458
V ATAN T A R IX I
Haydar Xorazmiyning hayot y o ‘li va ijodiy faoliyati to ‘g ‘risida
m a’lumotlar juda oz.
Faqat Navoiy «Majolisun-nafois» va
«Muhokamatul-lug‘atayn»
asarlarida,
Davlatshoh
Samarqandiy
«Tazkirat ush-shuaro» kitobida b a’zi bir m a’lumotlami berganlar.
Navoiy Haydar Xorazmiyni Amiriy, Atoiy, Yaqiniy, Sakkokiy va
boshqalar qatorida sanab, uni «xush ta ’b» shoirlardan deb hisoblaydi
va «turkigo‘y» b o ‘lganligiga ishora qiladi. Bu fikrni Davlatshoh
Samarqandiy ham tasdiqlagan va Haydar Xorazmiy forsiyda ham
go‘zal va diqqatga sazovor she’rlar yozganligini qayd etadi. Haydar
Xorazmiy Nizomiy Ganjaviyning (1141-1209) «Panj Ganji»ga
kiritilgan dostoni «Mahzanul-asror»dan ilhomlanib, shu nomda
va unga javoban doston yozgan. Bu dostonning ayrim satrlarida
shoiming tarjimayi holiga aloqador bo‘lgan ba’zi m a’lumotlar bor.
Ana shu m a’lumotlarga suyanadigan b o ‘lsak, Haydar Xorazmiy
asli Xorazm yurtidan. So‘ng Fors viloyatiga kelib qolgan. Sulton
Aleksandr m a’rifatparvar amirzodalardan bo‘lganligidan o ‘z atrofiga
ilm, san’at va adabiyot ahllarini to ‘plagan, o ‘zi ham elga manzur
bo'ladigan she’rlar bitgan. Haydar Xorazmiy 1409-1414-yillar
orasida «Mahzanul-asror» dostonini yozgan deb taxmin qilinadi. Bu
asaming bir necha qo‘lyozma nusxasi mavjud b o ‘lib, London, Parij,
Vena, Qozon va boshqa shaharlaming kitob fondlarida saqlanadi.
Ozarbayjon xalqining ulug‘ shoiri Nizomiy Ganjaviy «Panj
Ganji» bilan Sharq xalqlari epik poeziyasida yangi an ’anani boshlab
beradi. «Hamsa» yozish yoki Nizomiyning «Hamsa»siga kirgan biror
dostonga javob yozish katta an’ana b o ‘lish bilan birga ijodiy yetuklik
va barkamollikning o ‘lchovi hisoblangan. Shu m a’noda Qutb XIV
asrda «Hisrav va Shirin»ni erkin taijima asosida yaratgan b o is a , XV
asrda Haydar Xorazmiy Nizomiyning «Mahzanul-asror»iga javoban
shu nomda doston yozadi.
Haydar Xorazmiyning dostoni ham Nizomiyning dostoni ka
bi falsafiy-ta’limiy asardir. U janr xususiyatlari, tuzilishi va shu
kabi jihatlari bilan Nizomiy dostoniga yaqin turadi. Haydar Xo
razmiy dostonining 16 bobdan (jami 23 bob, Nizomiyda 59 bob)
iborat asosiy qismida, Nizomiydan farqli o ia ro q , kiritilgan m av’i-
zat hajm jihatidan juda m o‘jazdir va hikmatli so‘zlar tarzida yozil-
gan. M aqolatlar esa matn jihatdan xilma-xil bo‘lib, mazmunan
Nizomiy maqolatlariga yaqinlari ham bor, tamomila yangilari ham
bor. Hikoyalarda ham ayrim o ‘xshashliklar va yangi originallar
mavjuddir.
X bob. XIV asm ing ikkinchi yarmi - XV asrda M ovarounnahr va
X urosonda madaniy hayot
459
Haydar Xorazmiyning «Mahzanul-asror» dostoni uni taraq-
qiyparvar murabbiy va iste’dodli shoir sifatida ulug‘laydi. Unda
estetik-axloqiy qarashlar, hikmatli so‘zlar misralarda o ‘ziga xos mo-
hirona bir tarzda ifodalanadi. Haydar Xorazmiy insoniy fazilatlami
ulug'laydi, jamiyatga foyda keltirish, m uruw atli va himmatli
b o iish g a da’vat etadi, yomon xulq-odobni, himmatsizlik va
saxovatsizlikni qoralaydi. Shoir yoshi ulug‘ va tajribali kishilaming
hayot y o ‘lidan o ‘m ak olish va xulosa chiqarish, o ‘z hayotiy
faoliyatiga tanqidiy qarab, xato va kamchiliklami tuzatishga alohida
e ’tibor beradi va tajribaga murabbiy sifatida qaraydi. Haydar
Xorazmiy mehnatni va mehnat ahlini ulug‘laydi, kasb-hunar va
san’at egalariga o ‘z hurmat-e’tiqodini izhor etadi. U mohirlik
bilan yozilgan kichik-kichik hikoyalarida katta va muhim bo‘lgan
muammoni yoritadi, xarakterli obraz va portretlar yaratadi.
Xullas, Haydar Xorazmiyning Sulton Aleksandr madhini ulug‘-
lashga bag‘ishlangan «Mahzanul-asror» asari o ‘zbek she’riyatida
epik adabiy tilda ijod durdonalari yaratish bobida katta tajriba
bo‘ldi. Bu doston bilan Haydar Xorazmiy o ‘zbek va ozarbayjon
adabiyotining aloqalarini mustahkamlabgina qolmadi, balki o ‘zbek
adabiy tilining taraqqiyotiga ham katta hissa qo‘shdi va ulug‘
Navoiydek buyuk so‘z san’ati ustasining yetishib chiqishiga
mustahkam zamin tayyorladi.
Do'stlaringiz bilan baham: