Bobur nomidagi andijon davlat universiteti


Bedil (taxallusi; asli ismi Mirzo Abdulqodir, 1644-1721)1



Download 1,88 Mb.
bet24/146
Sana07.01.2022
Hajmi1,88 Mb.
#325859
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   146
Bog'liq
Bobur nomidagi andijon davlat universiteti

Bedil (taxallusi; asli ismi Mirzo Abdulqodir, 1644-1721)1.

Shrarq xalqlаrining buyuk shoiri, fаylаsufi, mutаfаkkiri vа o'z


dаvrining «Mirzo Mаlik ush-shuаrosi»dir. U hаrbiy xizmatchi
oilаsidа tаvаllud topgаn. Otа-bobosi shahrisаbzlik o'zbek bаrlos
urug'lаridаn bo'lgаn. Bir yoshdа otаdаn yetim qolgаn, onаsi
qo'lidа tаrbiyalаnаdi. Besh yarim yoshidа mаktаbgа borаdi.
Yoshlikdаn qobiliyat egаsi bo'^n Bedil аrаb, fors, urdu tili vа
аdаbiyotini o'rgаnаdi, turli fаnlаrgа qiziqаdi. Qo'qonlik tarix-
chi Hаkimxon Hoji Muhammаdning «Muntаxаb ut-tаvorix»
kitobidа yozilishichа Bedilning mаdrаsаdаn ko'ngli soviydi,
shu bois u o'z bilimini oshiradi. Bu ishdа ungа аmаkisi

Mirzа Qаlаndаr vа tog^si Mirzа Zаriflаr yaqindаn yordаm bernd^^ Bedil so'fizm fаlsаfаsini, hind vа urdu tillаrini, yunon (аyniqsа Arastu) fаlsаfаsini chuqur vа аtroflichа o'rgаnаdi, keng mushohаdа etаdi. O'n yoshdаn bаdiiy ijod bilаn shug'ullаnа boshlаydi. Otаsining o'limigа bаg'ishlаb mаrsiya vа ruboiylаr to'qiydi. Bedil g'oyatdа murаkkаb sotsiаl-iqtisodiy tarixiy jаrаyondа yashadi vа ijod qiladi. Undаn boy ilmiy-fаlsаfiy vа bаdiiy meros qolgаn. 130 mingdаn ortiq she'riy sаtr, 50 bost^ tаboq nаsriy аsаrlаri mаvjud. U 1721-yildа Dehlidа 77 yoshidа vаfot etdi. Bedil аsаrlаrining аsosiy qismi uning kulliyotigа kirgаn. Bu Ш^ащ 1882-yildа Bombаydа 16 kitobdаn iborаt bosmаdаn chiqdi. Bedil khob^rming litogrаfiya bosmаsidаn tashqari O'rta Osiyo dаvlаtlаri shаhar vа qishloqlаridа, Toshkent, Sаmаrqаnd, Buxoro, Fаrg'onа, Xiva, Xo^nd, Dushаnbe, O'sh shаharlаridа qo'lyozmа ш^акн ham uchrаydi. «Tilismi Hаyrаt» (1669) -7500 misrаdаn iborаt. Mаsnаviy tаrzidа yozilgаn bu аsаrdа in-sonning jismoniy vujudi vа ruhiyati haqida so'z boradi. Bedil inson ruhini ilohiy olаmdаn kelgan poIs^I^ o'xshatib, uning jismoniy vujudini tuproq, shаmol, olov vа suvdаn tаrkib topgаn mаmlаkаt qiyofаsidа tаsvirlаydi.




1 Муминов И. MMp3o Бeдил. Т., 1974; Y36eKMcroH Миллий Энциклопедия-си. «Уз6eкиcroн миллий энциклопедияси». Давлат илмий нашриёти. TomKeHT, 2001, 1-жилд, 676-677-6eraap.

«Muhiti а'zаm» (1681) 9 ming misrаdаn iborаt mаsnаviy аsаridа Bedil tаsаvvuf ahli hayotigа oid hikoyalаrni, shuning-dek mаy, jom, nаy, tаnbur vа boshqa musiqa аsboblаrining ta'rifi tavsifiga bag'ishlangan fikr-mulohazalar, go'zal istiora va tashbehlar vositasida ifodalaydi.

Bedilning g'azallari, ruboiylari, qasidalari, qit'a va tarixiy qit'alar hamda tarkibband va tarjibandlarni qo'shib hisoblaganda 75 ming lirik va chuqur falsafiy misralarni tashkil etadi.

Bedil «Chor unsur» («To'rt unsur») kitobini 1703-yilda yozgan. Bu kitob nasrda yozilgan. Unda shoir o'zining bolalik, o'smirlik, yigitlik va qarilik chog'lari haqida biografik ma'lumot beradi. Asarning so'nggi ikki bobida to'rt unsur - havo, suv, yer va olov to'g'risida so'z boradi.

«Irfon» («Bilim», 1721) asari doston va hikoyalardan tarkib topgan. 10 ming satrdan tarkib topgan bu kitobda adabiyot, tabiat, falsafa, masalalari haqida fikr yuritiladi. Undagi mashhur dostonlardan biri «Komde va Mudan» bo'lib, bu dostonida Bedil raqqosa qiz Komde bilan iste'dodli cholg'uchi Mudanning sev-gisini tasvirlaydi. Zolim podsho Komde va Mudanning boshiga ko'p kulfat va fojialar soladi. Uzoq judolik va alam-iztirobdan keyin Komde bilan Mudan murod-maqsadlariga yetadilar. Bedil bir o'rinda:


Himmut катаг1т bog'tugcm hamon, Chumoli увщасИ sherni begumon,
degandek,Komde bilan Mudan o'zini sher bilgan shiddatli shohni yengadilar. Sof sevgi, muhabbat zulmdan ustun chiqadi. Doston-ning bosh qahramoni Mudan mag'rur ovoz bilan:
Ulug' erur gаrchi shoh^r dargohi

Шпйап yuksаk gаdolаrning qulohi, degan edi.
Mirzo Bedilning mashhur asarlaridan yana biri «Nukot» dir. Unda ulug' mutaffakir yaxshi fazilatli kishilarni ezozlaydi, badfe'l, yomon kishilarni satira o'ti bilan tanqid qiladi. Muallif odamlarni ezgulikka, ahillikka, birlikka, hamjihatlilikka va hamdardlikka chorlaydi. U insonning kamoloti uchun kurashadi. Inson qaysi irq, qaysi din va q aysi xalqqa m ansub bo'lishidan qat'i nazar, insondir. Bas, shunday ekan, farq-tafovutlariga qaramay odamlar insoniy burch va xislatlari bilan birlashmoqlari lozim.

Mehnat kasb-kor, insoniy burch va xislatning asoslaridan biridir. Bedil ishyoqmas, tekinxo'r kishilarni qattiq qoralaydi, ulardan nafratlanadi. U o'z asarlarida inson shaxsini ulug'laydi, inson erkini hamma narsadan ustun qo'ydi, aqidaparastlik, jaholat va zulmatga qarshi kurashadi. Bedilning asarlari boy falsafiy g'oya va mazmunlar bilan sug'orilgan. Shul bois uni «Abulma'oniy» -«Ma'nolar otasi» deb ataganlar.

Mirzo Abdulqodir Bedilning ilg'or ijtimoiy-siyosiy g'oya va qarashlar bilan sug'orilgan falsafiy asarlari avlodlar qalbidan mustahkam o'rin oladi va bu asarlar bugungi kunda ham in-son uchun, insoning baxtli istiqboli uchun kurashda xizmat qilmoqda.


Download 1,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish