Bobur n o m id a g ia n d ijo n davlat universiteti ru stam bek shamsutdinov, shodi k a rim o V



Download 11,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/253
Sana31.12.2021
Hajmi11,52 Mb.
#219543
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   253
Bog'liq
2 5467894839875994463

3.  Q A N G ‘  D A V L A T I

Vatan  tarixining  miloddan  aw alg i  III—I  asrlari  va  milodning  IV 

asrlarigacha  bo'lgan  hujjatli  m a’lumotlar  asosan  Xitoy  manbalariga 

aloqadordir.  Shu  bois,  0 ‘rta  Osiyoda  bu  davrda  qanday  davlatlar 

boiganligi,  qanday  qavm  va  qabilalar  yashaganligi,  shahar,  daryo, 

joy  nomlari  qanday  atalganligi  Xitoy  manbalarida,  xitoy  tilida 

qanday  yozilgan  bo‘Isa,  hech  qanday  o ‘zgarishsiz  manbadagidek



70

V A TA N   T A R IX I

atalgan.  Chunki  bu  nomlaming  mahalliy  tilda  o ‘sha  paytda  qanday 

atalganligi  m a’lum  emas.  Jumladan,  Xitoy  tarixchisi  Sima  Zyan 

miloddan  aw alg i  II asming  so‘nggi  choragida 0 ‘rta Osiyoda bo‘lgan 

bir Xitoy elchisi va sayyohining  so‘zlariga asoslanib, bu yerda aholisi 

yuechjiga  o ‘xshash  Q ang‘yuy  nomli  katta  k o ‘chmanchilar  davlati 

b o ‘lganligini  xabar  qiladi.  «Avesto»  va  «Maxabxorat»da  ham  sak 

(shak)lar,  toharlar  va  qang‘arlar  yashagan  Q ang‘  davlati  haqida 

eslatib  o ‘tiladi.  Q ang‘arlar  va  Q ang‘  davlati  tarixi  ustida  olimlardan 

Y .F.G ‘ulomov,  S.G.  Klyashtomiy,  B.A.  Litvinskiy,  Y.F. Buryakov, 

Q.Sh. Shoniyozov  va  boshqalar  katta  ilmiy-tadqiqot  ihlari  olib 

bordilar  va  Q ang‘  davlati  to ‘g ‘risida  qimmatli  asarlar  yaratdilar. 

Xitoy  manbalarida  qang‘arlarda  davlat  bo‘lganligi  to ‘g'risidagi 

m a’lumotlar miloddan  aw alg i  III  asr oxiri  va II  asr boshlariga to ‘g ‘ri 

keladi.  Tarixchi  olim Karim  Shoniyozovning fikricha:  «Qang'  davlati 

solnomalarda  aytilgan  davrdan  ancha  oldinroq  mavjud  boTgan... 

So‘zsiz  Q ang‘  davlati  0 ‘rta  Osiyoga  bosib  kelgan  makedoniyalik 

Aleksandr  qo‘shinlari  bilan  yunon-makedoniyaliklardan  tashkil 

topgan  salavkiylar  sulolasi  (miloddan  aw alg i  3 12-250-yillar) 

bilan  uzluksiz  ravishda  olib  borilgan  kurashlar  natijasida  taxminan 

miloddan  aw alg i III  asr boshida vujudga kelgan»1.

Qang‘  davlatining  chegarasi  manbalarda  aniq  ko‘rsatilmagan. 

Lekin  Karim  Shoniyozovning  m a’lumotlariga  qaraganda  q an g iilar 

sharqda  Farg'ona  vodiysi,  shimoli-sharqda  usunlar,  shimoli-g‘arbda 

Sarisu  daryosi  va g ‘arbda  Sirdaryoning o ‘rta oqimi  bilan chegaradosh 

boTgan.  Bu  chegarada  qang'arlarga  qarashli  bir  necha  viloyat  va 

ularga  tobe  bo ‘lgan  qabilalar  joylashgan.  Q ang‘arlar  hukmron 

bo‘lgan  hududda  miloddan  aw algi  I  va  milodiy  I—II  asrlarda  120000 

oila —  600000 kishi yashagan.

0 ‘rta  Osiyo  xalqlari  tarixida,  shu  jumladan.  o ‘zbek  xalqining 

tarixida  Qang‘  davlatinig  o ‘mi  benihoya kattadir.  Bu davlat hududida 

yashovchi  qadimgi  eroniy  tillarga  yaqin  tilda  so‘zlashuvchi  tub 

yerli  xalqlar  Janubiy  Sibir,  Oltoy,  Sharqiy  Turkiston  va  Yettisuv 

viloyatlarida  yashovchi  turkiy  tilda  so‘zlashuvchi  xalqlar  bilan 

o ‘zaro  yaqinlashadi.  Oqibatda  miloddan  aw alg i  II  I  asrlarda 

Sirdaryoning  o ‘rta  oqimlari  tumanlarida  turkiy  tilda  so‘zlashuvchi 

yangi  etnos  —   xalq  birligi  vujudga  kela  boshlaydi.  Bu  yangi 

xalq  —   etnos  sekin-asta  son  jihatdan  ko‘payib,  mazkur  hududdagi

Шониёзов К.  К,анг давлати ва кднглилар. -  Т.:  «Фан»,  1990, 27-бет.




I l l bob.  0 ‘rta  Osiyodagi qadim gi davlatlar

71

viloyatlarda  o ‘z  ustun  mavqeyiga  ega  bo‘la  bordi.  Natijada  ular 



alohida  q an g iar  elati  nomi  bilan  shakllanadi.  Ana  shu  elat  birligi 

asosida  tashkil  topgan  Qang‘  davlati  yetti  asr  yashadi.  Milodning

V  asri  o ‘rtalariga  kelib,  Qang‘  davlatining  yemirilishi  bilan  uning 

tarkibidagi  elat  va  qabilalar ham  tarqalib  ketdi,  o ‘mida yangi  siyosiy 

uyushmalar  va  etnik  birliklar  qaror  topdi.  Q ang‘  so‘zining  kelib 

chiqishi  to ‘grisida  fanda  har  xil  fikr  va  qarashlar  bor.  Sirdaryoning 

o‘rta  oqimida  miloddan  aw algi  III  asrdan  milodiy  V  asrgacha 

yashagan  xalqlar  Xitoy  solnomalarida  qang'uylar  va  kansuylar 

deb  atalgan.  Vizantiya  imperatori  Konstatin  VII  Bagryanorodniy 

(945-959)  «Imperiyani  idora  qilish  haqida»  asarida  «qang‘ar» 

so‘zining  m a’nosi  —   «mardonavorlik,  jasurlik  demakdir»,  deydi.

S.P. Tolstov  esa  Qang‘ni  Xorazm  deb  hisoblaydi.  «Qang‘li» 

so‘zining  kelib  chiqishi  haqida  xalq  rivoyatlari  ham  bor.  Jumladan, 

Rashididdin  (XIII  asrning  ikkinchi  yarmi)  «qang‘li»  so‘zining  kelib 

chiqishini  afsonaviy  shaxs  bo'lgan  O ‘g ‘uzxon  bilan  bog‘laydi. 

Rivoyatlarga  ko‘ra,  0 ‘g ‘uzxon  o ‘z  urug‘-aymoqlari  bilan  urushib 

yurgan  kezlarda  q o ig a   kirgizgan  boyliklami  tashish  uchun  arava 

yasatibdi.  Arava  turkiy  tilda  «Q angil»  deyilgan  ekan.  Shuning 

uchun  ham  0 ‘g ‘uzhon  va  unga  qarashli  kishilar  q a n g li  nomi 

bilan  atalganlar.  Q angiilam ing  barchasi  ulaming  avlodlari  emish. 

Abulg‘ozi  Bahodirxon  ham  taxminan  shunga  yaqin  fikmi  ilgari 

suradi.  Ammo  bu  atamalar  Karim  Shoniyozovning  fikricha,  ilmiy 

haqiqatga  to ‘g ‘ri  kelmaydi.  Uning  yozishicha,  «qang‘»,  «qanxa», 

«qangii»  so'zlarining  negizi  Eron,  umuman,  Hind-Yevropa  tillari 

bilan  b o g iiq   b o iish i  ehtimoldan  uzoq  b o im asa  kerak.  M aium ki, 

«кап»  o ‘zbek  va  tojik  tilida  kanal  m a’nosida  ishlatiladi.  U  so‘zini 

davom  ettirib,  yozadi:  «Sirdaryoning  quyi  va  o ‘rta  oqimlarining 

Qang‘  deb  atalganligini  yuqorida  eslatib  o ‘tgan  edik.  Agar  turkiy 

va  tungus-manjur  tillarida  saqlanib  qolgan  «qang‘»  so‘zini  qadimgi 

hind-yevropa  tillarida  «daryo»  yoki  «suv»ni  ifodalaganini  tan 

olganimizda  Sirdaryo  (Qang‘)  nomining  m a’nosi  ham  «daryo», 

«suv»  boiganligi  ehtimolga  yaqin.  Q ang‘ar  qabilasining  nomi 

bu  azim  daryo  bilan  uzviy  b o g iiq   boig an .  Bizni  qiziqtirayotgan 

etnonimning  (qang‘ar,  qang‘aris,  xangakishi,  q an g ii)  oxirgi  b o ‘g ‘ini 

«аг»,  «ег»  (qang‘  erlari,  odamlari),  kishi  (qang‘  kishilar),  «Н» 

(q an g ii)  ham  bu  xalqning  Sirdaryoning  o ‘rta  asrlardagi  nomi  bilan 

yaqinligidan  dalolat  beradi.  Boshqacha  qilib  aytganda,  Qang‘ —



72

V A TA N   TA R IX I

daryo  nomi  b o is a ,  «аг»,  «kishi»,  «li»  m a’lum  bir  xalqning  shu 

daryo  bo‘ylarida  yashab  kelganligidan  dalolat  beradi»1.

Manbalarda  Q ang‘  davlatining  idora-tartib  usuli  haqida  hech 

qanday  m a’lumotlar  yo‘q.  Biroq  to‘ng‘ich  Xan  sulolasi  tarixida 

(miloddan aw alg i II—I  asrlar) Q ang'uy podshosi o ‘z oqsoqollari bilan 

bamaslahat  ish  tutishi  haqida  bir  marta  eslab  o ‘tiladi.  Bu  davlatda 

oliy  kengash  katta  o ‘rin  tutgan.  Oliy  kengashda  qabila  boshliqlari, 

harbiy  sarkardalar  faol  qatnashganlar  va  muhim  davlat  ahamiyatiga 

ega  bo'lgan  muammolami  hal  qilganlar.  Podsho  maslahat  majlisi 

bilan  hamnafaslikda  ish  olib  borgan.  Bu  narsa  Qang‘  davlati  harbiy 

demokratik  prinsiplar  asosida  ish  yurituvchi  davlat  boiganligini 

ko isatad i.  Mamlakat  viloyatlarga  b o iib   idora  qilingan.  Viloyat 

boshliqlari jobu  yoki yobular  deb  atalganlar.  Xoqonlar  ana  shu jobu 

yoki  yobularga  tayanib  mamlakatni  boshqarganlar.  Shu  boisdan 

bunday  hokimlar xoqonlarga yaqin  kishilar,  yoki  ulaming  qarindosh- 

urugiaridan  tayinlangan.  Q ang‘  davlatiga  tobe  b o ig a n   viloyatlami 

boshqarish  mahalliy  hokimlar  q o iid a   b o iib ,  ular  markaziy 

hokimiyatga boj  to ia b  turar e ’dilar.  Bunday tobe viloyatlar jumlasiga 

qadimgi  Xorazm,  Sug‘d  hududlari  va  0 ‘rololdi  tumanlari  (alan  va 

yan  qabilalari)  kirgan.  Tarixchi  olim  Karim  Shoniyozov  bergan 

m aium otlarga  qaraganda  Q ang‘  davlatining  ikkita  markazi  b o ig an. 

Ulardan  biri  (Qang‘diz)  b o iib ,  u  Toshkent  vohasida,  Sirdaryoga 

yaqin yerda joylashgan.  Bu shahar miloddan aw alg i  III asrda bunyod 

etilgan  b o iib ,  u  Q ang‘  podsholarining  doimiy  qarorgohi  b o ig an . 

Aris  daryosining  quyi  oqimida  joylashgan  0 ‘tror  (Tarband)  esa 

Qang‘  davlati xoqonlarining yozgi qarorgohi bo ig an .

Manbalarda Q ang‘uy davlati miloddan aw alg i II asming oxiri va 

I  asming  boshlarida  buyuk  davlat  b o iganligi  va  u  Xitoyga  nisbatan 

mustaqil  siyosat  yurgizganligi  qayd  etiladi.  Qang‘uy,  hatto  X itoy—  

Farg‘ona mojarolariga aralashadi.

Xitoy  bilan  Q ang‘uy  (Qang‘)  o ‘rtasidagi  adovat  miloddan 

aw alg i  II—I  asr  boshlarida  boshlangan  edi.  Xitoy  m a’murlari 

qang'uylam ing  (qang‘arlaming)  ashaddiy  dushmanlari  —   usunlar 

bilan  do‘stona  aloqa  o ‘matib,  g'arbda  miloddan  aw alg i  104-yili 

Davanga  birinchi  bor  harbiy  yurish  boshlaydilar.  Ammo  bu  yurish 

uncha  muvaffaqqiyatli  chiqmaydi.  Ular  hozirgi  0 ‘zgan  shahrini 

egallagach, juda ko‘p jangjilardan ajralib  orqaga chekinadilar.


Download 11,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish