Bog‘da meva daraxtlarini joylashtirish usuli. Meva da-raxtlarini bog‘da joylashtirish daraxtlarning o‘sishi va hosil berishiga zarar yetkazmagan holda o‘simliklarning oziqlanish maydonidan imkoni boricha to‘laroq foydalanishi ko‘zda tuti-ladi.
O‘zbekiston Respublikasining tekis zonalarida meva da-raxtlari uch usulda: kvadrat, to‘g‘ri burchak va shaxmat usulida joylashtiriladi.
Mevali daraxtlarni o‘tqazish qalinligi. Meva daraxtlarini shunday qalinlikda o‘tqazish kerakki, pirovard natijada daraxtlar mo‘l-ko‘1 hosil berishi, mevasi yuqori sifatli bo‘lishi, daraxtlar shamolga hamda garmselga bardosh beradigan va yerni ishlash, o‘simliklarni parvarish qilishni mexanizatsiyalashtirish mumkin bo‘lsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |