Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/318
Sana04.06.2022
Hajmi1,14 Mb.
#635107
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   318
Bog'liq
yulduzli tunlar ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
11
uzoqlashib, qalbida iliq tuyg‘ular uyg‘ondi. «Nahotki men bu qizga oshiq bo‘lsam? — 
hayrat ichida o‘ylandi mulla Fazliddin. — Qora xalq orasidan chiqqan menday bir 
suratkashning shoh qiziga muhabbat qo‘yishi kulgili emasmi? Yo‘q! Men faqat o‘zim 
chizgan suratga— o‘z ijodimga mehr qo‘yganmen, xolos! Boshim omon bo‘lsa, bunday 
suratni yana chizgaymen!» 
Shu o‘y bilan suratni o‘tga tashlamoqchi bo‘lib egildi. Qiz tasviri olovga yaqinlashganda 
yuzi qizarib bo‘g‘riqqandek, ko‘zlari esa chaqnab ketgandek ko‘rindi. Mulla Fazliddin tirik 
odamni o‘ldirayotgandek, seviklisini o‘tga tashlayotgandek seskanib orqaga chekindi. 
Ichki bir ovoz uni «Qo‘rqoqsen!» degandek jerkidi. «Dushmanlaring ustingga bostirib 
kelayotgani yo‘q-ku! Ahmad Tanbal ham Axsida. Bilib qo‘y, sen bunday go‘zal suratni 
ikkinchi marta chiza olmassen! Tasvirga bunchalik tirik joziba baxsh eta olganing— 
takrorlanmas bir ilhomning natijasi. Botir bo‘lsang, qutqarib qolursen!» 
Mulla Fazliddin suratni tagqutiga qaytarib soldi-yu, xizmatkor yigitni chaqirdi. 
— Ko‘chlarni yig‘ishtir! Aravani qo‘sh! Quvaga jo‘nagaymiz!.. Tez!.. Tezroq!.. 
Mana hozir opasining uyida o‘tirib, yuz bergan voqeani pochchasi bilan jiyaniga so‘zlab 
berar ekan, po‘lat sandiqda Xonzoda begimning surati borligini ularga ham aytmadi. Bu 
sirni u hech kimga bildirmoqchi emas edi... 
— Vo darig‘! — deb Tohirning otasi og‘ir ux tortdi:— Bizning suyangan tog‘imiz siz 
edingiz, mulla Fazliddin!.. Endi siz ham quvg‘inga uchragan bo‘lsangiz. 
— Nachora? Hammamizning ham taqdirimiz qil ustida turibdi! 
— Podshohga arzga borsangiz, dodingizga yetmasmikin, mulla tog‘a? 
— Bu to‘polonlar bosilsa, bir marta borib arz qilishim aniq. Agar dodimga yetsa yetdi
yetmasa, yana Hirotga qaytib keturmen! Alisher Navoiy Shifoiya degan bino 
qurdirmoqchi, deb eshitgan edim. Olamda biz uchun yongan yagona umid chirog‘i o‘sha 
siymo bo‘lib qoldi. 
— Hirot orzusini qilmang, mulla Fazliddin, Far-g‘onada ham hunaringizning qadriga 
yetadigan odamlar bor. Quvaning ko‘prigi sizning rejangiz bilan qurilgan edi. Xalq 
haligacha sizni duo qilib yuribdir. 
— Xalq! Qani endi bu ko‘prikdan faqat xalq o‘tsa! Erta-indin bu ko‘prikdan yog‘iy 
qo‘shinlari o‘tib kelur! Xalqning boshiga yog‘iladigan balolarni o‘ylasam, bugungi jalalar 
selga aylanib, o‘sha ko‘prikni oqizib ketmaganiga afsus qilamen! Agar yog‘iy, bu 
tomonga o‘tolmasin deb, o‘sha ko‘prikni hozir yondirib yuborsalar, men jon deb rozi 
bo‘lur edim! 
«Chindan ham, — o‘yladi Tohir o‘zicha, — yog‘och ko‘prik. Yog‘ sepsa yonur. Yog‘iy faqat 
shu ko‘prikdan o‘tishi mumkin. Kechuv ham yo‘q. Hammayoq botqoqlik, qamishzor. Agar 
ko‘prik yondirilsa yog‘iy o‘tolmagay!» Tohir kutilmagan joydan najot yo‘lini topganday 
bo‘ldi. Tasavvurida gavdalangan yong‘in alangasidan go‘yo uning badani qizib ketganday 
tuyuldi. Robiyani balo-qazodan asraydigan eng zo‘r qalqon ana o‘sha olov bo‘lishi 
mumkin! Tohir qaltis istakdan ko‘zlari yonib otasiga qaradi. «Aytsammikin? Yo‘q! Rozilik 
bermas. Yolg‘iz o‘g‘ilmen. Tog‘am... nozik odam, aralashmagani ma’qul. Tavakkalchi 
yigitlardan topishim kerak!». 
Tohir sekin o‘rnidan turib, hovliga chiqdi. 
Osmonni to‘ldirgan bulutlarning yirtig‘idan birda-yarim yulduzlar ko‘rinib qoladi. Uylar 
chiroqsiz. Ko‘chalar sukutda. Ahyon-ahyonda kuchuklar hurgani eshitiladi. 
Iftorni qilib chiqqan Mahmud Tohirga darvoza oldida uchradi. Robiyaning akasi bo‘lgan 
bu kosib yigit Andijon qo‘rg‘oniga ketishdan gap ochgan edi: 
— E, bu niyatlar hammasi puchga chiqdi! — deb Tohir unga tog‘asidan eshitganlarini 
aytib berdi. Mahmudni ham birdan g‘am bosib: 
— Endi qaydan najot izlaymiz, e xudo! — dedi. 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   318




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish