6. A M IR T E M U R N IN G H A R B IY S A N ’ATI
Dunyoning 27 mamlakatini zabt etishda Amir Temuming
qo‘shini va uning harbiy san’ati bosh omil bo iad i. Temur buyuk
sarkarda sifatida dunyoga mashhur. Uning g ‘olibona yurishlarda
q o ilag an taktik va strategik jang qilish uslublari bugungi kunda
ham jahondagi yetakchi mamlakatlaming harbiy bilim yurtlari va
akademiyalarida o ‘rganiladi va o ‘qitiladi.
Juda qattiq temirdek mustahkam tartib va intizomga ega b o ig a n
Temur qo‘shinlari asosan piyoda va otliq askarlardan iborat edi.
Ular « 0 ‘nliklar» («ayl»), «Yuzliklar» («xo‘shun»), «Mingliklar»
(«hazora») va « 0 ‘n mingliklar» («tuman»)ga b o iin g an va ularga
« 0 ‘nboshi», «Yuzboshi», «Mingboshi» hamda «Amir»lar boshchilik
qilganlar. «Tumanlarda askarlar soni 10 ming, qo‘shinda esa 100
ming b oigan. 10 minglik lashkarlami boshqarish uchun «Tuman
og‘asi», minglik b o iim n i «Mirixazora», yuzlikni «Xo‘shunboshi» va
o ‘nlikni boshqarish uchun «Aylboshi» kabi harbiy mansablar tashkil
qilingan.
B o iin m a boshliqlari — amirlar Temurga tobe b o ig a n qirq
aymoq (qabila)dan o ‘n ikkitasi: barlos, a rg in , jaloir, tulkichi, duldoy,
m o‘g ‘ul, suldo‘z, to‘g‘oy, qipchoq, arlot, totor va tarxonlar orasidan
tanlab olingan. Eng ulug‘ martaba amirlik b o iib , Temur faoliyatining
dastlabki yilllaridan boshlab uni tark etmasdan sodiqlik bilan xizmat
k o isatg an 313 kishiga berilgan: bittasi amir ul-umaro, to ‘rttasi beglar
begi, yuztadan mingboshi, yuzboshi va o ‘nboshi b o ig an . Bulardan
tashqari, yana o ‘n ikki nafar kishiga birinchidan to o ‘n ikkinchi
darajali amirlik unvoni berilgan. 0 ‘n ikkinchi darajali amir, odatda,
amir ul-umaroning noibi hisoblangan. 0 ‘n ikki amiming har biriga
1 Сомон йули. Амир Темур хдётига багишланади. - Т., «Камалак», 1992. 72-бет.
IX bob. A m ir Tem ur va tem uriylar davri
385
bittadan bayroq va bittadan nog‘ora, amirul-umaroga bir bayroq,
nog‘ora, o ‘n minglik qo‘shin, tug‘ va chortug‘, to ‘rt nafar beglar
begining har biriga bittadan bayroq, nog‘ora; chortug1 va burg‘u
(kamay) berilgan.
Bu o ‘ziga xos ramzlar qo‘shin bo‘linmalarini bir-biridan farqlab,
ajratib turgan. Jumladan, katta qizil bayroq qo‘shin boshlig‘i amir
ul-umaro yoki beglar begining ramzi bo‘lgan. Ot yoli bog‘langan
nayzali uzun tug‘ tuman og‘asining, ikki tomonga kokillari osilgan
ikki nog‘ora yuzboshining belgisi hisoblangan. Otliq qismlami
boshqarish uchun maxsus ajratilgan otliq egalarining ikki tomoniga
ikki tabl dovul osilib qo‘yilgan. Jang boshlanishi oldidan suvoriylami
raahorabaga solish maqsadida unga bong urib qoqilgan.
Amir Temur adolat yuzasidan askarlarining unvon darajalarini
hisobga olgan holda ularga maosh belgilash tartibini joriy qilgan.
Jumladan, oddiy sipohiy mingan otining bahosi barobarida,
bahodirlar 2-A ot qiymati barobarida, aylboshi qaramog‘idagi nav-
karga nisbatan o ‘n baravar ko‘p maosh olgan. Yuzboshilamiki
esa o ‘n boshilamikidan ikki baravar yuqori, mingboshilar maoshi
osa yuzboshilamikidan uch barobar ziyoda qilib belgilangan.
Temur sipohiylarga maosh belgilaganda moddiy rag‘batlantirish
qoidasiga qat’iy
amal
qilgan,
ulaming
qilgan xizmatlariga
qarab maosh tayinlagan. Alohida xizmatlari uchun ulufa, tanho
kabi rag‘batlantiruvchi omillar bo‘lgan. «Temur tuzuklari»da
quyidagilami o ‘qiymiz: «Amr qildimki, amir ul-umaroning maoshi
uch qul ostidagilardan o ‘n barobar ortiq bo‘lsin. Shunga o ‘xshash
devonbegi va vazirlaming maoshlari esa amirlar maoshidan o ‘n
barobar ko‘p bo‘lsin. Yasovullar, chopovullar, qalaqchilaming
maoshlari o ‘z xizmatlariga yarasha, mingdan o ‘n ming (tamg‘a)gacha
bo'lsin»1. 0 ‘rni kelganda shuni alohida ta’kidlash kerakki, Amir
Temur davlatida sayyidlar, olimlar, fozil kishilar, hakimlar, tabiblar,
munajjimlar, qissaxonlar, xabarchilar, tarixdonlar, xullas, eng oddiy
xizmatchiga qadar o ‘z hol-u qudratlari va bajaradigan yumushlariga
qarab maosh belgilangan. Demak, Temur faqat davlat mulozimlari
hayotidan ogoh bo‘lib, ulaminggina manfaatlarini o ‘ylab qolmasdan,
balki keng ommaning orzu-istaklari va qiziqishlarini ham o ‘ylab ish
yuritgan adolatli hukmdor bo‘lgan.
1 Темур тузуклари. 70-бет.
1 ^ — Vatan tarixi 1
386
VATAN TARIXI
Amir Temur sipohni tuzishda asosan o ‘z zamonida mashhur
bo‘lgan o ‘nliklar, yuzliklar, mingliklar tartibiga amal qiladi. Uning
lashkarlarining eng quyi b o ‘g ‘inini o ‘nliklar tashkil etgan b o isa ,
eng yuqorigi bo‘g ‘ini esa amir ul-umaro rahbarlik qilgan sipoh edi.
Ulaming ustidan yakka o ‘zi cheksiz huquqqa ega b o ‘lgan holda
qo‘mondonlik qiladi. Temur o ‘nboshi, yuzboshi, mingboshi va
amirlar tanlashda shunchaki, tanish-bilishlar asosida tayinlamasdan,
balki bu masalada bevosita jang maydonida o ‘zining mahoratini
ko‘rsatgan shaxslami tanlaydi. Bu haqda Temur shunday deydi:
«Amr qildimki, qachonki asl sipohlardan ish ko‘rgan, jang-jadalda
suyagi qotgan o ‘n kishi yig‘ilsa, bulardan qaysi birining shijoati,
botirligi ortiqroq bo‘lsa, qolgan to ‘qqiztasining roziligi va m a’qul-
lashi bilan uni o ‘zlariga saylab, otini o ‘nboshi deb atasinlar»1.
K o‘rinib
turibdiki,
Temur o ‘z
sipohini
tuzishda tabiiy
qonunchilikka amal qilgan. U har bir jangchini tanlashda uning
suyagi jang-u jadallarda qotganiga e ’tibor bergan. Yana ulaming
boshlig‘i qilib, o ‘zlarining orasida hammalaridan ham botir, shijoati
ortiqroq jangchini tanlab, qolgan to ‘qqiztasining roziligi asosida
o ‘nboshi qilib tayinlaydi. Bu yerda biz Temur sipohni boshqarishda
asosiy e ’tibomi tabiiy tanlashga va uning tadbirkorligiga qaratganini
ko‘ramiz. Undan tashqari rahbar qo‘mondonlami tanlash va joy-
joyiga qo‘yishda asosiy mezon qilib, jang maydonini, ya’ni amaliy
hayotni hamda o ‘ziga xos harbiy qoidaga, y a’ni boshqalaming
roziligi, m a’qullashlariga asoslanadi. « 0 ‘n nafar o ‘nboshi jam bo‘lsa,
o ‘z ichlaridan eng ish ko‘rgan, jang maydonlarida toblanib tajriba
orttirgan, bahodirlikda nomi chiqqan birovini amir qilib, uni yuzboshi
deb nomlasinlar»2. Ana shu tartibda mingboshi (amiri hazora) va
boshqa qo‘mondonlami tayinlashni joriy qiladi.
Amir Temur o ‘z sipohiga amirlami tanlashda, birinchidan,
ulaming jang maydonlarida k o ‘rsatgan xizmatlariga k o ‘ra, kelib
chiqishi, qaysi qabila va urug‘iga qaramasdan tayinlagan b o isa ,
ikkinchidan, u o ‘z o g illari va nabiralarini ham sipohiylaming
asosiy qo‘mondonlari qilib tayinlar edi. Masalan, to ‘ng‘ich o ‘g i i
Muhammad Jahongir uning valiahdi, y a’ni merosxo‘ri b o ig an . U
viloyat hokimi b o iib , 12 ming otliq askarga ulufa olgan. Ikkinchi
o ‘g ‘li Umarshayhga esa viloyat va o ‘n ming otliq askarga ulufa
1 Temur tuzuklari. 69-bet.
2 0 ‘sha manba, 69-bet.
IX bob. A m ir Tem ur va tem uriylar davri
387
olishni buyurgan. Uchinchi o ‘g ‘li Mironshohga esa viloyat va
to‘qqiz ming otliq askarga ulufa olish huquqi berilgan. T o‘rtinchi
o‘g ‘li Shohruh esa bir viloyat va yetti ming otliq askarga ulufa olish
huquqiga ega bo‘lgan.
Nabiralariga esa ulaming qobiliyatlariga qarab, bittadan viloyat,
uch mingdan yetti mingtagacha otliq askarlarga ulufa olish huquqini
beradi. Qarindoshchiligi bor kishilarga esa ulaming har birining
qobiliyatiga yarasha birinchi darajali amirlikdan yettinchi darajali
amirlik martabalarini beradi. Ulaming qaysi biri o ‘matilgan qonun-
qoidani buzsa, haddidan oshsa javobgarlikka tortilgan.
Amir Temur o ‘z sipohiylarining yaroq-jabduqlari va anjom-
jihozlari haqida doimo g ‘amxo‘rlik qilgan. U shunday qonun joriy
qiladiki, yurish vaqtida oddiy askarlardan har o ‘n sakkiz kishi o ‘zi
bilan birga bir chodir (yhama) olgan. Har bir sipohiy bir qilich,
arra, bigiz, bir qop (juvol), juvoldo‘z, bolta, o ‘nta igna va orqaga
osiladigan charm xalta olishi kerak b o ‘lgan. Bahodirlardan har besh
kishi bir chodir, har biri temir sovut (javshan), dubulg‘a, bir qilich,
sadoq (o‘qdon), kamon va beshta ot olgan. Yuzboshilardan har biri
bir chodir, o ‘nta ot, qurol-aslahadan qilich, sadoq kamon, gurzi,
cho‘qmor, koskan (kaska. temir qalpoq), zirh (sovut) bagtar (temirdan
yasalgan usti bahmal yoki boshqa mato bilan o‘ralgan urush kiyimi)
olgan. Mingboshilar esa bir chodir, bir soyabon, qurol-asladadan —
javshan, dubulg‘a, nayza, qilich, sadoq va o ‘q-yoydan ko‘targanicha
olgan. Birinchi amir bir chodir, bir o ‘tov, bir juft soyabon, qurol-
aslahadan esa qo‘l ostidagilarga ham yetadigan darajada olgan.
Shunga o'xshash ikkinchi, uchinchi... to amir ul-umarogacha, har
qaysisi o ‘z martabalariga yarasha qurol-aslahadan va boshqa
anjomlardan keragicha olishlari buyuriladi. Otdan foydalanish tartibi
quyidagicha belgilangan. Birinchi amir bir yuz o ‘n ot, ikkinchisi bir
yuz yigirma, uchinchisi bir yuz o ‘ttiz, to ‘rtinchisi bir yuz qirq ot.
Amir ul-umaroga yetguncha shu tartibda ot olish belgilanadi ,va amir
ul-umaro esa o ‘zi bilan uch yuzdan kam ot olmasligi ta ’kidlanadi.
Piyoda askarlaming har biri o ‘zi bilan birga bir qilich, bir kamon,
ko‘targanlaricha o ‘q-yoy olgan.
Amir Temur urush va tinchlik paytlarida sipohni qo‘riqlash
masalalarini ham hech qachon esdan chiqarmagan. Birinchidan,
sipohiylar, amirlar, mingboshilar, yuzboshilar va o ‘nboshilar devon-
xonaga etiksiz, sarmuzasiz (kovushsiz), burk yoqalik chakmonsiz,
388
VATAN TARIXI
b o ‘qda (xanjar), qilichsiz hozir bo‘lmaganlar. Ikkinchidan, o ‘n
ikki ming askar urush-u tinchlik vaqtida qurollangan holda devon-
xonaning to‘rt tarafidan qurshab turgan. Har kecha ulardan ming
kishi navbatma-navbat soqchilikka ajratilgan. Amir Temur 0 ‘rdani
va sipohni dushmandan nihoyatda ehtiyot qilgan. U ayniqsa, urush
paytida lashkarlarining atrofini qo‘riqlashga alohida e ’tibor berib,
butun bir jangovar tartibni ishlab chiqadi va uni joriy qiladi. Urush
paytida o ‘n ikki amirdan har biri, mingboshilar, yuzboshilar,
o ‘nboshilar o ‘n ikki ming qurollangan otliq sipohiy bilan bir kecha-
kunduz davomida har qaysilari o ‘z xonalarini qo‘riqlash uchun hozir
b o ‘lgan.
Amir Temur sipohning tuzilishi, uning qurol-yarog‘i, qo‘riq-
lanishi, maoshlari bilan bir vaqtda navkarlaming o ‘z beklariga
va aksincha beklaming o ‘z navkarlariga bo'lgan munosabati
masalasida ham huquqiy va axloqiy jihatlami tartibga soladi. Temur
navkarlaming to ‘g ‘ri va adolatli b o ‘lishlarini talab qiladi. «...Qaysi
navkar o ‘z xizmati, haq-burchini unutib, ish vaqtida (mehnatdan) yuz
o‘girar ekan, unday navkardan yuz o ‘girmoq kerak. Qaysi navkar
ish vaqtida bahona izlab jang-u jadal paytida ijozat so‘rab, qochishni
m o‘ljallasa, bugungi ishni ertaga qoldirsa, bunga o ‘xshash navkarlar
nomlarini ham tilga olishga munosib emasdirlar. Bunday kishilami
parvardigori olamga topshirish zarur»1. Amir-u podsholarga qarata
Temur ular o ‘z navkarlarini ulug‘lab ko‘targan bo‘lsalar, ulami
xo‘rlamasinlar, bilgan, taniganlarini unutmasinlar, agarda ahyon-
ahyonda navkaming izzat-nafsiga tegib, uni xo‘rlagan b o isa,
keyinchalik uni ikki hissa izzatini oshirsinlarki, toki u ginasini
ko‘nglida saqlamasdan chiqarib yuborsin, deb uqtiradi.
Amir Temuming fikricha, eng xavfli hamda uning uzrini
kechirib bo‘lmaydigan navkar bu jang maydonida o ‘z begiga xiyonat
qilgan navkardir. «...Bunday kimsani, — deb yozadi u, — xizmatga
yo‘latmasinlar. Hayotning o ‘zi bundaylaming qilmishiga yarasha
jazosini beradi»2. Amir Temur sipohiy favjlardan yoki amirlardan
qaysi birlari dushman bilan kelishib, u bilan do‘st-u oshno b o ‘lib
yashashni ixtiyor qilar ekan, undaylami yurtdan chiqarib, hech
yerdan o ‘rin bermaslikka chaqiradi. Yoki boshqa joyda navkar biror-
bir mamlakatga hokim qilib qoldirilsa-yu, u mamlakatni dushmanga
topshirsa, bunday navkami faqat o ‘lim jazosiga hukm qilishni va
1 Temur tuzuklari. 88-bet.
2 0 ‘sha joyda.
IX bob. A m ir T em ur va tem uriylar davri
389
aksincha, davlatni dushmandan himoya qilgan sodiq navkaming
har tomonlama martabasini u lu g iash kerakligini aytadi. U xoinlar,
sotqinlar, ig‘vogarlami yoqtirmagan, ularga ishonmagan. Rostgo‘y,
sodiq xizmatchilar, jangchilami esa juda qadrlagan va ularga izzat va
ehtiromlar ko‘rsatgan.
Xulosa qilib shuni aytish kerakki, Amir Temur o ‘z zamonasi
uchun kuchli va qudratli qo‘shin tuza oldi. Bu qo‘shinni o ‘sha
davrdagi yaxshi qurol-yarogiar, o ‘t va toshotar — ra’dandoz,
manjaniq va o ‘zi otar kabi qurollar bilan qurollantirdi. Amir Temur
qo‘shinini Jahongir, Sayfuddin va Pir Husayn barloslar, Oqbo‘g ‘a,
Usmon Abbos, Muhammad Sulton Qamariy, Tibon Bahodur,
Urisbo‘g ‘a, Hamza Suduz, Amir Murizoda, Muhammad Qozgon,
Sarik Atka va Muzaffar Uchqora singari shaxsan Sohibqironning
ishonchi va hurmatiga loyiq b o ig a n va shuhrat topgan sarhanglar
boshqargan. Amir Temur 12 mingdan ortiq boim agan, 12 mingdan
40 mingga qadar b o ig a n otliq birikma va dushman soni 40 mingdan
ko‘proq b o ig a n qo‘shin uchun alohida-alohida jang qilish usullarini
qoilagan. Odatda, dushman kuchlari 40 ming kishidan ortiq b o ‘Isa,
unga qarshi Temuming o ‘zi borgan. Bunday paytda uning qo‘shinlari
jangga quyidagi tartibda bo‘lingan: 40 ta boTinma bevosita
Sohibqironning o ‘z ixtiyorida b o ‘lgan. Ulardan eng saralangan 12 ta
b o iin m a birinchi qatomi, qolgan 28 tasi ikkinchi va uchinchi qatomi
tashkil etgan. Temuming o ‘g ‘illari va nabiralari boshchilik qilayotgan
qo‘shinlar yuqorida tilga olingan 40 ta boTinma o ‘ng tomonning
old qismida, qarindosh va ittifoqchilari boshchilik qilayotgan
qo'shinlar esa uning chap tomonining old qismida joylashgan. Bu
barcha qismlar zaxira hisoblanib, Sohibqiron buyrug‘iga asosan zarur
bo‘lgan nuqtalarga tashlangan.
Oltita boTinma o ‘ng qanot (barong‘or)ning asosini yoki uning
ikkinchi safini va bitta boTinma avong‘orini tashkil etgan. Yana
shuncha bo‘linma shu asosda chap qanotda joylashgan. Ikkinchi
safning ikki qanoti oldida xuddi shu tartibda birinchi qator (chopovul
va shikovul) o ‘rin olgan. Birinchi qator oldidagi ilg‘orda shuncha
boiinm aga ega boTgan malakali boshliqlar va jasur jangchilardan
tuzilgan katta avong‘or joylashgan. Bu avong‘oming oldida ham
avong‘ori b o ig an . Uning ikki old tomonida yengil qurollangan ikki
b o iin m a (o‘ng va so‘l qanotlar qorovullari) jangchilari ayg‘oqchilik
uchun (razvedka) yuborilgan. Ular qo‘shinni qo‘qqisdan boiadigan
hujumdan saqlar va dushman harakatini kuzatib borar edi. Odatda,
390
VATAN TARIXI
jangni ham ana shu bo‘linma boshlab bergan. Ularga katta avong‘or
o ‘z amiri bilan yordamga kelgan. Ana shu tariqa zaruratga qarab
birinchi, ikkinchi va uchinchi qatorlar jangga kiritilgan. Agar bu
yordamlar ham kamlik qilsa, so‘ngra zaxira ishga solingan. Ulaming
asosiy vazifasi bir hamla bilan dushmanning bayrog‘ini qo‘lga
kiritishdan iborat edi. Mabodo bu kuchlar bilan ham dushman ustidan
g ‘alaba qozonib bo‘lmasa, unda amiming o ‘zi so‘nggi zaxiradagi eng
saralangan kuchlar bilan sherdek dushman ustiga tashlangan.
Yuqorida bayon etilgan, Amir Temur ega bo‘lgan uch turdagi
otliq askarlar tizimidan k o ‘rinadiki, jangovar qatorlaming markazi
kuchsiz bo ‘lgan. Bu maxsus o ‘ylab ishlatilgan taktik uslub b o ‘lib,
dushman kuchlarining markazdan yorib kirishiga ataylab sharoit
yaratish va so‘ngra qanotlardagi zarbdor kuchlar yordamida uni o ‘rab
olib, tor-mor qilishni ko‘zda tutar edi.
0 ‘sha davrda Amir Temuming strategik va taktik tartibda jang
olib borish uslubi, albatta, uning buyuk lashkarboshilik mahoratidan
darak beradi. U jang oldidan qaysi mamlakatga yurish qilmoqchi
b o ‘lsa, uni obdan va pishiq o'rganar edi. Agar siyosat bilan va tinch
vositalar orqali masalani hal qilish imkoniyati bo‘lsa, Sohibqiron bu
yerda qurol ishlatishni noto‘g ‘ri deb hisoblardi. Amir Temur qaysi
bir mamlakatda zolimlik zo ‘ravonlik jabr-zulm, adolatsizlik kuchli
b o ‘lsa, xalq ommasining o ‘z podshosidan noroziligi oshib, qashshoq
bir holga kelib qolgan bo ‘Isa, unday mamlakatga qarshi urush e ’lon
qilar edi. Yana u qaysi bir mamlakat hukmdori dini islomdan qaytgan
bo‘lsa, odamlaming diniy e ’tiqodi susayib, dindorlar tahqirlangan
va kamsitilgan b o ‘Isa, axloqiy fahsh va buzuq ishlarga yo‘l ochib
qo‘yilgan bo‘lsa, bunday mamlakatga qo‘shin tortib kirish va
Muhammad alayhissalom e ’tiqodini tiklash lozim deb hisoblar edi.
Islom ruhoniylari Amir Temumi asr qahramoni, e’tiqod tayanchi va
kurashchisi, Payg‘ambar xush ko‘rgan hukmdor deb e ’lon qiladilar.
U o ‘zga mamlakatlar haqidagi m a’lumotlami savdogarlar, elchilar,
qalandar darveshlar va o ‘zi yuborgan ayg‘oqchilar yordamida to ‘plar
Xullas, Amir Temur buyuk lashkarboshi, davlat arbobi va ulug‘
inson edi. U yaratgan harbiy san’at merosi jahon xalqlarining harbiy
san’ati merosidan munosib o ‘rin oldi va u bugungi kunda yangi
mazmun bilan boyib bormoqda.
IX bob. A m ir Tem ur va tem uriylar davri
391
Do'stlaringiz bilan baham: |