Tok kesish vaqti. Dunyo tokchiligida, shu jumladan, O‘zbe kistonda tok tuplari asosan ikki muddatda kuzda ko‘mishdan oldin (oktabr–noyabrda) hamda bahorda tuplar ochilgach kur-taklar uyg‘onguncha kesiladi. Kuzgisi dastlab kesish hisoblanib, bunda novdalar 20–30 foiz ko‘proq qoldiriladi. Bahorgisi uzil-kesil hisoblanib, bunda shikastlangan va ortiqcha bo‘lgan novda-lar olib tashlanadi. Tok tajribali ishchilar tomonidan kesiladi. Bahorgi sovuqlarda zararlangan tok tuplari ularning zararlangan darajasi aniqlangach, shuningdek, qari toklarni yoshartirishning maxsus qoidasi asosida kesiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |