Зафарнома. - Т., «Камалак», 1994, 116-117-бетлар.
IX bob. A m ir Tem ur va tem uriylar davri
349
ekanligini tanidi. Ammo ochko‘zlik hirsi shu darajada yomon b o iib
ketgan ediki, hatto aka-singillik qadr-qiymatini ham ko‘zga ilmadi va
ulami olishdan hayiqmadi...
Shuncha mablag‘ni bergan bilan ham u belgilangan (to io v )
mablag‘iga yana uch ming dinor yetmay qoldi. Himmati daryodek
(bo‘lmish) Sohibqiron qo‘shimcha, yana o ‘zining shaxsiy otlaridan
ham peshkash etdi. Amir Husayn otlar bevosita ul Hazratga tegishli
ekanligini bilgach, ulami qabul qilmadi...»1
Ana shu sabablar taqozosi ila amir Husayn va Temur o ‘zaro
tez-tez arazlashib yurar, boshqa viloyat hokimlari ulami yarashtirib
qo‘yar edilar. 60-yillaming oxirlaridan boshlab amir Husayn
ochiqdan ochiq Temurga qarshi kurashga tayyorlanadi. U o ‘zining
barcha boyliklarini Samarqanddan Balxga ko‘chirib, shahaming
mudofaa istehkomlarini mustahkamlashga kirishadi. Temur Husaynni
yomon va yovuz niyatdan qaytarish maqsadida maslahatlar beradi.
Ammo amir Husayn o ‘z niyatidan qaytmaydi. Ikki o ‘rtada jang
b o iish i muqarrar b o iib qoladi. Bu jang 1370-yilda Balxda b o iad i.
Jang oldidan Sohibqiron Termiz yaqinidagi Biyo qishlogida shayx
Sayyid Barakadan2 zafar fotihasi oladi. Sayyid Baraka Temurga
g ‘alaba tilab do‘mbira va bayroq topshiradi hamda kelajakda
Temumi buyuk zafarlar kutayotganligini bashorat qiladi. Jangda
amir Husayn batamom yengiladi. Sharafiddin Ali Yazdiyning
m aium otiga ko‘ra Temuming o ‘g i i Umarshayx bor-yo‘g ‘i o ‘n
olti yoshda boisa-da, jang maydonida shijoat va jasorat ko'rsatadi.
Amir Husayn taslim b o iib , uzr-ma’zur ila ulug‘ K a’ba ziyoratiga
otlanajagini iltimos qiladi. Temur uning iltimosini qabul qiladi va
hech kim Husaynga xalaqit bermasin, deb buymq beradi. Ammo
har galgidek Husaynning o ‘zi yana o ‘z v a’dasini bajarmaydi. U
Sohibqironning qat’iy so‘ziga ishonmaydi va shubhalanadi. Shul
bois u shahardagi jom e masjidining minorasi ichiga kirib yashirinadi.
Kutilmaganda otini yo‘qotgan bir tasodifiy odam minoraga chiqib
shahar atrofini kuzatmoqchi b o ia d i va u yerda yashirinib yotgan
amir Husaynni ko‘radi. U jon talvasasida u kishiga bir hovuch
marvarid uzatadi va ko‘rganini sir saqlab, hech kimga aytmasligini
yalinib so‘raydi. Minoradan chiqib u kishi to ‘ppa-to‘g ‘ri hazrat
1 Шарафиддин Али Яздий. Зафарнома. - Т., «Камалак», 1994, 117-118-бетлар.
2 Sayyid Baraka - asli andhudlik mashhur sayyid, Amir Temuming pirlaridan biri: 1404-yilda
Qorabog'da vafot etgan. Daslab yurti Andhudda dafn etilgan, so‘ng Amir Temur vasiyati bo'yicha
1409-yilda Shohrux Mirzoning amri bilan Sayyid Baraka hoki Samarqandga keltirilib, Go'ri Amir
xilxonasida Sohibqironning bosh tarafiga dafn etilgan.
350
VATAN TARIXI
Sohibqiron
huzuriga
boradi
va
b o ig a n
voqeani
oqizmay-
tomizmay unga yetkazadi. Temuming odamlari Husaynning q o iin i
bog‘lab Sohibqiron oldiga keltirganlarida u: «Men uning qonidan
kechganman va undan intiqom olish tarixiga chiziq tortganman»1,
deydi. Amir Kayxusrav Xatloniy haqiqat so‘rab, bir vaqtlar uning
ukasi Qayqubodni o id irg an Husaynning taqdirini menga topshiring,
deb iltimos qilsa-da, Sohibqiron o ‘z so‘zida qat’iy turadi. Ammo
Kayxusrav Husaynni o ‘ldirganida unga e ’tiroz bildirmaydi. Temur
amir Husayn ustidan g ‘alaba qozongach, butun Movarounnahr
uning qo‘li ostida birlashadi. Balxda chaqirilgan qurultoyda Temur
Chig‘atoy saltanatining vorisi deb e ’lon qilindi. Lekin o ‘sha davrdagi
vaziyat hisobga olinib va m o‘g ‘ullaming qarshiligini kuchaytirmaslik
maqsadida xonlik taxtiga Suyurg‘atmish o ‘tkaziladi. Temur o ‘zida
amir unvonini saqlab qolib, hokimi mutlaq sifatida davlatni boshqara
boshlaydi. Samarqand shahrini davlatning poytaxtiga aylantiradi.
0 ‘sha davming udumiga ko‘ra Temur amir Husayn taxtiga
o‘tirgach, uning xotinlaridan to ‘rttasini o ‘ziga xotinlikka tanlaydi.
Ular aql va farosatda yagona, go‘zallikda tengsiz Qozonxonning
qizi Saroymulkxonim (Bibixonim), Bayon Sulduzning qizi Ulus
og‘o, Hizr Yasavuriyning qizi Islom og‘o va Tog‘oy turkonlar
edilar. Husaynning qolgan boshqa xotinlarini Temur o ‘ziga yaqin
kishilarga xotinlikka beradi. Saroymulkxonim m o 'g 'u l xonlaridan
Qozonxonning qizi b o ‘lganligidan Amir Temur «Ko‘ragon» laqabini
(K o‘ragon m o‘g ‘ulcha kuyov demakdir) oladi. Sohibqiron hayot
va og‘ir jang so‘qmoqlarida sinovdan muvaffaqiyatli o ‘tgan o ‘z
odamlaridan 313 kishini davlatning turli m as’uliyatli lavozimlariga
tayinlaydi: 100 tasini o ‘nboshi, 100 tasini yuzboshi, 100 tasini
mingboshilikka va 13 tasini yana ham yuqoriroq lavozimlarga
qo‘yadi. Shak-shubha y o ‘qki, ana shu saralangan va sinalgan yuqori
lavozimdagi shaxslar Amir Temur qo‘shinida intizom, harbiy tartib
o ‘matib, oqibatda Sohibqiron q o ig a kiritgan tarixiy g ‘alabalami
ta’minladilar.
1
Шарафиддин A iu Яздай.
Зафарнома. 312-бет.