Bobur n o m id a g ia n d ijo n davlat universiteti ru stam bek shamsutdinov, shodi k a rim o V


 XALQ  O G ‘ZAKI IJODI.  BADIIY  ADABIYOT  RAVNAQI



Download 11,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet180/253
Sana31.12.2021
Hajmi11,52 Mb.
#219543
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   253
Bog'liq
2 5467894839875994463

6. XALQ  O G ‘ZAKI IJODI.  BADIIY  ADABIYOT  RAVNAQI

Qadimdan  xalqimiz  o ‘zining  boy  og‘zaki  ijod  durdonalari  bilan 

mashhur.  Temur  va  temuriylar  sulolasi  davri  bundan  mustasno 

emas.  Bu  davrda  xalq  yangidan  yangi  dostonlar,  qissalar,  ertaklar, 

afsona  va  rivoyatlar,  latifalar,  qo‘shiqlar,  maqollar  yaratadi.  Bu  ijod 

sarchashmalarida  tun  bilan  kun,  issiq  bilan  sovuq,  o ‘t  bilan  suv, 

adolat  bilan  adolatsizlik,  yaxshilik  bilan  yomonlik,  mardlik  bilan 

nomardlik,  sezgirlik  bilan  loqaydlik  kabi  bir-biriga  mutlaqo  zid  va 

qarama-qarshi  kuch  va  g ‘oyalar to ‘qnashadi  va  oqibatda  ijobiy  kuch 

va  g ‘oyalar  tantana  qiladi.  Albatta,  bu  yerda  xalq  ommasining  istak- 

xohishi,  orzu-armoni  o ‘z  ifodasini  topadi.  Yaqin-yaqin  kunlarga 

qadar kommunistik mafkura ta’siri  va siquvi ostida xalq og‘zaki  ijodi 

namunalari  zamon  zayliga  mos  bir  tarzda  buzib  xalqqa  yetkazildi, 

haqiqiy  xalq  og‘zaki  ijodi  mevalarini  qanday  b o ‘lsa,  shundayligicha 

avlodlarga  yetkazishda  ziyolilarimizda  ju r’at  va  jasorat  yetishmadi. 

Bunday  noto‘g ‘ri,  bir  tomonlama  yondashuvni  ulug‘  bobomiz 

Amir  Temur  faoliyatiga  berilgan  bahoda  ham  ko‘ramiz.  Buyuk 

Sohibqiron  obrazi  shu  paytga  qadar  faqat  qora  b o ‘yoqlarda  talqin 

etildi.  Ulug‘  va  yengilmas  sarkarda,  buyuk  va  donishmand  davlat 

arbobi,  m a’rifatparvar  va  elsevar  amir,  madaniyat  va  islom  dinining 

himoyachisi  Amir  Temuming  beqiyos,  oliyjanob  insoniy  fazilatlari 

va  xislatlari,  uning  dono  aql-farosati  va  uddaburonligini  tarannum 

etuvchi  xalq  og‘zaki  ijodi  namunalari  ommadan  sir  saqlandi. 

Adolat  va  haqiqatga,  insof  va  diyonatga  tashna  ona  xalqimizga 

avlodlar  tomonidan  yaratilgan  m a’naviy  meros  boyliklarini  qanday 

yaratilgan  b o ‘lsa,  xuddi  shunday  yetkazib  berish  bizning  vijdoniy 

burchimizdir.

Quyida  Sohibqiron  Amir  Temuming  shaxsiy  fazilatlaridan 

hikoya qiluvchi xalq og‘zaki ijodidan b a’zi namunalar keltiramiz.

«Amir  Temur  yoshlik  chog‘lari  oz  sonli  qo‘shini  bilan 

Shahrisabzni  olmoqchi  bo‘libdi,  ammo  uni  ololmay  qo‘shini 

yengilibdi.  Ortga  qaytishga  majbur  b o ‘lgan  Temur  Qizil  daryodan 

kechib  o4ib,  bir  qishloqqa  kelib  qo‘nibdi.  Qishloqda  bir  kampir 

yashar  va  uning  bir  echkisi  bo‘lib,  faqat  o ‘sha  echkining  suti  bilan 

tirikchilik  qilar  ekan.  Amir  Temur  shu  momoning  uyiga  kelib,  hol- 

ahvol  so‘rashgach,  momodan  ovqat  qilib  berishni  so‘rabdi.  Kampir 

echki  sutidan  atala  qilib,  yog‘och  tovoqda  suzib  beribdi.  Temur  och



454

V ATAN  T A R IX I

emasmi,  shoshilib  yog‘och  qoshiqda  ataladan  ichgan  ekan,  og‘zi 

kuyib  qolibdi.  Shunda  momo:  «Sen  ham  Amir  Temurga  o ‘xshab 

shoshqaloq ekansan bolam»,  debdi.

—   Temuming  shoshqaloqligini  qayerdan  bildingiz,  momo,  —  

deb  so‘rabdi b o ‘lajak Sohibqiron.

—  Eshitishimcha,  Temur oldin kichik-kichik qishloqlami  egallab 

kuch  to ‘plagach,  Shahrisabz  bekligiga  hujum  qilsa  g ‘olib  kelardi.  U 

esa  bir  yo ‘la  beklikni  olmoqchi  bo‘ldi-yu  yengildi.  Shunga  o ‘xshab 

sen ham  shoshding va  og‘zingni  kuydirding,  Atalani  avval tovoqning 

girdidan olib  sekin-sekin yalab k o ‘radi va so‘ngra soviganini bilgach, 

qoshiqni to ‘ldirib  ichadi-da, —  debdi kampir.

Shundan  so‘ng  Amir  Temur:  —   Darxon  momo,  siz  bilan  ona- 

bola  b o ‘layin,  tilagingizni  tilang,  men  o ‘sha  Amir  Temurman,—  

debdi.


Momo  odamlar uchun  ariq  qazib,  suv  chiqarib  berishni  so‘rabdi. 

Amir  Temur  momoning  aytganini  bajo  keltirib,  Tanxoz  daryosidan 

ariq  qazdirib,  suv  chiqarib  beribdi.  Shundan  buyon  bu  qishloqning 

nomi Darxon bo‘lib,  odamlari  dehqonchilik qilib yashar ekan».

Yana bir misol:

«Yosh  Amir  Temur  oqsoq  b o ‘Isa  ham  boshqalardan  baquvvat, 

epchil,  yurakli  ekan.  U  oqsoqligini  tan  olmay  chopish  poygalarida 

ham  qatnasharkan.  Bir  kuni  o ‘n-o‘n  besh  bola  poyga  qo‘yibdi  va 

ular  safidagi  Amir  Temur  orqaroqda  qolibdi,  ammo  belgilangan 

marraga  yaqinlashganida  boshidan  do‘ppisini  olib  ilgariga  irg‘itibdi. 

D o‘ppi marraga birinchi tushibdi.  Bolalar kim birinchi kelgani haqida 

bahslashib  ketibdilar-u  hal  etisha  olmay  bir  donishmand  huzuriga 

borishibdi.

Shunda Amir Temur donishmandga savol beribdi:

—  Donishmand otaxon,  aytingchi, bosh ulug‘mi yoxud oyoq?

—  Albatta, bosh ulug‘  bolam, —  debdi donishmand.

Donishmandning  javobidan  so‘ng  bosh  kiyimi  oldin  marraga

yetgani uchun Temur g ‘olib  deb topilibdi».

Shuningdek,  ajoyib  og‘zaki  ijod  durdonalarining  Alisher Navoiy 

va boshqa ulug‘  zotlar to‘g ‘risida ham to ‘qilgan namunalari ko ‘p.

Xalq  og‘zaki  ijodining  bu  xilda  tildan  tilga  o ‘tib  bizgacha 

yetib  kelgan  turlaridan  tashqari  yozma  manbalar:  «Ravzat  us- 

safo»,  «Badoe’  ul-vaqoe»  kabi  tarixiy  asarlar  va  xotiralar  hamda 

«M uhokamatul-lug‘atayn»  va  «Mezonul-avzon»  kabi  ilmiy  asarlarda




X bob.  XIV asrning ikkinchi yarmi -  XV asrda M ovarounnahr va

X urosonda m adaniy hayot

455

ham  o ‘z  aksini  topgan  xalq  og‘zaki  ijodi  namunalaridan  kerakli  va 



g ‘oyatda zarur m a’lumotlami  olamiz.

Xullas,  xalq  og‘zaki  ijodi  har  bir  o ‘rganilayotgan  davming 

ijtimoiy,  iqtisodiy  va  siyosiy  vaziyatini  atroflicha  o ‘rganishda 

g ‘oyatda qimmatli xulosalar chiqarish imkoniyatini beradi.

Temur  va  temuriylar  davrida  fan  va  madaniyatning  barcha 

tarmoqlari  qatorida  badiiy  adabiyot  ham  rivojlanadi.  Bu  davrda 

dunyoviy  adabiyotning  g ‘oyaviy  doirasi  kengayib,  o ‘z  ijod 

mahsullari  bilan  xalqimiz  nomini  ulug‘lagan  so‘z  san’atining  mohir 

ustalari  yetishib  chiqadi.  Ular  tomonidan  yaratilgan  badiiy  asarlarda 

xalq  hayoti  tarannum  etiladi,  hayot  illatlari  satira  o ‘ti  ostiga  olinadi, 

inson va adolat g ‘oyasi  ilgari  suriladi,  vafo,  sadoqat,  oliyhimmatlilik, 

sahovatpeshalik,  marhamat  va  m uruw at  kabi  oliyjanob  insoniy 

fazilatlar ulug‘lanadi. Zolimlik, zo‘rlik o ‘zaro feodal urushlar, axloqiy 

va  maishiy  buzuqlik  illatlari  qoralanadi  va  markazlashgan  davlat 

barpo  qilish  g ‘oyalari  ilgari  suriladi.  0 ‘zbek  dunyoviy  adabiyotining 

namoyandalari  bu  davrda  o ‘zbek  adabiy  tilining  shakllanishi  uchun 

jonbozlik  ko‘rsatadilar.  Adabiy  badiiy  ijodning  gazal,  ruboiy,  qit’a, 

tuyuq,  qasida,  noma,  munozara,  doston kabi janrlari rivoj  topadi.

Temur  va  temuriylar  davri  m a’naviy  madaniyatining  ulkan 

muvaffaqiyatlaridan  biri  —   bu  badiiy  ijodning  katta  odimlar  bilan 

rivojlanib  borganligidir.  Bu  davrga  kelib  eski  o ‘zbek  adabiy  tilining 

shakllanish  jarayoni  asosan  tugallanadi,  dunyoviy  adabiyot  adabiy 

hayotning yetakchi yo‘nalishi bo‘lib qoladi.

0 ‘zlarining  barakali  va  serqirra  ijod  durdonalari  bilan  Qutb 

Xorazmiy,  X o‘jandiy,  Sayfi  Saroyi,  Durbek,  Haydar  Xorazmiy, 

Amiriy, 


Yaqiniy, 

Ahmadiy, 

Atoyi, 

Sakkokiy, 

T o‘g ‘ilxo‘ja, 

Mavlono  Imod  Mavlaviy,  Mavlono  Qozi  Muhsin,  Mavlono  Is’hoq 

Lutfiy,  Husayn  Boyqaro  va  boshqalar  bu  davrda  jahon  madaniyati 

taraqqiyotiga  munosib  hissa  qo‘shadilar.  Va  nihoyat,  biz  bu  davrda 

eski  o ‘zbek  adabiy  tilining  asoschilaridan  biri,  o ‘zbek  mumtoz 

adabiyotining  cho‘qqisi,  she’riyat  mulkining  sultoni,  buyuk  davlat 

arbobi  Alisher Navoiyning  ijod gulshani  maydonida parvoz  etganligi 

bilan  haqli  suratda  faxrlanamiz.  Shunisi  diqqatga  loyiqki,  bu  davrda 

yozma  badiiy  adabiyot  bilan  bir  qatorda  xalq  og‘zaki  ijodi  ham 

ravnaq topadi.  Xalq yozma va og‘zaki  badiiy ijodiyoti reaksion  saroy 

adabiyoti  va  ijodiga  qarama-qarshi  o ‘laroq  rivojlanadi  va  kamolotga 

yetadi.




Download 11,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish