
|
sarflanadigan
|
(m)
|
(m)
|
soni
|
ko‘chat
|
ko‘chat
|
|
|
|
miqdori (dona)
|
miqdori (dona)
|
|
|
|
|
|
2,0
|
1,5
|
|
|
|
|
|
|
|
|
2,0
|
2,0
|
|
|
|
|
|
|
|
|
2,5
|
1,5
|
|
|
|
|
|
|
|
|
2,5
|
2,0
|
|
|
|
|
|
|
|
|
2,5
|
2,5
|
|
|
|
|
|
|
|
|
3,0
|
1,5
|
|
|
|
|
|
|
|
|
3,0
|
2,0
|
|
|
|
|
|
|
|
|
3,0
|
2,5
|
|
|
|
|
|
|
|
|
3,0
|
3,0
|
|
|
|
|
|
|
|
|
2,5
|
4,0
|
|
|
|
|
|
|
|
|
140
TOKZORLARNI PARVARISH QILISH
(2 soat)
Yosh va meva beradigan tokzorlarni parvarish qilish. Tok o‘simligini o‘stirishda barcha parvarish ishlari uning hosil or-ganlarini rivojlantirishga qaratilgan bo‘lishi lozim. Shaklga so-linib simbag‘az yoki boshqa o‘stirish usullari orqali tokning ko‘p va bir yillik qismlarini joylashtirish o‘simlikni parvarish qilishni osonlashtiradi.
Uning yorug‘lik, issiqlik va boshqa ekomuhitlardan sama-rali foydalanishiga imkon yaratadi. Bu esa, o‘z navbatida, tok-dan muntazam va sifatli hosil yetishtirishga zamin yaratadi. Tokzorlarni mexanizatsiya yordamida ishlash, tuplarni ko‘mish va ochish kasallik hamda zararkunandalarga qarshi kurashish, hosilni terib olish uchun qulay sharoitlar tug‘diradi.
Tok ekilgach birinchi yildan uni kesish, novdalarni tarab, bog‘lash, novdalar uchini chilpish, xomtok qilish, navning biologik xususiyatlari hamda tuproq-iqlim sharoitlariga xos bo‘lgan shakl beriladi. Shakl berilgan tok tupining asosiy qismlari quyidagilardan: uning tanasi (shtambi), tup tuzilishi-ni tashkil qiluvchi zang va moddalar hamda hosil beruvchi va hosilsiz navlardan tashkil topadi (Sh. Temurov, 2002).
Tana (shtamb) o‘simliklarning ildiz bo‘g‘zidan birinchi shoxlanishgacha bo‘lgan qismi hisoblanadi. Baland, o‘rtacha va past bo‘lishi mumkin. Ko‘miladigan joylarda tok tuplari ta-nasiz, ko‘milmaydigan joylarda esa turli balandlikda tana qilib o‘stiriladi.
Kallak – tananing ustki keng va yo‘g‘onlashgan qismi, novdalarni muntazam kalta kesish natijasida shakllanadi. Aso-san, undan ko‘p yillik (zang) tok rivojlana boshlaydi.
Zang – tok tupining asosi, ya’ni tanasida rivojlangan ko‘p yil-lik novda, 4–6 va undan ko‘p shakllantirib, turli yo‘g‘onlikda va uzunlikda, doimiy va o‘zgaruvchi bo‘lishi mumkin. Vaqti-vaqti bilan yoshartirib, yangilar shaklida terib boriladi.
Hosilli novdalar – bulturgi novdalardan o‘sib chiqqan bir yillik pishib yetilgan novdalar. Odatda xo‘raki novdalar 8–16,
41-rasm. Tok tupining yelpig‘ichsimon shakli.
hatto 20 tagacha, vinobop navlarda esa 6–12 ko‘z qoldirib kesi-ladi. Kelgusi yil ulardan yana hosilli va hosilsiz novdalar rivoj lanadi.
Novdacha (kalta novda) – 3 ta ko‘z qoldirilib, kalta kesiladi-gan bir yillik novda. Kelgusi yili ulardan rivojlangan hosilli va o‘rinbosar novdachalardan iborat meva zvenosini shakllantirish mumkin.
Tana va zang tok tupining asosiy tayanchi hisoblanadi. Tok-ka shakl berishning bir qancha usullari mavjud: kallakli, kosa-simon, bir va ikki yelkali (tomonli) Gyuyo, ko‘p zangli (qo‘lli) yelpig‘ichsimon, yarim yelpig‘ichsimon, tik va yotiq kardon, ba land shtakali va h.k.
Tok tuplariga qulay va kerakli shakl berishda quyidagilar-dan kelib chiqish lozim: tanlangan shakl tok navining bio logik xususiyatlariga, o‘sish kuchiga, o‘stirish usullariga, yorug‘lik va issiqlikdan unumli foydalanishga, noqulay iqlim sharoitlariga, kuzgi, qishgi, bahorgi sovuqlar ta’siriga, parva-rish ishlarini qulaylashtirish va boshqa talablarga javob beri-shi lozim.
O‘zbekiston sharoitida tok, asosan, qishda ko‘milishi sababli unga tanasiz, ko‘p zangli, yelpig‘ichsimon shakl beriladi. Tok ko‘milmaydigan janubiy rayonlarda baland tanali (80 sm va un-dan ko‘p) qilib shakl berish mumkin.
Yelpig‘ichsimon shakl berish-da har bir tok tupida 4–6 ta zang shakllantiriladi. Har bir zangda 2–3 va undan ortiq hosil zvenosi bo‘lishi mumkin.
Turli sabablar bilan shikast-langan zanglarni almashti-
rish (yangilash) maqsadida tok tup asosi (kundasi)dan yaxshi rivojlangan novda o‘rinbosar novda shaklida (4–6 ko‘z) qo‘li qoldiriladi. Bunday shakl beril-
gan tok tuplari tik simbag‘az va sifatli hosil beradi. Kuchli o‘suvchi xo‘raki va kishmishbop navlar soyabonli simbag‘az, ishkom, xiyobon so‘rilarida o‘stirilib, ulardan mo‘l hosil olish mumkin.
Tok tupiga ko‘p zangli yelpig‘ichsimon shakl berish tok ko‘chatlari ekilgan yildanoq boshlanadi. Birinchi yili yaxshi rivojlangan novdalardan 2–3 tasi 2–3 kurtak qoldirib, ikkinchi yil bahorida novdalar 3–4 kurtakka kesiladi. Uchinchi yili esa tupda 6 tagacha novdalar qoldirilib har biri bo‘lajak zang uchun 50–60 sm uzunlikda (4–6 kurtak qoldirib) kesiladi. To‘rtinchi yili bahorda har bir zangda 2 tacha meva zvenosi (hosil beruv-chi va o‘rinbosar novdalar) shakllantirilib, hosil novdalar 3–4 kurtak qilib kesiladi. Keyingi yillari tok tuplarini shakllanti-rish shu tarzda davom ettirilib tupning ayrim ko‘p va bir yillik qismlari yangilanib turiladi, kuchli o‘suvchi xo‘raki va kish-mishbop navlarning tupida uchinchi yili kuzda 140–150 taga-cha kurtak qoldirish tavsiya etiladi. Bu agrotexnika qoidalariga to‘liq rioya qilinadigan gektar hisobiga 120–150 s hosil ye-tishtirish imkonini beradi. Vinobop navlarda navning biologik xususiyatlari va o‘sish sharoitlariga qarab 100–120 ta kurtaklar qoldirish mumkin.
42-rasm. Kosasimon shakldagi
tok turi.
Kallasimon shakl berishda tok tupi kundasidan har yili chiqqan 6 ta novda 1–3 ko‘zli qilib kalta kesiladi. Zang bo‘lmaydi.
Kosasimon shakl berishda tup kundasidan chiqqan novdalarni 3–4 ta zang shakllantirib, ular simmetrik va yerga nisbatan go-rizontal holda turli tomonga yo‘naltiriladi. Ular tanasiz yoki har xil balandlikda tanali qilib shakllantiriladi. Zangning uzunligiga qarab kichik kosa (tanasi 30–50 sm), o‘rtacha kosa (tanasi 50– 70 sm) hamda katta kosa (70 sm dan baland)simon bo‘lib, zang larning soni o‘stirish sharoitlari va nav xususiyatlariga bog‘liq. Novdalarni kalta, uzun va aralash uzunlikda kesish mumkin. Ko-sasimon shakl berishning Qrim, Moldova, Don, Turkiyada turli xillari bor.
Rossiyaning uzumchilik rayonlarida tok tuplarini simbag‘az simon o‘stirishning yangi – baland tanali (80–100 sm) shakl be rish usuli ishlab chiqilgan (Sh.N. Guseynov). Bunda tok tuplari qator uyali, zangi zich 0,5–0,75 sm qalinlikda joylashtiriladi. Tuplariga kichik kosasimon shakl berilib, novdalar qayta kesi-ladi.
Simbag‘azli yoki ikki tomonli shakl berishda tuplar, asosan turli balandlikdagi tana qilinib meva zvenolari bir yoki ikki to-monga shakllantiriladi. Ba’zan novdalar uzun kesilib tana yoki tirgovuchga bukib qo‘yiladi.
Gyuyo shaklida tana balandligi 70 sm gacha bo‘lib, meva zvenolari bir (bir yelkali) yoki ikki tomonlama (ikki yelkali) shakllantirilib, o‘rinbosar novdalar 2–3 kurtak, hosil novdalar esa 8–12 kurtak qoldirilib kesiladi va ular simbag‘azga gorizon-tal holda bog‘lab qo‘yiladi.
Umuman olganda shuni qayd etish lozimki, ko‘pchilik tok-chilik rayonlarida ko‘p zangli yelpig‘ichsimon shakl eng qulay hi-soblanadi. Biroq tok tuplarini mexanizatsiya yordamida ko‘mish va ochishda ayrim qiyinchiliklar uchraydi. O‘zbekistonning sug‘oriladigan va toklar ko‘miladigan rayonlarida kuchli o‘suvchi xo‘raki va kishmishbop navlar uchun yelpig‘ichsimon shakl berish usuli keng qo‘llaniladi. Bunday tok tuplari, asosan tik va soyabon shaklida xonadonlarda, simbag‘azlarda o‘stirish
uchun qulay. Ulardan mo‘l va sifatli hosil olish uchun imkoni-yatlar katta.
Mashhur sohibkor Rizamat Musamuhamedov ko‘p zangli yelpig‘ichsimon shaklni asos qilib, tok kesishda shakl berishning yangi usulini yaratgan. U qishda tik simbag‘az uchun ikki to-monli o‘rtacha yelpig‘ichsimon shaklni, soyabonli simbag‘az va «voyish» uchun katta ko‘p zangli, yarusli yelpig‘ichsimon shakl ni tavsiya etadi.
43-rasm. Tok tuplariga Rizamat Musamuhamedov usulida
shakl berish.
Tok kesish – asosiy agrotexnika usullardan biri hisoblanadi. Tok tuplarini har yili kesib turish orqali uning o‘sishi, hosil beri-shi, novdalardagi qutblilik, tegishli shakl berish kabi ishlar tar-tibga solinadi. Agar tok kesib turilmasa bir yillik novdalarning asosan uchki kurtaklari rivojlanib (qutblilik) tokning ko‘p yillik qismlari uzayib ketadi, pastki qismi yalang‘ochlanadi, novdalar ingichkalanib sust o‘sadi, uzum boshlari va g‘ujumlari maydala-shadi, tekis pishib yetilmaydi. Keyinchalik bu xususiyatlar yana-da kuchayib, tok yovvoyilashgan ko‘rinishga ega bo‘ladi (A. Riba kov, S. Ostrouxova, 1969).
Shuning uchun tok kesishdan asosiy maqsad uzoq yillar mo-baynida uni tashqi muhit sharoitlariga moslashtirish, yuqori va sifatli hosil yetishtirishda mexanizatsiyadan samarali foydala
nish, kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashishga imkon beradigan shaklga solish hamda uni saqlab qolishdir.
Tok kesishda har yili novdalarning zanglar va bir yillik ma’lum qismi olib tashlanib, qolganlari qisqartiriladi. Novda-lar kalta va uzun kesilishi mumkin. Kalta kesishda 4–5 taga-cha, o‘rta kesishda 6–10 ta, uzun kesishda 15–20 tagacha kurtak qoldiriladi. Hosil zvenosini shakllantirishda aralash kesish usuli qo‘llaniladi.
O‘zbekiston sharoitida o‘stiriladigan tok tuplari qaysi usul-da kesilmasin, uning yer ustki qismi va ildiz tizimi o‘rtasidagi muvozanatning buzilmasligiga e’tibor berish lozim (bunda xomtok, bachkilarni olib tashlash ham ta’sir ko‘rsatadi). De-mak, tok kesishda hamda xomtok vaqtida tok tupida faqat ke rakli miqdordagi novdalarni saqlab qolish muhim hisoblanadi. To‘liq hosilga kirgan davrida kesish orqali berilgan shaklni saqlash, kelgusi yili hosil uchun zarur qismlarini shakllantirish va qoldiriladigan kurtaklar soni (nagruzka)ni saqlash; qarish davrida esa tok o‘sish kuchini va hosildorlikni saqlab qolishga qaratilgan bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |