Bobur n o m id a g ia n d ijo n davlat universiteti ru stam bek shamsutdinov, shodi k a rim o V


  TEM URIYLAR  DAVLATIDA  IJTIMOIY-IQTISODIY



Download 11,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet166/253
Sana31.12.2021
Hajmi11,52 Mb.
#219543
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   253
Bog'liq
2 5467894839875994463

9.  TEM URIYLAR  DAVLATIDA  IJTIMOIY-IQTISODIY 

MUNOSABATLAR

Sohibqiron  Amir  Temur  davrida  asos  solingan  ijtimoiy-iqtisodiy 

munosabatlar  uning  avlodlari  davrida  ham  asosan  davom  ettiriladi. 

Albatta,  amir,  bek va  sultonlar o ‘rtasida  olib  borilgan  o ‘zaro  urushlar 

o ‘lkaning  ijtimoiy-iqtisodiy  va  siyosiy  hayotiga  salbiy  ta ’sir  qiladi. 

Ammo  ijtimoiy  hayot  to ‘htab  qolgani  y o ‘q.  Yerga  egalik  qilish 

aw algidek  to ‘rt  xil:  «mulki  devoniy»  —   davlat  yerlari;  «mulk 

yerlari»  —   xususiy  yerlar;  «mulki  vaqf»  —   vaqf  yerlar  va  jamoa 

yerlari  shaklida  saqlangan.  Temur  davridagidek  davlat  yerlarini 

«suyurg‘ol»  qilib  berish  davom  ettiriladi.  «Suyurg‘ol»  yerlar  oddiy 

bir  qishloqdan  tortib  tuman,  shahar  va  viloyatlargacha  tashkil 

etgan.  Bu  yerlar,  odatda,  hukmron  sulola  avlodlari,  yirik  harbiy 

va  davlat  mansabdorlariga  berilg‘an  va  u  avloddan  avlodga  meros 

b o ‘lib  o ‘tgan.  «Suyurg‘ob>  egasi  o ‘z  yerida  amaldorlami  tayyorlash, 

soliqlar  tizimini  belgilash  va  ulami  to ‘plash,  gunohkorlami jazolash 

masalalarini o ‘zi mustaqil hal  qilgan.

«Suyurg‘ol»  egalari  nomigagina  markaziy  hokimiyatga  qaram 

bo ‘lib,  amalda  deyarli  mustaqil  bo‘lganlar.  Mabodo  «suyurg‘ob> 

egalari  haddilaridan  oshib,  markaziy  hokimiyatga  b o ‘ysunmay 

qo‘ysalar  ulaming  tasarmfidagi  yer  maydonlari  qisqartirilar,  yoki 

ulaming m a’muriy va adliya haq-huquqlari  cheklab  qo‘yilar edi.  Eng 

oxirgi  va  ogir  so‘nggi  chora  sifatida  «suyurg‘ol» dan  mahrum  etish 

hollari h a m b o ia r edi.  Jumladan,  Shohmh  1414-yilda b o ‘ysunmagani 

uchun  Mirzo  Aleksandmi,  1415-yilda  esa  Mirzo  Boyqaroni  «suyur- 

g ‘ol»dan mahmm qiladi.

Yerga  egalik  qilishning  ikkinchi  shakli  xususiy  yerlar  edi. 

Albatta,  katta-kichikligidan  qat’i  nazar,  yirik  mulkdorlaming  katta 

yer  maydonlari  ham,  mehnatkash  ziroatchilaming  mayda  paykallari 

ham  xususiy  yer  mulklari  hisoblangan.  Mulk  yerlarining  katta  qismi 

m a’muriy,  harbiy  va  diniy  arboblarga  ulaming  davlat  oldidagi 

alohida  xizmatlari  uchun  berilgan  va  ular  juda  katta  hajmdagi  yer- 

mulklarga  egalik  qilganlar.  Masalan,  XV  asming  ikkinchi  yarmida 

yashagan  X o‘ja   Ahroming  1300  taga  yaqin  yer-mulki  bo‘lib,  bu 

mulklaming  ayrimlari  300  qo‘shga teng  bo‘lgan.  Yoki  ulug‘  shoir va 

davlat  arbobi  Alisher Navoiyning  ham  Astrobod,  Hirot,  Sabzovor va 

boshqa  joylarda  juda  katta  hajmda  yer-mulklari  bor  edi.  Zahiriddin




IX  bob.  A m ir Tem ur va tem uriylar davri

419

Muhammad  Bobur  bergan  m a’lumotlarga  qaraganda,  u  Sulton 

Husayn  Boyqarodan  sovg‘a-salomlar  qabul  qilmas,  aksincha,  uning 

o ‘zi  sultonga  bunday  sovg‘alami  in ’om  etar  ekan.  Xondamiming 

yozishicha,  kunlaming  birida  Navoiy  Sulton  Husayn  Boyqaroga 

sovg‘a  tariqasida  25  tuman  oltin,  kumush  tangalar,  uning  qarindosh- 

urug‘lariga  1000  man ipak mato,  1000  harvor don va 200  ming  dinor 

pul  in ’om  etgan.  Ayni  zamonda  Navoiy  mamlakat  obodonchiligi, 

ilm-fan  va m a’rifat yo‘lida ham katta  mablag‘  sarf etgan,  kambag‘al, 

beva-bechora va yetimlaming boshini  silagan.

Bu davrda bosh hukmdor tomonidan yirik mulk egalariga alohida 

xizmatlari  uchun  tarxon  yorlig‘i  berish  tartibi joriy  qilingan.  Tarxon 

bilan  «suyurg‘ol» ni  aralashtirmaslik  kerak.  Tarxon  olgan  shaxs 

davlat  xazinasiga  tushadigan  turli  xildagi  soliq  o ‘lpon  to ‘lashdan 

ozod  qilingan.  Demak,  tarxon  —   imtiyozga  ega  bo ‘lmoq  m a’nosini 

anglatadi.  Tarxon  yorlig‘ini  olgan  shaxsning  gunohi  to ‘qqiz 

martagacha kechirilgan. 0 ‘ninchi marta gunoh ish qilgan taqdirdagina 

jazoga  tortilgan.  Albatta,  bunday  yorliqni  birinchi  navbatda  amirlar, 

beklar,  saroy  amaldorlari  va  sayyidlar  olganlar.  Tarxon  yorlig‘ini 

olgan  mulkdor  shaxslar  ismiga  uni  ulug‘lab  «tarxon»  so‘zi  qo‘shib 

aytilgan.  Jumladan,  Hirot  atrofidagi  yerlar Darvesh Ali  tarxon mulki, 

Samarqand  va  Buxoro  atrofidagi  yerlar  Abu  Ali  tarxon  mulklari 

bo‘lgan.  Tarxonlar juda katta yer-mulk boylik  va navkarlaming  egasi 

bo‘lib,  mamlakatning  ijtimoiy-siyosiy  hayotida  juda  katta  nufuzga 

ega edilar.

Masjid,  madrasa,  xonaqo,  maqbara va mozorlarga qarashli yerlar 

«vaqf  mulki»  hisoblangan.  Bu  mulk  Temur  va  temuriylar  davrida 

ancha  katta  nufuzga  ega  b o ‘ladi  va  rivoj  topadi.  V aqf  mulklariga, 

odatda,  yer-suvlardan  tashqari  ko‘plab  do‘kon,  korxona,  tegirmon, 

objuvoz,  bozor,  karvonsaroylar  ham  vaqf  qilib  kiritilgan.  Ulardan 

tushgan  daromadlar,  asosan,  xayriya  ishlari  uchun  sarflangan,  yani 

masjidlar,  madrasalar,  shifoxonalar  va  xonaqolaming  ta ’miri, jihozi, 

mutavalli,  jnudarris,  tabib  va  talabalarga  beriladigan  nafaqalar 

hamda  langarxona,  (musofirxona)  va  shifoxonalaming  kundalik  sarf- 

xarajatlari uchun ishlatilgan.

To‘rtinchi  gurah  yerlar  —   jam oa  yerlari  hisoblanib,  uncha 

katta  b o ‘lmagan  ulushni  tashkil  etgan.  Bu  yerlar  qishloq  aholisining 

umumiy  tasarmfida  bo‘lgan.  Temur  va  temuriylar  hukmronligi 

davrida  sug‘orma  dehqonchilik  madaniyatini  rivojlantirish,  ariq  va



420

VATAN  TARIXI

kanallar  chiqarish  kabi  masalalarga  katta  e ’tibor  berilgan.  Jumladan, 

eng  yirik  sug‘orish  ishlaridan  biri  Samarqand  vohasida,  Zarafshon 

daryosidan  bosh  olgan  Darg‘om  anhori  suvi  bilan  ta ’minlanuvchi 

qadimgi  Angor  kanalining  qayta  tiklanishi  bo‘ladi.  Bu  kanal  orqali 

«Zarafshon  daryosi  suvi»  Qashqadaryoning  kam  suvli  hududlariga 

oqiziladi  va  u  yerda  dehqonchilik  madaniyatining  rivojlanishiga 

yordam beradi.

M o‘g ‘ullar bosqini  davrida  batamom  vayron  etilgan  Buxoroning 

suv  xo‘jaligi  XV  asrga  kelib  to ‘la  tiklanadi,  uning  dehqonchilik 

maydoni  kengayib,  Urganjiy  dashti  tomon  qariyb  5-6  km  ichkariga 

kirib  boradi.  Ulug‘bek  hukmronligi  davrida  Buxoro  viloyatining 

janubi-sharqiy  chegarasiga  yondoshgan  Somonjuq  dashtiga  suv 

chiqariladi va yangi yerlar o ‘zlashtiriladi.

M o‘g ‘ullar  bosqini  davrida  vayron  etilgan  M urg‘ob  daryosining 

bosh  to ‘g ‘oni  Sultonobod  Shohruh  davrida  tiklanadi.  Marv  shahri  va 

M urg‘ob  vodiysi  suv  bilan  ta’minlanadi.  Sulton  Husain  Mirzoning 

tashabbusi  bilan  Marviruddan  yangi  kanal  chiqariladi,  yangi  yerlar 

o ‘zlashtiriladi.  Hirot  va  Mashhad  tomonlarda  Alisher  Navoiy 

tashabbusi  bilan  juda  katta  sug‘orish  inshootlari  barpo  etiladi. 

Xususan,  Tus  viloyatining  yuqori  qismida  joylashgan  Chashmag‘ul 

mavzesida  Turug‘band  suv  omborining  qurilishi  g ‘oyat  katta 

ahamiyatga  ega bo‘ladi.  Chunki  bu  suv  ombori  orqali  10  farsax  (60­

70 km) kanal qazdirilib,  Mashhad obihayot bilan ta’minlanadi.

Bu  davrda  sug‘orish  texnikasi  rivoj  topadi.  Natijada mamlakatda 

dehqonchilik  va  bog‘dorchilikning  barcha  turlari  rivojlanadi, 

chorvachilik taraqqiy etadi.  Bu amalga oshirilgan  ishlaming hammasi 

mehnatkash  va  zahmatkash  xalqning  mehnati  natijasida  ro ‘yobga 

chiqarilgan,  albatta.  Katta  yer  egalari  o ‘z  yerlarida  yirik  xo‘jalik 

yuritish  ishlarini  amalga  oshirishga  qiziqmaydilar.  Ular  yerlami 

kichik qismlarga bo‘lib,  chorakorlarga soliq  solish hisobiga beradilar. 

Dehqonlar  kimning  yeri  hisobiga  yashashlariga  qarab  davlat  yoki 

zamindorga soliq to‘lar edilar.

Sug‘orma  dehqonchilik  yerlarida  alohida  olinadigan  asosiy 

soliq  Amir  Temur  davridagidek  «xiroj»  hisoblangan.  Bu  soliq 

b a’zan  «mol»  deb  ham  atalgan.  Soliq  miqdori  yetishtirilgan  hosilga 

va  yeming  unumdorligiga  qarab  olingan.  Shu  sababdan  xiroj 

soligi  asosan  hosil  yetilib,  unib,  yig‘ishtirib  olish  paytida  mahsulot 

shaklida  yoki  pul  bilan  to‘langan.  Xullas,  dehqonlar  sug‘orma 

yerlardan  hosilning  1/3  qismidan  tortib  yarmigacha  xiroj  to ‘lar



IX bob.  A mir Tem ur va tem uriylar davri

421


edilar.  Lalmikor  yerlarda  esa  bu  ko‘rsatkich  1/6-1/8  qismni  tashkil 

etgan.  Mulk  yerlarining  bir  qismidan  «ushr»  solig‘i  ham  undirilgan, 

u  hosilning  1/10  qismiga  teng  bo‘lgan.  Jumladan,  XV  asming  yirik 

mulkdorlaridan  biri  hisoblangan  X o‘ja   Ahror  Valiy  o ‘ziga  qarashli 

bo‘lgan  1300  yer-mulkdan  har  yili  Samarqand  hukmdori  Sulton 

Ahmad Mirzo  xazinasiga g ‘allaning  o ‘zidan  80  ming mon  (1  mon — 

20 kg ga teng) to ‘lab turgan.

Bulardan  tashqari,  bog‘  va  daraxtzorlardan  «mol  sardaraxt», 

yaylovlardan  —   «mol  o ‘tloq  va  suvloq  kabi  soliqlar  undirilgan. 

Chorvadorlar  esa  «zakot»  solig‘i  to ‘laganlar.  Bu  soliq  miqdori 

qirqdan bir, ya’ni 2,5  foyizga teng bo‘lgan.  Bu sanab o ‘tilgan soliqdar 

bilan  bir  qatorda  fiiqaro  soliqlami  undirish  va  uning  hisob-kitobi 

bilan band b o ‘lgan turli  lavozimlardagi  m a’muriy shaxslar xizmatlari 

uchun ham har xil miqdorda to ‘lovlar to iash g a majbur edi.

Majburiyatning  yana  bir  turi  «begar»  deb  atalgan.  «Begar»—  

tekinga  ishlab  berish,  ya’ni  hashar  m a’nosini  anglatar  edi.  Aholi, 

odatda,  shaharlarda  devorlar,  qo‘rg ‘on,  saroy,  masjid,  madrasa, 

ko‘priklar  qurish  va  ulami  mustahkamlash,  ariq-zovurlar,  kanallar, 

yo‘llami  qurish  va  tozalashda  tekinga  ishlab  berishi  kerak  edi. 

Xullas,  aholi  gardaniga  yuk  bo‘lib  tushadigan  bunday  xilma-xil 

soliqlar fuqarolaming  qismatli hayotiga o‘z  salbiy  ta’sirini  o ‘tkazardi 

va  soliq  zulmi  siyosatiga  qarshi  mehnatkash  ommaning  norozilik 

harakatlariga  sabab  bo‘lardi.  1470-yilda  Sulton  Husayin  Boyqaro 

m a’murlarining  o ‘zboshimchalik  bilan  olib  borgan  soliq  siyosatiga 

qarshi  Hirot  fuqarolarining  bosh  ko‘tarishi  bu  fikrimizning  isbotidir. 

Alisher  Navoiy  Muhammad  Yodgor  boshchiligida  ko‘tarilgan  bu 

qo‘zg‘olonning oldini olib,  shaharda adolat va tinchlik o ‘matadi.

Temuriylar  hukmronligi  davrida  Movarounnahr  va  Xurosonda 

hunarmandchilik  savdo  va  tovar-pul  munosabatlari  ham  rivojlanadi. 

Bu  davrda  xususan  Samarqand,  Hirot,  Buxoro,  Marv,  Toshkent, 

Shohmhiya,  Termiz,  Shaxrisabz,  Qarshi  va  boshqa  shaharlar  ma- 

daniyat  va  savdo  markazlariga  aylanadi.  Bu  shaharlarda  hunar­

mandchilik  rivoj  topib,  kasb-hunar  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  mahallalar, 

ko‘chalar,  guzarlar,  bozor  rastalari,  timlar,  toqlar  (usti  gumbazli 

bozor) pay do bo‘ladi.

Hunarmandchilik  sohasida  to ‘qimachilik,  kulolchilik,  chilangar- 

lik  (metall  buyumlar  yasash),  zargarlik  temirchilik,  binokorlik  kabi 

tarmoqlar  yetakchi  mavqega  ega  bo‘lgan.  Samarqand  shishalari, 

qog‘ozlari  bilan  ham  shuhrat  qozongan.  Bundan  tashqari,  0 ‘rta



422

VATAN  TARIXI

Osiyo  shaharlarida  teriga  ishlov  berish,  po‘stindo‘zlik  kabi  hunar- 

lar  ham  keng  rivoj  topadi.  E ’tiborli  joyi  shundaki,  kasb-hunar 

egalari  mamlakat  aholisining  eng  madaniyatli  va  obro‘li  kishilari 

hisoblangan.  Ulami  xalq  katta  hurmat  va  e ’tibor  bilan  e ’zozlagan. 

Jumladan,  samarqandlik  shoirlardan  Javhariy  —   sovungarlar 

rastasining  oqsoqoli,  Mavlono  Havofiy  —   tikuvchi,  Mavlono  Mir 

A rg‘u n —   homado‘z,  y a’ni  chodir  tikuvchi,  Mavlono  Qobuliy —  

G ‘azlfurush,  yani  kalava  sotuvchi,  Mavlono  Kamardo‘z  —   tasma 

tikuvchi,  Bisotiy  Samarqandiy  —   b o ‘yra  to ‘quvchi,  Abu  Bakr 

Kalaviy  —   paxta  tituvchilar  mahallasining  oqsoqoli,  Hurdak 

Buxoriy  —   kamondbof  hunarmandlardan  bo‘lgan.

Temuriylar  davrida  Movarounnahr  va  Xuroson  savdogarlari 

nafaqat Osiyo mamlakatlari,  ayni zamonda «Buyuk ipak y o ‘li»  orqali 

Yevropa mamlakatlari bilan ham  savdo munosabatlari  olib borganlar. 

Ayniqsa,  Xitoy,  Hindiston,  Eron,  Rossiya,  Totoriston,  Fransiya, 

Ispaniya  va  boshqa  davlatlar  bilan  savdo-sotiq  ishlari  kuchaygan. 

Xitoydan  asosan  ipak  shoyi  matolari,  xususan,  parcha  va  atlaslar, 

chinni,  la’li,  gavhar  va  mushk,  Hindistondan  sifatli  choylar,  nafis 

oq  rangli  ip  matolar,  nil  bo‘yoqlar,  xushbo‘y  ziravorlar,  Erondan 

marvarid  va  durlar,  Rossiya  va  Totoristondan  har  xil  m o‘ynalar,  teri 

va  mum  keltirilgan.  Samarqand  bozorlarida  Fransiya  gazmollari, 

movutlari va cherkas pichoqlari mashhur edi.

0 ‘z  navbatida  0 ‘rta  Osiyo  shaharlaridan  chet  mamlakatlarga 

arzon  narxli  ip  matolar,  bo‘z,  duxoba,  shoyi  gazlama,  qog‘oz, 

quruq  meva,  guruch,  paxta,  kalava  iplar,  pichoq,  kulolchilik 

va 


misgarlik 

buyumlari 

chiqarilgan. 

Savdo 


munosabatlarini 

rivoj lantirishda  elchilik  aloqalari  katta  ahamiyat  kasb  etgan. 

Temuriy  hukmdorlaming  elchilik  va  savdo  karvonlari  Osiyo  va 

Yevropaning juda  ko‘plab  mamlakatlariga  borganlar.  0 ‘z  navbatida, 

chet  mamlakatlaming  elchilik  savdo  karvonlari  0 ‘rta  Osiyoning 

turli  shaharlarida  b o ‘lganlar.  Masalan,  1420-yilda  Shohruh  va 

Ulug‘bek  530  kishidan  iborat  elchilik  karvonini  Xitoyga  jo ‘natadi. 

Shohruh  elchilariga  Shodixoji  va  Amir  K o‘kcha, 

Ulug‘bek 

elchilariga  esa  Sultonshoh  bilan  Muhammad  Baxsh  boshchilik 

qiladilar.  Bu  karvonga  G ‘iyosiddin  Naqqosh  kotib  etib  tayinlangan. 

Karvon  Xitoyda  2  yil  b o ‘lib,  1422-yilda  vatanga  qaytib  keladi. 

Bu  elchilik  karvoni  1419-yilda  Hirot  va  Samarqandga  tashrif 

buyurgan  Xitoyning  Li-di  va  Jong-ku  boshliq  elchilik  karvoniga 

javob  tariqasida  uyushtirilgan  edi.  Savdo-sotiq  aloqalarida  Temur



IX bob.  A m ir Tem ur va tem uriylar davri

423


va  temuriylar  tomonidan  zarb  etilgan  kumush,  mis  tangalar  katta 

ahamiyatga  ega  bo ig an .  Bunday  chaqa  tangalar  turli  davrlarda 

Samarqand,  Hirot,  Shohruhiya,  Buxoro,  Qarshi,  Andijon,  Termiz, 

Marv  va  boshqa  shaharlarda  zarb  qilingan.

Mirzo  Ulug‘bek  1428-yilda  muomaladagi  fulusiy  tanga  chaqa 

pullar  islohotini  amalga  oshiradi.  U  shu  davrgacha  muomalada 

b o ig a n   barcha  yengil  chaqa  pullami  man  etadi  va  bir  vaqtning 

o‘zida  Samarqand,  Buxoro,  Qarshi,  Termiz,  Toshkent,  Shohruhiya, 

Andijon  shaharlarida  bir  xil  vazndagi  salmoqdor  fuluslar  zarb 

ettirib,  muomalaga  kiritadi.  Bu  pullar  qisqa  muddatda  eski  chaqalar 

o ‘miga  almashtiriladi.  Ulug‘bek  keyinchalik  mis  pullar  zarbini 

markazlashtirish  maqsadida  faqat  Buxorodagi  tanga  zarbxonasini 

saqlab  qolgani  holda  boshqa  shaharlardagi  zarbxonalarga  barham 

beradi.  Fuqarolar  o ‘rtasida  Ulug‘bekning  «fulusi  adliya»,  y a’ni 

«adolatli  chaqa»  nomi  bilan  shuhrat  topgan  bu  yangi  mis  tangalari 

Movarounnahrda  savdo-sotiq  muomalasini  tartibga  solishda  ijobiy 

o‘ringa ega b o ia d i.


Download 11,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish