8. JAHON SIVILIZATSIYASIDA BOBURIYLAR MEROSI
Ma'naviy madaniyatimizning ulug' vakillari orasida Za-hiriddin Muhammad Bobur va boburiylar o'ziga xos munosib o'ringa ega. Bobur Mirzo va boburiylar Afg'oniston, Hindiston, Pokiston, Kashmir va Bangladesh tarixida alohida iz qoldirdilar. Bu avvalo boburiylar qoldirgan buyuk merosdir. Bu meros eng avvalo moddiy madaniyat boyliklari bo'lsa, ikkinchisi ma'naviy madaniyat durdonalaridir.
Boburiylar sulolasining asoschisi Zahiriddin Muhammad Bobur yaratuvchilik homiysi, fan va madaniyatning jonkuyar himoyachisi bo'lgan. Uning shiori insoniyatga yaxshilik qilish va ezgulikdan iborat bo'lgan. Buni biz Boburning quyidagi satrlari orqali ham yaqqol his etamiz:
Bori elga yaxshilik qilgilki, mundin yaxshi yo'q, Kim, degaylar daxr aro qoldi falondin yaxshilik.
Bobur Mirzo Hindistonda juda qisqa muddatda u begona yurtning shart-sharoitini o'rganish, o'zining yangi saltanatini mustahkamlash kabi ishlarga katta kuch-matonat va vaqt sarf qilgan. Bobur bu ishlar bilan har qancha band bo'lmasin yaratuvchilik va qurilish ishlariga ham vaqt va imkoniyat topa olgan. «Boburnoma»da uning o'zi bu haqida shunday hikoya qiladi: «... Nechunkim «Zafarnoma»da Temurbekning «masjidi sangin» imoratini qilurda Mullo Choraf mundoq mubolag'a bila bitibdurkim, Ozarbayjon va Fors va Hindiston va yana o'zga mamolik sangtaroshlardin har kunda ikki yuz kishi masjidda ish qilurlar edi. Bir Agrada ushbu Agraning sangtaroshlaridin me-ning imoratlarimda har kunda olti yuz sakson kishi ish qilurlar edi. Yana Agrada va Sekriyda va Baynoda va Do'lpurda va Gavaliyarda va Qo'yilda ming to'rt yuz to'qson bir sangtarosh har kunda mening imoratimda ish qilurlar edi...»1.
Bobur imoratlar qurdirishdan tashqari karvon yo'llarini tik-lash, hovuz, quduq va ariqlar qazdirish ishlari bilan shug'ullangan, hammomlar qurdirgan. Hindistonda suv tegirmonini birinchi bo'lib qurdirgan ham Boburdir.
Bobur vafotidan so'ng avlodlari navbati bilan 1858-yilga qadar Hindistonni idora qilganlar. Ana shu yillar davrida Hindis-tonning turli shaharlarida barpo etilgan buyuk qurilish obidalari boburiylarning jahon madaniyati taraqqiyotiga qo'shgan ulkan hissasi hisoblanadi. Dehlidagi Humoyun maqbarasi, Qizil qal'a ansambli, Jome masjid, Agradagi qal'a, Tojmahal, Fathpur Sek-riy shahri, Sekandaradagi Akbarshoh maqbarasi, Lohurdagi qal'a va boshqalar ana shular jumlasidandir. Oradan shuncha zamonlar o'tgan bo'lsada bu obidalar o'z mahobati-yu tarovatini yo'qotmagan holda hali-hanuz kishilarni maftun etib o'ziga lol qoldirib kelmoqda.
1 Зщириддин Мухаммад Бoбур. Bo6ypHoMa. ToniiceHT, «IHapK» HampMeT-MaT6aa aRqM^opnMR RoMiiaHMHCM Bom TaxpMpMHTM, 2002. 209-6eT.
Boburiy shahzodalarning Hindistonda turli davrlarda qur-dirgan arxitektura yodgorliklarining naqadar go'zalligi va mahobatiga birgina Toj Mahal maqbarasi yorqin misol bo'la oladi. Bu maqbarani Shoh Jahon (1627-1658) o'zining sevikli xotini Arjumand Bonu Begim (Mumtoz Mahal) xotirasi evaziga qurdirgan. Arjumand Bonu boburiylar saroyining bosh vaziri Asaf Xonning qizi, Nur Jahon (Jahongirshohning xotini)ning jiyani bo'lgan. Go'zallik va husn-latofatda, oqillik va fahm-u farosatda, tadbirkorlik va mehri-muhabbatda u shu qadar teng-siz ekanki, qaynotasi Jahongirshoh erkalab «Mumtoz mahal» ya'ni «Saroyning sarasi» deyar ekan. O'sha davrdagi saroy shoirlarining ta'rif va tafsificha uning «oy desa og'zi, kun desa ko'zi bor ekan», «husni jamolidan oy uyalib kun qizarar ekan», «jamolidan nur shunchalar taralar ekanki, u bilan to'qnashishdan qo'rqib yulduzlar ko'zdan g'oyib bo'lar ekan». Ana shunday go'zal parivash bilan Shoh Jahon 18 yil baxtiyor hayot kechirgan. Rivoyat qilishlaricha Mumtoz Mahal xonim vafoti oldidan Shoh Jahondan uch narsani iltijo qiladi: bolalarga birday munosabatda bo'lish, uylanmaslik va nihoyat unga atab dunyoda tengi yo'q maqbara qurdirish. Shoh Jahon go'zal va sevikli malikasining vasiyatiga sodiq qoladi, farzandlariga mehrli va yaxshi ota bo'ladi va umrining oxirigacha uylanmaydi. Arjumand Bonu Begimni dastlab Burxonpurda, yarim yildan so'ng Agra yaqinida Jamna daryosi sohilidagi Akbarobodda va nihoyat uchinchi marta Toj Mahal maqbarasida dafn qiladilar. Shoh Jahonga xotinining o'limi shu qadar ta'sir qiladiki, u 8 kecha-kunduz o'z xonasiga kirib hech narsa yemasdan-ichmasdan motam tutadi, ko'ngliga hech narsa sig'maydi. Butun saltanat bir necha yilgacha aza tutadi, ko'ngilochar o'yin-kulgilar, ayshu ishratlar unitiladi.
Nihoyat Shoh Jahon sevikli rafiqasining so'nggi iltijosini bajarishga kirishadi. Turli o'lkalardan qurilish va me'morchilik san'atining eng nomi chiqqan yulduzlari-ustalarini to'playdi, maqbaraning bir necha loyiha nusxalari ishlanadi va tanlanadi oradan. Bir yil o'tgach Mumtoz Mahal vafotining bir yilli-gi munosabati bilan maqbaraga birinchi tosh qo'yiladi. Deh-lidagi Humoyun maqbarasi unga andoza bo'ladi, uslub jihatdan
o'xshashdir. Farqi shundaki, Humoyun maqbarasi bog'ning o'rtasida qurilgan bo'lsa, Toj Mahal maqbarasi bog'ning to'g'risida joylashgan. Bu ulkan va go'zallikda tengi yo'q arxitektura ansamblining qurilishi1632-yilda boshlanib1653-yildatugallangan. Inson aqli-zakovati va mohir qo'li bilan yaratilgan ushbu san'at mo'jizasi qurilishida har kuni 20 ming odam ishlagan ekan. Olim Ansoriddin Ibrohimov1 bergan ma'lumotlariga qaraganda, Toj Mahal shu darajada katta hajmdagi beqiyos qurilish bo'lgan ekanki, 22 yil davomida unga sarf qilingan xarajatlarning hisobi-ni chiqara olmaganlar va shu boisdan bu haqda turli ma'lumotlar tilga olinadi. Bu ulkan qurilishga sarf qilingan xarajatlar bir yerda 6 million rupiya deyilsa, boshqa joyda 60 million rupiya deb qayd etiladi. Yana boshqa manbalarda 5 million, ba'zilarida esa hatto tiyin-tiyingacha ko'rsatilib, 31 million 748 ming 28 rupiya, yoki 3 million 174 ming 802 funt sterling, deb ko'rsatiladi.
Tarixiy yozma manbalarning guvohlik berishicha Toj Mahal maqbarasi qurilish ashyolari turli mamlakatlardan: sarg'ish marmar O'rta Hindistondan, oq marmar Rajastxanning Markana degan joyidan, billur Xitoydan, yoqut-la'l Badahshondan, lojuvard Shri-Lankadan, yashil toshlar Panjobdan, aqiq Erondan, marjon va durlar Hind ummonidan va hokazolardan keltirilgan.
1 Aucopudduu M6po^uMos. Bo6ypMiinap MepocM, 60-6eT.
2 O'sha manba, 61-6eT.
3 O'sha manba, 61-6eT.
Mo'jizalar mo'jizasi bo'lgan Toj Mahaldek san'at durdonasini yaratgan loyihachi me'morlardan 40 ga yaqin ustaning nomlari yozma manbalarda tilga olinadi, hatto ularning oylik maoshlari ham keltiriladi. Jumladan, loyihachi me'mor Muhammad Iso Afandi-turkiyalik, maoshi 1000 rupiya, Sattorxon-xattot, tur-kiyalik maoshi 1000 rupiya va boshqalar. Bir kecha-kunduzda bir necha xil rangda toblanib turuvchi Toj Mahalni hindlar haqli suratda yetti mo'jizaning biri, deb mag'rurlanadilar. O'z vaqtida hatto Shoh Jahonning o'zi ham Toj Mahal go'zalligiga tan be-rib: «Yer yuzidagi odam bolasi buni bunyod etishga qodir emas, buning shakli-shamoyili osmondan tushirilgandir,2 deydi. Ingliz arbobi Edvard Lir esa ahli dunyo odamlarini ikkiga bo'ladi: «bi-rinchi Toj Mahalni qurganlar, ikkinchisi qurmaganlar».3
Yozmа m аnbаlаrning guvohlik berishichа, boburiylаr sulolаsi tomonidаn dаstlаb Аfg'onistondа, so'ngrа Hindiston, Pokiston vа Kаshmirdа bаrpo eitlgаn muhtаshаm vа ko'rkаm bog'lаrning ko'plаri ^ш^айш ham o'zining go'zаlligi bilаn insonlаrni mаftun etib kelmoqdа. Zahiriddin Muhammаd Bobur 1504-yildа Qobulni egallagach to 1509-у^а qаdаr bu yerdа o'rt^ bog' tash-kil qilgаn: shаharаro bog', Chorbog', Bog'i Jilovxonа, O'ra bog', Suvrаt bog', Bog'i Mohtob, Bog'i Ohuxonа, Odinаpur qаl'аsi yonidаgi Bog'i Vаfo vа yanа uchta bog' shulаr jumlаsidаndir. Bobur Mirzo Hindistondа bir nechа bog'ter bunyod etdi. Bulаr: Аgrаdаgi Orom bog'i, Behisht, Sekridаgi Bog'i Fаth, Dibаlpurdаgi Nilufаr bog'i, Bog'i Nаzаrgohlаrdir. Go'zаllik vа gullаr shаydosi bo'^n Zahiriddin Muhammаd Bobur o'zi bаrpo etgаn bog'lаrni dunyodаgi bor bo'^n ko'chat-mevаlаr vа gullаr bilаn bezаydi. «Boburnomа»dа fаqаt Dаshti shayx qu^ri etаgidа o'sаdigаn lolаning 33 xili nommа-nom tilgа olinаdi. Rivoyat qilishlаrichа Hindistongа аtirgulni ham birinchi bor Zahiriddin Muhammаd Bobur Mirzo kelth^n ekаn.
Go'zаl bog'lаr bаrpo etishdek аjoyib аn'аnаni Bobur Mir-zoning аvlodlаri ham dаvom ettirgаnlаr. Boburiyter sulolаsining eng buyuk vаkili bo'lmish Аkbаrshoh dаvri (1556-1605) dа yarаtilgаn bog'lаr haqida Аkbаrshohning dаvlаt maslahat-chisi аllomа Аbulfаzlning «Otini А^апу» аsаridа qimmаtli mа'lumotlаr berilgan. Jumlаdаn Аgrаdаn 23 mil mаsofаdа Аkbаrshoh Fаtxpur Sekridа yangi poytaxt bаrpo etib uning chor аtrofini go^l bog'lаrgа burkаydi. Kаshmirdа Srinаgаrdаgi Dаl ko'li bo'yidа «Nаsim bog'i»ni qurdirgаn. Аkbаr bаrpo etgаn bog'lаr orаsidа Аgrаdаgi Sekаndаrаdа Аkbаr mаqbа-rasi аtrofidаgi eng go'zаli vа mаhovаtlisidir. Bobur Mirzoning nevаrаsi Jahongir Mirzo (1605-1627) Hindiston tarixidа tаsviriy sаn'аt v а bog' yaratishning buyuk homiysi sifаtidа tilgа olinаdi. G^rbiy Pokistondаgi, Hаsаn Аbdul yaqinidаgi Vаh degan joydа, Аgrаdа qаynotаsi Etimodud dаvlаgа аtаb vа Lohurdа esа Dilku-sho deb аtаluvchi u yarаtgаn bog'lаr biri-biridаn go'zаl vа dir. Hindistonliklаr Jahongir Mirzoni eng ulug' bog' yarаtuvchi deb аtаgаnlаr. U yarаtgаn bаrchа bog'ter orаsidа Kаshmirdаgi Shаlimаr bog'i go^l mаskаnlаrning tengsizi bo'lgаn. Hindlаr bu bog'ni hаqli surаtdа «Sevgi mаskаni» deb аtаydilаr. Jahon-
3 - Vatan tarixi, 2.
gir barpo qilgan bog'lardan yana biri Nishot bog', ya'ni jannat bog'idir. Bu bog'ni Johongirshohning go'zal xotini Nur Jahon-ning akasi Asafxon bunyod ettirgan.
Anantnag tog'i yaqinida joylashgan Achhabal, Rovalpindi-dagi Hasan Abdal buloqlar yaqinidagi Vah bog'i va yana bosh-qa bir qancha bog'lar ham Jahongir nomi bilan bog'langan. Ja-hongir shoh vafot etganda (1627) Nur Jahon Lohurda erining vasiyati va hurmati evaziga Shohdara bog'ini barpo ettirib u yerda maqbara qurdiradi. Maqbara nihoyatda go'zal va betakrordir. Oq marmardan to'rtta minorasi uzoqdan odamlarning diqqatini o'ziga tortadi. Bog'dan to'rtta yo'l maqbara sari boradi. Bu yo'llarning uchtasi marmardan ishlangan panjaralar bilan to'sib qo'yilgan. Marmar qabr toshlar rangli bir tusda bezatilgan va uning bosh tomonida fors tilida quyidagi so'zlar bitilgan: «Ush-bu yer A'lo Hazratlari Nuriddin Jahongirshoh Podshohning nur to'la qabrlari, so'nggi manzilgohidir».
Bunday go'zal bog'lar Shoh Jahon (Toj Mahal haqida yuqo-rida hikoya qilindi) davrida ham barpo etilgan. Ayniqsa, 1634-yilda Xon Alimardon boshchiligida qurilgan Lohurdagi Shali -mar bog'i Shoh Jahonning eng nodir ijodiy mahsuli hisoblanadi. Bu bog'ni o'z vaqtida jannatning pog'onalari misolida ta'rifu-doston qilganlar. Bog'dagi ariq va hovuzni bezab turgan 450 ta favvora bog'ning husniga husn qo'shib turibdi. Mulla Abdulhamid Lohuriy «Podshohnoma» asarida guvohlik berishicha bog'ning ochilishi munosabati bilan bu yerda hozir bo'lgan ma'rifatli va dono shaxslar bunday go'zal va hashamatli mo'jizani ilgari Rum, Iroq va Movarounnahrda ham hech qachon ko'rmaganliklarini hayratlanib ta'kidlaganlar. Boburiylar faqat Lohurda 36 ta bog' yaratganlar. Boburiylardan qolgan ulkan darvozalar, ajoyib masjid va madrasalar shu kunga qadar o'z ko'rki, jamoli bilan har qanday kimsani ham maftun qiladi.
Bobur Mirzo va boburiylar sulolasidan faxrlansak arzigulik ma'naviy meros na'munalari ham qolgan. Zahiriddin Muhammad Boburning barcha yozgan asarlari bizgacha yetib kelmagan. Unga to'liq bo'lmagan she'riy devoni, Islom dini asoslarini bayon etuvchi «Mubayin» nomli she'riy risolasi, «Vilodiya» deb atalgan tasavvufga oid bir kitobchaning nazm bilan tarjimasi, Bobur ixtiro etgan va «Xatti Boburiy» nomi bilan mashhur bo'lgan alfavit jadvali va albatta, uning shoh asari «Boburnoma» ulug' shoir qoldirgan ma'naviy meros bo'lib avlod-ajdodlarimizning ma'naviy kamolotiga xizmat qilmoqda. Asarning asli nomi «Bo-buriya» bo'lgan. Uni «Voqeanoma», «Tuzuki Boburiy», «Voqe-oti Boburiy» deb ham atadilar. Asar keyinchalik «Boburnoma» nomi bilan shuhrat qozondi.
«Boburnoma» Zahiriddin Muhammad Boburning tarjimayi holini aks ettiruvchi asar desak yanglishmagan bo'lamiz. Unda salkam 36 yillik voqealar bayoni berilgan, lekin shundan yarmi-18 yillik voqealar turli sabablarga ko'ra «Boburnoma»dan o'rin olmagan. Ana shu uzilib qolgan Boburga aloqador voqealarni ingliz tarjimonlari quyidagi yozma manbalar asosida shartli ravishda tiklab chiqqanlar: «Tarixi salotini Afg'ona», «Tarixi Rashidiy», «Humoyunnoma», «Akbarnoma», «Taboqoti Akba-riy», «Tarixi Farishta», «Labbu Tavorix», «Tarixi Olamaroiy», «Tarixi Badayuniy», «Tarixi Sind» va boshqalar.1
«Boburnoma»ni qomusiy bir asar sifatida ta'riflansa ham hech mubolag'a bo'lmaydi. Zero unda tarix ilmi, jug'rofiyaga oid voqealar, tabiat sarchashmalari, aholining etnik tarkibi, badiiy shoirona lavhalarda o'z aks-sadosini topgan. Turkiy tilda Bobur-ning o'z qo'li bilan yozilgan bu kitobning dastlabki satrlari ulug' shoirning nasl-nasabi temuriylardan ekanligiga guvohlik beradi.
«Boburnoma»ni o'qigan har bir kishi asar muallifi nihoyatda sog'lom va chiniqqan bir yigit bo'lganligiga ishonch hosil qiladi. Chunki 17 yoshli Bobur qish kunida Bekobod yaqinidagi Xachtiyak degan qishloqda tunaydi (bu qishloq hozir ham bor). Sirdaryo yuzi o'shanda sovuqdan muzlagan edi. Bobur ertalab uyg'onganidan zarurat sezib, muzni teshib g'usul qilgan ekan.
1 O'sha manba, 6-6eT.
Yigirma uch yoshga kirgan Bobur kech kuzda Hirotda Qobulga qaytayotganda Afg'onistonning eng baland qorli dovonlaridan biri bo'lgan Qo'tali Zarringa qalin qor yog'ib yo'l bekilib qoladi. Qor uzangidan baland bo'ladi. Otlar yurolmay qolgandan keyin qor tepib, yo'l ochishga kirishadilar. Lekin baland tog' ustida havo siyrak, buning ustiga qor bo'ralab yog'ib ko'z ochirmaydi. Tik yo'l yuqori qarab ketgan, baquvvat yigitlar ham qor tepa-tepa holdan toyadilar. «Endi shu dovonda qor tagida o'ligimiz qoladi» degan vahima boshlanadi. Shunda Boburning o'zi oldinga o'tib, qor tepib, yo'l ochishga kirishadi. Odamlarni Qutay degan shamolpana joyga boshlab chiqishga muvaffaq bo'ladi. Bu voqeada biz Boburning ham jismoniy, ham ma'naviy kuch-qudratini yaqqol ko'ramiz. Shunday og'ir vaziyatda u o'z shoirlik iste'dodidan madad oladi. Go'zal bir g'azalga matla', ya'ni kalit bo'lgan quyidagi ikki satrni Qo'tali Zarrinda qor ostida tunaganda topadi. Mana o'sha mashhur matla':
Do'stlaringiz bilan baham: |