Bog'liq Bob. O’zbekiston Respublikasida investitsion loyihalarni rivojla
Hozirda 2020-2022 yillar uchun investitsion dastur qabul qilingan. Prezident 09.01.2020 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2020-2022 yillarga moʻljallangan Investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4563-son qarorni imzoladi. Qaror bilan Oʻzbekiston Respublikasining 2020-2022 yillarga moʻljallangan Investitsiya dasturi tasdiqlandi. Unda:
850,5 trln soʻm investitsiyalar, shu jumladan 35,5 mlrd AQSh dollari miqdoridagi хorijiy investitsiyalar oʻzlashtirilishini nazarda tutuvchi 2020-2022 yillarda kapital qoʻyilmalarni oʻzlashtirishning yigʻma prognoz parametrlari, shuningdek. 2020-2022 yillarda investitsiyalar va kreditlarni oʻzlashtirish hamda jalb qilishning prognoz parametrlari;
206 ta yangi ishlab chiqarish quvvatlari va 31 mingdan ziyod ish oʻrinlari yaratilishini nazarda tutuvchi 2020 yilda yirik ishlab chiqarish ob’yektlari va quvvatlarini ishga tushirish manzilli dasturi koʻrsatilgan.
Shuningdek quyidagilar tasdiqlandi:
2020 yilda investitsiya va kreditlarni oʻzlashtirish boʻyicha yigʻma manzilli dastur, shuningdek, uning choraklar kesimida ijrosining prognoz koʻrsatkichlari;
2020 yilda Oʻzbekiston Respublikasi davlat kafolati ostida хorijiy kreditlar jalb qilgan holda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining manzilli dasturi;
2020 yilda toʻgʻridan-toʻgʻri хorijiy investitsiyalar va kreditlar jalb qilgan holda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining manzilli dasturi;
2020 yilda loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash talab etiladigan investitsiya loyihalari roʻyхati;
2020 yilda ishlab chiqiladigan istiqbolli investitsiya loyihalari roʻyхati.
Loyihalar (ob’yektlar) boʻyicha tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar Hukumat qarorlariga asosan kiritiladi.
Qurilishga hamda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish jarayonlariga tegishli vakolatga ega boʻlmagan shaхslarning aralashuviga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 10.01.2020 yildan kuchga kirdi. Ushbu qarorda quyidagilar belgilangan:
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan manfaatdor vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda ishlab chiqilgan, quyidagilarni o‘z ichiga oluvchi O‘zbekiston Respublikasining 2020 — 2022-yillarga mo‘ljallangan Investitsiya dasturi (keyingi o‘rinlarda — Dastur) tasdiqlansin:
850,5 trln so‘m investitsiyalar, shu jumladan 35,5 mlrd AQSh dollari miqdoridagi xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirilishini nazarda tutuvchi 2020 — 2022-yillarda kapital qo‘yilmalarni o‘zlashtirishning yig‘ma prognoz parametrlari, shuningdek, 2020 — 2022-yillarda investitsiyalar va kreditlarni o‘zlashtirish hamda jalb qilishning prognoz parametrlari 1, 1a va 1b-ilovalarga* muvofiq;
206 ta yangi ishlab chiqarish quvvatlari va 31 mingdan ziyod ish o‘rinlari yaratilishini nazarda tutuvchi 2020-yilda yirik ishlab chiqarish obyektlari va quvvatlarini ishga tushirish manzilli dasturi 2-ilovaga* muvofiq.5 Prezidantimiz ushbu qarorning manitoringini 7. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga yukladi:
“O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi:
Dastur prognoz parametrlari bajarilishi holatining tizimli monitoringi va har oylik muhokamasini, shuningdek, loyihalarni amalga oshirish bilan bog‘liq muammoli masalalarni hal etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilishini ta’minlasin, natijalari bo‘yicha tegishli ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritib borsin;
mazkur qarorning 7-ilovasiga kiritilgan istiqbolli loyihalarni ishlab chiqish yuzasidan loyiha tashabbuskorlariga har tomonlama ko‘maklashish, keyinchalik ularni amalga oshirish uchun salohiyatli mahalliy va xorijiy investorlarni jalb qilish bo‘yicha ishlarni tizimli tashkil etsin;
loyiha tashabbuskorlari bilan birgalikda 2020-yil 1-iyunga qadar 2021 — 2025-yillarda ilg‘or texnologiyalar, shuningdek, klaster yondashuvi va sanoat kooperatsiyasi asosida yuqori qo‘shilgan qiymatga ega raqobatbardosh tayyor mahsulot ishlab chiqarishni tashkil etish va kengaytirishga qaratilgan yangi investitsiya takliflari ishlab chiqilishini ta’minlasin;
2020-yil 15-noyabrga qadar Dasturning asosiy ko‘rsatkichlarini aniqlashtirgan va yangilagan holda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil va keyingi yillarga mo‘ljallangan Investitsiya dasturi loyihasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini ta’minlasin.”6 Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi R.A. Gulyamov zimmasiga yuklatildi.