Bobur nomidagi andijon davlat universiteti



Download 1,88 Mb.
bet26/146
Sana07.01.2022
Hajmi1,88 Mb.
#325859
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   146
Bog'liq
Bobur nomidagi andijon davlat universiteti

Xalq og'zaki ijodi. Shayboniylar va Ashtarxoniylar zamonida xalq og'zaki ijodi ham keng rivoj topadi. IX-X asrlarda yaratil­gan «Alpomish» dostonining og'zaki epik an'analari bu davrda keng tarqaladi. «Alpomish» - vatanparvarlik, qahramonlik, sevgi va do'stlik, rostgo'ylik va to'g'rilik haqidagi dostondir. Undagi demokratik g'oyalar va oliyjanob insoniy fazilat - ideallar Alpomish, Barchin, Qorajon va boshqa ijobiy qahramonlarning murakkab sarguzashtlari orqali ochila boradi.

Xalqqa, elga, yurtga, qabila-uruqqa nisbatan samimiy va cheksiz muhabbat, dushmanga nisbatan mislsiz g'azab va nafrat, mardlik va fidokorlik, oila baxti, samimiy sevgi, do'stlik va sadoqat, insof va adolat, osoyishtalik va farovonlik uchun ku-rash «Alpomish» dostonining yetakchi g'oyasidir. Bu g'oyaviy motivlar dostonning bosh qahramonlari Alpomish, Barchin va Qorajonlarning ijobiy sarguzashtlari va faoliyatlari orqali talqin etiladi. Haqiqiy insoniylikka qarama-qarshi o'laroq mu-nofiqlik, adolatsizlik, insofsizlik, qabihlik, shaxsiyatparastlik, ochko'zlik, ichi qoralik kabi barcha yomon illat va xislatlar dostondagi salbiy obrazlar: Boybo'ri, Ko'kaldosh, Suxayil kampir, Toychaxon va boshqalar timsolida ochib beriladi. Xul-las, «Alpomish» dostoni xalqimizning o'tmish tarixi, uning ezgu orzu-niyatlarini o'rganishda g'oyatda qimmatli manbadir. Unda ilgari surilgan vatanparvarlik, qahramonlik, do'stlik va birodarlik kabi g'oyalar milliy mustaqilligimizni yanada mustah-kamlash, milliy qadriyatlarni tiklash uchun kurash ketayotgan bugungi kunda yanada qimmatli va ahamiyatlidir. O'zbekiston Prezidentining maxsus farmoni asosida «Alpomish» dostoni-ning ming yillik tantanalarining nafaqat mamlakatimizda hatto ko'plab xorijiy mamlakatlarda ham keng nishonlanishi har biri-mizning qalblarimizda otashin g'urur va faxr tuyg'ularini kamol toptiradi.



Me'morchilik.Shayboniylar va Ashtarxoniylar me'morchilik ishlarida ham o'zlaridan qator yodgorliklar qoldirganlar. Bu ishda nafaqat sulola namoyandalari, balki o'sha davrning ko'zga ko'ringan yirik zodagonlari, hukmdorlari ham chetda qolmaganlar. Masalan, Samarqanddagi Muhammad Shayboniy qurdirgan Xoniya; Abu Sayid nomi bilan bog'liq madrasalar; Registondagi Yalangto'sh bahodir qurdirgan Tillakori va Sher-dor madrasalari, Buxoro shahar devorining ta'mirlanishi, Mir Arab, Abdullaxon, Modarixon (Abdullaxonning onasiga atalgan) Fatxulla qushbegi, Muhammadxoja, Porso, Jo'ybor, Maroqand, Qulbobo, Ko'kaldosh madrasalari, Madrasi Kalon, xoja Zayniddin, Baland, Abdullaxon, Chor Bakr, Ko'kaldosh masjidlari, zargarlar, sarroflar, telpakfurushlar timlari, Abdul-laxon timi, Toshkentda Ko'kaldosh madrasasi, Qaffoli Shoshiy maqbarasi, Baroqxon madrasasi, Turkistonda (Yassi) Muhammad Shayboniyxon masjidi, Balxda qal'a devorining ta'miri (uzunligi 14 km), Abdullaxon, Qulbobo ko'kaldosh madrasalari, Ko'kaldosh masjidi, bir qator masjidlar, chorbog'lar, hammomlar, bozorlar, turli shaharlarda qurilgan ko'plab karvonsaroylar va boshqa qator qurilish, ta'mirlash ishlari shular jumlasidandir.

Download 1,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish