Ибн Арабшсц.
Амир Темур тарихи. 2 китоб, - Т., «Мехлат», 1992, 265-266-бет.
374
VATAN TARIXI
ikkinchi o ‘g ‘li Muhammad shimoli-sharq tomondagi tog‘larga,
uchinchi o ‘g ‘li Iso janubga tomon otani tashlab qochadilar. Amir
Temur g ‘alabani poyoniga yetkazish va bir zarb bilan urushni
tugatish maqsadida Boyazidni har tarafdan, Sharafiddin Ali Yazdiy
iboralari bilan aytganda, «ovchilar halqa bo‘lib hayvonni qurshab
olganlaridek» o ‘rab oladi. Uni Amir Temur huzuriga keltiradilar. Bu
jangda Boyazidning xotini Serb malikasi Olivera, o ‘g ‘illaridan Muso
va Iso Chalabiylar asirga tushadi. Sulaymon Chalabiy esa Bursaga
borib, kemaga tushib qochishga zo ‘rg ‘a ulguradi.
Amir Temur shiddatli hujumni davom ettirib, butun Kichik
Osiyoni egallaydi va 0 ‘rtayer dengizining sharqiy sohilida joylashgan
Izmir shahriga yetib boradi. 0 ‘rtayer dengizida joylashgan Xios va
Lesbos orollaridagi Genuya mulklarining hukmdorlari ham Amir
Temur hukmronligini tan oladi, Ayni «chog‘da Misr podsholari ham
taslim bo ‘ladilar.
Temur lashkarlari Kichik Osiyoni, uning markaziy shaharlari
Anqara, Nikeya, Bursa, Izmir va boshqalami egallaydilar, juda ko‘p
boyliklar q o ig a kiritiladi. Bunday yorqin g ‘alabadan so ‘ng Amir
Temur o ‘zining azaliy odatiga ko‘ra o ‘z jangchilariga Kiyutoyda katta
ziyofat beradi, sovg‘a-salomlar va in’omlar ulashadi. Sohibqiron bu
tarixiy g ‘alabaning ertasi kuniyoq Kastiliya qiroli Genrix III elchilari
Payo de Soto Mayor va Eman Sanches de Palasuelosni qabul qiladi.
Elchilar ulug‘ Amimi erishilgan g ‘alaba bilan tabriklaydilar va unga
o ‘z qirollarining minnatdorchiligini izhor etadilar. Sohibqiron ham
o ‘z saltanatining sarhadiga yaqin b o ig a n Yevropaning qudratli qiroli
Genrix III elchilariga katta mulozamat ko‘rsatib, Boyazid haramida
asirlikda saqlanayotgan Gretsiya hukmdorining qizlari Anjelina,
Katalina va Mariyani hamda o ija g a olingan avliyo Mixailning oltin
haykalini in’om qiladi.
Amir Temur ayni zamonda o ‘z a ’yonlaridan Muhammad al-
Keshiyni yorliq bilan qirol Genrix III huzuriga elchi qilib yuboradi.
Jahongiming Sulton Boyazid ustidan erishgan shonli g ‘alabasini
Fransiya va Angliya qirollariga yetkazish niyati bilan Temur
maktublarini olib, Sultoniya arxiyepiskopi Ioann ham shoshilinch
ravishda g ‘arb tomon y o i oladi. Oradan bir yil o ‘tgach, Kastiliya
qiroli Genrix III o ‘z elchilarini sovg‘a-salom va birodarlik y o rlig i
bilan Samarqandga Temur huzuriga jo ‘natadi. Jumladan, 1403-
yil 21-mayda Ispaniyadan jo ‘nab ketgan elchilar Konstantinopol,
Trapezun, Eron, Balx, Termiz, Kesh orqali Samarqandga yetib
IX bob. A mir Tem ur va tem uriylar davri
375
keladilar. Ulaming ichida Ryui Gonsales de Klavixo ham bor edi.
Ular Temur saroyida katta hurmat va tavoze bilan kutib olinadilar.
Klavixo 1404-yilning sentabr-noyabr oylarida Samarqandda bo‘lgan
davridagi o ‘z xotirotlarini «Buyuk Temur tarixi» va «Temur
qarorgohi Samarqandga safarot kundaligi» asarlarida batafsil yozgan.
Fransiya qiroli Karl VI va Angliya qiroli Genrix IV laming javob
nomalarini olgan arxiyepiskop Ioann ham Yevropa qirollari bilan
Sohibqiron Temur o'rtasidagi birodarlikni mustahkamlash niyatida
orqaga qaytadi.
Ammo Amir Temur Usmonli turklar davlatini batamom tag-
tomiri bilan tugatish tarafdori emas edi. Unga buning hech qanday
manfaatli tomoni ham b o ‘lmagan, kerak ham emas edi. Temuming
Kichik Osiyoga lashkar tortishiga asosan Boyazidning kaltabin
va uzoqni ko‘ra bilmas siyosati sabab bo‘lgan edi. Shu boisdan
akademik B o‘riboy Ahmedovning «Amir Temur» tarixiy romanida
hikoya qilinishicha, buyuk sarkarda bag‘rikenglik qilib, Boyazid
Yildirimni bir necha kun o ‘g ‘li bilan humoyun 0 ‘rduda mehmon
qilib, so‘ng «...Rum mamlakatini Boyazidxonning inon-ixtiyoriga
topshirib jo ‘natib yubordi» (552-bet). Ammo turk sultoni o ‘z
qilmishiga pushaymon bo‘lmaydi va xatosini tushunmaydi. Sulton
Boyazid poytaxt Bursaga bormaydi, balki Oq shaharda qoladi
va Shayx Mahmud xonaqosida yashaydi. U shu yerda 1403-yil
8-martda vafot etadi. Sulton Boyazid qabrini o ‘z vasiyatiga binoan
Shayx Mahmud Xayron mozoriga qo‘yadilar. Turk sultonining vafoti
haqidagi xabami eshitgan Amir Temur ich-ichidan achinadi va u
hatto Oq shaharga kelib, Boyazid Yildirimning bolalari, qarindosh
va yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etadi. B o‘riboy Ahmedovning
ta’kidlashicha, ulug‘ amir «ularga podshohona siylash va navozishlar
ko‘rgazadi, ulaming har biriga zardo‘zi chopon kiygizadi, o ‘g ‘li
Musoga esa xos xalat, murassa kamar, shamshir va yuz bosh nasldor
ot in’om etib, Bursa va Rum mamlakatini unga topshiradi». Bu
haqda unga ol tam g‘a bosilgan maxsus yorliq ham beriladi. So‘ng
Musoga: «Otangizning muqaddas xokini sultonlarga xos izzat-
ikrom bilan Bursaga olib borib, tirikligida o ‘zi qurdirib qo'ygan
oliy imoratga dafn ettiring», — deb aytadi (553-bet). Boyazidning
qochib yurgan to ‘ng‘ich o ‘g ‘li Sulaymon Chalabiyni u turklaming
Yevropadagi viloyatlariga hokim qilib tayinlaydi, hukmdorlik toji va
yorliqlar in’om yetib, mansabdorlik sarposini kiygizadi. Andropol
shahri uning poytaxtiga aylantiriladi.
376
VATAN TARIXI
Amir Temur 1404-yilning may oyida Samarqand tomon y o ig a
otlanib, iyulda poytaxtga yetib keladi. 70 yoshni qarshilagan Sohib
qiron Xitoy safariga tayyorgarlik ко ‘ra boshlaydi. Albatta, u bu yurishni
ancha ilgari rejalashtirgan edi. Shu bois Xitoyga yurish b o ‘yicha
tayyorgarlik ishlari ham ancha oldin boshlangan edi. 1397-yildagi
k o ‘chmanchi o ‘zbek qabilalari bilan bo‘lgan urush davridayoq Xitoy
bilan chegaradosh b o ‘lgan Ashir shahrida aholi sonini oshirish hamda
u yerga 40 ming otga ega bo‘lgan aholini ko‘chirib, ularga o ‘sha
yerlarda dehqonchilik qilish va savdoni rivojlantirish, qal’alar qurish
va iloji boricha oziq-ovqat zaxiralari to ‘plash haqida buyruq bergan
edi. Undan tashqari Temur Xitoyga o ‘z odamlarini yuborib, uni obdon
o‘rganish masalalariga e’tibor beradi.
Amir Temur 1404-yilning kuzida nabirasi Ulug‘bekning (Mu
hammad Tarag‘ay) to ‘yini o ‘tkazish (to‘y haddan tashqari zo‘r
tantanalar bilan ikki oy davom etgan) bahonasida o ‘z davlati qo‘l
ostidagi oqillar, viloyatlar hukmdorlarini, qo‘shin boshliqlarini, to ‘ra
va amaldorlami Samarqandga taklif qiladi va qurultoy chaqiradi.
Unda Xitoyga boiad ig an yurish masalasi muhokama qilinadi.
Qurultoyda Xitoyga qarshi qilinadigan urush islom dinini tarqatish
bayrog‘i ostida olib borilishi hisobga olinib, bu urush muqaddas
deb e ’lon qilindi. Buyuk Sohibqiron U lug‘ tug‘ni ko‘tarib 1405-yil
8-yanvarda 200 ming kishilik lashkar bilan Xitoy sari yuzlanadi.
Qish o ‘sha yili juda qattiq kelgandi. Shunga qaramay u lashkarga
to ‘xtovsiz harakat qilishni topshiradi. Muzlagan Sayhundan Zamuq
shahri yaqinida o ‘tib oladi. Qishning sovuqligi shu darajada kuchli
bo‘lganki, Ali Yazdiyning yozishicha, daryo ustidagi muzning
qalinligi 2-3 tirsakka teng bo‘lgan. Sovuq zarbidan juda ko‘p
askarlaming yuz-quloq va burunlarini sovuq urib ketadi, ko‘plari
sovuqdan to ‘ng‘ib, halok ham b o ‘ladi. Ammo Temur y o ‘lda
yurishni davom ettiradi. 1405-yil 14-yanvarda Sohibqiron 0 ‘tror
shahriga yetib keladi. U shu yerda shamollab kasalga chalinadi va
uzoq muddat yotib qoladi. Uni ОЧгог hokimi Berdibekning saroyiga
yotqizadilar. 0 ‘limi yaqinlashgaligini tushida ko‘rgan Sohibqiron
hamsafar
avlod-ajdodlarini,
quroldosh
amir-u
aqrabo
va
sultonlami, saroy a’yonlarini chorlab, ularga nasihatlar qiladi, ulami
birdamlik, do‘stlik, ahillikka chaqiradi va o ‘z o ‘miga qoldirayotgan
vorisxo‘r Pirmuhammadga itoat etishlariga da’vat etib bunday deydi:
«...Anglab turibmanki, mh qushi qalb qafasidan parvoz qilmoqchi.
Tangri taoloning dargohiga jonimni baxsh etayotibman. Sizlami
IX bob. A m ir Tem ur va tem uriylar davri
377
uning lutf-u marhamatiga topshirdim. Obi diyda qilib o ‘ltirmanglar,
oh-u nola chekmanglar, chunki bundan foyda yo‘q. Ruhimni fotiha
va takbir bilan shod etinglar.
Alhamdulilloh, Tangri taoloning yordamila m a’murayi olam-
ni shunday zabt etdimki, bugun tamom Eron-u Turonda biron
kishining boshqalaming ishiga aralashish yoki jabr-u bepok q o iin i
bechoralarga ozor berish uchun ko‘tarishga majoli yo ‘qdir. Gunohim
qancha ko‘p b o is a ham kechiringlar deb, Tangri taoloning mulkini
beqiyos saxiylik bilan qo‘riqladim, zolimlaming taaruzli qo‘lini
mazlumlaming hayot etagidan yulib tashladim. Saltanat qurib
o ‘ltirganimda, eshitmagan yoki menga xabar qilmagan yoxud dunyo
sobit bo‘lmagan paytlardan boshqa vaqtda zo‘ravonning zaif ustidan
zo‘ravonlik qilishiga y o ‘l qo‘ymadim.
Shunday bo‘lsa-da, dunyo menga vafo qilmadi, sizlarga ham
vafo qilmaydi.
Lekin (zo‘ravonlikka) m one’lik qilish ishini kechiktirish mam-
lakatni xavf-u g ‘avg‘o ostida qoldiradi, jum layi xaloyiqning huzur-
halovatini buzadi, maslag-u tariqatning buzilishiga olib keladi.
Qiyomat kuni buni bizdan so‘raydilar, surishtiradilar.
Shu kundan e ’tiboran farzandimiz Pirmuhammad Jahongimi
o ‘zimizga valiahd va toj-u taxt vorisi etib tayinladikkim, Samarqand
taxti uning amr-farmonida bo‘lg‘ay, tamkinlik va istiqlol bilan
mulk-u millat, lashkar va raiyatning muhim yumushlari bilan
m ashg‘ul b o isin . Sizlar (esa) unga tobe’lik va bo‘ysunish marosimini
o ‘miga qo‘yinglar, uni birgalikda qo‘llab-qo‘ltiqlanglar, toki olam
buzilmasin.
0 ‘g ‘illarim! Millatning ulug‘ martabasini, saodatini saqlamoq
uchun sizlarga qoldirayotgan vasiyat va tuzuklami yaxshi o ‘qing,
aslo unutmang va tatbiq eting.
Millatning dardlariga darmon bo‘lmoq vazifangizdir. Zaifalami
ko‘ring, y o ‘qsullami boylar zulmiga tashlamang. Adolat va ozod-
lik dasturingiz, rahbaringiz o ‘lsin. Men kibi uzun saltanat surmak
istasangiz, qilichingizni yaxshi o ‘ylab chekingiz. Bir d a f a chekkan-
dan so‘ngra-da, uni ustalik-la qoilangiz. Orangizga nifoq tuxumlari
ekilmasligi uchun ko‘p diqqat b o iin g . B a’zi nodimlaringiz va
dushmanlaringiz nifoq tuxumlari sochmakka, bundan foydalanmakka
chalishajakdurlar. Faqat vasiyatimda sizga idora shaklini, uning
ilkularini ko‘rsatdim. Bularga sodiq qolsangiz tosh boshingizga
tushmas...
378
VATAN TARIXI
Mendan so‘ng xoqon Pirmuhammad Jahongir boiajakdur. Onga,
menga itoat etar kibi itoat etajaksiz, Q o‘mondonlarim, hozir itoat
omini etingiz...»'
Saroyda hozir bo ‘lganlar nomidan amir Shohmalik va Shayx
Nuriddin ulug‘ Amimi so‘nggi oxirat yo‘liga jo ‘natish oldidan
uning vasiyatlarini so‘zsiz bajarish va unga amal qilishga v a’da
berganlar. 1405-yil 18-fevral kechqurun buyuk saltanat sohibi Amir
Temuming yuragi urishdan to ‘xtaydi, buyuk Sohibqiron yom g‘
dunyo bilan xayrlashadi. Uning jasadini Samarqandga olib kelib o ‘z
vasiyatnomasiga k o ‘ra pir-u ustozi Shayx Sayyid Baraka xokining
oyoq tomoniga dafn etadilar.
Shunday qilib, 1370—1405-yilIar mobaynida, y a’ni 35 yil
Samarqand taxtini boshqargan Sohibqiron Amir Temur K o‘ragoniy
buyuk saltanatga asos solib, u shu davr mobaynida 30 martadan ortiq
harbiy yurishlar uyushtiradi va biror marta b o isa-d a yengilmaydi,
dunyodagi 27 mamlakatni egallaydi. Amir Temur tuzgan saltanat
sarhadlari janubda Arabiston yarimorolidan shimolga to Moskva
knyazligiga qadar, sharqda Xitoy hududlaridan g ‘arbga tomon
0 ‘rtayer dengizi va Misr davlatlari yerlarini ham o ‘z ichiga
olgan hududlarga qadar cho‘zilib ketgan edi. Yevropaning harbiy
tarixchilari Amir Temumi Napoleonning ustozi deb bilishadi. Taniqli
harbiy tarixchi olim Gammer Sohibqironni makedoniaylik Aleksandr
bilan taqqoslash mumkin, deb yozadi. «Bu taqqoslash ulaming
jasurligi, fotihlik, insonparvarliklari va nihoyat kamsuqumliklaridagi
o ‘xshashlikka asoslanadi. Yunon va fors taraqqiyoti gullagan
davrda sahnaga chiqqan makedoniaylik Aleksandming Temurga
qaraganda ta ’limi yuqori edi, ammo Temur sarkarda va zabt etilgan
el-yurtlar hukmdori iste’dodi jihatidan undan o ‘zib ketdi. Aleksandr
dabdabadan noziklashgan xalqlami zabt qilgan bo‘lsa, Temur
jangovar podsholiklami istilo qildi. Birinchisi taxtda tug‘ilgan
bo ‘lsa, ikkinchisi qo‘rg‘onchada tug‘ildi. Ana shunday farqdan
qat’i nazar, jahon sahnasiga chiqishda temir barqarorlik, favqulodda
o ‘zini tuta bilish, o ‘mi kelganda ehtiyotkorlik Temumi yuksak
qudrat cho‘qqisiga ko‘tardi va bu fazilatlar uni umrining so‘nggi
daqiqalarigacha tark etmadi»2.
Amir Temur shaxsining murakkabligi, uning buyuk fotihligi,
davlat arbobi va ayni zamonda oddiy inson bo‘lganligi fransuz
1 Амур Темур угитлари. - Т., «Навруз» 1992, 60—61-бетлар.
2 «Мулокот», 1991 йил, 8-сон, 65-бет.
IX bob. A m ir T em ur va tem uriylar davri
379
olimi Jan Pol Running «Tamerlan» kitobida, ayniqsa, yorqin ifoda
etiladi. Bu asarda muallifning Amir Temur shaxsiga xolisona va
adolatli baho berganligiga guvoh boiam iz. Asar muallifining
xulosasiga ko‘ra: «Sohibqironning ayrim fazilatlari, chunonchi, o ‘z
ishlaridan m ag‘rurlanishiga qaramay muomalada o ‘ta oddiyligi,
dunyoning yarmini titratgan amir bo‘la turib, bir dindor zotning oyoq
tomoniga qo‘yishlarini vasiyat qilishi, sharob ichishni man qilgan
holda ajoyib majlislami tashkil qilishi aqalli qoshini ham chimirib
qo‘ymay, qirg‘inbarot urushlar qila turib, odamlami adolatga
undashi suhbatlarda esa urush dahshatlarini eslashni yoqtirmasligi,
k o ‘p binolami vayron qilgani holda m a’muriy qurilishlarga bosh-
qosh bo iishi, ozgina fursatni ham qo‘ldan boy bermay ilmiy
munozaralar uyushtirishi bu munozara majlislarda mantiqiy savollar
bilan ancha-muncha ilm ahlini lol qoldirishi va olim-u ulamolami
o ‘ta hurmatlashi, g ‘azabdan chehrasida kulgi bo‘lmagan holda
eng dahshatli jazo ko'rilayotganda ham gunohkorni, agar nohaqlik
b o isa , afv etishdek oliyjanob fazilatni namoyish qilishi, o ‘ziga
bo‘ysundirgan hukmdor raqib bo‘lsa ham hurmat-ehtirom bilan
dafn qilishni buyurishi, ashaddiy raqibi Sulton Boyazidni qamal qila
turib, bahorda uni ertagi meva-sabzavotlar bilan siylashi... Bunga
o ‘xshash fazilatlari va kutilmaganda har qanday mantiqiy xulosani
ham chippakka chiqaruvchi xatti-harakatlari Temur shaxsining
o ‘ta murakkab va buyukligini ko‘rsatadi. Temur o ‘ziga teng
keladiganlardan Doro, Aleksandr, Sezar, Chingizxon, Bonopartlar
kabi o4gan zamonning eng ulug‘ zotlari qatorida turadi»1.
Do'stlaringiz bilan baham: |