Шарафиддин Али Яздий.
«Зафарнома». 242-бет.
IX bob. A m ir Tem ur va tem uriylar davri
353
So‘fi o ‘tiradi. Temur Xorazm bilan yaxshi munosabatlami o ‘matishga
intiladi, sulh bitimi tuzishni taklif etadi va Husayn So‘fining qizi,
0 ‘zbekning nevarasi Xonzodani o ‘z o ‘g ‘li Jahongirga xotinlikka olib
beradi. Yusuf So‘fi Sohibqironning barcha takliflarini qabul qiladi.
Isyonchi va ig‘vogar Kayxusrav Temuming buyrug‘i bilan qatl
etiladi. Ammo bu bilan Xorazmda barqaror tinchlik Amir Temur
bilan yaxshi quda-andachilik yo‘lga qo‘yiladimi? Albatta, y o ‘q.
Bunga sabab, Yusuf So‘fi. U ikki o ‘rtada tuzilgan yarash shartlarini
buzib, Qot shahrini qaytadan bosib oladi. Bu hoi Sohibqironning
1373-yilda ikkinchi marta Xorazmga lashkar tortishiga sabab bo‘ladi.
Ammo bu safar ikki o ‘rtada umsh bo‘lmaydi. Chunki Yusuf So‘fi
Temurga tavba qiladi va shartnomani so‘zsiz bajarishga v a’da beradi.
Ana shu tariqa Janubiy Xorazm Amir Temur davlati tarkibiga qo‘shib
olinadi. Ammo shundan sobng ham Sohibqiron Xorazm ustiga yana
uch marta qo‘shin tortib boradi. Xorazmga so‘nggi yurish 1388-yilda
bo‘ladi. Bu safargi qirg‘inbarot umshning asosiy sababchisi Oltin
0 ‘rda xoni T o‘xtamishxonning ig‘vosi va fatvosiga uchib Temurga
qarshi isyon ko‘targan Xorazm hukmdori Sulaymon So‘fi bo‘ladi.
To‘xtamishxonning o ‘zi kim? U Manqishloq (M ang‘it qishloq)
hokimi T o‘yxo‘ja sultonning farzandi, asli Jo‘chi naslidan. To‘yxo‘ja
Oq 0 ‘rda xoni (1361-1376) 0 ‘rusxonning (u ham Jo‘chi avlodidan)
Oq 0 ‘rda va Oltin 0 ‘rdani birlashtirish to ‘g ‘risidagi g ‘oyasiga qarshi
chiqadi va shu sababdan u qatl etiladi. T o‘xtamishxon 0 ‘rusxon
ta ’qibidan qochib, Amir Temur huzuriga panoh izlab keladi. Buyuk
Sohibqiron unga juda katta izzat-ikromlar k o ‘rsatadi, qimmatbaho
sovg‘a-salomlar beradi, 0 ‘tror va Savron viloyatlarini taqdim etadi.
U To‘xtamishxonga qatl etilgan otasi uchun qasos olishi va Oq
0 ‘rda taxti uchun kurashda qurol-aslaha va qo‘shin qismlari bilan
yordam beradi. Mahkam Abduraimovning yozishicha, Temur:
«...To‘xtamishga to ‘rtinchi marta ham qo‘shin berib, tajribali
qo‘mondonlaridan birini unga bosh etib tayinlaydi»1. Tajribasiz
To‘xtamish har safar 0 ‘rusxondan yengilib kelaveradi. 1376-yilning
bahorida 0 ‘msxon jangda oid irilgan o ‘g ‘li Qutlug‘ Bo‘g ‘a xunini
talab qilib Amir Temurga T o‘xtamishxonni topshirishni talab etadi.
Shundan so‘ng Temuming o ‘zi 1379-yilda 0 ‘rusxon ustiga qo‘shin
tortib boradi va uni yengadi. Bu haqda Temur shunday yozadi:
«(Dashti Qipchoq) xoni T o‘xtamish xonlik talashib 0 ‘rusxondan
1 Абдураимов М. Темур ва Тухтамиш. «Шарк юлдузи», 1991, 11-сон, 139-бет.
19 — V atan ta rix i 1
354
VATAN TARIXI
yengilib, mening panohimga qochib kelgan edi. Uning bilan
qo‘shin yuborsammikin, yo о ’zim borsammikin, deb turganimda
0 ‘rusxonning elchisi kelib qoldi. Kengashib, elchining ko‘nglini
ovlab, (so‘ng) ketishiga ruxsat berishni, o ‘zim esa Dasht tomon
yuzlanib, elchining ketidan lashkar jo ‘natishni m o‘ljalladim, toki
elchi xotirjamlik bilan b o ‘lgan voqealardan 0 ‘rusxonning majlisida
bayon qilsin, ertasi kuni mening qo‘shinlarim qo‘qqisdan ulaming
ustiga bostirib borsin.
0 ‘ylaganimdek ish kutgandim, tadbirim taqdirga to ‘g ‘ri kel-
di. 0 ‘msxon elchisi b o ig a n voqealami so‘zlab berayotgan payt-
da mening qo‘rqmas lashkarim favj lari nogaxon kelgan balo-
dek 0 ‘msxon ustiga yopirildilar. 0 ‘rusxon qarshilik ko‘rsata
olmay, qo‘chishni ixtiyor qildi. Dashti Qipchoq mamlakati menga
b o ‘ysundi»'.
To‘xtamish bir necha jang-u jadallardan so‘ng 1379-yilda Amir
Temur yordamida Oq 0 ‘rda taxtini egallashga muvaffaq b o iad i.
Voqealaming bunday rivojlanib borishidan Sohibqiron mamnun edi.
Chunki Temur o ‘zicha To‘xtamishni o ‘z odami hisoblar va u orqali
Jo ‘chi ulusida siyosatini o ‘tkazishni rejalashtirayotgan edi. Biroq
amalda hayotiy voqealar Amir Temur o ‘ylaganicha rivojlanmadi.
«Ishtaha ovqat ustida ochiladi», deganlaridek T o‘xtamish Oq 0 ‘rda
taxtiga o ‘tirgach, endi uning o ‘zi ham 0 ‘rusxon siyosatini yurgiza
boshlaydi, y a’ni Oq 0 ‘rda va Oltin 0 ‘rdani birlashtirib kuchli Oltin
0 ‘rda xonligini tuzmoqchi b o iad i. Ana shu niyat bilan u 1380-yilda
Kulikovo maydonida b o ig a n jangda Dmitriy Donskoy tomonidan
qattiq zarba yegan va kuchsizlanib qolgan Mamay ustiga lashkar
tortib boradi va Kalka daryosi b o ‘yida unga qaqshatqich zarba beradi.
Bu g ‘alaba T o‘xtamishning ezgu niyatlariga yo‘l ochadi, u Oltin
0 ‘rdadagi oliy hokimiyatni egallaydi va Jo‘chi ulusining har ikkala
qismini birlashtiradi. T o‘xtamish 1382-yilda unga boj toiashdan
bosh tortgan Moskva knyazligi ustiga qo‘shin tortadi. Bundan xabar
topgan buyuk knyaz Dmitriy Donskoy qo‘rqib, qo‘shin to ‘plash
bahonasida Kostroma shahri tomon yo‘l oladi va o ‘sha yerda ayollar
kiyimini kiyib monastirda yashirinadi. Moskvani q o ig a olgan
To‘xtamish uni yondiradi, boyligini talab kultepaga aylantiradi.
To‘xtamish bu erishilgan muvaffaqiyatlardan hovliqib, esankirab
qoladi. U Oltin 0 ‘rda xonligining 0 ‘zbekxon zamonasidagi (1312
Temur tuzuklari. 42-bet.
IX bob. A m ir Tem ur va tem uriylar davri
355
1340) shuhratini tiklashni o ‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi va uning
hududlarini kengaytirishga harakat qiladi. «It qutursa egasini qopadi»,
deganlaridek endi To‘xtamish o ‘zining ilgarigi homiysi, og‘ir
kunlarida joniga oro kirgan va har tomonlama unga yordam bergan
Amir Temur yerlariga ko‘z olaytira boshlaydi va unga qarshi siyosat
olib boradi. Jumladan, u Temur kuch nigohini tashlagan Kavkazorti,
Ozor yerlariga yurishlar qiladi, 1385-yilda Tabrizni bosib olish uchun
u erga katta qo‘shin yuboradi. Uning nomi 17 shahardagi tangalarda
zarb etilgan bo‘lsa-da, u Temurdek zabardast jahongir b o iish n i orzu
qilardi va Sohibqironga doimo hasad ko‘zi bilan qarardi. To‘xtamish
o‘zining g ‘arazli niyatlarini ro ‘yobga chiqarish uchun Sohibqiron
bilan shaxsan jangda bellashish niyatida bahona izlar edi.
1386-87-yilda Temur Eron Ozarbayjonini (llanja qal’asi-
dan tashqari) zabt etib qishni Qorabog‘da o ‘tkazadi. T o‘xtamish
huddi shu yili Temurga qarshi adovati kuchayib, 120 ming
kishilik lashkarlarini Darband tarafdan yuboradi. Shomiy va Ali
Yazdiylaming m aium otlariga qaraganda, Temur T o‘xtamishxonga
nisbatan xolisona va yaxshi munosabatda b o igan , uning qo‘shini
bilan jang qilmaslik yo ilarin i izlagan. Ammo u T o‘xtamish-
ning urushga zo‘r berib harakat qilishga qaratilgan niyatlarini
anglagach, o ‘zining Shayx Ali Bahodir, Iki Temur, Usmon Abbos
kabi lashkarboshilari va o ‘g ‘li Mirzo Mironshoh boshchiligida bir
necha tuman qo‘shinlarini jo ‘natadi va ularga: «Bizning T o‘xtamish
bilan ahdnomamiz bor va biz unga amal qilamiz, agar uning
qo‘shini o ‘zlarini jang olib borishdan tiysa, orqaga qaytinglar»1,
deb tayinlaydi. Temur qo‘shinlari To‘xtamish askarlarining yurish
qilganligidan xabardor boiadilar, biroq Sohibqiron farmoniga
binonan jang qilmasdan orqaga qaytadilar. To‘xtamish navkarlari
esa bu holni ojizlik alomati sifatida fahmlab hujum uyushtiradilar.
Ammo Oltin o id alik lar ta’zirlarini yeb m agiubiyatga uchraydilar
va Darbandga chekinadilar. Bu ikki qo‘shin o ‘rtasidagi dastlabki
to ‘qnashuv edi. Temur yana ham o g irlik va vazminlik ruhida
To‘xtamish bilan munosabatni keskinlashtirmaslikka harakat qiladi.
U Oltin 0 ‘rda askarlarining asirga olingan vakillari bilan iliq va
yaxshi munosabatda bo iad i. Ulami ozod qilish oldidan: «Oramizdagi
munosabat ota-bolaniki kabidir, u nega bunday noloyiq ishga q o i
urdi, hech sababsiz bu yoqqa qo‘shin yuborib, minglab begunoh
1
Do'stlaringiz bilan baham: |