2. QURILISH VA M E’MORCHILIK
Temur va temuriylar davrida qurilish ishlari, m e’morchilik misli
ko‘rilmagan darajada o ‘sadi va rivojlanadi.
Temur va uning avlodlari davrida Samarqand, Toshkent,
(Zangiota qabri), Buxoro Shahrisabz, Qarshi, Turkistonda, Xuro-
sonning markazi Hirot, Mashhad, Nishopur, Kobul va boshqa
shaharlarda buyuk yaratuvchilik ishlari olib boriladi. Sohibqironning
buym g‘iga asosan 1365-yilda Qarshi, 1370-yilda Samarqand,
1380-yilda Kesh shaharlari atrofida mudofaa devorlari barpo etiladi.
Temuming o ‘z ona yurti Keshda, buyuk alloma va mutafakkir
Ahmad Yassaviyga atab Turkistonda qurdirgan ajoyib, osmono‘par
va muhtasham madrasalari o ‘z davrida Sohibqironning kuch-
qudratini jahon uzra ko‘z-ko‘z qilgan.
Tarixshunos olim Sharafiddin Ali Yazdiy o ‘zining «Zafamoma»
asarida Kesh (Shahrisabz) qo‘rg‘oni va Oqsaroyning qurilishi
bayonida quyidagilami yozgan: «Sichqon yiliga to ‘g ‘ri kelgan
(hijriy) 781-yilning oxiri (milodiy mart, 1380), erta bahor fasli edi.
0 ‘z q uw ati bilan (tabiatni) gullatib yashnatuvchi m e’mor ko‘katlar
va maysazorlar shahrini obod qilishga kirishgan, atirgul butalaridan
qasrlar yaratib, la’lgun shohchalar uchini baland ko‘targan va ulami
428
VATAN T A R IX I
firuza rang naqshli barglar bilan bezagan bir vaqtda oliyhazrat
Sohibqiron gullaridan mushku anbar b o ‘yi taraluvchi, suvidan gulob
ta ’mi keluvchi Keshning xushhavo va rom etguvchi zaminida shodlik
nash’asini surib, orom olmoq azmi bilan bu yerda saltanat taxtini
o ‘mattirdi. So‘ng Shahrisabz qo‘rg‘onini qurish haqida farmon berdi
va (ishlami) amirlar-u lashkar ahli o ‘rtasida taqsimladi. Q o‘rg ‘on
qurilishi uchun munosib keluvchi saodatli soatda uning poydevorini
qurdilar. Shahar ichida esa qazo-yu qadardek bajarilishi so‘zsiz
b o ig a n farmonga binoan bir qasr bunyodiga asos soldilar.
Imorat shu qadar baland va favqulodda jozibali ediki... Hatto
keksa muhandis b o im ish Gardun shuncha yillar jahon atrofida
aylangan b oiish ig a qaramay, bunday go‘zal binoni ko ‘rmagan edi.
1404-yilda Amir Temuming onasi Nekuzbibi sharafiga qurib
bitkazilgan, go‘zallikda tengsiz Oqsaroy ispan elchisi Ryui Gonzales
de Klavixo 1403-yili bu yerdan Samarqand tomon o ‘tayotganda
hali bitmagan edi. Ammo shunga qaramasdan u o ‘z xotiralarida
Oqsaroyning go‘zalligidan hayratlanganligi va qoyil qolganligini
yozadi: «Zero, butun bino zarhal va lojuvard bilan qoplangan b o iib ,
u yerda saroyning shuncha b o im a va oromgohlarini ko‘rsatdilarki,
ular haqida juda uzoq so‘zlash mumkin. Saroy ziynatlari oltindan va
boshqa ranglardan hayratomuz ishlangan edi. Hatto mohir ustalari
bilan jahonga mashhur b o ig a n Parijda ham bu ish juda go‘zal
hisoblangan b o ia r edi».
Amir Temur tomonidan qurilgan ushbu saroyning eng noyob,
o ‘ziga xos xususiyatlaridan yana biri shunda ediki, saroy tomi
tepasida hovuz b o iib , unga suv Taxtaqaracha dovonidan — tog‘dan
qo‘rg ‘oshin quvurlar orqali olib kelingan.
Albatta, Amir Temur birinchi navbatda poytaxti Samarqandni
dunyoning eng go‘zal va obod, ko‘rkam va betimsol shaharlaridan
biriga aylantirishni o ‘zining bosh vazifasi deb biladi. U ishni, eng
aw alo, m o‘g ‘ullar istilosidan so‘ng 150 yil mobaynida vayron
va qarovsiz yotgan shahaming mudofaa devorlarini tiklashdan
boshlaydi. Osma suv y o ii («Juyi Arziz»)ning yakson etilishi tufayli
suvsiz qolgan Samarqand mahallalariga Zarafshon daryosidan suv
keltiradi.
Amir Temur o ‘z saltanatining qo‘rg‘oni — Ark qal’a, undagi
betakror va go‘zal binolami qurdiradi. K o‘ksaroy va B o‘stonsaroy
deb elda mashhur b o ig a n bu binolar shahaming k o ‘rki hisoblangan.
X bob. XIV asrning ikkinchi yarmi - XV asrda M ovarounnahr va
X urosonda madaniy hayot
429
Shahar arki ichida bu binolardan tashqari masjid, ulkan kutubxona,
shohona uy-joylar, Amir Temuming xazinasi va taxti, pul zarb-
lanadigan ko'ra, aslahasozlik ustaxonalari, hammomlar hamda zindon
bo‘lib, atrofi qalin va baland devorlar bilan o ‘ralgan.
Sohibqiron Hindiston safaridan qaytgach, uning farmoni
bilan jom e masjidi (Bibixonim nomi bilan ataluvchi masjid)ning
qurilishi boshlanadi. Jome masjidi qurilishiga Temuming shaxsan
o‘zi qiziqqan va jang-u jadallar bilan band bo4sa-da, uni e’tibordan
qochirmagan. Jome masjidi belgilangan muddatda bitkaziladi. Biroq
Sohibqiron bu paytda safarda edi. Ayni paytda Temuming sevimli,
erka va katta xotini Saroymulkxonim (Bibixonim) bunyod etilgan
jome masjidi yonida jozibali va ulug‘vor, muhtasham madrasa
qurilishini boshlab yuborgan edi. Ibn Arabshohning guvohlik
berishicha, qumvchilar madrasa darvozasi va devorlarini jome
masjidiga nisbatan baland ko‘taradilar. Natijada madrasa asosi jome
masjidi asosidan mustahkam, balandlikda ham undan ko‘ra yuqori
bo ‘ladi.
1404-yilning kuzida Temur harbiy safardan qaytgach, madrasa
va jome masjidini tomosha qilar ekan, uning nazarida masjidning
peshtoqi madrasaga nisbatan tor va past ko‘rinadi. U g ‘azabga to ‘ladi
va jome masjidi bosh peshtoqini buzib tashlab boshqatdan qurishga
farmon beradi. Shu dargohning kengaytirib va baland k o ‘tarib qu-
rish ishida qusurga y o ‘l qo‘yganligi uchun X o‘ja Mahmud Dovud
so‘roqqa tortilib jazolanadi. Jome masjidi kengaytiriladi va peshtoqi
baland ko‘tariladi. Qayta ta ’mirlash ishlarini Amir Temuming
shaxsan o ‘zi nazorat ostiga oladi. Jome masjidi Samarqanddagi eng
hashamatli va go‘zal obidalardandir. U boshqa binolardan o ‘ymakor
marmardan yasalgan 480 pillapoya ustunlari, darvozaband ulkan
ravoqi, masjid binosining bahaybat gumbazi, peshtoqining maho-
bati va quyosh nurida turli rang k o ‘rinishda tovlanib tumvchi
maftunkor, jimjimador, go‘zal bezaklari bilan o ‘zgacha bir tarzda
ajralib turardi.
Amir Temur mashhur Shohizinda qabristonini ham o ‘zining
o ‘tkir zehni va ziyrak e ’tiboridan chetda qoldirmaydi («Shohizin
da» — «tirik shoh» m a’nosini beradi). Undagi maqbaralaming
eng qadiymiysi — Qusam ibn Abbos maqbarasidir. Qusam ibn
Abbos islom dinining asoschisi, Payg‘ambarimiz Muhammad
alayhivassalomning amakivachchasi bo‘lgan Abbosning zurriyoti
Do'stlaringiz bilan baham: |