Bobur n o m id a g ia n d ijo n davlat universiteti ru stam bek shamsutdinov, shodi k a rim o V



Download 11,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet164/253
Sana31.12.2021
Hajmi11,52 Mb.
#219543
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   253
Bog'liq
2 5467894839875994463

Файзиев  Т.

 Хусайн Бойкаронинг сирли улими. 23-бет.




IX bob.  A mir Tem ur va tem uriylar davri

413


shaxsan  bu  tadbimi  amalga  oshirishdagi  ishtiroki  tufayli  Yodgor 

Muhammad  Mirzo  qo‘lga  olinadi.  U  1470-yil  21-avgustda  19 

yoshida  qatl  etiladi.  Sulton  Husayn  Boyqaro  Mirzo  ikkinchi  marta 

Hirotni  egallaydi.  Tartib-intizom  va  adolat  o ‘matilgan  mamlakat 

har  tomonlama  yuksaladi,  xalq  to ‘q  va  farovon  hayot  kechiradi. 

Xondamir  bergan  m a’lumotlarga  qaraganda  Sulton  Husayn  Boyqaro 

zamonida  qirqqa  yaqin  yirik  inshootlar  qurilgan.  Ayniqsa,  Hirot 

bu  davrda  dunyoning  eng  go‘zal  va  obod  shaharlaridan  biriga 

aylangan.  Sulton  Guzurgoh  yaqinida  o ‘z  nomi  bilan  ataluvchi 

madrasa  qurdirgan.  «Bog‘i  jahonoro»,  «Bog‘i  bayt  ul-imon», 

«Bog‘i  hamsa  oroyi»  deb  ataluvchi  go‘zal  va  ko‘rkam  bog‘lar 

barpo  ettirgan.  Sulton  Badiuzzamon  Mirzo  nomi  bilan  ataluvchi 

«Madrasayi  Badi’a»  o ‘z  davrining  yirik  qurilishlaridan  biri  bo‘lgan. 

Qattiq  zilzila  oqibatida  ancha  shikastlangan  Hirotdagi  eng  yirik 

jom e’  masjidi  ham  shu  davrda  ta’mirlanadi.  Bu  ulkan  masjidning 

nechog‘lik  katta  hashamatini  shundan  ham  bilish  mumkinki,  uning 

403  gumbazi,  130  ta  ravoqi  va  44  ta  ustuni  bo‘lgan.  Bu  ulug‘vor 

ishlaming  barchasiga  amir  Alisher  Navoiy  rahbarlik  qilgan.

Tarixiy  manbalarga  qaraganda  Sulton  Husayn  Boyqaroning 

o ‘n  bitta  xotini  bo‘lgan  va  ulardan  25  farzand  —   14  o ‘g ‘il  va  o ‘n 

bir  qiz  ko‘rgan.  Albatta,  bu  farzandlar  Sultonning  turli  xotinlaridan 

bo‘lganligidan  aka-ukalar,  opa-singillar  o ‘zaro  bir-biriga  kundosh 

bo‘lgan  onalar  boshchiligida  davlat,  mol-dunyo  va  vorislik  talashib, 

fisq-u  fasod  va  jang  qilar  edilar.  Bu  kurashning  boshida  Husayn 

Boyqaroning  erka  xotini  Hadicha  O g‘o  begim  turardi.  U  1451-yilda 

to ‘g ‘ilgan.  Sulton  Abu  Sayyid  Mirzo  1457-yilda  Hirotni  qo‘lga 

kiritganda  unga  xos  kanizak  qilib  hadya  etilgan.  Hadicha  begimni 

u  1465-yilda  nikohlab  olgan  edi.  1469-yilda  Husayn  Boyqaro  Abu 

Sayyid  Mirzo  taxtini  egallagach,  Hadicha  begimni  ko‘rib,  uning 

husni jamoliga  mahliyo  bo‘lib,  sevib  qoladi  va  uch  oydan  so‘ng  o‘z 

nikohiga oladi.

Hadicha  begim  husn-latofatda  go‘zal,  dimog‘dor,  yengil  tabiat, 

ichi  qora  va  makr-hiylaga  moyil  ayol  b o ‘lgan.  U  tez  orada jozibali 

va  makkorona  iltifotlari  bilan  Husayn  Boyqaroni  o ‘ziga  rom  qilib 

oladi  hamda  haramda  ulug‘  bekalik  o ‘mini  egallaydi.  Hadicha 

begimning  ikkita  farzandi  bo‘lgan.  Kattasi  Shohg‘arib  Mirzo  va 

kichigi  Muzaffar  Husayn  Mirzo  edi.  Husayn  Boyqaro  Mirzoning 

suyukli  erkasi  Hadicha  begim  o ‘zining  kichik  o ‘g ‘li  Muzaffar 

Husayn  Mirzoni  valiahd  sifatida  ota  taxtiga  o ‘tqazish  maqsadida



414

VATAN  TARIXI

mislsiz  qabihlik  va  qotillik  ishlarini  amalga  oshiradi.  Taomilga 

ko‘ra,  valiahdlik  haqqi  Sultonning  bosh  farzandi  Badiuzzamonniki 

edi.  Chunki  Badiuzzamon  valiahd  bo‘lishga  munosib  b o ‘lib, 

Sultonning  farzandlari  orasida  eng  oqil  va  tadbirkori  edi.  U  mard, 

toliqmas  jangchi,  shariat  ixlosmandi,  adolatparvar  shaxs  sifatida 

tanilgan.  M a’rifatparvar b o ‘lganligidan  o ‘z  saroyiga olimlar,  shoirlar, 

ulamolar,  san’atkorlar  va  hunarmand  ahlini  yig‘ib  anjumanlar 

o ‘tkazar,  she’rxonlikka  ruju  qo‘ygan  b o ‘lib.  o ‘zi  ham  g ‘azallar  ijod 

qilardi.

Ayni  paytda  Alisher  Navoiy  boshchiligida  saroy  ahlining 

k o ‘pchiligi  valiahdlikka  Badiuzzamon  Mirzoning  o ‘g‘li  M o‘min 

Mirzoni  munosib  deb  bilar  va  bu  haqda  o ‘z  mulohazalarini  Husayn 

Boyqaroga  bildirgan  edilar.  Bu  gaplardan  xabardor  b o ‘lgan  Hadicha 

begimning  qora  ichi  oqarmas  va  muammoni  bartaraf  etish  og‘usida 

qon  yutardi.  Nihoyat  u  o ‘zining  jirkanch  va  qabih  niyatini  amalga 

oshiradi.  Bu  ishda  unga  vazir  Nizom  ul-mulk  yordam  beradi.  U 

Sulton  Husayn  Boyqaro  M urg‘ob  harbiy  o ‘rdugohida  qattiq  mast 

b o ‘lganligidan  foydalanib,  Muhammad  M o‘min  Mirzoni  qatl  etish 

to ‘g ‘risidagi  nihoyatda  mudhish  farmonga  muhr  bostirib  oladi  va 

M o‘min Mirzo qatl etiladi.  Bu mislsiz qatli om Badiuzzamon Mirzoni 

o ‘z  otasiga  nisbatan  xundor  dushmanga  aylantiradi,  ikki  o ‘rtada  bir 

necha bor qonli urushlar kelib  chiqadi.

M o‘min  Mirzo  qatl  etilganda  Alisher  Navoiy  Mashhadda  edi. 

U  Muhammad  M o‘min  Mirzoni  ustozi  buzrukvor  b o ‘lib,  juda- 

juda  sevardi  va  mamlakat,  el-yurt  va  saltanatning  kelajak  taqdirini 

uning  oqilona  sa’y-harakatiga  bog‘lardi.  Xondamiming  yozishicha, 

mudhish  voqeadan  uch  kun  o ‘tgach,  ulug‘  shoir  Hirotga  qaytib, 

Muhammad  M o‘min  Mirzo  fojiasini  eshitib,  dahshatga  tushgan  va 

zor  qaqshab  yig‘lagan.  Alisher  Navoiy  M o‘min  Mirzo  fojiasining 

kelajakda  yurt  va  mamlakat  taqdiri  uchun  qanday  asoratlar  keltirishi 

mumkinligi  haqida  so‘zlab  bunday  degan:  «M o‘min  Mirzo  fojiasi 

xuddi  Shayx  Majiddin  B ag‘dodiy  fojiasiga  o ‘xshaydi.  Zotan, 

Shayx  Majiddin  Bag‘dodiy  qatlidan  so‘ng  k o ‘p  o ‘tmay  Turondan 

Erongacha  bo‘lgan  yerlar  Chingizxon  otining  tuyog‘i  ostida  qolib, 

kultepaga  aylandi.  Jafokash  xalq  qatli  omga  (umumiy  qirg‘inga) 

mahkum  qilindi.  Alhol,  Muhammad  M o‘min  Mirzoning  qatli  tufayli 

ulug‘  bir  fitna  vujudga  kelib,  mamlakat  vayron  bo‘lib,  fuqaro 

boshiga  cheksiz  musibat  va  qirg‘in  tushmog‘idan  qo‘rqadurmen»‘.




Download 11,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish