Bob. O’zbekiston Respublikasida investitsion loyihalarni rivojlantirishda investitsion muhitning shakllanganligi



Download 264,99 Kb.
bet2/10
Sana14.07.2022
Hajmi264,99 Kb.
#796342
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Bob. O’zbekiston Respublikasida investitsion loyihalarni rivojla

Kurs ishining tarkibiy tuzilishi. . Kurs ishining tarkibi kirish, ikkita bob, 4 ta paragrf, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati, ilovalardan tashkil topgan.

  1. Bob. O’zbekiston Respublikasida investitsion loyihalarni rivojlantirishda investitsion muhitning shakllanganligi.

    1. Investitsiya tishinchasi va mamlakatimizda investitsion loyihalarni nazorat qilish va tartibga solishda ichki qonuniy me’yoriy hujjatlar

Mamlakatning milliy iqtisodiyotida investitsion muhit va investitsiyalarni jalab qilish qanday ahamiyatga ega ekanligini bilishimiz uchun biz avvalambor investitsiya va investitsion muhit haqida tushunchaga ega bo’lishimiz lozim.
Investitsiya-qonun hujjatlarida taqiqlanmagan tadbirkorlik faoliyati va boshqa turdagi faoliyat obyektlariga kiritiladigan moddiy va nomoddiy ne’matlar hamda ularga bo‘lgan huquqlar, shu jumladan intellektual mulkka bo‘lgan huquqlar, shuningdek reinvestitsiyalar.1
Investitsiya — (nemischa „Investition“, lotincha „Investio“) soʻzidan olingan boʻlib, asosan, ishlab chiqarishga uzoq muddatli qoʻyilmalar sarfi, yaʼni xarajatlar yigʻindisi deb talqin etilgan. Investitsiya — foyda (daromad) olish yoki ijtimoiy samaraga erishish maqsadida, davlat, xuquqiy va jismoniy shaxslar (investorlar) tomonidan cheklangan imkoniyatlardan samarali foydalanib, cheklanmagan extiyojni qondirish uchun iqtisodiyotning turli soxalariga maʼlum muddatga sarflangan barcha turdagi boyliklardir. Ko‘pchilik iqtisodiyotni tushunmaydiganlar Investitsiyani qarz deb tushunadi. Davlat qarzi hisoblab chiqilganda Investiitsiyalar hisobga olinmaydi.2
Moliyaviy bozor investitsiya qilishdan ajralmasdir. Ushbu bozorda daromad olish muayyan aktivlarga - qimmatli qog'ozlar, obligatsiyalar, valyutalar va boshqa moliyaviy vositalarga mablag 'kiritishni o'z ichiga oladi. Ya'ni, investitsiyalar bo'yicha daromad oladi. 3
Hech qaysi mamlakat rivojlangan davlatlarning amaliyoti va nazariyasini o’rganmasdan, jahon hamjamiyatidan ayri holda rivojlanmaydi. Shunday ekan, har bir davlat ishlab chiqarishni namunali tashkil etish, iqtisodiyotda yuqori ko’rsatkichlarga erishish, aholining ijtimoiy turmush darajasini oshirish uchun xorijiy hamkorlar bilan o’zaro manfaatli hamkorlikni yo’lga qo’yishi maqsadga muvofiqdir. Bu borada u yoki bu mamlakatdagi investitsion muhit muhim ahamiyat kasb etadi. Qayerdaki qulay investitsion muhit mavjud bo’lsa, o’sha tomonga iqtisodiyotni harakatga keltiruvchi kuch – investitsiyalar oqimi tezlashadi.
Investitsion muhit – investitsiya munosabatlarini amalga oshirish mumkin bo’lgan imkoniyatlar va qulayliklar majmuini aks ettiruvchi voqe’likdir. Aniqrog’i, investitsion muhit – bu mamlakatdagi investitsiya jarayonlariga ta’sir ko’rsatuvchi iqtisodiy, siyosiy, tashkiliy, huquqiy, ijtimoiy va boshqa shart-sharoitlar majmuasidir.
Investitsion muhit – juda keng ma’noda ishlatiladigan tushuncha bo’lib, investor tomonidan hisobga olinadigan barcha muammolar va masalalarni o’z ichiga qamrab oladi. Investor tomonidan ma’lum bir davlatga investitsiya qilishning qulay va noqulay tomonlari baholanadi, shu bilan bir qatorda o’z kapitalini kiritmoqchi bo’lgan mamlakatning mafkurasi, siyosati, iqtisodiyoti va madaniyatiga katta ahamiyat beriladi. Investitsion muhit har tomonlama chuqur tahlil qilinishi asosida investitsiya riski aniqlanadi. Investitsion muhit va risk darajalari bir-birlariga teskari nisbatdadir. Investitsion muhit qanchalik qulay bo’lsa, investorning tadbirkorlik riski shunchalik past darajada bo’ladi va bu investorlarning kirib kelishini ko’paytiradi. Aksincha, investitsion muhit noqulay bo’lsa, risk darajasi yuqori bo’ladi. Bu esa investitsiya qabul qiluvchining sarf-xarajatlari o’sishiga olib keladi. Shunday qilib, investitsion muhitning holati faqat investor uchun emas, balki investitsiya qabul qiluvchi uchun ham muhimdir.
Xorijdan kapital qabul qiluvchi tomonidan investitsion muhitning modelini ishlab chiqish har tomonlama asoslangan tashqi iqtisodiy aloqalarni aniqlab beruvchi vositadir. U orqali xorijiy investorga ta’sir ko’rsatuvchi omillar to’g’risida aniq tushunchalarga ega bo’lishi, xorijlik investorlarning xulq-atvorini har tomonlama anglash va mamlakatdagi iqtisodiy holatni chuqurroq baholash imkoniyati paydo bo’ladi. Bu jarayonlarning barchasi respublikamizning boshqa davlatlar bilan dastlabki iqtisodiy munosabatlarini yo’lga qo’yish jarayonida chetdan kapitalni jalb qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Investitsion muhit tushunchasi o’zining murakkabligi va mukammalligi jihatidan makro va mikroiqtisodiyot darajasida ko’rib chiqiladi. Makroiqtisodiyot darajasida u kapitalni qabul qiluvchi mamlakatdagi mavjud siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy holatlarni o’z ichiga oladi. Makroiqtisodiyot darajasida yondashilganda, xorijiy investitsiyalarga nisbatan davlat siyosati, xalqaro shartnomalarning shartlarini bajarish, xorijiy mulkni milliylashtirish, turli masalalar bo’yicha xalqaro shartnomalar tizimida ishtirok etish, davlat boshqaruv tizimlarining mustahkamligi, siyosiy rahbariyatning muqarrarligi, davlatning iqtisodiyotga aralashish darajasi, iqtisodiy siyosatning mukammalligi, davlat apparatining ish samaradorligi, banklar tizimining takomillashuv darajasi, pul muomalasi va davlat byudjetining barqarorligi, davlatning ichki va tashqi qarzlari miqdori va boshqalar hal qiluvchi o’rin tutadi. Investitsion muhitga kapitalni qabul qiluvchi mamlakatning qonunlarida aks ettirilgan to’g’ridan-to’g’ri xarajatlar va xorijiy firmalarning faoliyatini chegaralovchi yoki taqiqlovchi omillardan tashqari, to’liq aniqlanmagan ba’zi bir qoidalar va muvofiqlashtirilmagan jarayonlarning mavjudligi salbiy ta’sir etadi.
Mikroiqtisodiyot darajasida investitsion muhit, bir tomondan, investor firmasi va ikkinchi tomondan, xorijiy investitsiyani qabul qiluvchi xo’jalik sub’yektlari, ya’ni sotuvchilar, sotib oluvchilar, banklar hamda kasaba uyushmalari va boshqa jamoat tashkilotlari o’rtasidagi ikkiyoqlama munosabatlarni aks ettiradi. Bu darajada investitsion iqlim umumlashtirilgan baholar iqtisodiy, huquqiy va madaniy jabhalarda yaqqol ko’rinadi. Makro va mikroiqtisodiyot darajalari birgalikda yagona investitsion muhitni tashkil etadi va potensial investorlar hamda kapitalni qabul qiluvchi tomonlarning bo’lajak munosabatlarini belgilab beradi.
Investitsion muhit ob’yekt kategoriyasi bo’lib, har bir alohida olingan vaqt doirasida investorlar uchun haqiqatda mavjud bo’lgan shart-sharoitlar majmuasini aks ettiradi. Lekin hozirgi sharoitda investitsion muhit faqat davlat organlarining ta’siri ostida shakllanmoqda. Albatta, bu ishlarni amalga oshirishda jahon tajribasidan, jumladan, xorijiy investitsiya bilan tashkil etilib, yuksak iqtisodiy ko’rsatkichlarga erishgan kompaniya va firmalar tajribasidan kengroq foydalanish kerak. Bu jarayonni amalga oshirishda milliy xususiyatlarni ham hisobga olish lozim.
Davlat hokimiyatining ta’sirchanligi investitsion muhitni belgilovchi omillardan biridir. Shundan kelib chiqib, har bir kapital jalb qiluvchi mamlakat ma’lum bir investitsiya tizimiga egaligini ta’kidlash mumkin. Bu tizim huquqiy me’yorlar va muassasalardan iborat xorijiy investitsiyalarni qabul qilish tizimi va investitsion muhitni o’z ichiga oladi. Xorijiy kapitalni qabul qilish tizimi investitsion muhitning komponenti bo’lib xizmat qiladi va unga nisbatan mustaqil ravishda tashkil etiladi. Chunki u investitsion muhitni o’zgartirishga qodirdir. Xorijiy investitsiyalarni qabul qilish tizimi qabul qiluvchi tomonni xorijiy kapitalni milliy iqtisodiyotga qulay ravishda kirib kelishini namoyon etsa, investitsion muhit kirib kelgan kapitalni mamlakat ichida optimal ravishda o’sib borish vaziyatiga baho beradi.
Investitsion muhitning muhim tarkibiy qismi davlatning qonunchilik bazasidir. O’zbekistonda davlat mustaqilligi qaror topgan nisbatan qisqa vaqt oralig’ida investitsiya sohasida ishonchli me’yoriy-huquqiy baza yaratildi.
Investitsion faoliyatning boshqarish va qo’llab-quvvatlash tizimi ko’p sonli qonunchilik-huquqiy hamda me’yoriy hujjatlardan iborat va quyidagilarni o’z ichiga oladi: qonunlar va mamlakat Prezidenti farmonlari; respublika hukumati qarorlari va dasturlari; ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy rivojlanishning kompleks va davlat dasturlari; hukumatlararo shartnomalar va bitimlar; vazirlik va idoralarning nizomlari, yo’riqnomalari, standartlari, qoidalari va hokazo; hududiy bo’g’inlar va xo’jalik sub’yektlari doirasida amal qiladigan nizomlar va ustavlar.
Hozirda o’z kuchini yo’qotgan, ammo 1998-yildan 2020-yilgacha amalda bo’lgan “Investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni investitsiyon faoliyatni tartibga solib turuvchi ichki qonuniy me’yoriy hujjat bo’lib kelgan. Ushbu Qonunning maqsadi investitsiya faoliyati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.4

Download 264,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish