Иванин М.
Икки буюк саркарда, 120-бет.
346
VATAN TARIXI
shiddatli b o iad i. Jang paytida qattiq jala quygan, hammayoq loy
bo‘lib, otlar va jangchilar balchiq-loylarda yiqilganlar. Har ikkala
tomondan juda k o ‘plab odamlar qirilgan.
Temur qo‘mondonligidagi o ‘ng qanot mardonavor jang qilib
dushmanni yengib, muvaffaqiyat qozonayotgan bir paytda Husayn
boshchiligidagi chap qanot kutilmaganda jang maydonini tashlab
chiqadi. Albatta, bunda m o‘g ‘ullar qo‘mondonligining ishlatgan
harbiy hiylasi katta pand bergan edi. Faqat Temuming harbiy
ehtiyotkorligi va saboti ulami uzil-kesil m ag‘lubiyatdan saqlab
qoladi. Bu jangda Temur va Husayn o ‘zlarining 3000 ta askarini
jang maydonida qoldirib, chekinishga majbur b o ‘ladilar, «Jangi loy»
voqeasidan so‘ng Temur bilan Husayn o ‘rtasidagi nizo kuchayib,
bora-bora raqiblikka aylanadi. Husayn Sirdaryoning ikkinchi
qirg‘og‘iga o ‘tib, o ‘zining poytaxti Solisaroyga qaytadi, Temur esa
Kesh tomon ketadi.
Temur va Husaynning ketib qolishi oqibatida m o‘g ‘ullaming
Samarqandga bemalol kirib borishi uchun qulay sharoit vujudga
keladi.
Samarqandga
Ilyosxo‘ja
boshchiligida
m o‘g ‘ullaming
bostirib kelayotganligini eshitgan shahar aholisi ommaviy suratda
dushmanga qarshi kurashga qo‘zg‘aladi. Bu kurashga Samarqandda
o ‘z faoliyatini olib borayotgan sarbadorlar guruhi boshchilik qiladi.
Sarbadorlar harakati dastlab, yuqorida qayd etilganidek, Xurosonda
vujudga kelib, so‘ng Samarqand, Kesh va boshqa hududlarga ham
yoyilgan edi.
Xurosonda sarbadorlar davlati 45 yil (1337-1381) hukm sura-
di, uni tashkil etishda sarbador X o‘ja Yahyoning xizmati katta
b o ‘lgan. Sarbadorlaming ichki davlat yuritish siyosati haqida biror-
bir m a’lumot bo‘lmasa-da, bu davlatning o ‘z tanga pullarini zarb
qilganligi, o ‘z qo‘shinlari bo‘lganligi aniq. Ular davlatda mustahkam
tartib o ‘matganlar. Aholidan olinadigan soliqlar miqdori odatdagi
miqdordan ancha kam bo‘lgan, juzya solig‘i bekor qilingan. Bu
davlatning yana bir ijobiy tomoni shundaki, unda hokimlik sulolasi
bo‘lmagan, hokim vafot etgach, ular o ‘zlariga yoqqan hukmdomi
hokimlikka ko‘targanlar.
Sarbadorlar qullami ozod qilmagan
bo‘lsalar-da, ularga yumshoq munosabatda bo‘lganlar, qullami
o ‘z qo‘shinlariga qabul qilganlar va hatto ulami harbiy boshliq
lavozimlariga ham koiarganlar. Albatta, bu ishlar o ‘z davrida
sarbadorlar harakati ijobiy tusdagi harakat b o ig a n , deb xulosa
IX bob. A m ir Tem ur va tem uriylar davri
347
chiqarishga asos bo ‘la oladi. Bu harakat ham nuqsonlardan xoli emas
edi. Sarbadorlar harakati Movarounnahrda XIV asrning 60-yillaridan
kuchaya boshlagan va dehdonlar, hunarmandlar va g ‘oziylar
deb atalgan madrasa ziyolilari kabi aholi qatlamlari orasidan o ‘z
tarafdorlarini topgan. M o‘g ‘ullarga qarshi ko‘tarilgan sarbadorlar
qo‘zg‘oloniga Samarqand madrasasining talabasi Mavlonozoda,
Abu Bakr Kalaviy N addof (Shomiy bergan m a’lumotga qaraganda, u
paxta tituvchilar mahallasining boshlig‘i b o ‘lgan), mergan X o‘rdaki
Buxoriylar boshchilik qilganlar. M o‘g ‘ullarga qarshi kurashga otlanib,
Samarqandda Chorsu maydonidagi jome masjidida to ‘plangan
vatanparvar kuchlar o ‘n ming kishidan oshib ketadi. Samarqand ahli
m o‘g ‘ul galalarini jangovar shaylik bilan kutib oladi. «Jangi loy»dagi
g ‘alabadan mahliyo b o ‘lgan Ilyosxo‘ja Samarqandni osongina
q o ig a kiritishni m o‘ljallagan edi. Ammo bu borada ular adashgandi.
M o‘g ‘ullar Samarqandga yaqinlashgach, Mavlonozodaning buy-
rug‘i bilan ulaming ustiga o ‘q yog‘diriladi va ular k o ‘plab
qurbonlar beradi. Sharafiddin Ali Yazdiyning «Zafamoma» asarida
yozilishicha, m o‘g ‘ullaming otlari orasida vabo tarqalib shuncha ot
o ‘lganki, har to ‘rt otdan bittasi qolgan. Dushman ustidan qozonilgan
g ‘alaba sharafiga Samarqand shahrida shod-u hurramlik va tantanalar
boshlanib ketadi. Sarbadorlar boshchiligida qattol dushman ustidan
qozonilgan bu tarixiy g ‘alaba agar xalq ommasiga adolatli, haqgo‘y,
sodiq va mard yo‘lboshchilar rahbarlik qilib uni boshqarsa, uning
juda katta qudratga ega ekanligini ko‘rsatadi. Sarbadorlar shahardan
dushmanni quvganlaridan so‘ng ichki dushmanlar — katta yer va
mulk egalariga qarshi kurashni boshlab yuboradilar. Ulaming mol-
mulklari tortib olinadi, uy-joylari vayron qilinadi. Ana shu tariqa
Samarqandda sarbadorlar hokimiyatni qo‘lga oladilar va butun qish
davomida uni o ‘zlari mustaqil boshqaradilar.
Sarbadorlar g ‘alabasidan xabar topgan Amir Temur va amir
Husayn bahor faslida Samarqandga yaqin Konigil degan joyda
to‘xtaydilar. Ular sarbadorlar g‘alabasidan va amalga oshirgan
ishlaridan mamnun ekanliklarini aytib, sarbadorlami uchrashuvga
taklif qiladilar. Haqiqatan ham uchrashuyning birinchi kuni
katta xursandchilnk va ziyofatlar bilan o ‘tgan. Biroq ertasi kuni
kutilmaganda amir Husaynning buyrug‘i bilan barcha sarbadorlar
q o ig a olinib qilichdan o ‘tkaziladi. Sharafiddin Ali Yazdiyning
yozishicha, Temur faqat Mavlonozodani «amir Husaynning qahr-u
348
VATAN TARIXI
g ‘azabidan asrab qoldi»1. Temuming Mavlonozodani o ‘limdan
saqlab qolganligiga sabab qilib, yozma manbalarda uning sarbadorlar
bilan yaqindan aloqada bo‘lganligi va shu asnoda Temur bilan
Husayn o ‘rtasida ixtilof chiqqanligi ta ’kidlanadi.
Sarbadorlar
harakati bostirilgach, Samarqandda amir Husayn hukmronligi
tiklanadi, Temur uning o ‘ng qo‘li bo‘lib qoladi. Temur bilan Husayn
birgalikda harakat qilsalar-da, ular o brtasidagi munosabatlar borgan
sayin keskinlashib boradi. Amir Husayndagi Temurga nisbatan
g ‘arazgo‘ylik, Temurdagi o ‘ziga xos xislatlami ko‘ra olmaslik
o ‘rtadagi keskinlikning kuchayishiga bosh sabab edi. Temur amir
Husaynga nisbatan aql-farosatda, tadbirkorligu uzoqni ko ‘ra bilishda
va davlat arbobiga xos fazilatlari bilan ajralib turardi. Markazlashgan
kuchli davlatning zarurligini ham Temur amir Husaynga qaraganda
yaxshiroq tushunar edi. Shu bois Movarounnahrdagi boshqa
hokimlar, savdogarlar, hunarmandlar, ruhoniylar va dehqonlar
ommasi uni ko‘proq himoya qilar edilar. Amir Husaynning esa
bundan g ‘ashi kelib, jazavasi tutar edi. U Temurga pand berishga
payt poylab, iloji b o ‘lsa uni o ‘ldirishga harakat qilardi. Temur
esa buni bilar va doimo chapdastlik bilan buni fosh qilib borardi.
Sharafiddin Ali Yazdiy bergan m a’lumotlarga qaraganda: «Amir
Husaynda omadsizlik va baxtsizlikning belgilari tobora quloch yozib
borardi, chunonchi, m ag‘m r podsholar sha’niga loyiq bo‘lmagan
hirs va baxillik, vahshiylik va ochko'zlik uning vujudini qamrab
oldi hamda mol-dunyo yig‘ish va zaxira to ‘plashga mukkasi bilan
sho‘n g ‘ib ketdi. Ahvol shu darajagacha yetdiki, hazrat Sohibqiron
amirlari va mulozimlari (moliga ham) ta ’ma ko‘zini tikdi. Y a’ni,
amir Joko‘, amir Sayfiddin, Oqbo‘g ‘o, Elchi bahodir va Davlatshoh
baxshi nomiga anchagina (to‘lov) m ablag‘ belgilab, uni undirib
olish uchun soliq yig‘uvchi tayinladi. Biroq ular yaqinda «Loy
jangi» voqeasini boshdan kechirganliklari va mol-zaxiraning ko‘p
qismi talon-taroj bo‘lib ketganligi uchun, u tama qopini to id irish
uchun m oijallangan m ablag‘ni butkul yig‘ib berishga imkoniyatsiz
edilar.
Hazrat
Sohibqironning
Xusravona
himmati
yordam
qo‘lini cho‘zmoqni taqazo etdi va oltin-u kumushdan iborat katta
(miqdordagi) m ablag‘ni, jumladan, mahdi a ’lo 0 ‘ljoy Turkon
og‘oning bilakuzuk va isirg‘asini ham, ulaming to‘lov m ablag‘i
hisobiga berib yubordi. Amir Husayn uni ko‘rib, o ‘zining singlisiniki
Do'stlaringiz bilan baham: |