Tok kesish qoidalari. Hosil novdalarini kesish uzunligi ularning pishganlik darajasi va yo‘g‘onligiga bog‘liq. Pishgan yo‘g‘on navlar uzun, kuchsiz o‘sganlari kalta kesiladi. Zanglar esa bog‘ arra yordamida kesiladi. Meva zvenosini shakllantirish-da bulturgi hosil bergan novdalar olib tashlanib, o‘rinbosar nov-dadan chiqqan ikki novdaning yuqoridagisi hosil novda, past-kisi o‘rinbosar novda sifatida kesiladi. Kuchli o‘suvchi xo‘raki va kishmishbop navlarning tuplarida ikkita hosil novda va bitta o‘rinbosar novda qoldiriladi (Sh. Temurov, 2002).
Tupda yangi zangni shakllantirish yoki eskisini almashti-rish uchun kundadan chiqqan yangi novdalardan foydalaniladi. O‘zbekiston sharoitida tok tuplariga shakl berish va tok ke sishda Rizamat Musamuhamedov usuli ham qo‘llaniladi.
Tok tupining o‘sishi va hosil berishini tartibga solishda unda qoldiriladigan kurtaklar soni (kurtaklar nagruzkasi)ning aha-miyati katta. Kurtaklar nagruzkasi bu tok kesish vaqtida tupda
(gektarda) qoldiriladigan kurtaklarning umumiy soni hisobla-nadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |