IX bob. A m ir Tem ur va tem uriylar davri
341
o ‘z niyatlarini qisman amalga oshiradilar. Bayon Sulduz bilan
Hoji Barlosdan yengilgan Abdulloh Andarab tomonga qochib
ketadi. Bayon Sulduz bilan Hoji Barlos Movarounnahr yerlarining
bir qismini egallab oladilar va uni o ‘zaro taqsimlab idora eta
boshlaydilar. Kesh viloyati Hoji Barlos ixtiyoriga o ‘tadi. Ana shu
tariqa 1358-yilda qariyb bir yarim asrdan so‘ng Movarounnahming
bir qismida hokimiyatni boshqarish mahalliy aholi vakili qo‘liga
o ‘tadi.
Shu paytga qadar yozilgan darslik va qo‘llanmalarda bu ma-
sala yetarli darajada yoritilmay kelgan. Tarix darsliklarini o ‘qi-
gan o ‘quvchida shunday bir mavhum fikr paydo b o ‘lar ediki,
M ovarounnahrda Mahmud Torobiy qo‘zg‘olonidan so‘ng m o‘g ‘ul-
larga qarshi hech qanday harakat b o ‘lmagan. To‘g ‘ri, XIV asming
30-yillarida Xurosonda mahalliy aholining vatanparvar va ilg‘or
qismi bo‘lgan sarbadorlaming (m o‘g ‘ullarga qarshi kurashda o ‘z
boshlarini dorga tikishga rozi bo‘lganlar) m o‘g ‘ullardan kichik
bir hududni ozod qilganliklari, o ‘z davlatlarini barpo etib, hatto
Sabzovor shahrini bu davlatning poytaxtiga aylantirganliklari
ta ’kidlanadi. Ammo Shahrisabzning Movarounnahrda birinchi
bo‘lib (1361—1362-yil oralig‘ida Samarqandda ham sarbadorlar
m o‘g ‘ullami tor-mor qilib, hokimiyatni qo‘lga kiritadilar) 140 yillik
m o‘g ‘ullar hukmronligidan so‘ng ozodlikka erishganligi kabi muhim
masala chetlab o ‘tilgan. Holbuki, sarbadorlar harakati ta’siri ostida
Movarounnahming Samarqanddan boshqa shaharlarida, xususan
Kesh bekligida ham aholining katta bir qismi erk va ozodlik uchun
g ‘ayrat kamarini mahkam bog‘lagan edi. Hatto bu harakatga nisbatan
xayrixohlik bilan qaraganlar safida Temuming ham bo‘lganligi uning
keyingi faoliyatida ko‘zga yaqqol tashlanadi.
Albatta, Movarounnahrda b o ‘layotgan bunday harakatlarga
M o‘g ‘ulistonning ulug‘ xoqonlari tomoshabin sifatida befarq qarab
tura olmas edilar. 1348-yilda T u g iu q Temuming M o‘g ‘uliston
taxtini egallaganligini ta’kidlagan edik. U Chig‘atoyning nabirasi
Duvoxonning o ‘g ‘li Eminxo‘janing arzandasi edi. Tug‘luq Temur
18 yoshida amir P o‘lodchi taxtiga ko‘tarilgan, 24 yoshida islomni
qabul qilgan bo‘lib, Movarounnahmi bosib olishni shar’an o ‘ziga
haqli deb bilar edi. Ana shu o ‘y va rejalar bilan T u g iu q Temur
1358-yilda katta qo‘shin bilan Kesh tomon yuradi. Uning katta
kuch bilan kelayotganligi va y o i-y o ‘lakay erishgan g ‘alabalarini
eshitgan Kesh hokimi Hoji Barlos vahimaga tushadi, chunki u oz
342
VATAN TARIXI
sonli qo‘shinlari bilan T u g iu q Temurdek katta kuchga qarshi tura
olmasdi va hech kimning yordamiga ko‘z tika olmas edi. Negaki,
atrofdagi amirlaming hammasi m o‘g ‘ullardan bo‘lgan. Hoji Barlos
T u g iu q Temuming asosiy zarba kuchi o ‘ziga qarshi qaratilganligini
aql va farosat bilan to‘g ‘ri tushunib, Xurosonga qochib ketishdan
boshqa chorani topa olmaydi. Uni qo‘riqlab borayotganlar safida
amakivachchasi Temur ham bor edi. Hoji Barlos mana shunday
og‘ir bir vaziyatda nima qilish kerakligini undan so‘raganda, Temur
Hoji Barlosga Tug‘luq Temur bilan urush qilib o ‘tirmasdan uning
huzuriga borishni maslahat beradi. Albatta, Hoji Barlos Tug‘luq
Temur huzuriga bora olmas edi, chunki u hokimiyatni kuch bilan
olgan edi. Hoji Barlos Chingizxon avlodiga qarshi qo‘l ko‘targan
kishi hech qachon kechirilmaganligini yaxshi bilar edi. Shu bois
u Temuming maslahatiga quloq solmaydi, o ‘z odamlari va mol-
mulki bilan Jayhundan o ‘tib Xurosonga boradi. Yurt boshiga mana
shunday og‘ir kun tushganda Temur xalq bilan birga b o iish g a va
Tug‘luq Temur xizmatiga kirishga qaror qiladi. «Lekin, — deydi
Temur,— mening askarlarim va qaramog‘imdagi odamlarim T u g iu q
Temurga b o ‘ysunishimni istamasliklarini aytdilar, chunki mening
hukmim ostida mamlakat osoyishtalikka erishgan b o iib , o ‘zining
mustaqilligini qurol bilan himoya qilishga tayyor edi. Xalqning
barcha iltimoslariga men hozir T u g iu q Temurga qarshi chiqib jang
qilishning keragi yo‘qligini va uning askarlari juda ko‘pligini hamda
hozir unga bo‘ysunishdan boshqa iloj yo‘qligini aytdim»1.
Temurbekning
m o‘r-malahdek
Shahrisabz tomon bostirib
kelayotgan dushmanga peshvoz chiqishga ahdi o iim va hayot
garovi edi. T u g iu q Temur va uning atrofidagi ochko‘z amirlar katta
sovg‘a-salomlar bilan hurmat va tavoze ila ularga peshvoz chiqqan
Temurbekni issiq qabul qiladilar. Temurbek esa o ‘z navbatida
uning ishonchiga kirib, o ‘z maqsadiga erishishi y o iid a ish tutadi.
T u g iu q Temur o ‘ziga nisbatan Temurbekning sadoqatini his eta
boshlagach, M o‘g ‘ulistondagi amirlar isyonini tinchitish maqsadida
M ovarounnahmi
boshqarib
turish
yo rlig in i
Temurga berib,
o ‘zi Jeta tomonga ketadi. «Men, — deydi Amir Temur, — butun
Movarounnahr viloyatiga, to Jayhun daryosining sohillarigacha
yerlarga hukmron bo idim ... Men tajribamdan shuni bildimki, yuz
ming otliq askar qila olmagan ishni bir to ‘g ‘ri tadbir bilan amalga
1
Амир Темур Курагон.
Зафар йули. - Т., «Нур», 1992. 49-бет.
IX bob. A m ir T em ur va tem uriylar davri
343
oshirish mumkin ekan»1. Ammo Temur m o‘g ‘ullarga uzoq vaqt
xizmat qilmaydi. 1360/61-yili T u g iu q Temur o ‘z ahdini buzib,
Movarounnahrga ikkinchi marta qo‘shin tortib kelib, hokimiyatni
Temurdan olib, tajribasiz yosh o ‘g i i Ilyosxo‘jaga topshiradi.
Temurni esa unga bosh qo‘mondon (sipoh-solor) va maslahatchi
qilib tayinlaydi. Temur ana shu davrdan boshlab Ilyosxo‘jaga xizmat
qilishdan bosh tortadi va markazlashgan mustaqil davlat barpo qilish
uchun m o‘g ‘ullar istibdodiga qarshi kurashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: