Ko‘chatni o‘tqazish tartibi. Akademik R.R. Shreder nomli Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tekshirish insti-tutining bir necha yillar mobaynida olib borgan ilmiy ishlari hamda ilg‘or bog‘bonlarning tajribalarini umumlashtirish nati-jasida hozirgi kunda mevali daraxt ko‘chatlarining oziqlanish maydoni quyidagicha bo‘lishi kerak. Rozmarin olma navining yovvoyi olma payvandtagiga ulab o‘stirilgan ko‘chati 8x6 m tartibda ekilishi kerak. Nok ko‘chatlarini esa 8x6 m tartibda ekish tavsiya etiladi. Behiga payvand qilingan nok navlari 6x4, 5x5 m tartibda joylashtiriladi. Shag‘al va qumli tuproqdan ibo-rat va sho‘rlangan yerlarda mevali daraxt ko‘chatlari oziqlanish maydoni 1–3 m gacha qisqarib ekilishi agrotexnik maqsadga muvofiq.
O‘zbekiston tuproq-iqlim sharoitida zich ekilgan daraxt-ning shox-shabbalari orasidan shamol yaxshi yurmaydi, quyosh nuri yaxshi tushmaydi, pirovard natijada, hosil bo‘lgan meva ko‘chatlari erkin o‘smaydi, rangsiz, qand moddasi kam bo‘lib, terib olingan mevalarni qishda uzoq saqlash, uzoq joylarga yu-borish mumkin bo‘lmaydi. Boqqa ko‘chat siyrak ekilsa, kelgu-sida daraxt shox-shabbalari orasida ochiq havo bo‘shlig‘i qoladi, yerdan unumli foydalanilmaydi, gektaridan olinadigan hosil ka-mayib mahsulotning tannarxi qimmatlashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |