Bob. Mahsulotining sifati nazorat qulish haqida umumiy tushunchalar


BOB. MAHSULOTINING SIFATI NAZORAT QULISH HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHALAR



Download 0,51 Mb.
bet2/6
Sana11.04.2022
Hajmi0,51 Mb.
#542953
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Bob. Mahsulotining sifati nazorat qulish981

BOB. MAHSULOTINING SIFATI NAZORAT QULISH HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHALAR.


Mahsulot sifati deganda – iste`molchi tomonidan qo`yilgan talablarni mahsulot tomonidan qondira olish xususiyatiga aytiladi. mahsulotlarni sifati konstruktiv, texnologik, ekonomik, ergonomistik va boshqa parametrlar sababi bo`yicha kelib chiqadi.
Sifat xususiyatlari mahsulotlarni tayyorlash va loyixalash jarayonida shakillantiriladi, sifat – mahsulotlarni ekspluatatsiya jarayonida baxolanadi. Lekin olingan ushbu ma`lumotlar: birinchidan etarli emas, chunki sifatini baxolash uchun mahsulotlarni barcha parametrlari ekspluatatsiya jarayonida aniqlana olinmaydi.; ikkinchidan, - kechikkan ma`lumotlar, chunki mahsulotlarni tayyorlash uchun katta mablag` sarflanib bo`lgan. Ushbu muammo mahsulotlarni borgan sari mikrominiatyurizatsiyasi sababli murakkablashib ketadi, xozirda katta bloklar integral sxema (IS) ko`rinishida bajarilmoqda, ular esa o`z navbatida qayta ta`mirlana olinmaydi.


    1. Mahsulot sifatini nazorat qilish usullari va mahsulot sifati tushunchasi va sifat ko`rsatkichlarini o`rganish.


Sifatini baxolashni manbasining biri sifatida nazariy xisob-kitoblar xizmat qiladi. Lekin xisob-kitob baxolanishi eksperimental tasdiqga ega bo`lishi kerak, chnui natijaviy ma`lumotlar va modellar yaqinlashtirilgan ma`lumotlar xisoblanadi. Mikrominiatyurizatsiyasi rivojlanishi va mahsulotlarni murakkablashib ketishi bilan adekvat modellarni yaratish muammo bo`lib bormoqda. Bundan kelib chiqib mahsulotlarni sifatini xaqiqatdan ma`lumotlarni katta qismi ularning parametrlarini nazorat qilish yo`li bilan va barcha bosqichlarni sinash bilan olinadi, ya`ni normativ-texnologik xujjatlarni loyixalashdan boshlab va reklamatsiya taxlillari bilan tamomlanadi va tayyor mahsulot sifati xaqiqatdan xulosalar iste`molchilar tomonidan yakunlanadi. Mahsulotga qo`yiladigan talabning kelib chiqish xolati bo`yicha echiladi. 1.1-rasmda mahsulotlarni loyixalash, ishlab chiqarish va ekspluatatsiyasi ketma- ketligi tasvirlangan bo`lib, bu mahsulotlarni ishlab chiqarishda rasmdan
ko`rinib turibdiki, mahsulotni siftini nazorat qilish quyidagi bosqichlarda amalga oshirilishi mumkin: loyixalash (mahsulotni barcha xususiyatlarini ko`p tomonlama tadqiqi, mahsulot sifatini belgilab beradi); mahsulotlar tayyorlanishida texnologik operatsiyalarni bajarilishi, elektroradioelementlar kirish parametrlarini nazorati xam kiradi; tayyor mahsulotlarni sinash (mahsulotlarni talab qilinayotgan sifatga attestatsiyalanishi); ekspluatatsiya (mahsulotni NTX talablariga mos kelishi). mahsulotning “xayotiy”ssiklining u yoki bu bosqichida analiz va nazorat o`tkazishsapvoli (loyixalash, ishlab chiqarishga kirgizish, tayyorlash, ekspluatatsiya, remont, eksportga chiqarish, import kirgizish va x.k.). Amaliyot shuni ko`rsatadiki, mahsulotlarni ishdan chiqishni katta qismi mahsulotni ishlab chiqarishda o`zlashtirilishida ro`y beradi. Katta xajmli ishlab chiqarishda va ekspluatatsiya jarayonida ishdan chiqish soni keskin kamayib ketadi. SHuning uchun mahsulotlarni loyixalanishidan Mahsulotlarni tayyorlash davrida quyidagi nazoratlar farqlanadi: tayyor mahsulotlarni yoki yarim fabrikantlarni nazorati va ularni tayyorlanishini texnologik jarayonini (TJ) nazorati.
Mahsulot yoki yarim fabrikantlar nazorati – bu mahsulot yoki yarim fabrikantlarni tayyorlanish davridagi nuqsonlarini aniqlashga yo`naltirilgan operatsiyalar yig`indisi. TJlarni nazorati ostida texnologik operatsiya yakunlangandan so`ng yoki bajarilish vaqtidagi jarayon yoki mahsulotni operatsion nazorati tushuniladi. Sinash – nazorat shaklini asosi sifatida mahsulotlarni sinash nazorat shaklini asosi sifatida deganda mahsulotni ishlab turgan vaqtidagi turli ta`sirlar ostida mahsulotni sonli va sifat xarakteristikalarini eksperimental aniqlash
Bunda sinalayotgan mahsulot, shuningdek ta`sirlar xam modellashtirilgan bo`lishi xam mumkin. Sinash maqsadi mahsulotlarni tayyorlash va loyixalash etaplarida turlicha bo`lishi mumkin. Barcha mahsulotlarning sinashning asosiy maqsadlariga quyidagilarni kiritish mumkin: yangi mahsulotlarni yaratishda optimal konstruktiv texnologik echimni tanlash; mahsulotni kerakli sifat darajasiga etkazish; mahsulot sifatini ishlab chiarishga etkazilgan baxolash, shuning ishlab chiqarish jarayonida va texnologik xizmat ko`rsatishda; xalqaro mahsulot
almashinishda mahsulotning sifatini kafolatlash. Sinov - sifatini effektiv ravishda oshirish vositasi kabi xizmat qiladi, chunki u quyidagilarni aniqlashga yordam beradi: ekspluatatsiya sharoitida yuklatilgan funksiyalarni buzilishiga olib keluvchi mahsulotlarni tayyorlash texnologiyasining va konstruksiyasining kamchiliklari; ishlab chiqarishga ruxsat etilgan konstruksiya yoki qabul qilingan texnologiyadan chetga chiqish; texnologik nazoratda mavjud bo`lgan usullar yordamida aniqlab bo`lmaydigan konstruksiya elementlarining elementlarning va materiallarining tasodifiy yashirilgan nuqsonlar; mahsulotni loyixalanayotgan konstruktiv-texnologik variantlarni ishnchliliygi va sifatini oshirish rezervlari. Ishlab chiqarishda mahsulotni sinashlarni natijalari bo`yicha loyixalovchi shaxs sifatini sifatini payib ketish sababini o`rnatadi. Agar ushbu sababini aniqlash imkoni bo`lmasa, mahsulotni nazorat qilish vositalarini va usullarini va ularni tayyorlashning TJ takomillishtiriladi. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni sifatini oshirish uchun, ularning tayyorlanishini oxirgi TJ operatsiyasida dastlabki sinovlar o`tkaziladi., ushbu yondashuv yashirilgan nuqsoni mavjud bo`lgan mahsulotni aniqlashga yordam beradi. Ushbu sinovlarning rejimlari shunday tanlanadiki ichki nuqsoni mavjud bo`lgan maxsuotlarni ishdan chiqishini ta`minlash kerak bo`ladi va shu vaqtning o`zida ichki nuqsoni bo`lmagan mahsulotni ichki resurslarini ishdan chiqarmasligi kerak.
Bundan dastlabki sinovlarni texnologik trenirovka (termotokli trenirovka, elektro trenirovka, termsikllar bilan trenirovka va x.k.) deyiladi. Sinov o`tkazishning usul va programmasi mahsulotning konkret turi va qo`llanilish maqsadi, shuningdek eksplutsatatsiya shartlari bo`yicha aniqlanadi. Ularning natijalarini sinashda va baxolashda korxona, tashkilot va aloxida mansabdor shaxslar mahsulotni iste`molchisi, sinovchisi, tayyorlab beruchisi sifatida namoyon bo`ladi. Ular orasida normal o`zaro aloqalar quyidagilar ishlab chiqilgan bo`lsa amalga oshishi mumkin: yagona texnik til (terminalogiya, sinov qurilmalari va usullarining sinflanishi); maxsus texnik xujjatlarni tarkibi va shakli (standartlar, usullar, dasturlar, grafiklar, xulosalar, protokollar va x.k.); sinash uchun qurilmalar va usullarga umumiy talablar; sinov
o`tkazish tartibi; korxonalarning majburiyati va xuquqlarining xolati. YUqorida sanab o`tilgan barcha tashkiliy talablar standartlashtirish ob`ektlari xisoblanadi. Barcha mahsulotlarga tegishli bo`lgan standart va uslubiyatlar yagona normativ – metodik xujjatlar majmuasini barpo qiladi. Ushbu xujjatlar eng avvalo tarmoqlar darajasidagi umum davlat miqiyosida loyixalanadi. Mavjud bo`lgan korxona va sinov o`tkazish texnologiyalari mavjud bo`lgan quyidagilar standartlanishi kerak bo`ladi:

  1. mahsulot sinovlarining talablari;

  2. sinov o`tkazilish jarayoni;

  3. sinov usullari va qurilmalari;

  4. sinovni rejalashtirilishi.

SHuni ta`kidlash kerakki, mahsulot tayyorlashni TJ va loyixalash jarayonini nazorat qilish effektivligini oshirish tayyor mahsulotni sinash axamiyatini.Integral sxemalar va yarimo`tkazgichli mahsulotlar bazasida yaratilgan zamonaviy asboblar fizik-texnologik nuqtai nazaridan murakkab struktura kabi nomoyon bo`ladi, ya`ni yarimo`tkazgichlardan, dielektriklardan, metall va rezistiv qatlam yoki plyonkalardan tashkil topgan bo`lib ularda modda almashinish jarayonlari (diffuziya, elektrdiffuziya), turli metallarni o`zaro va atrof muxit bilan kimyoviy tasirlashuvlari (oksidlanish reaksiyalari, almashinish, qayta tiklanish va x.k.), kristallik strukturani o`zgarishi (kristallanish, kristalsizlanish) ro`y beradi. SHu vaqtning o`zida asbob konstruksiyasining detallarida issiqlik almashinish, magnit va elektr maydon paydo bo`lishi, plastik va qattiqdeformatsiyalar ro`y berish jarayonlari kechadi.
Bu jarayonlar qaytuvchan va qaytmas xarakterga ega. Agar
mahsulotga ta`sir qilayotgan ta`sirlarni olib tashlansa uning parametrlari dastlabki parametrlarga qaytsa bunday jarayonni qaytuvchan jarayon deb nomlaymiz. Agar mahsulotga ta`sir qilayotgan ta`sirlarni olib tashlagandan so`ng dastlabki xolatga qaytmasa, bunday mahsulotning fizik strukturasida qaytmas jarayon yuz berganligini anglatadi. Real sharoitlarda asboblarda qaytuvchan va qaytmas
jarayonlar yuz beradi. SHu vaqtning o`zida shuni yodda tutish kerakki konstruksiya detallarining ayrimlarini emirilishi va materiallarning eskirishi natijasida mahsulotning ishchi faoliyatini yo`qotilishi nostabillik yoki degradatsiyaga olib keladi. Eskirish so`zining ma`nosida – mahsulotni ekspluatatsiyasi, tashilishi va saqlanishi jarayonida material xususiyatining qaytmas o`zgarish jarayoniga aytiladi. Eskirish – bu asbob elementlarini bir – biri bilan ishqalanishi yoki elektr toki ta`siri ostida elementlarning maxsus buzilish ko`rinishi xisoblanadi.
Asboblar konstruksiyasining detallarida va elementlarning fizik strukturasida ro`y berayotgan o`zgarishlar ta`siriga bog`liq. Ushbu ta`sirlar tabiati turlicha, chunki mahsulotni ekspluatatsiya sharoitlari xam turlicha bo`ladi. Ekspluatatsiya sharoimahsulottlariga ko`ra er usti, kemadagi va samalyotdagi, shuningdek qatoriga kosmik mahsulotlarga ajratishimiz mumkin. mahsulotlarning stabil ishlashi ularning turli ta`sirlarga bardoshliligiga xam bog`liq. Ta`sirlar klassifikatsiyasi.
Mahsulotlarga ta`sir qilayotgan barcha ta`sirlarni tashqi va ichkilarga
(2.1
-

rasm) ajratishimiz mumkin. Tashqi ta`sirlar – mahsulotni ekspluatatsiya rejimiga bog`liq emas va mahsulotni saqlash sharoiti, transportirovkasi va ekspluatatsiyasi bilan aniqlanadi.tashqi ta`sirlar tabiiy ta`sirlarga va ob`ekt ta`sirlariga bo`linadi, ularning tarkibida mahsulot xaqida ma`lumot mavjud bo`ladi. Tabiiy ta`sirlar deganda, ob`ekt joylashgan joydagi atrof muxit xolati sababi bilan kelib chiqadigan klimatik,


biologik, kosmik va mexanik ta`sirlar yig`indisi tushuniladi. Mahsulot
o`rnatilgan ob`ekt ta`siri, uning ishlashi bilan bog`liq. Bunday ta`sirlarga klimatik, mexanik, radiatsion va x.k.; elektr va magnit maydonlar kiradi. Sanab o`tilganlar ichida eng muximi mexanik ta`sir xisoblanadi. Ichki ta`sirlar mahsulotni ishlash rejimi bilan aniqlanadiva yuklama bilan xarakterlanadi, misol uchun mahsulotni ishlashi bilan bog`liq bo`lgan elektr va mexanik ta`sirlar.
Mahsulotlar zanjirlaridagi elektr signallarni o`zgartirishi va shakillantirishi kerakligi sababli kelib chiqadigan elektr yuklamalar mahsulotni eskirishiga olib keladigan issiqlik, elektr va elektr kimyoviy jarayonlarni uyg`otadi. Mexanik yuklamalar mahsulotlarda turli chiziqli kengayishga ega bo`lgan temperatura koeffitsientli materiallar birlashuvi bilan bog`liq.
Sub`ektiv faktorlar mahsulotni loyixalash, ishlab chiqarish va
ekspluatatsiya etaplarida odam faoliyatini xarakterlaydi. Ushbu faktorlarning ta`siri loyixalash, ishlab chiqarish va ekspluatatsiya xatoliklari xisoblanadi, bu esa mahsulotda nuqson paydo bo`lishiga olib keladi. Ushbu nuqsonlarga ob`ektiv faktorlarning ta`siri natijasida mahsulotni ishchi faoliyati qisman yoki to`liq yo`qotiladi. Mahsulotning ishlash faoliyatiga ob`ektiv va sub`ektiv faktorlarning ta`siri bir – biridan farq qiladi. Ob`ektiv faktorlarning ta`siri natijasida ularning soniy qiymatiga bog`liq. SHunday qilib mahsulotni ishdan chiqishga olib keluvchi, mahsulot ichidagi fizik – kimyoviy jarayonlardir, tabiiyki ob`ektiv faktorlarning yuqori darajali ko`rsatgichida kechadi. Sub`ektiv faktorlarning mavjudligi sababli loyixalanayotgan mahsulotni ob`ektiv faktorlari ta`siri barqarorligi susayadi, buning natijasida oxirgilarning chegaraviy ruxsat etilgan qiymati kamayadi, bunda mahsulotning
ishonchliligi va sifati pasayadi. Sub`ektiv faktorlar ta`sirining negativ
natijalari loyixalovchi va yaxlit mahsulot tayyorlovchilardan yashirin bo`ladi. Ularni aniqlash uchun mahsulotning “hayot”iy faoliyatining butunssiklida turli xil nazorat va sinovlar amalga oshiriladi. Klimatik ta`sirlar. Mahsulot ekspluatatsiyasi davrida klimatik ta`sirlarni tabiiy va sun`iylarga ajratish mumkin. Tabiiy klimatik ta`sirlar o`z tarkibiga xaroratni, namlikni, shamolni, atmosfera bosimini va x.k. larni oluvchi ob – xavo sharoitlaridan aniqlanadi. Sun`iy klimatik ta`sirlar mahsulotni ishlash natijasida paydo bo`ladi va yonida joylashgan ob`ektlar natijasida vujudga keladi. Tabiiy klimatik faktorlarni shakillantirish. Mahsulotga texnik sharoitni tuzishda, shuningdek tabiiy klimatik ta`sirlarni uslubiyati va dasturini odatda iqlim deb nomlashadi. Uzoq vaqt davomida er yuzining istalgan qismidagi o`rtacha klimatik faktorlar xisobga olinadi. Aniq bir xududda iqlimni shakillanishi radiatsion jarayonlar, atmosferassirkulyasiyasi,namlik almashinuvi ta`siri ostida shakillanadi va Erning issiqlik va suv balansini belgilaydi. Radiatsion jarayon quyosh energiyasi radiatsiyasining sarflanishini xisobga oluvchi R radiatsion balans taqsimlanishini xarakterlaydi. Radiatsion balansning tashkiliy qismlari bo`lib to`g`ridan – to`g`ri (Q) va sochilgan (q) quyosh radiatsiyasi xisoblanadi, shuningdek Erning effektiv nurlanishi (E). Erning effektiv nurlanishi deganda – atmosfera va er yuzasi nurlanishlarining qarama – qarshi yo`nalganliklarining ayrimasi tushuniladi. Quyosh energiyasining son bilan xarakterlanadi, “alьbedo”radiatsiyasini qaytishini tushishiga nisbati deb nomlanadi va odatda protsentlarda ifodalanadi. “Alьbedo” er
yuzasining fizik – geografik shart sharoitidan kelib chiqadi, ya`ni dengiz
yaqinligi, dengiz oqimining yo`nalganligi, tog` tizmalari, xudud balandligidan kelib chiqadi deyishimiz mumkin. -1)E.Radiatsion balans tenglamasi: R=(Q+q)*(a-1)E
Erning aloxida xududlarida radiatsion jarayonlarni ko`p sonli tadqiqotlari asosida radiatsion balansni ko`rsatib beruvchi jaxon kartasi tuzilgan. Xavo ochiq bo`lgan quyoshli kunda radiatsiya summasining qiymati o`zgarmas bo`lishi xam aniqlangan, bu xolat asosan xudud kengligi fasl bilan aniqlanadi.
Atmosferassirkulyasiyasi – bu xavo massalarining xarakatlanishi (tarkibida issiqlik va namlik bo`lgan oqimlar), shuningdek turli xavo massalari orasida yuzalar ajralishini yuzaga kelishi bilan kechadigan ularning xususiyatlarini o`zgarishi.
Atmosferaningumumiyssirkulyasiyasining asosiy sababi – bu er aylanishi va Er shari yuzasini Quyosh tomonidan bir xilda isitilmasligi. Bundan tashqari, atmosfera umumiyssirkulyasiyasiga Er yuzasining landshaftini o`zgarishi xam ta`sir qiladi, ya`ni erdan qaytgan issiqlik


oqimining doimiy ta`sir qiluvchi turbulent kuch keltirib chiqaradi.





    1. Download 0,51 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish