Bobur n o m id a g ia n d ijo n davlat universiteti ru stam bek shamsutdinov, shodi k a rim o V



Download 11,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet161/253
Sana31.12.2021
Hajmi11,52 Mb.
#219543
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   253
Bog'liq
2 5467894839875994463

Padarkush podshohiro nashoyad,

Va gar shoyad ba shash mohi nashoyad.

M a’nosi:  «Otasini  o ‘ldirgan  podshohlikka  noloyiqdir,  agar 

loyiq  bo‘lganda  ham  (podshohligi)  olti  oydan  oshmaydir».  Bu  tush 

ta ’biridan  yanada  dahshatga  tushgan  Abdullatif  Mirzo  bexosiyat 

bog‘dan tezroq jo ‘nab  ketishga qaror qiladi.  Abdullatif Mirzo  «Bog‘i 

maydon»dan chiqib otga o ‘tiradi va Samarqand sari y o ‘l oladi.



Файзиев  Т.

  Мирзо Улугбек авлодлари. -  Т., «Ёзувчи»,  1994, 33-34-бет.




406

VATAN  TARIXI

«Tarixi  Abulxayrxoniy»  kitobida  yozilishicha,  Abdullatifning 

taqdiri  quyidagicha  o ‘z  poyoniga  yetadi:  «Jang-u  jadallarda 

Rustami  doston  va  Isfandiyordek  bo‘lg‘on  va  Abdulaziz  Mirzo 

tarafidan  martabasi  yuqorilatdirilg‘on  Bobo  Husayn  bahodir  ikki 

nomdor  podshoh:  Ulug‘bek  Ko'ragon  bilan  Mirzo  Abdulaziz  shahid 

etilganlaridan  so‘ngra  qasd  qilib  badkirdor  A bdullatif  Mirzoning 

xizmatiga  kirdilar  va  kecha  demayin,  kunduz  demayin  anga  tirishib 

xizmat  qildi,  ammo  qalbida  anga  gina  saqlab,  ul  badkirdomi 

mahv  etish  xayoli  bilan  yurdi.  Bobo  Husayn  bahodir  o ‘sha  kuni 

kamonni  yelkaga  osub,  jonini  shu  ishga  tikdi.  Sodiq  navkari  birlan 

Abdullatifning  yo‘lini  poyladi.  Shahzodaning  navkari  Chorraha 

darvozasidan  tashqariga  chiqdi  va  tor  ko‘cha  bo‘ylab  yo‘lga  tushdi. 

K o‘chaning  bir  tarafi  jarlik  b o ‘lib,  ikkinchi  tarafi  Bog‘i  navning 

baland  devori  edi.  Bobo  Husayn  bahodir  va  aning  navkari  ot  ustida 

yo ‘l  chetidagi  katta  qayrag‘och  orqasida  poylab  turdilar.  Abdullatif 

alaming  yonginasidan  o ‘tib  ketdi,  lekin  besh-olti  qadam  o ‘tgach, 

Bobo  Husayn  bahodir  kamonni  yelkasidan  oldi  va  ani  o ‘qlab, 

shahzodani  aniq  nishonga  oldi.  Abdullatif  faqat  «Olloh  o ‘q  tegdi», 

deb  aytishga  ulgurdi,  xolos.  U  otdan  qulab  tushdi  va  shu  topdayoq 

jon  berdi.  0 ‘q  aning  chap  kuragini  teshib  o ‘tib,  yuragiga  qadalgon 

erkan.  Mirzoning  mulozimlari,  oldi-orqasiga  qaramayin  tumtaraqay 

b o ‘lib  qochdilar.  Bobo  Husayn  bahodiming  navkari  chopib  borib, 

Abdullatifning  boshini  kesib  oldi  va  xurjunga  soldi.  Padarkush 

Abdullatifning  boshini  shu  paytning  o ‘zidayoq  Registonga  olib 

borub,  Mirzo  Ulug‘bek  madrasasining  peshtoqiga  osib  qo‘ydilar»'. 

Bu voqea  1450-yil  9-may kuni  sodir bo‘lgan  edi.

A bdullatif Mirzo  vafotidan  so‘ng  temuriy  shahzodalar  o ‘rtasida 

taxt  va  davlat  uchun  o ‘zaro  kurash  yangi  cho‘qqiga  k o ‘tariladi. 

Samarqand  taxtiga  Ibrohim  Sultonning  o ‘g ‘li  Ulug‘bekning  jiyani 

va  kuyovi  Abdullo  Mirzo  o ‘tiradi.  U  Movarounnahming  ilgarigi 

mavqeyi  va  shon-shuhratini  tiklashga  intiladi,  turk  a ’yonlari  uni 

qo‘llab-quwatlaydilar.  Ammo  Buxoroda  podshohlikka  ko‘tarilgan 

Mironshohning  nabirasi  Sulton  Abu  Sayyid  unga  raqib  sifatida 

maydonga  chiqadi.  U  ko‘chmanchi  o ‘zbeklar  xoni  Abulxayrxondan 

yordam  so‘raydi  va  juda  ko‘p  o ija la r  berishni  v a’da  qiladi. 

1451-yilda Abulxayrxon Sirdaryoning quyi oqimida joylashgan Yassi 

va  Sabronni  egallab olgan Mirzo Abdulloga qarshi Toshkent,  Chinoz,



Файзиев  Т.

  Мирзо Улугбек авлодлари. -  Т., «Ёзувчи»,  1994, 36-бет.




IX  bob.  A m ir Tem ur va tem uriylar davri

407

Jizzax  orqali  Samarqand  sari  yuradi.  Yoz  oyida  Shiroz  qishlog‘i 

yaqinida  Bulung‘ur  anhori  yoqasida  qattiq  jang  bo‘ladi.  Bu  jangda 

Mirzo  Abdullo  yengiladi  va  halok  b o ‘ladi.  Abulxayrxon  yordamida 

Abu  Sayyid  Samarqand  taxtiga  egalik  qiladi  va  Movarounnahr 

hokimi  b o ‘ladi.  Abu  Sayyid  Hirot  taxtini  egallay  olmaydi.  Chunki 

Hirotni  1452-yilda  Abulqosim  Bobur  qo‘lga  kiritgan  edi.  U 

1457-yilgacha Xurosonni boshqaradi.  Ammo Abulqosim Bobur bilan 

Abu  Sayyid  o ‘rtasidagi  munosabatlar  juda  yomon  edi.

Movarounnahrda Abu  Sayyidning  o ‘g ‘illari  —   dastavval  Sulton 

Ahmad  Mirzo  (1469-1493),  so‘ngra  Mahmud  Mirzo  (1493-1494) 

va  nihoyat  Mahmudning  o ‘g ‘li  Sulton  Ali  Mirzolar  (1494-1501) 

davrida  feodal  tarqoqlik  va  beboshliklar  misli  k o ‘rilmagan  darajada 

kuchayadi.  Bu hoi Dashti Qipchoq cho‘llarida chorvadorlik bilan kun 

kechirib, yashab  kelayotgan ko‘chmanchi o ‘zbek qabilalarining 0 ‘rta 

Osiyo  hududlaridan  temuriylar  sulolasi  vakillarini  quvib  chiqarib, 

o ‘lkani  egallab  olishlariga qulay imkoniyatlar yaratadi.


Download 11,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish