IV B O B
TURKISTONDA CHORIZMNING MUSTAMLAKA HUKMRONLIGI
O'LKADA MUSTAMLAKACHILIK SIYOSATI
Rossiya saltanati jahonning qudratli davlatlari Angliya, Fransiya, Germaniya imperiyalari qatori ulkan mustamlaka davlat edi. Rossiya o'z mustamlakalari hududi jihatidan Buyuk Britaniya, Frantsiya va Germaniyani orqada qoldirib ketgandi. Angliya mustamlakalari13
million kvadrat kilometr, Fransiyaniki 11 million kvadrat kilometrni tashkil qilsa, Rossiyaning birgina Sibir mustamlakasi hududi 13 million kvadrat kilometrni tash-kil qilardi. Rossiyaning Turkiston general-gubernatorligi hududi esa kengligi jihatidan Fransiya, Germaniya va Avstro-Vengriya imperiyalari maydoniga teng bo'lgan.
Chor Rossiyasining O'rta Osiyodagi mustamlakachilik siyo-sati va amaliyoti uning bu o'lkada o'z davlatchiligini joriy etish orqali olib borildi. Butun bir boshliq mustaqil Qo'qon xonligi davlati yo'q qilinib bir viloyatga aylantirildi, Turkistonda milliy davlatchilikka barham berildi. Chor Rossiyasi o'zining boshqa-ruv tizimini joriy etdi. Ammo imperiyaning bu o'lkada o'rnatgan ma'muriyati uning tasarruvidagi boshqa o'lkalar boshqaruvidan o'zining keskin harbiy-mirshablik ruhi bilan ajralib turgan. Mustamlakachi hukumat Turkistonni boshqaruviga oid ko'plab
qonunlar loyihalarini (1865, 1867, 1873, 1884, 1886, 1908, 1912,
1916) ishlab chiqdi va ularni tasdiqladi, hayotga tatbiq etdi. Bu qonunning moddalariga adliya, moliya, harbiy, ichki ishlar va boshqa vazirliklar kiritgan o'zgartirishlarda Turkistonni boshqaruvidagi harbiy-mirshablik ruhi aniq o'z ifodasini topgan.
1 Узбeкиcтoннинг янги Taprexre. Биpинчи китoб... 191^^
Rus zodagonlaridan A.B.Vrevskiy «Turkiston xalqlari o'zlarini boshqaruvchi va sud qiluvchi yagona hokimiyatga o'rgangan» deb, o'lkada qattiqqo'l mustabid idora zarurligiga ishora qilgan edi1.
Turkistonda imperiyachilik boshqaruvining mustamlaka-chilik xarakteri birinchi general-gubernator Rossiya imperatori-ning general-ad'yutanti Konstantin fon Kaufman tomonidan ifodalangan. U 1868-yil 22-yanvarda Toshkent shahar aholisi bilan bo'lgan uchrashuvdagi nutqida ruslarni O'rta Osiyo xalqlari-ning katta og'asi deb atagan, Turkistonda rus hokimiyatining mus-tahkam va doimiy o'rnashganligini alohida uqtirib o'tgan edi. Fon Kaufman asli ruslashgan xorijlik nemis dvoryanlariga mansub edi, podshohlik ishonchini qozongan, sinalgan, barcha lavozimlarda podsho siyosatini ko'ngildagidek amalga oshirganlardan biri edi. Unga kuchli va qudratli hokimiyat podsho Aleksandr II tomonidan oltin yorliq tarzida in'om etilgan edi.
Kaufman 1868-1876-yillarda o'lkadagi harbiy yurishlarga bosh-qosh bo'ldi va bu yurishlar uning nomini Turkiston o'lkasining omadli zobiti va istilochisi sifatida mashhur qiladi.
Kaufmanning hukmronligi davrida Turkiston general-guber-natorlik boshqaruvi uning shaxsiy istibdodi asosida amalga oshirilgan. Maxfiy maslahatchi F.Girs qayd etganidek «general-gubernatorning hokimiyati, qonun bo'yicha ish ko'rilishini taqozo etgan bo'lsa-da, amalda o'zi xohlagancha amalga oshirildi. Gene-ral-gubernator o'lkadagi hokimiyatning yagona boshqaruvchisiga aylangan edi. Hokimiyatni bunday tartibda markazlashtirish oqibatida ishlar qonun asosida emas, aksincha, general-guber-natorning ko'rsatmasi asosida amalga oshirila boshladi1.
1865-yilda Toshkent shahri qo'lga olinganidan keyin, mus-tamlaka sharoitidan kelib chiqqan holda, Sirdaryo hududi hamda 1864- va 1865-yillarda yangidan qo'lga olingan yerlar hisobiga Orenburg general-gubernatoriga bo'ysundirilgan Turkiston vilo-yati tashkil etilgan edi.
1867-yil 14-iyulda imperator Aleksandr II Turkiston harbiy okrugini ta'sis etdi va O'rta Osiyoda bosib olingan va saltanat tarkibiga kiritilgan hududlar hisobidan Tukrsiton general-gubernatorligini tashkil qilish to'g'risida farmon e'lon qiladi.
1 O'sha asar ..191-6eT.
Viloyatlarning harbiy gubernatorlari va uyezd boshliqlari ham o'z ixtiyorlaridagi harbiy qismlarning qo'mondonlari bo'lishgan. Shu tariqa, «harbiy xalq boshqaruvi»dagi harbiy hokimiyat chor zobitlari va generallari qo'lida jamlangan edi. «Xalq boshqaru-vi» - volost boshqaruvlari, yuzboshi-oqsoqollar, «xalq sudya-lari» - qozilar aholi tomonidan «saylangan».
General-gubernatorlik O'rta o'lka boshqaruvida Turkistonda mutlaq hokim bo'lgan. Markaziy o'lka boshqaruvi general-gubernator hamda uning Kengashi va mahkamasidan iborat edi.
Markaziy o'lka boshqaruvida Turkistonda general-guber-natorligi mutlaq hokim bo'lgan. Markaziy o'lka boshqaruvi general-gubernator hamda uning Kengashi va mahkamasidan iborat edi.
Turkiston general-gubernatori o'z qo'lida harbiy va fuqaro hokimiyatini birlashtirgan. Bir vaqtning o'zida u podsho noibi, harbiy okrug qo'shinlari qo'mondoni, Yettisuv kazak qo'shinlari qo'mondoni, bosh mirshab, bosh prokuror vazifalarini ham o'tagan. Unga Buxoro amiri va Xiva xoni ham bo'ysungan.
Bosh boshqarmaning ijroiya organi bo'lgan general-guber-nator mahkamasi dastlab to'rt bo'limdan iborat edi. Birinchi bo'lim ma'muriy va nazorat ishlarini boshqargan. Ikkinchisi bosh boshqarmaning moliyaviy-xo'jalik ishlariga qaragan. Uchinchi bo'lim soliqlar, shaharlar mablag'lari hamda boshqaruvga doir nizomlar loyihalarini tayyorlash bilan shug'ullangan.
To'rtinchi bo'lim esa maxsus bo'lim hisoblanib, uning faoliyat doirasi g'oyat keng va serqirra bo'lgan. 1886-yilgacha mustaqil ish ko'rgan bu bo'lim harbiy va adliya vazirlari ko'rsatmalaridan mustasno ravishda sud qarorlarini ham qayta ko'rish huquqiga ega bo'lgan1.
Turkiston o'lkasi markaziy bosh boshqarmasi tarkibida general-gubernatorga bo'ysunmaydigan markaz vakillari - adliya, moliya va davlat mulklari vazirliklari ham bo'lgan.
Turkiston general-gubernatorligi 90-yillarga kelib besh viloyatga (Sirdaryo, Farg'ona, Samarqand, Yettisuv va Kas-piyorti) bo'lingan.
1 y36eKwcroHmiHr янги TaproM. Биринчи китоб... 143-6eT.
2 Mazkur jadval «O'zbekistonning yangi tarixi. Birinchi kitob. Turkiston chor Rossiyasi mustamlakachiligi davrida» kitobidan olingan.
Turkistonda amalga oshirgan hukmronlik boshqaruv tizimi quyida ilova qilinayotgan maxsus jadvalda o'z ifodasini topgan
2.
Politsiya tuzumiga suyangan podsho hukumati Turkiston o'lkasi idorasini eng quyi bo'g'inidan oliy bo'g'inigacha o'z qo'lida tutgan. General-gubernatorning o'zi bosh mirshab vazifasini o'tagan. Hokimi mutlaq general-gubernator o'lkadagi istagan odamini, xoh o'zbek, xoh rus bo'lishidan qat'i nazar, impyeriya-