Bobur n o m id a g ia n d ijo n davlat universiteti ru stam bek shamsutdinov, shodi k a rim o V


VATAN  T A R IX I 3. M A’NAVIY MADANIY AT, ILM-FAN TARAQQIYOTI



Download 11,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet173/253
Sana31.12.2021
Hajmi11,52 Mb.
#219543
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   253
Bog'liq
2 5467894839875994463

438

VATAN  T A R IX I



3. M A’NAVIY MADANIY AT, ILM-FAN TARAQQIYOTI

Temur va temuriylar davrida m a’naviy madaniyat, ilm-fan g ‘oyat 

darajada  rivojlanadi.  Taniqli  filolog  olim  Ochil  Tog‘ayev  «Oltin 

daraxt»  maqolasida:  « 0 ‘rta  Osiyoda  madrasa  ta ’limi  X  asrlarda 

paydo  b o ‘lgan,  ammo  uning  haqiqiy  mukammal  rivoj i  Amir  Temur 

davriga  to ‘g‘ri  keladi.  B a’zi  manbalarda  uni  Sharqda  oliy  ta ’limning 

asoschisi,  deb  ataydilar.  Amir Temuming harbiy,  nazariy va amaliyot 

sohasidagi kashfiyotlarining o ‘zi dorilfunundir»,  deb ta’kidlaydi.

Temur  zamonasida  va  undan  keyingi  davrda  Turon  yurtida 

ilm-fan,  adabiyot  va  xullas,  m a’naviy  madaniyatning  bu  darajada 

barq  urib  rivojlanganligining  sababi  nimada?  Buning  sabablari 

quyidagilardir:

1.  Amir  Temuming  o ‘zi  o ‘qimishli,  savodxon  va  m a’rifatparvar 

inson  bo ‘lgan.  Faqat  o ‘qimishli,  savodli  va  m a’rifatparvar  insongina 

olim-u  ulamo  va  ziyoning  yurt  taraqqiyoti  va  el  farovonligi  hamda 

madaniy jabhadagi qadrini bilardi.

2.  0 ‘z  ona  tilidan  tashqari  fors  va  m o‘g ‘ul  tillarini  yaxshi 

bilgan  Amir  Temur  mamlakati  taraqqiyotida,  xalqning  madaniy  va 

m a’naviy  kamolotida  ilm-fan  va  m a’rifatning  ahamiyatini  juda-juda 

qadrlardi.  Shu  bois  ulug‘  amir  o ‘z  yurtida  b o ‘lsin,  harbiy  yurishlar 

qilib  borgan  mamlakatlarida  b o ‘lsin,  ulaming  millati,  irqidan  qat’i 

nazar,  kasb-hunar  egalari,  ustalar,  m e’morlar,  olim-u  fuzalolar, 

adabiyot  va  san’at  arboblarini  juda-juda  qadrlar,  ular  bilan  doimo 

maslahatlashar  ulaming  fikr  va  xulosalariga  doimo  quloq  solar  edi. 

M a’naviy madaniyat xodimlarining  ishlash,  yashash  va  ijod qilishlari 

uchun  barcha  shart-sharoitlami  yaratib  berardi.  Bu  o ‘rinda  «Temur 

tuzuklari»da  quyidagilami  o ‘qiymiz:  «Yettinchisi  —   sayyidlar, 

ulamo-yu  mashoyih,  oqil-u  donolar,  muhaddis'lar,  xabarchilar 

(tarixchilar)ni 

tanlangan 

e’tiborli 

odamlar 


hisoblab, 

izzat-u 


hurmatlarini joyiga qo‘ydim.

Sakkizinchi  toifa  —   hakimlar,  tabiblar,  munajjimlar  va  muhan- 

dislarki,  ular  saltanat  korxonasiga  rivoj  bemvchilardir.  Ulami  o ‘z 

atrofimga to ‘pladim»2.

Tarixchi  Ibn  Arabshoh  haqiqatni  tan  olishga  majbur  b o ‘lgan:

1  Muhaddis  —   Muhammad  payg‘ambar  hayoti  va  faoliyati,  diniy  va  ahloqiy  ko‘rsatmalari 

(Hadis) haqidagi rivoyatlami to‘plash bilan shug‘ullanadigan olimlar.

2 Темур тузуклари.  55-56-бетлар.




X bob. XIV asm ing ikkinchi yarmi -  XV asrda M ovarounnahr va

X urosonda madaniy hayot

439

«Temur  olimlarga  mehribon  bo‘lib,  sayyid-u  shariflami  o ‘ziga  yaqin 



tutardi.  Ulamolar  va  fozillarga  to ‘la-to‘kis  izzat  ko‘rsatib,  ulami  har 

qanday  kimsadan  batamom  muqaddam  ko'rardi.  Ulaming  har  birini 

o‘z  martabasiga  qo‘yib,  o ‘z  ikrom-u  hurmatini  unga  izhor  etardi. 

Ularga nisbatan o ‘z m um w ati bisotini yoyardiki, bu m uruw ati uning 

xaybati bilan aralash edi.  Ular bilan mazmunli bahs ham yuritar ediki, 

bu bahsida insof-u xishmat boiardi.

...Temur  tarix  (kitob)lari,  Xudoning  rahmati  va  salomi  b o i g ‘ur 

anbiyolar  «Qissalarini,  podshohlar  siyratlari  va  o ‘tgan  salaflar 

haqidagi  hikoyatlami  doimo-safarda  ham,  xadarda  ham  o'qitib,  qunt 

bilan tinglar edi»1.

Sharafiddin  Ali  Yazdiy  «Zafamoma»  asarida  Amir  Temuming 

olim-ulamolar  bilan  b o ig a n   suhbatlaridan  birini  keltiradi.  Amir 

Temur  yig‘ilganlarga  qarata  murojaat  qiladi:  «Fan  va  dinning 

mashhur  kishilari  o ‘z  maslahatlari  bilan  podshohlarga  yordam 

berib  kelganlar,  sizlar  esa  menga  nisbatan  bunday  qilmayapsizlar. 

Mening  maqsadim  mamlakatda  adolat  o ‘matish,  tartib  va  tinchlikni 

mustahkamlash,  fuqaroning  turmushini  yaxshilash,  yurtimizda 

qurilishni  kuchaytirish,  davlatimizni  rjvojlantirishdir.  Sizlar  bu 

ishlami  amalga oshirishda menga  o ‘z  maslahatlaringiz bilan k o ‘mak- 

lashishingiz  kerak.  Mamlakatning  ahvoli  devonning  suiiste’mol 

qilinganligi  va  qilinayotganligi,  oddiy  odamlaming  joylardagi 

hokimlar  tomonidan  qisib  qo‘yilishi  kabi  hollar  hammadan  k o ‘ra 

sizlarga  ayondir.  Shular  haqida  m a’lumot  bersangizlar,  bu  kabi 

adolatsiz  ishlami  bartaraf  etuvchi  hamda  shariat  va  qonunlarga 

muvofiq  chora-tadbirlami  aytsangizlar  yaxshi  boiurdi».  U  o ‘z 

aytganlariga  amal  qilib,  lavozimlarini  suiiste’mol  qilgan  o g ii 

Mironshohni  va  nabirasi  Pirmuhammadni  xalq  oldida  qattiq  jazo- 

laydi,  so‘ngra Mironshohni lavozimidan ham pastlatgan.

Albatta,  Amir  Temur  yurtida  ilm-fan  ahli,  ijodkor  uchun 

yaratilgan  bunday  shart-sharoit,  g ‘am ho‘rlik  tufayli  Samarqand 

dunyoning  m a’rifat  markazlaridan  biriga  aylanadi  va  uning  dovrug‘i 

doston  boMadi.  Buni  eshitgan,  ilm-fanga  havas  qo‘ygan  ijodkorlar 

o ‘z  ixtiyor  va  tashabbuslari  bilan  m a’rifat  markazi  Samarqandga 

kela  boshlaganliklari  ehtimoldan  ko‘ra  haqiqatga  yaqindir.  Ashraf 

Ahmedov  XIV  asming  o ‘rtalarida  Qozizoda  Rumiy  Turkiyaning



Ибн Арабшо

jf. Амир Темур тарихи. 2 китоб, 71-бет.



440

V ATAN   T A R IX I

Bursa  shahridan  o ‘z  ixtiyori  bilan  Samarqandga  kelganligini  hikoya 

qiladi.  Ammo  bu  bilan  biz  ilm-ma’rifat  va  ijod  ahllarini  Amir 

Temur  o ‘z  poytaxtiga  olib  kelganligini  inkor  etmoqchi  emasmiz. 

Chet  mamlakatlardan  Samarqandga  olib  kelingan  olimlar  orasida 

Xusomiddin  Ibrohimshoh  Kermoniy  singari  tabib,  mavlono  Ahmad 

kabi  falakiyotshunos  va  boshqalaming  b o ‘lganligi  bu  fikrimizga 

dalildir.  Ammo  Amir  Temur  bunday  ijodkorlami  poytaxtiga  olib 

kelib  gunohi  azimga  botmagan  va  xato  qilmagan  demoqchimiz. 

Buyuk  Sohibqiron  tufayli,  uning  e ’tibori,  saxiyligi  va  Samarqandda 

ilm-fan,  adabiyot taraqqiyoti  uchun  shart-sharoit yaratganligi  evaziga 

bunday tafakkur va  qobiliyat egalari jahonga tanilib mashhur bo‘lgan 

b o isalar,  ne ajab.

Xullas,  aytmoqchisizki,  Temur  va  temuriylar  zamonasida  Tu- 

ronzamin  o ik asid a  fanning  barcha  sohalari  gurkirab  o ‘sadi,  tabiiy 

va  gumanitar  fanlar  sohasida  bir  qator  buyuk  olimlar  yetishib 

chiqadi,  ular jahon  madaniyati  va  faniga  munosib  hissa  qo‘shadilar. 

Xalq  xo‘jaligining  turli  tarmoqlarini  rivoj lantirish  aniq  fanlaming 

rivojlanishini  talab  qilgan  bo‘lsa,  jamiyatning  m a’naviy  ehtiyoji 

gumanitar fanlaming taraqqiyotini  talab  etardi.

Temuriylar  davrida,  ayniqsa,  falakiyotshunoslik  fani  yuksaladi. 

Bu  o ‘rinda  Ulug‘bek,  Qozizoda  Rumiy,  G ‘iyosiddin  Jamshid  va  Ali 

Qushchilar  ijodining  kamolot  cho‘qqisiga ko‘tarilganligini  ta ’kidlash 

joiz.

Gumanitar  fanlar  sohasida  katta  yutuqlarga  erishiladi.  Tarix 



ilmi  bobida  Sohibqiron  Amir  Temuming  harbiy  zafarli  yurishlarini 

o ‘zining  «Zafamoma»  asarida  yoritgan  Sharafiddin  Ali  Yazdiy, 

«Zubdatut  tavorix»  («Tarixlar  qaymog‘i»)  asarining  muallifi  Hofizi 

Abro‘,  «M atlaus-sa’dayn»  («Ikki  baxtning  boshlanmasi»)ni  yaratgan 

Abdurazzoq  Samarqandiy,  7  jildlik  «Ravzat  us-safo»  («Soflik 

bog‘i»)  muallifi  Mirxond,  «Xulosat-ul  axbor»  («Xabarlar  xulosasi»), 

«Xabib  us-siyar»  («Yaxshi  xulqlar»)  asarlarining  muallifi  Xondamir, 

«Badoyi  ul-vaqoe»  («G o‘zal  voqealar»)  asarini  yozgan  Zayniddin 

Vosifiy va boshqalar barakali  ijod qiladilar.

Badiy  ijod  va  tilshunoslikda  Abdurahmon  Jomiy,  Alisher 

Navoiy,  Davlatshoh  Samarqandiy,  Atoullo  Husayniy,  Koshifiy  va 

boshqalar yuksaklik martabasiga erishadilar.




X bob. XIV asrning ikkinchi yarmi -  XV asrda M ovarounnahr va

X urosonda madaniy hayot

441


Download 11,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish