Bobur n o m id a g ia n d ijo n davlat universiteti ru stam bek shamsutdinov, shodi k a rim o V



Download 11,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet165/253
Sana31.12.2021
Hajmi11,52 Mb.
#219543
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   253
Bog'liq
2 5467894839875994463

Файзиев  Т.

 Дусайн Бойкаронинг сирли улими. 44-бет.




IX bob.  A mir Tem ur va tem uriylar davri

415


U lug‘  shoir  Muhammad  M o‘min  Mirzoning  vafotini  temuriylar 

xonadonining  inqirozi  sifatida  qaragan.  Darvoqe,  mazkur  fojia 

munosabati  bilan  boshlanib  ketgan  qatli  om,  o ‘ch  olish,  qirg‘inbarot 

urushlar  mamlakatni  halokat  va  bo‘hron  yoqasiga  olib  keladi,  xalq 

boshiga  hisobsiz  kulfat  va  alamlar  yog‘iladi,  ochlik,  qashshoqlik 

avjiga minadi.  Bundan shimoldagi Dashti Qipchoqdan bostirib kelgan 

Muhammad  Shayboniyxon  boshchiligidagi  ko‘chmanchi  chorvador 

o ‘zbek  qabilalari  foydalanib  qoladilar.  Ular  dastlab  Movarounnahr 

hududlarini  egallab,  so‘ngra  shitob  bilan  Xurosonning  shahar  va 

viloyatlarini qo‘lga kirita boshlaydilar.

Sulton  Husayn  Boyqaro  mamlakat  kuchlarini  Shayboniyxonga 

qarshi  birlashtirib  kurashga  safarbar  etish  to‘g ‘risidagi  Badiuzzamon 

taklifiga  e ’tibor  bermaydi,  vaqt-imkoniyat  qo‘ldan  boy  berilgach, 

foydasiz  nadomatlar  chekadi.  Shayboniyxon  1503-1506-yillarda 

navbatma-navbat  Balx,  Andxo‘y,  Shibirg‘on,  Maymana  va  Fa- 

rob  viloyatlarini  egallaydi.  1502-yilning  qishida  Balxni  qamal 

qilgan  chog‘ida  Muhammad  Shayboniyxon  shahar  hukmdori 

Badiuzzamonga  o ‘z  elchisi  orqali  quyidagi  mazmunda  xat jo ‘natadi: 

«Temuriylar  saltanatining  iqbol  oftobi  zavol  chizig‘iga  yetgandur. 

Saltanat  navbati  temuriylar  xonadonidan  yana  ulug‘  chingiziylar 

xonadoniga  o‘tgandur.  Sizlarda  zaxira  tugagan,  alhol,  sizlarga 

munosib  uldirkim,  xon  iltifotiga  va  xoqon  inoyatiga  e’tiqod 

b o giab ,  ojarlikni  bas  qilib,  tobelik  qo‘li  bilan  shahar  darvozalarini 

ochingiz»1.

Vaziyatning nihoyatda og‘irligini tushungan shahanshoh o'zining 

yo‘l  qo‘ygan  xatolaridan  pushaymon  bo‘ladi,  1506-yil  yanvarda  u 

o ‘g ‘li  Badiuzzamonni  M urg‘ob  daryosi  sohiliga  ilg‘or qilib jo ‘natadi 

va  o ‘zi  orqadan tezda  yetib  borishini  aytadi.  Sulton  Husayn Boyqaro 

saroyda  barcha  viloyatlardagi  o ‘gillariga  va  beklarga  tezda  oliy 

o ‘rdugohga yetib kelishlarini buyurib farmon beradi.  Shayboniyxonga 

qarshi  birgalashib  jang  qilish  taklifi  bilan  shahonshoh  Zahiriddin 

Bobur huzuriga Sayyid Afzalni  elchi qilib jo ‘natadi.

Husayn  Boyqaro  salomatligi  yomon  bo‘lishiga  qaramay  Xuro­

son  qo‘shinlariga bosh bo‘lib  Shayboniyxonga qarshi lashkar tortadi. 

Ammo  Bobo  Ilohiy  mavzeiga  yetganda  uning  ahvoli  og‘irlashadi. 

Shu  yerda  harakatni  to ‘xtatishga  majbur  bo‘ladi  va  tezlik  bilan 

Badiuzzamonga  chopar  jo ‘natadi.  Badiuzzamon  Saripulda  otasi-



Файзиев  Т.

 Хусайн Бойкаронинг сирли улими. 65-бет.



416

VATAN  TARIXI

ni  kutardi.  Chopardan  xabar  olgach,  zudlik  bilan  shahanshoh 

huzuriga  oshiqadi.  Otasining  og‘ir  ahvolini  ko‘rgan  Badiuzzamon 

Mirzo  m a’yus  bir  ahvolda  o ‘z  manziliga  qaytadi.  Arkoni  davlat 

Husayn  Boyqaro  Mirzoning  tang  va  og‘ir  ahvolini  hisobga  olib, 

shahanshohdan  so‘ng  shahzodalar  o ‘zaro  taxt  talashmasinlar  degan 

maqsadda  Badiuzzamon  bilan  Muzaffar  Mirzolami  taxtga voris  qilib 

tayinlash to ‘g ‘risida azm-u qarorga keladi.

1506-yil  2-mayda  Badiuzzamon  bilan  Muzaffar  Husayn 

qo‘llarini  Q ur’onu  Karimga  qo‘yib,  saltanatni  bir-birlari  bilan  inoq 

ahillik va hamjihatlikda boshqarish o ‘zaro zimdan adovat va xusumat 

qilmaslikka arkonu davlat vakillari oldida ahd-u paymon qiladilar.

Dardi  og‘irlashib  borgan  Sulton  Husayn  Boyqaro  Mirzo  1506- 

yil  5-mayda  saktayi  qalb  (appopleksiya)  kasali  bilan  69  yoshida  bu 

dunyoni  tark  etadi.  Uning  jasadi  o ‘zi  hayotlik  chog‘ida  qurdirgan 

Hirotdagi madrasada dafn etiladi va ta ’ziyaning yettinchi kuni  odatga 

ko‘ra yurtga osh beriladi.

Tarixchi  olim  Turg‘un  Fayziyev  Husayn  Boyqaro  Mirzoning 

o iim i  bilan  bog‘liq  g'ayritabiiy  va  munozarali  fikrlami  bayon 

qiladi.  Bu  fikrlami  bayon  qilishda  olim  1967-yilda  Kobul  shahrida 

b o ‘lib  o ‘tgan  qo‘lyozma  asarlar  yodgorliklarini  o ‘rganishga  doir 

xalqaro  anjuman  hujjatlariga  asoslangan.  Bu  hujjatlarda  hikoya 

qilinishicha,  Shayboniyxonga  qarshi  jang  qilish  niyati  bilan  y o ‘lga 

chiqqan  Sulton  Husayn  Boyqaro  Mirzoning  Bobo  Ilohiyda  vafot 

etishi  ramziy  m a’noda  Shayboniyxonning  g ‘alabasidan  bashorat  edi. 

Shahanshohning  vafoti  haqidagi  xabar  atrofga  tarqalib,  Muhammad 

Shayboniyxonga yetib borgunga qadar Husayn Boyqaroni shoshilinch 

suratda  madrasada  oddiy  qabr  qazdirib  omonat  dafn  etadilar  va 

jang  tayyorgarligini  ko‘radilar.  Bir  necha  muddat  vaqt  o ‘tgandan 

so‘ng  shahanshoh  jasadini  haqiqiy  qabrga  olib  qo‘yish  maqsadida 

ilgarigi  qabmi  ochadilar  va  dahshatli  hodisaning  guvohi  b o ‘ladilar: 

qabr  ichida  shahanshoh  jasadi  to ‘ntarilib  yotibdi,  ustidagi  kafanlari 

tushib  ketgan,  lahad  devorlari  qo‘l  bilan  timalgan.  Bundan  shunday 

xulosa  kelib  chiqadiki,  shahanshohni  o ‘lmasdan  dafn  etishgan.  Gap 

shundaki,  u  sakta kasaliga  mubtalo  bo‘lgan  edi.  Bemor tomirlarining 

bir  necha  muddat  behol  urishi  natijasida  hayot  uchquni  sezilmay 

qolgan.  Kasallikning bunday pinhoniy  sirlaridan voqif b o ia  olmagan 

tabiblar  va  Husayn  Boyqaro  Mirzoning  yaqinlari  uni  olamdan  o ‘tdi, 

deb hisoblab  dafn etganlar.  Sovuq lahadda bir necha muddat yotgach,




IX bob.  A mir Tem ur va tem uriylar davri

417


bemoming  tomirlari  yana  bir  m e’yorda  ura  boshlagan,  deb  taxmin 

qiladilar.  Bemor  qorong‘i  lahad  ichida  yorug‘likka  chiqishga  jon 

talvasasida  harakat  qilgan.  Ammo  uning  barcha  harakatlari  behuda 

ketgan.


Xullas,  Sulton Husayn Boyqaro Mirzo vafotidan so‘ng mamlakat 

og‘ir  ahvolga  tushib  qoladi.  Shayboniyxon  Xurosonni  zabt  etish 

taraddudida  Badiuzzamon  va  Muzaffar  Husayn  Mirzolarga  elchisi 

orqali  quyidagi  mazmunda  xabar  yuboradi:  «Sizlaming  ota- 

bobolaringiz  avvalgi  vaqtlarda  bizning  shonli  hukmdor  xon  ota- 

bobolarimiz qo‘l ostida bo‘lganlar.  Alhol,  sizlar ham o ‘z bobolaringiz 

sunnatiga  iqtido  qilib,  ixtilofsiz  taslim  bo‘lm og‘ingiz  lozim.  Toki, 

qal’a-shaharlar vayron,  fuqarolar qirg‘inga duchor b o ‘lmagaylar».

Muhammad  Shayboniyxon  1507-yilning  may  oyida  Jayhun 

daryosini  kechib  o ‘tadi  va  Andxo‘yga  yaqinlashadi.  Badiuzzamon 

Mirzo  va  Muzaffar  Husayn  Mirzolar  dushmanga  zarba  berish 

uchun  tayyorgarlik  ko‘rgan  b o ‘lsalar-da,  Xuroson  kuchlarida 

birlik  va  ahillik  yo‘q  edi.  19-mayda  Bodxizda  b o ‘lgan  jangda  aka- 

uka  temuriylar  yengiladi.  Shayboniylar  lashkariga  Muhammad 

Shayboniyxonning  o ‘g ‘li  Temur  Sulton  va  Ubaydullo  Sulton  ibn 

Mahmudxonlar  sarkardalik  qiladi.  Xuroson  qo‘shinlari  yengilgach, 

shahzoda va ulamolar tartibsiz, xohlagan tomonga qochib ketadilar.

Muhammad  Shayboniyxon  qo‘shinlari 

1507-yil  23-mayda 

Hirot  shahrini  egallaydi.  Badiuzzamon  Mirzo  va  Muzaffar  Husayn 

Mirzoning  haramlari,  barcha  mol-mulklari  Shayboniyxon  ixtiyoriga 

o ‘tadi.  Muzaffar  Husayn  Mirzoning  Xonzoda  begim  ismli  xotinini 

yaxshi  ко‘rib  qolgan Muhammad  Shayboniyxon uni xotinlikka oladi. 

Muzaffar Husaynning Xonzoda begimdan tug‘ilgan qizi  Mehrangizni 

Ubaydulla  Sulton  o ‘z  nikohiga  kiritadi.  Boshqa  malikalar  esa 

Shayboniyxon  qo‘shinlari  sardorlari,  amirlar  va  beklarga  tortiq 

qilinadi.  27-mayda  Muhammad  Shayboniyxon  nomi  Hirotning jome 

masjidida  xutbaga  qo‘shib  o ‘qitiladi.  Ana  shu  tariqa  Xurosonda 

temuriylar saltanati barham topadi.



Л

-----\7 a ta n   t a r i v i   1



418

VATAN  TARIXI




Download 11,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish