Boblar va paragraflarning nomlanishi Betlar



Download 155,5 Kb.
bet10/15
Sana31.12.2021
Hajmi155,5 Kb.
#225924
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
2 5276486194945854413

Ikkinchi bob:

MAVZU: Unli va undosh fonemalar paradigmasi

REJA:

1. Unli fonemalar paradigamasi

2. Undosh fonemalar paradigamasi

1_Unli fonemalar paradigmasi. Tilning ko‘tarilishi darajasi (yuqori, o‘rta quyi) va lablanish-lablanmaslik belgilari kuchli pozitsiyadagi unli fonemalarning asosiy belgilari bo‘lib, bu ularning sistema hosil qiluvchi belgilari sanaladi. Unlilarning til gorizontal holatiga ko‘ra (old qator, o‘rta qator va orqa qator) belgilari asosiy hisoblanmaydi. Chunki bu belgilar ularga nutqiy yondosh tovushlar ta’sirida o‘zgarib turadi. Masalan, [q] undoshi bilan qo‘shnichilik munosabatida [a] unlisi til orqalik xossasiga ega bo‘lsa, [k] undoshi qurshovida o‘z holatini saqlaydi.

Unli fonemalar yaxlit tizimni tashkil etib, bu tizim ham o‘z navbatida tizimchalarga bo‘linadi. [i] va [u] fonemalari «yuqori tor» belgisi ostida birlashib, bunday belgiga ega bo‘lmagan fonemalardan ajraladi. Biroq [i] va [u] kichik paradigmasi a’zolari farqlovchi belgilari ([i]-lablanmaganlik va [u] - lablanganlik belgilari) asosida o‘z mustaqilliklarini saqlab qoladi va ziddiyatda turadi. [e]-[o‘] tizimchasi «o‘rta keng» belgisiga ko‘ra [i]-[u] tizimchasidan ham, [e]-[o] tizimchasidan ham farqlanadi.

Demak, unli fonemalarning har biri ikki belgidan iboratdir:

[i]-yuqori, lablanmagan

[u]-yuqori, lablangan

[e]-o‘rta, lablanmagan

[o‘]-o‘rta, lablangan

[a]-quyi, lablanmagan

[o]-quyi lablangan.

Tilning ko‘tarilish darajasi birlashtiruvchi belgi bo‘lganda (masalan, [i], [u] unlilari «torlik» belgisi ostida birlashadi) lablanganlik-lablanmaganlik farqlovchi belgi sanaladi: [i]-lanlanmagan, [u]-lablangan. «Lablanganlik» birlashtiruvchi belgi bo‘lganda, tilning ko‘tarilish darajasi farqlovchi belgi sanaladi. Masalan, [i], [e], [a] unlilari «lablanmaganlik» umumiy birlashtiruvchi belgisiga ega, biroq «yuqori» ([i]), «o‘rta» ([e]), «quyi» ([a]) lik belgilari fonemalarning farqlovchi belgilari sanaladi.

Ma’lum bo‘ladiki, o‘zbek tilida unli fonemalar bir belgi asosida uch (tor unlilar, o‘rta unlilar, keng unlilar) va ikki a’zoli ziddiyatni (lablangan unlilar, lablanmagan unlilar), ikki belgi («tilning ko‘tarilish darajasi va lablanganli-lablanmaganlik birga olinadi») asosida olti a’zoli ziddiyatni hosil qiladi.


Download 155,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish