IX bob. A m ir Tem ur va tem uriylar davri
397
sarkarda amir Arslonxo‘ja katta jasorat k o ‘rsatadi va unda Ulug‘bek
g ‘alaba qozonadi. Katta o ija va boyliklar bilan Ulug‘bek Mirzo
Qashqadaryo orqali Samarqandga qaytadi. Ulug‘bek o ‘zining 2000
chapdast botir askarlari bilan Qarshi istehkomidagi nefrit (yashm)
toshini Samarqandga olib keladi. Bu tosh bir vaqtlar Xitoydan
Qarshiga keltirilgan b o iib , uning bir b o ia g i Amir Temur davrida
Qarshidan Samarqandga keltirilgan edi. Uch b o ia k k a b o iin ib
keltirilgan ushbu nefrit toshi Sohibqironning maqbarasiga qo‘yiladi.
Ulug‘bek Mirzoning raqiblari ustidan qozongan g ‘alabasi 1425-yil
yozda Samarqandda va kuzda Hirotda tantanali suratda nishonlanadi.
Noyabr oyining o'rtalarida Ulug‘bek Hirotdan Samarqandga qaytadi.
Ammo g ‘alaba nashidasi uzoqqa cho‘zilmaydi. 1426-yilda Baroqxon
Ulug'bekning gumashtasi boiaturib, Sirdaryoning quyi va o ‘rta
oqimidagi yerlarga hujum qiladi va Sig‘noq shahrini egallaydi.
Sig‘noq Jo‘chi ulusiga qarashli yerlar edi. 1377-yilda bu yerda
Baroqxonning bobosi 0 ‘rusxonning harbiy o ‘rdugohi joylashgan
edi. 0 ‘rusxon davrida shaharda bir necha madrasa, xonaqoh, m ’asjid
va boshqa madaniy-maishiy qurilishlar barpo etilgan. Keyinchalik
Sig‘noq Amir Temur yerlariga qo‘shilib ketgan edi. Baroqxon bu
yemi Ulug‘bek Mirzodan so‘roqsiz egallab olib, «Men «shariatga
muvofiq» o‘z bobom merosiga egalik qildim», deb U lug‘bekka
elchi yuboradi. Ulug‘bek Mirzo tomonidan Sig‘noqqa hokim etib
qo‘yilgan amir Arslonxo‘ja Baroqxondan shikoyat qilib keladi.
Bu voqeadan g ‘azablangan Ulug‘bek Mirzo Baroqxon ustiga
lashkar tortadi. Ushbu xabami eshitgan Shohruh Mir^o Ulug‘bekka
bu yurishni man etadi. Biroq Ulug‘bek harbiy yurishni boshlab
yuborgan edi. Natijada Shohruh Mirzo kichik o ‘g i i Muhammad
Jo ‘ki Mirzo boshchiligida 1427-yil fevral oyida Ulug‘bekka
yordam uchun bir b o ia k lashkar yuboradi. U 25-fevralda Sig‘noq
y o iid a Ulug‘bek kuchlari bilan qo‘shiladi. Ana shundan so‘ng har
ikkala shahzoda o ‘z harbiy kuchlariga ortiqcha baho berib, taltayib
ketadilar va siyosiy hushyorlikni q o id a n beradilar. Binobarin, ular
Baroq o ‘g io n n i nazar-pisand qilmay unga qarshi tashlanadilar.
Baroqxon esa dushman askarining son jihatdan k o ‘p boiganligini
hisobga olib, ehtiyotlik choralarini ko‘radi va ayyorlik bilan Sig‘noq
yaqinidagi baland-pastlikda qo‘qqisdan hujumga o ‘tadi. Natijada
u aka-ukalaming birlashgan kuchlarini to‘zitib yuboradi. U lug‘bek
va Jo‘ki Mirzolar zo‘rg ‘a o ‘z jonlarini saqlab qoladilar. Samarqand
beklari m agiubiyatga uchragan U lug‘bekka shahar darvozasini
398
VATAN TARIXI
ko‘ngilsizlik bilan ochadilar. Baroqxon o ‘zbeklari bu g ‘alabadan
ruhlanib, Movarounnahr va Turkiston shahar hamda qishloqlarini
talab, Samarqandga yaqinlashadilar. Bemor Jo ‘ki Samarqandda
qoladi. Unga tegishli b o ‘lgan Qandahor va Hirot qo‘shinlarini
U lug‘bek Mirzo o ‘z qo‘shinlariga qo‘shib Sirdaryoni kechib o ‘tadi. U
Shohruhiya orqali Toshkentga yetib kelganda Baroqxonning orqaga
qaytganligi haqida xabar eshitadi.
Ulug‘bek Mirzoning bu m ag‘lubiyati Movarounnahr aholisini
og‘ir tashvishga solib qo‘yadi va uning obro‘siga ham butunlay
putur yetkazadi. Bu haqda Bartold: «1427-yildagi tahqirlanish
Ulug‘bekning butun keyingi podsholigiga putur yetkazdi»1, degan
edi. Chunki bu m ag‘lubiyat oqibatida Ulug‘bekning bobosi Amir
Temuming 1389, 1391- va 1395-yillarda Oltin 0 ‘rda va T o‘xtamish
o'zbeklari ustidan erishgan buyuk g ‘alabalariga barham berilgan edi.
Aslida ana shu m ag‘lubiyatdan so‘ng Oltin 0 ‘rda o ‘zbeklarining,
xususan o ‘zbek ulusining kuchayishi boshlanadi.
Sodir b o ‘lgan voqealardan batamom voqif bo‘lgan Shohmh
Mirzo 1427-yil 28-mayda Hirotdan chiqib Samarqandga keladi.
Otasining y o ‘lga chiqqanligini eshitgan Ulug‘bek askarlarini
Toshkentda qoldirib, o ‘zi padari buzmkvorini kutib olish uchun
Termizga keladi. Samarqandga kelgandan so‘ng Shohmh Mirzo
b o ‘lib o ‘tgan umshdagi m agiubiyat sabablarini puxta o ‘rganadi va
bir necha amirlami darra jazosiga hukm qiladi. U Ulug‘bekni ham
qattiq so‘roq qilib jazolaydi va bir necha kun e ’tiborsiz qoldiradi.
Nihoyat ko‘p ta ’nalardan so‘ng Movarounnahr taxtini yana
Ulug‘bekka qoldirib, o ‘zi Hirotga qaytadi.
Ana shu davrdan boshlab U lug'bek Mirzo o ‘z umrini ilm-
fanga bag‘ishlaydi, harbiy yurishlarda ishtirok etmaydi. Ammo
u XV asming 3(MlO-yillarida otasi Shohmh Mirzo bilan Dashti
Qipchoqning sharqiy qismida istiqomat qiluvchi k o ‘chmanchi
o ‘zbek qabilalari xoni Abulxayrxon (1412—1468)ga qarshi muttasil
janglar olib borishga majbur bo‘ladi. Ko‘chmanchilar, ayniqsa, qish
fasllarida Movarounnahr hududlariga tez-tez bostirib kirar, shahar va
qishloqlami talab, aholini talar edilar. Jumladan, Abulxayrxon 1431
va 1435-yillarda Xorazmgacha bostirib keladi, uning g ‘arbiy qismini
Urganj bilan birga egallab oladi. Abulxayrxonga qarshi kurash
Shohruh Mirzo bilan U lug‘bek Mirzoga oson bo‘lgani y o ‘q. Shunday
1
Do'stlaringiz bilan baham: