Bobur nomidagi andijon davlat universiteti


TURKISTONNI BOSIB OLISHNING TUGALLANISHI



Download 1,88 Mb.
bet70/146
Sana07.01.2022
Hajmi1,88 Mb.
#325859
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   146
Bog'liq
Bobur nomidagi andijon davlat universiteti

6. TURKISTONNI BOSIB OLISHNING TUGALLANISHI
Turkiston general-gubernatorligi tuzib bo'lingach, Rossiya hukumati o'zining asosiy diqqat-e'tiborini Turkmaniston hududlarini istilo qilishga qaratadi. Ana shu maqsadni ko'zda tutib 1869-yilda Krasnovodsk qal'asi qurilgan edi. Shu davrdan boshlab turkman yerlarini bosib olish uchun faol harakatlar boshlanib ketadi. 1877-yilda Axaltaka vohasidagi birinchi yirik manzilgoh - Qizil Arvat egallanadi. Shundan so'ng general Lazarev qo'mondonligidagi rus qo'shinlari Ko'ktepa (hozirgi Ashxobod) -ga hujum qiladilar va 200 askarni qurbon berib chekinishga majbur bo'ldilar. Ko'ktepa faqat 1881-yilga kelib turkistonliklarni qirishda «shuhrat» topgan Skobelev tomonidan bo'ysundiriladi. Taniqli rus olimi akademik V.V.Bartold «Ko'ktepa» («Geok-tepe») maqolasida tarixiy voqeani qanday sodir bo'lgan bo'lsa xuddi shunday bo'yamasdan to'g'ri yozgandi: «Rus qo'shini 8000 kishidan iborat bo'lib, 70 dan ortiq zambarakka ega edi. Yigirma kunlik qamaldan so'ng 1881-yilning 12 (24) yanvarida Ko'ktepa qal'asi shturm bilan ishg'ol qilindi, so'ng talon-toroj qilish uchun askarlar ixtiyoriga to'rt kungacha tashlab qo'yildi. Qal'ani qamal

qilish va zabt etish chog'ida 6000-8000 kishi halok bo'ldi. O'rta

Osiyodagi boshqa janglarga qiyoslasak ruslar katta qurbonlar evaziga g'alaba qozonganini ko'ramiz, ular o'lgan va yaradorlarni birga hisoblaganda 1000 dan ortiq odamini yo'qotdi. Bundan tashqari Ko'ktepa jangida Turkistonda birinchi marta ruslarning bayrog'i va zambaragi o'lja olingandi»1.


1 Бартольд В.В. «reoK-Tene». Оэч. Т.З. М; 1965, стр. 399.



Axaltakada bo'lgan urushning bevosita qatnashchisi rus zobiti K.Geans Ko'ktepadagi dahshatli manzaralarni yanada oydinroq ko'z o'ngimizda gavdalantiradi: «Qirg'in boshlandi... Charchash nimaligini bilmaydigan dragunlar birinchi uzun hov­lini turkmanlar qoniga g'arq qiladilar. Olishuv uzoq cho'zilmadi, dushman jasurona kurashsa-da, oxiri bardosh bera olmadi, qarama-qarshi tomonga, baland devor yoqalab ichki qal'aga qarab chekindi, ammo fursat boy berilgandi. Otryadimizda mardligi bilan nom chiqargan knyaz Golitsinning kazaklari va poruchik Naxichevanskiyning I-eskadroni dragunlari jarlikdan chiqib, ularning yo'lini to'sdilar. Chorasiz ahvolda qolganlarini sezgan taka-turkmanlar qo'llaridagi yatog'onlarini o'ynatib... raqibga tashlandilar. Ammo devor orqasidan deyarli yonma-yon turib otilayotgan miltiq o'qiga uchib, ketma-ket qulay boshladilar. Qal'a bilan paxsa devor orasi murdaga to'lib ketdi»1. Rad etib bo'lmaydigan dalil va hujjatlar general Skobelevning qardosh turkman og'alarimizning jallodi ekanligi va qonxo'r zobit bo'lganligini yana bir marta isbotlaydi. Vahshiy zobitning yaqin xeshlaridan bo'lgan Adam Juletta Lamber quyidagicha hi-koya qiladi: «Janob Marvin bilan suhbat chog'ida general Skobe-lev O'rta Osiyoni bo'ysundirish haqida o'z qarashlarini ochiqdan-ochiq quyidagicha ifodaladi:

  • Gap shunday, janob Marvin, faqat bularni gazetangizda bosib chiqara ko'rmang. Jahon ligasi nazarida g'irt yovvoyiga aylanib qolishni istamayman. Mening aqidam shunday: Osiyoda osoyishtalik o'rnatish masalasi to'g'ridan to'g'ri odamlarning qancha ko'p qirilishiga bog'liq. Zarba qanchalik kuchli bo'lsa, dushman shunchalik tez bo'ysunadi. Biz Ko'ktepada 20000 turkmanni o'ldirdik. Tirik qolganlar bu saboqni bir umr unutmaydigan bo'ldi. Umid qilamanki, bu aqidalaringizni bosib chiqarishimga ruxsat berasiz. Rasmiy axborotingizda siz hujum va ta'qib paytida har ikki jinsga mansub 8000 dushman o'ldirildi, deb yozgansiz. Shu to'g'rimi?

  • To'ppa-to'g'ri. Ularni sanashganda roppa-rosa 8000 odam chiqdi.

  • Bu ma'lumotlar Angliyada juda ko'p shov-shuvga sabab bo'ldi, sababi, sizning askarlaringiz erkaklar bilan bir qatorda ayollarni ham o'ldirishgan ekan.


«BoeHHbrii cбopник», KcypHan, 1882 г., № 6, cTp. 27.

Bu xususda shuni aytish lozimki, Skobelev men bilan suhbat chog'ida «Ko'plab ayollar o'ldirildi, askarlar duch kelgan odamni qilich biten chopib tаshlаyverishdi», deb tаn olgаn edi. Skobelev o'z diviziyasigа аyollаr vа bolаlаrgа tegilmаsin deb buyurgаn edi, uning oldidа ulаrni o'ldirishmаdi. Атпю boshqa dviziyadаgilаr hech kimgа shafqat qilishmаdi; аskаrlаr xuddi mаshinаdek isln^ xаloyiqni rosа qilich bilаn burdаlаshdi. Kаpitаn Mаslov buni ochiqchаsigа e'tirof etаdi. U «Axaltakaning bo'ysundirilishi» nomli аsаridа hujum bo'lаdigаn kuni — ertа tongdа hech kimni аsir olmаslik haqida buyruq bo'lgаn edi deb, guvohlik bergаnlаr orаsidа ko'pteb аyollаr bor edi. Yolg'on gаpirish tаbiаtimgа to'g'ri kelmаydi. Shuning uchun axborotimdа har ikki jinsgа mаnsub deb ochiq yozgаnmаn»1.

Kаpitаn A. Mаslov rus аskаrlаrining yovuzliklаrini «detаl-lаshtirib» ko'rsаtаdi. Ulаr qarshilik ko'rsаtаyotgаn yoki jonini аsrаsh uchun qochib ketаyotgаnlаrning qovurg'аsigа, qornigа nаyzа sаnchishаr, tikkаsigа otishаr, yo boshigа qo'ndoq biten tushirishаr ekаn. Hatto ko'pchiligining qo'ndog'i yorilib ketgan ekаn...

Skobelev dahshatli qirg'in bo'lishini oldindаn yaxshi bi^n vа bungа puxtа tаyyorgаrlik ko'rgаndi. Yurishgа otlаnаr ekаn, и bosh qo'mondonlik oldigа: «Birontа jurnаlist sаfаrdа qatnashmаsligi shаrt», - degan tаlаbni qаt'iy qo'yadi vа Ын^а to'lа erishаdi.

Ortiqboy Аbdullаyev Ko'ktepа qirg'in mаnzаrаsi dahshat-lаrini yanаdа yorqinroq chizish mаqsаdidа rus zobitlаri аsаrlаridаgi bа'zi bir mаnzаrаlаrni beradi. А.N.Kuropаtkin yozаdi: «Qаl'а ichigа qarash dahshatli edi. Behisob o'likter bir necha kundаn beri uyilib yotаrdi. Bа'zi kulbаlаr murdаgа to'lib ketgandi».

Turkrrran xalqini «yer yuzidаgi qorа dog'» deb hisoblаgаn kаlondimog' zobit N.I.Grodekov qo'shimchа qilаdi: «Dush-man qаmаl pаytidа miltiq vа zаmbаrаk o'qlаridаn qаy dаrаjаdа dahshatli tаlofot ko'rgаnini qаl'аni egаllаgаnimizdаn keyin bil-dik. Qаl'а ichidаgi bа'zi uylаrdа hatto o'n bes^^adm o'lik bor edi... »


АдамЖулетта Ламбер. Гeнepал Qco6eneB. СПб, 1886, стр.16-17.



Jаng аrаfаsidа Skobelev: «To'kilgаn har tomchi rus qoni uchun dushman qonini dаryodek oqizаmаn», - deb mаqtаngаn ekаn. U Ko'ktepаdа o'z vаqtidа jon berayotgan mullаning «8000 begu­noh odamni o'ldirganing uchun vijdon azobida qolmaysanmi?! — deb bergan savoliga yuzsizlik bilan: «Yo'q! 80000 bo'lmaganiga achinaman!» — deb javob bergan edi.

1884-yilda rus qo'shinlari Marv vohasi ustidan hukmronlik-ni o'rnatdilar va shu bilan amalda Turkiston hududining chor Rossiyasi tomonidan bosib olinishi asosan yakunlandi. Biroq to 1895-yilga qadar ham Turkistonning janubiy hududlarida bosqinchilik urushlari olib boriladi, bir necha bor Afg'oniston qo'shinlari bilan chegara mojarolari kelib chiqadi. Faqat 1895-yili tuzilgan bitimdan so'ng bu muammolarga chek qo'yiladi. Tojiklar yashaydigan hududlarning Panj daryosining o'ng qirg'og'igacha bo'lgan qismi, Turkmanistonning Kushka daryosigacha Pende vohasidagi Kushka, Murg'ob va Tajanning quyi oqimidagi yerlar Rossiya ixtiyoriga o'tadi.

Shunday qilib, chor Rossiyasi davlatining Turkiston hudu-dida olib borgan 1864-1895-yillardagi bosqinchilik qonli va dahshatli qirg'inbarot urushlari natijasida Vatanimiz xalqlari o'z gardanlariga og'ir va sharmandali mustamlakachilik bo'yin-turug'ini ilishga majbur bo'ladilar. Bu bosqinchilikdan iborat urushlar oqibatida chor Rossiyasi 1533255 kvadrat kilometrdan iborat yoki Frantsiya, Germaniya, Avstriya-Vengriya hududlarini birga qo'shib hisoblaganda teng keladigan yerlarni egallab oladi.

O'rta Osiyo va Qozog'istonni bosib olishda, o'lkani vayron qilishda alohida xizmat ko'rsatganliklari uchun Oq podsho Aleksandr II tomonidan 150 dan ortiq rus generallari, zobitlari yuksak darajadagi nishonlar, oltin qurollar, Georgiy ordenlari, Qizil Xoch krestlari va boshqa qimmatbaho sovg'alar bilan mukofatlanadilar. Bu bosqinchi «qahramonlar»dan 50 kishi «Ge-orgiy Kresti kavaleri» nishoni bilan taqdirlangan1. «Toshkentni olgani uchun», «Samarqandni olgani uchun», «Qo'qonni olgani uchun», «Andijonni olgani uchun» kabi nishonli medallar ham zarb qilinib, bosqinchilar taqdirlanganliklari xalq xotirasida ha-mon saqlanmoqda.


«Туркистон» ra3eTacM, 1996 йил, 20 anpenb.

Tub yerli aholi vakillaridan ham ba'zi millat sotqinlari «alohi-da xizmatlari» uchun podsho hazratlari tomonidan taqdirlangan. Rossiya qo'shinlariga Qozog'iston, Turkistonga kelish yo'llarini ko'rsatib, bu bosqinni amalga oshirilishiga xizmat qilganlardan Boytursun O'razaliyev «o'z mehnati» evaziga Georgiy Xochining barcha darajalariga ega bo'ldi va u keksayganda podsho huku-mati tomonidan shaxsiy nafaqa bilan ta'minlangan. Shahar oqso-qoli Orzuqulbek ham chor ma'murlari tomonidan siylangan.

Ana shu tariqa Turkiston o'lkasida chorizmning mustam-lakachilik zulmi davri boshlandi.Biroq, hech mubolag'asiz aytish mumkinki, nasl-nasabi yo'q bo'lib ketishi muqarrar bo'lgan bir sharoitda ham baribir, qator yo'qotishlar bilan bo'lsa ham o'zbek millatimiz o'zligini saqlab qola oldi. Mustamlakachila-ri ning og'ir zulmi sharoitida ham xalqimiz o'zligini, milliy qadriyatlarini, ma'naviyatini, madaniyati, urf-odatlari va tur-mush tarzini saqlab qola oldi. Mustabid tuzum sharoitida ham o'lka xalqlarining erkinlikka, taraqqiyotga va istiqbolga bo'lgan azaliy intiqligi va intilishi so'nmadi. Xalqimizning qalbiga teran o'rnashgan istiqlol va ozodlik tuyg'usi tobora qudratli kuchga aylana bordi.



Download 1,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish