430
V A T A N T A R IX I
edi. Qusam ibn Abbos islomni targ‘ib va tashviq qilishda ishtirok
etgan buyuk shaxslardan boigan. U shu maqsadda 676-yilda arab
istilochilari bilan birgalikda Samarqandga kelgan. Shu yerda,
afsonalarda aytilishicha, namoz o‘qib turgan paytlarida kofirlar
hujum qilib uni o ‘ldirgan ekanlar. Amir Temur Qusam ibn Abbos
qabri ustiga yangi dahma o ‘matgan. Bu dahma 0 ‘rta Osiyo qadimgi
kulollari ishlarining eng yaxshi namunalaridan biridir.
Chingizxon qo‘shinlari tomonidan batamom kuli ko‘kka sovu-
rilib, vayronaga aylantirilgan Afrosiyob Temur va temuriylar davriga
kelibgina haqiqiy ikkinchi hayotga yuz o ‘giradi. Amir Temurdan
so‘ng uning iste’dodli va m a’rifatparvar nabirasi Ulug‘bek davrida
Samarqand o ‘z boshidan gullash davrini kechiradi. Ajoyib va
muhtasham binolar qad ko‘taradi. Afrosiyob atroflari husniga husn
qo‘shadi. Bibixonim masjidi hovlisining o‘rtasida marmartoshdan
yasalgan lavh bor (Lavh — Q ur’on qiroat qilinadigan maxsus kursi).
Ushbu lavhni Mirzo Ulug‘bek XV asming o ‘rtalarida yasattirgan.
Unda quyidagi so‘zlar bitilgan: «Sultoni azizim, oliy himmatli
xoqon, din-diyonat homiysi, xanafiya mazhabining posboni, aslzoda
sulton, ibn sulton amiri muhin Ulug‘bek Gurag‘on». Ulug‘bek
o g ii Abdulazizga atab 1434-1435-(hijriy 838) yillari Shohizinda
ansamblining asosiy bosh darvozasini qurdirgan. Unga quyidagi
so‘zlar bitilgan: «Abdulaziz Bahodir ibn Ulugbek ibn Shohruh, ibn
Temur».
Shohizinda
ansamblida
Temur
va
temuriylar
qurdirgan
maqbaralaming soni 20 dan oshadi.
Amir Temuming hayotligi chog‘ida qurilgan maqbaralardan
biri — Turkon og‘a maqbarasidir. Turkon og‘a Amir Temuming
opasi b o ‘lgan. Maqbara esa 1370 1371 -yillarda vafot etgan Turkon
og‘aning qizi uchun qurilgan. 1383-yilda Turkon og‘aning o ‘zi
ham vafot etadi va shu yerga dafn etiladi. Bu obidaning ustalari
samarqandlik Shamsiddin va Badriddin hamda buxorolik Zayniddin
va Shamsiddinlar bo‘lganlar. 1376-yilda Amir Temuming sarkar-
dalaridan biri — amir Husaynning onasi T o g ii Tekin, 1385-yilda
Amir Temuming singlisi Shirinbeka og‘a maqbaralari qurilgan.
Shohizinda ansamblida Amir Temuming xotinlari tomonidan
qurilgan maqbaralar va boshqa binolar ham kattagina o ‘rinni
egallaydi.
Amir Temur davrida qurilgan va dovrug‘i olamni tutgan
X bob. XIV asrning ikkinchi yarmi - XV asrda M ovarounnahr va
X urosonda madaniy hayot
431
tarixiy obidalardan yana biri bu — Go‘ri Amir maqbarasidir.
Bu muhtasham binoning o ‘z qurilish tarixi bor. Amir Temur
nabirasi Muhammad Sultonni (Jahongiming o g ii) juda sevardi.
Muhammad Sulton 1403-yilda, 27 yoshida shamollab vafot etadi.
Uni Samarqandga olib kelib dafn marosimi o ‘tkazadilar. Amir
Temur 1404-yilning kuzida safardan qaytgach, nabirasi Muham
mad Sulton xotirasi uchun maqbara qurishga farmon beradi.
Ushbu farmonda maqbarani o ‘n kun mobaynida qurib tugallashga
buyruq berilgandi. Haqiqatan ham maqbara o ‘n kunda batamom
qurib bitkaziladi. Bunday hashamatli, katta va baland binoni o ‘n
kunda qurib bitkazish aqlga sig‘maydigan bir voqea b o iib , Amir
Temuming kuch-qudrati nimalarga qodir ekanligini namoyish etgan.
Amir Temur mana shu yerda Muhammad Sulton Mirzo xotirasiga
va Alloh y o iig a atab katta xudoyi marosimini o ‘tkazadi hamda
o‘sha davr mashhur din peshvolari tomonidan Q ur’oni Karimdan
oyatlar o ‘qittiradi. Maqbara devorlaridagi rang-barang koshinlar
orasida uni qurgan usta Muhammad ibn Mahmud Isfaxoniyning
nomi ham yozilgan. 1405-yilda Amir Temur vafot etgach, uning
o ‘zi ham shu yerga, nevarasining yoniga dafn etiladi va maqbara
Amir Temur maqbarasi.
432
VATAN T A R IX I
G o‘ri Amir maqbarasi deb nom oladi. Shundan so‘ng ushbu obida
temuriylar sulolasining xilxonasiga aylanadi. Unda Muhammad
Sulton Mirzo, Amir Temurdan tashqari Sohibqironning o ‘g ‘illari
Umarshayh, Shohruh va Mironshoh, nabirasi Mirzo Ulug‘bek va
Temuming piri Sayyid Barakaning ham sag‘analari qo‘yilgan.
Diqqatga sazovor joyi shundaki, Amir Temurdek inson o ‘z qabrini
ustozi Sayyid Barakaning oyog‘i uchlariga qo‘yishni vasiyat qilgan
ekan. Vasiyat bajo etilgan.
Maqbaraning ichi juda baland. U bezaklarining jilosi bilan har
qanday kishini hayratlantiradi. Maqbaraning o ‘rtasida o ‘matilgan
sag‘ana toshlarida temuriylarga bag‘ishlangan yozuvlar bor. Shular
orasida Amir Temur qabri ustiga qo‘yilgan to ‘q yashil rangli
mohtobdan yasalgan qabrtosh diqqatga sazovordir. 1425-yilda
U lug‘bek Qarshi (Nahshob) shahrini m o‘g ‘ullardan tozalagach,
shahardagi m o‘g‘ul xoni saroyidan ana shu to ‘q yashil mohtobni
Samarqandga olib kelib, bobosi Sohibqiron sag‘anasi ustiga
qo‘ydiradi. Bu toshda yozilgan juda ko‘p, uzundan-uzoq 51 satrli
jum lalar qatorida quyidagilami o ‘qiymiz: «Bu toshni audanlik xoqon
Dava Suhonxon Qarshi deb ataladigan poytaxtiga k o ‘chirib olib
ketgan. Jetaga otlanganida Qarshidan U lug‘bek ko‘ragon (bu yerga)
ko‘chirtirib olib keldi. U nihoyatda mohirdir...»
Amir Temuming moddiy merosi uzoq yillar davomida talon-
taroj qilindi, xo‘rlandi va toptaldi. Xususan, chor Rossiyasining
mustamlakachilik zulmi va «qizil, saltanat» hukmronligi davrida
ulug‘ Sohibqiron tomonidan yaratilgan boyliklar turli yo‘llar bilan
yurtimizdan olib chiqib ketildi. Ulaming k o ‘plari Rossiyaning
Davlat Ermitaj muzeyida saqlanmoqda, kattagina qismi esa boshqa
davlatlarga oltinlar hisobiga sotib yuborilgan.
Taqdir taqozosi bilan Amir Temur qabri ikki marotaba bezovta
qilingan. Qarangki, go‘yo ikki marta ham Amir Temur mhlari o ‘z
dushmanlaridan ayovsiz o ‘ch olgan. Birinchisi 1736-yilda sodir
bo‘ladi. Eron taxtiga chiqqan Nodirshoh Amir Temur sag‘anasiga
qo‘yilgan mohtob qabrtoshni Mashhadga olib kelgan va evaziga ko‘p
o ‘tmay o ‘z nabirasi shahanshoh Aliqul Mirzo tomonidan o ‘ldirilgan.
Ikkinchisi «qizil saltanat» davrida, 1941-yil 22-iyun soat 5.00 da
boshlanadi. Huddi o ‘sha yil, o ‘sha kun va o ‘sha soatda fashistlar
Germaniyasi sobiq SSSRga umsh e ’lon qiladi. Har ikki holatda ham
biz buni tan olamizmi-yo‘qmi, xohlaymizmi yo‘qmi, go‘yo Allohi
Karim xuddi buyuk Temur uchun uning qabrini bezovta qilganlardan
qonuniy o ‘ch olganday tuyuladi kishiga.
X bob. XIV asrning ikkinchi yarmi - XV asrda M ovarounnahr va
X urosonda m adaniy hayot
433
Go‘ri Amir ansamblining ko‘rki va faxri uning maqbaralaridagi
gumbazlardir. Gumbazdagi rangdor naqshlar yorqinligi va serjiloligi
bilan har qanday kishini hayratga soladi. Xullas, bu go‘zal va
betakror maqbara Amir Temur xotirasigagina yodgorlik boim asdan,
balki nomsiz m e’morlar, mohir rassomlar, xalq ijodi qudratining
timsoli naqqoshlar sharafiga ham o ‘matilgan abadiy haykaldir.
Amir Temur Samarqanni dunyoning eng ko‘rkam va go‘zal
shaharlaridan biriga Yer y u ’zining «sayqali»ga aylantirishni
o ‘zining vazifasi deb biladi. Samarqand Temuming kuch va
qudratini jahonga k o ‘z-ko‘z qilib ko‘rsatishi kerak edi. K o‘rkam va
go‘zal Samarqand oldida dunyoning boshqa davlatlari poytaxtlari
bamisoli kichik-kichik qishloqlarga o ‘xshab ko‘rimsiz b o ‘lib turishi
lozim, deb hisoblardi Sohibqiron. Ulug‘ bobomiz ana shu mantiq
asosida Samarqand atrofida bir qancha manzilgohlar paydo qilib,
ularga jahondagi yirik davlatlaming poytaxtlari nomlarini beradi:
B ag‘dod, Damashq, Qohira, Sheroz, Sultoniya, Parij va hokazo.
Parij keyinchalik xalq talaffuzida Forish deb yuritiladigan bo‘ldi.
Amir Temur davrida Samarqandning dovrug‘i doston b o ‘ladi.
Uning to ‘rt tomonida to‘rtta darvozasi bo ‘lgan. Shahar atrofi qazilgan
xandaqlarda oqib turadigan zilol suvlar bilan o ‘ralgan edi. Shahaming
toza va ozodaligi juda ko‘p manbalarda madh etilgan. Jumladan,
tarixchi Al-G‘azzoliyning yozishicha: «Muhtasiblar ko ‘chaga tarvuz-
qovun po‘choqlarini hamda boshqa chiqindilami tashlab, yoiovchilar
uchun sirg'anish xavfini tug‘dirmasligini, oqava suvlar sachrab
odamlaming kiyimlarini iflos qilmasligini, qassoblar ko‘chalarda
yoki do‘konlaming oldida mol so‘yib atrofni ifloslantirmasliklarini,
har kim o ‘z tomonidan kuragan qomi o ‘zi tozalashini va boshqa
obodonchilik ishlarini qattiq nazorat qilganlar»1.
220 gektami egallagan birgina Afrosiyobning o ‘zida Amir
Temur hukmronligi davrida 80 ga yaqin hammom, qulay va gavjum 5
ta bozor bo ig an . Tarixchi sayyoh Ibn Xaldunning hikoya qilishicha,
Samarqandda «oqar suv kirmagan biror ko‘cha, biror hovli deyarli
yo‘q edi, faqat b a’zi uylargina bog‘siz edi»2. Odamlar ko‘chalarda
ariqlarda oqib o ‘tadigan toza zilol suvlardan ichimlik suvi o ‘mida
foydalanganlar. Amir Temur poytaxti Samarqand atrofini b o g i-
1 Бердимуродов А. Амир Темурнинг Самарканддаги боглари. «Туркистон», 1992 йил 17
ноябрь.
2 0 ‘sha manba.
434
Do'stlaringiz bilan baham: |