Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/318
Sana04.06.2022
Hajmi1,14 Mb.
#635107
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   318
Bog'liq
yulduzli tunlar ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
13
edi. 
Xobgohdan ikki xona narida hashamatli tanobiy uyda allaqachon tuzab qo‘yilgan 
dasturxon Mirzoga muntazir edi. Uning kecha iftordan so‘ng bergan amriga muvofiq 
bugungi saharlik uchala xotinlari va bolalari bilan birga qilinishi kerak edi. Mirzoning 
birinchi xotini Fotima Sulton, ikkinchi xotini Qutlug‘ Nigor xonim, o‘n sakkiz yoshlik qizi 
Xonzoda begim va o‘n yashar o‘g‘li Jahongir mirzo — hammalari o‘sha tanobiy uyga 
yig‘ilgan edilar. Lekin hazratning o‘zlari kelmaguncha hech kim tamaddi qila olmas edi. 
Ichki eshikdan Qorako‘z begim chiqib keldi. Kichik jussali bu yosh juvon tepada 
yonayotgan qandil yorug‘ida behad chiroyli ko‘rindi. U katta begimlarga uyalibgina salom 
berdi-da, hazratni uyg‘otishga jur’at etolmaganini aytdi. 
Qorako‘z begimning yoshligi, go‘zalligi, xususan, uyalib gapirishi hozir uning eng suyukli 
xotin ekanini esga tushirdi-yu, Fotima Sultonning rashkini qo‘zg‘adi. 
— Hazratimni muncha qattiq uxlatibsiz, endi uy-g‘otish nechun ilkingizdan kelmaydir? 
Qutlug‘ Nigor xonim bolalar oldida qilingan bu kinoyadan ozorlanib: 
— Qo‘ying, og‘a oyi. Bu begimda ayb yo‘q! — dedi. 
Xonzoda begim oyisining yuziga ma’noli ko‘z tashlab: «Ayb bizning otamizdami?» 
demoqchi bo‘ldi. Podshoh ota qizi tenglik Qorako‘z begimning xobgohida, qonli urush 
hammani besaranjom qilib turgan shunday tahlikali tunda qotib uxlab yotishi unga 
behad xunuk tuyuldi. Hozir otasi kelsa, Xonzoda begim uning yuziga qaray olmasligini 
sezdi-yu, oyisidan iltimos qildi: 
— Ruxsat bering, men ketay... Saharlikni boshqa qizlar bilan qilay... 
— Hazrat otangiz so‘rasalar, biz ne deymiz? Xafa bo‘lmasinlar, tag‘in. Sabr qiling, 
qizim... Muncha oshiqmang... 
Tashqari eshikdan ta’zim qilib kirgan choshnagir* ayol ovozini qo‘rquv bilan pasaytirib 
xabar berdi: 
— Osmonda yulduzlar siyrak qoldi. Hademay tong yorishur. Hazrati oliy saharliksiz 
qolurlarmu? 
Tong otib, azon aytilgandan so‘ng ro‘za o‘z kuchiga kiradi, hech kim hech narsa yeb-
ichishi mumkin bo‘lmay qoladi. Uzun va issiq yoz kunida podshohni saharliksiz qoldirish 
begimlar uchun o‘zlari och-nahor qolishlaridan qo‘rqinchliroq edi. 
Barcha ko‘zlar ichki eshik oldida iymanib turgan Qorako‘z begimga tikildi. Mirzo uning 
xobgohida yotibdi, u yerga kirib hazratning shirin uyqusini buzishga boshqa hech kim 
botinolmaydi. Choshnagir ayol Qorako‘z begimga iltijo qildi: 
— Iloho Rustamday o‘g‘il ko‘ring, begim!.. Bugun umidimiz sizdan! 
Qorako‘z begim tashvishli yuz bilan sekin burildi-yu, ichki eshiklardan o‘tib, xobgohga 
qaytib bordi. Umarshayx mirzo boshi yostiqqa botib, qattiq uxlamoqda edi. Qorako‘z 
begim oltin shamdonni parda ortidan olib, naqshin tokchaga qo‘ydi. Sham yorug‘i 
Mirzoning yuziga tushdi. Ammo bu ham uni uyg‘otolmadi — Mirzo kechasi ma’jun* 
yegan edi. 
Qorako‘z begim uni cho‘chitib yuborishdan qo‘rqib, mayin tovush bilan: 
— Hazratim! — deb chaqirdi. Bu ham kor qilmadi. Qorako‘z begim gilam uzra 
cho‘kkalab, vahimadan xiyol titrayotgan nafis qo‘llarini hazratning mayin choyshab 
ustida yotgan zalvarli bilagiga qo‘ydi. To‘shakdan gul hidi kelmoqda edi — kecha oqshom 
choyshablarga gul atri sepilgan edi. Qorako‘z begim Mirzoning uyg‘onmayotganidan 
ajablanib, unga tikilib qaradi. Lablari yarim ochiq, oqish yuzi osoyishta. Shu yotishda u 
qo‘rqinchli podshoh emas, hali qirq yoshga to‘lmagan va bahodirona uyquga cho‘mgan 
ko‘hlik bir yigit bo‘lib ko‘rindi. Bu yigit Qorako‘z begimga to‘satdan juda g‘animat tuyuldi. 
Hozir yurt notinch, Axsiga yov bostirib kelyapti. Mirzoni ajal kutayotganini oldindan 
sezgandek, Qorako‘z begimning yuragi yomon bir uvushdi. U to‘satdan egilib, Mirzoning 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   318




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish