BADRIDDIN CHOCHIY
(1 2 8 5 — 1 3 4 4 /4 5 )
M o‘g ‘ullar bosqini tufayli o ‘zga yurtlarga bosh olib tarki
vatan etgan shoir, adib, olim va mutafakkirlardan biri Badriddin
Chochiydir. U Choch (Toshkent)da tavallud topgan, Samarqand
va Buxoroda yigitlik yillarini o ‘tkazadi, ilm-ma’rifat bilan oshno
b o iad i. Chochiy 1332—1333-yillarda Makkai mukarramadan qay-
tishda Dehlida to ‘xtaydi va m o‘g ‘ullar zulmi hukm surayotgan o ‘z
ona Vataniga qaytib kelishga ju r’at qila olmasdan o ‘sha yerda qolib
ketadi. U T o‘g ‘luq Muhammad saroyida xizmat qilgan. Yozma
manbalarga qaraganda, Chochiy Movarounnahrda yashagan kezlarida
turkiy tilda she’rlar bitgan va omma orasida shuhrat qozongan edi.
U Hindistondagi faoliyati davomida o ‘sha davming asosiy adabiy
tillaridan bo‘lgan fors-tojik tilida ijod qilgan. «Tazkirayi Husayniy»da
yozilishicha, u 6 ming baytli lirik devon tuzgan. Baxtovorxonning
«M e’rotul olam» («Olamning ko‘zgusi») asarida qayd etilishicha,
Badriddin Chochiy 35 ming baytli «Shohnoma» asarini yaratgan.
Undan bizgacha o ‘limidan bir yil muqaddam tuzilgan «Sharhi qasoidi
Badri Chochiy» yetib kelgan. Unda 70 dan ziyod qasida, k o ‘pgina
ruboiylar, qit’a va g ‘azallar jamlangan.
Sadriddin Ayniyning fikricha, Badriddin Chochiyning she’rlari
juda murakkab usulda bitilgan, atoqli hind olimi, «Riyosul-lug‘at»
kitobining muallifi Riyosiddin binni Jaloliddin Mustafo 1256-
(1840/41) yilda Badriddin Chochiy asarlarini kitobxonlarga yetkazish
maqsadida ularga sharh sifatida «Kashful asror» («Sirlaming
ochilishi») asarini yozgan.
Badriddin Chochiy buyuk so‘z san’atkorlaridan biridir. Uning
ijodiy durdonalari bo‘lgan asarlari chuqur ijtimoiy-falsafiy mazmuni,
yuksak badiiyligi bilan ajralib turadi. Ammo Badriddin Chochiyning
ijodi yetarli darajada o ‘rganilgan emas.
Shunday qilib, XIII asr va XIV asming birinchi yarrm tari-
ximizning eng og‘ir kechgan davrlaridan biridir. Bu davrda hukm
surgan m o‘g ‘ullar istilosi va zulmi o ‘lkamiz xalqlari hayotida og‘ir
iz qoldirdi, madaniy taraqqiyotni bir necha o ‘n va yuz yillar orqaga
VIII bob. M ovarounnahr va X orazm m o‘g‘ullar bosqini davrida
337
surib yubordi, ammo uni abadul-abad taraqqiyotdan to ‘xtatib qola
olmadi. Ozodlik hurlik va erkka tashna ulug‘ avlod-ajdodlarimiz
m o‘g ‘ullar zulmiga qarshi kurashdilar, m a’rifatga, ziyoga va nurga
intildilar va nihoyat bosqinchi galalami Vatanimiz hududidan
uloqtirib tashladilar. Jonajon ona tariximizning bu oltin davri ulug‘
bobokalonimiz Sohibqiron Amir Temur faoliyati bilan bog‘liqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |