456
V ATAN T A R IX I
SAYFI SAROYI
(XIV asr)
Lirik va epik shoir, noshir va tarjimon Sayfi Saroyi XIV asr
dunyoviy adabiyotining yirik namoyandalaridan biri hisoblanadi.
Sayfi Saroyi
to ‘g ‘risida bizgacha juda oz m a’lumotlar yetib kelgan.
Uning tarjimaye holi to ‘g ‘risida o ‘zining yozgan asarlaridan b a ’zi
m a’lumotlami topish mumkin. Jumladan, Sayfi Saroyi bunday deb
yozadi:
Q am ishliyurt manim tuvg'on elimdi,
B ilikg'urbatga kelturg'on bilimdi.
Kelib о ‘Idim saroyda she V fidoyi,
Saroyning shoiri, elining gadoyi.
Bu misralardan ko‘rinadiki, Sayfi Saroyi «Qamishli yurt»da
(bu Xorazm viloyatining hozirgi Sariqamish qishlog‘i deb taxmin
qilinadi) tug‘ilgan, bilim olish, g ‘urbatga — musofirlikka y o ‘l
tutadi va Saroyga1 kelib, she’r yozish bilan shug‘ullanadi. Shoir
taxallusni ham «Saroy»dan oladi. Shu bois uni «Saroyning shoiri» —
hukmronlar saroyida bo‘lgan deb faraz qilishga asos bo‘ladi. Ammo
nima bo ‘lganda ham Sayfi Saroyi xalqparvar va m a’rifatparvar
b o ‘lib, elning gadoyi sifatida yashagan. U iste’dodli, qobiliyatli
shoirlami maqtagan, shaklbozlami, ijod o ‘g ‘rilarini esa tanqid qilib,
ulaming ustidan kulib masharalagan. Yuksak qobiliyat sohibi Saroyi
fors-tojik, arab va yana boshqa tillami yaxshi bilgan.
Sayfi Saroyi og‘ir bir sharoitda yashab ijod etadi. Muttasil
davom etib turgan feodal urushlar, qirg‘inliklar, bosqinchiliklar va
jabr-zulmning kuchayishi ko‘plar qatori shoimi ham o ‘z yurtini tark
etib, o ‘zga yurtlami makon etib, darbadar yurishga majbur etadi.
Buni biz shoiming hasrat va nadomat to ‘la quyidagi misrlarida ochiq
k o ‘ramiz:
О 'sub tuprog ‘im uzra nayzalar, men eldin ayrildim,
Vatandin benishon о ‘ldim-da, о ‘zga yurtga evrildim.
Nechun menga fa la k ja v r ayladi, qanday gunohim bor,
Iloho ayla kam ja w in g , man elga sodiq ul2 erdim.
1 Saroy nomi bilan Oltin 0 ‘rdada bir necha shahar bo‘lgan. Saroyining shulardan qaysi birida
bo‘lganligi nom a’lum.
1 t / / - o ‘g‘il.
X bob. XIV asm ing ikkinchi yarmi - XV asrda M ovarounnahr va
X urosonda m adaniy hayot
457
Bir necha mamlakatlami kezgan Sayfi Saroyi umrining so‘nggi
yillarini Misrda o ‘tkazadi. Bu erda Turonzamin yurtidan boshpana
izlab kelgan juda k o ‘plab kishilar qatorida ilm-fan muhlislari ham
bo‘lganlar. Ular o ‘rtasida turkiy tillarga qiziqish kuchayadi, bu
tillarda ilmiy-tadqiqot ishlari, lug‘atlar va tarjima asarlari yaratiladi.
Shular qatorida Sayfi Saroyi ham hijriy 793-yilda (1390/91) atoqli
fors-tojik adibi Shayx Sa’diyning «Guliston» asarini o ‘zbek tiliga
tarjima qiladi. Bu tarjima asari «Gulistoni bit-turkiy» deb nomlanadi.
Sayfi Saroyi hijriy 796-yilda (1394) «Suhayl va Guldursin»
dostonini yozadi. Shoiming qachon vafot etganligi m a’lum emas.
Sayfi Saroyini XIV asming oxirlarida dunyodan o ‘tgan deb taxmin
qiladilar.
Sayfi Saroyining ijod durdonalaridan bizgacha yetib kelgan
birgina «Suhayl va Guldursin» dostonining o ‘ziyoq shoiming
buyuk san’atkor bo‘lganligidan dalolat beradi. Bu dostonda sevgi
va sadoqat, mardlik va jasorat bosh mavzudir. Dostonda Sohibqiron
Amir Temur bilan T o‘xtamish o ‘rtasidagi tarixiy jang voqealari
hikoya qilinadi. Bu jangda To‘xtamish yengiladi, ko‘p askarlar,
shu jumladan, T o‘xtamishning o ‘zi va o ‘g‘li Suhayl asir olinadi.
Temuming qizi Guldursin juda bahodir va go‘zal yigit Suhaylni
sevib qoladi. Zindonga tushib uni qutqaradi. Sevishganlar sahroga
qochadilar. Ochlik va suvsizlik, sahroda ulami toliqtiradi. Guldursin
holdan toyib yiqiladi. Suhayl suv va yegulik izlab uzoq qishloqqa
ketadi. Qaytib kelsa Guldursin hayotdan ko‘z yumgan bo‘ladi. Bu
fojeani ko‘rgan Suhayl:
Menga yaxshi bukun yor bilan о 'Imak,
N a lozim g 'am bilan dunyoda qolmak,
deydi va o ‘zining ko‘kragiga pichoq sanchib, sevgilisi jasadi ustida
jon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |