BOB. MAHSULOTINING SIFATI NAZORAT QULISH HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHALAR.
Mahsulot sifati deganda – iste`molchi tomonidan qo`yilgan talablarni mahsulot tomonidan qondira olish xususiyatiga aytiladi. mahsulotlarni sifati konstruktiv, texnologik, ekonomik, ergonomistik va boshqa parametrlar sababi bo`yicha kelib chiqadi.
Sifat xususiyatlari mahsulotlarni tayyorlash va loyixalash jarayonida shakillantiriladi, sifat – mahsulotlarni ekspluatatsiya jarayonida baxolanadi. Lekin olingan ushbu ma`lumotlar: birinchidan etarli emas, chunki sifatini baxolash uchun mahsulotlarni barcha parametrlari ekspluatatsiya jarayonida aniqlana olinmaydi.; ikkinchidan, - kechikkan ma`lumotlar, chunki mahsulotlarni tayyorlash uchun katta mablag` sarflanib bo`lgan. Ushbu muammo mahsulotlarni borgan sari mikrominiatyurizatsiyasi sababli murakkablashib ketadi, xozirda katta bloklar integral sxema (IS) ko`rinishida bajarilmoqda, ular esa o`z navbatida qayta ta`mirlana olinmaydi.
Mahsulot sifatini nazorat qilish usullari va mahsulot sifati tushunchasi va sifat ko`rsatkichlarini o`rganish.
Sifatini baxolashni manbasining biri sifatida nazariy xisob-kitoblar xizmat qiladi. Lekin xisob-kitob baxolanishi eksperimental tasdiqga ega bo`lishi kerak, chnui natijaviy ma`lumotlar va modellar yaqinlashtirilgan ma`lumotlar xisoblanadi. Mikrominiatyurizatsiyasi rivojlanishi va mahsulotlarni murakkablashib ketishi bilan adekvat modellarni yaratish muammo bo`lib bormoqda. Bundan kelib chiqib mahsulotlarni sifatini xaqiqatdan ma`lumotlarni katta qismi ularning parametrlarini nazorat qilish yo`li bilan va barcha bosqichlarni sinash bilan olinadi, ya`ni normativ-texnologik xujjatlarni loyixalashdan boshlab va reklamatsiya taxlillari bilan tamomlanadi va tayyor mahsulot sifati xaqiqatdan xulosalar iste`molchilar tomonidan yakunlanadi. Mahsulotga qo`yiladigan talabning kelib chiqish xolati bo`yicha echiladi. 1.1-rasmda mahsulotlarni loyixalash, ishlab chiqarish va ekspluatatsiyasi ketma- ketligi tasvirlangan bo`lib, bu mahsulotlarni ishlab chiqarishda rasmdan
ko`rinib turibdiki, mahsulotni siftini nazorat qilish quyidagi bosqichlarda amalga oshirilishi mumkin: loyixalash (mahsulotni barcha xususiyatlarini ko`p tomonlama tadqiqi, mahsulot sifatini belgilab beradi); mahsulotlar tayyorlanishida texnologik operatsiyalarni bajarilishi, elektroradioelementlar kirish parametrlarini nazorati xam kiradi; tayyor mahsulotlarni sinash (mahsulotlarni talab qilinayotgan sifatga attestatsiyalanishi); ekspluatatsiya (mahsulotni NTX talablariga mos kelishi). mahsulotning “xayotiy”ssiklining u yoki bu bosqichida analiz va nazorat o`tkazishsapvoli (loyixalash, ishlab chiqarishga kirgizish, tayyorlash, ekspluatatsiya, remont, eksportga chiqarish, import kirgizish va x.k.). Amaliyot shuni ko`rsatadiki, mahsulotlarni ishdan chiqishni katta qismi mahsulotni ishlab chiqarishda o`zlashtirilishida ro`y beradi. Katta xajmli ishlab chiqarishda va ekspluatatsiya jarayonida ishdan chiqish soni keskin kamayib ketadi. SHuning uchun mahsulotlarni loyixalanishidan Mahsulotlarni tayyorlash davrida quyidagi nazoratlar farqlanadi: tayyor mahsulotlarni yoki yarim fabrikantlarni nazorati va ularni tayyorlanishini texnologik jarayonini (TJ) nazorati.
Mahsulot yoki yarim fabrikantlar nazorati – bu mahsulot yoki yarim fabrikantlarni tayyorlanish davridagi nuqsonlarini aniqlashga yo`naltirilgan operatsiyalar yig`indisi. TJlarni nazorati ostida texnologik operatsiya yakunlangandan so`ng yoki bajarilish vaqtidagi jarayon yoki mahsulotni operatsion nazorati tushuniladi. Sinash – nazorat shaklini asosi sifatida mahsulotlarni sinash nazorat shaklini asosi sifatida deganda mahsulotni ishlab turgan vaqtidagi turli ta`sirlar ostida mahsulotni sonli va sifat xarakteristikalarini eksperimental aniqlash
Bunda sinalayotgan mahsulot, shuningdek ta`sirlar xam modellashtirilgan bo`lishi xam mumkin. Sinash maqsadi mahsulotlarni tayyorlash va loyixalash etaplarida turlicha bo`lishi mumkin. Barcha mahsulotlarning sinashning asosiy maqsadlariga quyidagilarni kiritish mumkin: yangi mahsulotlarni yaratishda optimal konstruktiv texnologik echimni tanlash; mahsulotni kerakli sifat darajasiga etkazish; mahsulot sifatini ishlab chiarishga etkazilgan baxolash, shuning ishlab chiqarish jarayonida va texnologik xizmat ko`rsatishda; xalqaro mahsulot
almashinishda mahsulotning sifatini kafolatlash. Sinov - sifatini effektiv ravishda oshirish vositasi kabi xizmat qiladi, chunki u quyidagilarni aniqlashga yordam beradi: ekspluatatsiya sharoitida yuklatilgan funksiyalarni buzilishiga olib keluvchi mahsulotlarni tayyorlash texnologiyasining va konstruksiyasining kamchiliklari; ishlab chiqarishga ruxsat etilgan konstruksiya yoki qabul qilingan texnologiyadan chetga chiqish; texnologik nazoratda mavjud bo`lgan usullar yordamida aniqlab bo`lmaydigan konstruksiya elementlarining elementlarning va materiallarining tasodifiy yashirilgan nuqsonlar; mahsulotni loyixalanayotgan konstruktiv-texnologik variantlarni ishnchliliygi va sifatini oshirish rezervlari. Ishlab chiqarishda mahsulotni sinashlarni natijalari bo`yicha loyixalovchi shaxs sifatini sifatini payib ketish sababini o`rnatadi. Agar ushbu sababini aniqlash imkoni bo`lmasa, mahsulotni nazorat qilish vositalarini va usullarini va ularni tayyorlashning TJ takomillishtiriladi. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni sifatini oshirish uchun, ularning tayyorlanishini oxirgi TJ operatsiyasida dastlabki sinovlar o`tkaziladi., ushbu yondashuv yashirilgan nuqsoni mavjud bo`lgan mahsulotni aniqlashga yordam beradi. Ushbu sinovlarning rejimlari shunday tanlanadiki ichki nuqsoni mavjud bo`lgan maxsuotlarni ishdan chiqishini ta`minlash kerak bo`ladi va shu vaqtning o`zida ichki nuqsoni bo`lmagan mahsulotni ichki resurslarini ishdan chiqarmasligi kerak.
Bundan dastlabki sinovlarni texnologik trenirovka (termotokli trenirovka, elektro trenirovka, termsikllar bilan trenirovka va x.k.) deyiladi. Sinov o`tkazishning usul va programmasi mahsulotning konkret turi va qo`llanilish maqsadi, shuningdek eksplutsatatsiya shartlari bo`yicha aniqlanadi. Ularning natijalarini sinashda va baxolashda korxona, tashkilot va aloxida mansabdor shaxslar mahsulotni iste`molchisi, sinovchisi, tayyorlab beruchisi sifatida namoyon bo`ladi. Ular orasida normal o`zaro aloqalar quyidagilar ishlab chiqilgan bo`lsa amalga oshishi mumkin: yagona texnik til (terminalogiya, sinov qurilmalari va usullarining sinflanishi); maxsus texnik xujjatlarni tarkibi va shakli (standartlar, usullar, dasturlar, grafiklar, xulosalar, protokollar va x.k.); sinash uchun qurilmalar va usullarga umumiy talablar; sinov
o`tkazish tartibi; korxonalarning majburiyati va xuquqlarining xolati. YUqorida sanab o`tilgan barcha tashkiliy talablar standartlashtirish ob`ektlari xisoblanadi. Barcha mahsulotlarga tegishli bo`lgan standart va uslubiyatlar yagona normativ – metodik xujjatlar majmuasini barpo qiladi. Ushbu xujjatlar eng avvalo tarmoqlar darajasidagi umum davlat miqiyosida loyixalanadi. Mavjud bo`lgan korxona va sinov o`tkazish texnologiyalari mavjud bo`lgan quyidagilar standartlanishi kerak bo`ladi:
mahsulot sinovlarining talablari;
sinov o`tkazilish jarayoni;
sinov usullari va qurilmalari;
sinovni rejalashtirilishi.
SHuni ta`kidlash kerakki, mahsulot tayyorlashni TJ va loyixalash jarayonini nazorat qilish effektivligini oshirish tayyor mahsulotni sinash axamiyatini.Integral sxemalar va yarimo`tkazgichli mahsulotlar bazasida yaratilgan zamonaviy asboblar fizik-texnologik nuqtai nazaridan murakkab struktura kabi nomoyon bo`ladi, ya`ni yarimo`tkazgichlardan, dielektriklardan, metall va rezistiv qatlam yoki plyonkalardan tashkil topgan bo`lib ularda modda almashinish jarayonlari (diffuziya, elektrdiffuziya), turli metallarni o`zaro va atrof muxit bilan kimyoviy tasirlashuvlari (oksidlanish reaksiyalari, almashinish, qayta tiklanish va x.k.), kristallik strukturani o`zgarishi (kristallanish, kristalsizlanish) ro`y beradi. SHu vaqtning o`zida asbob konstruksiyasining detallarida issiqlik almashinish, magnit va elektr maydon paydo bo`lishi, plastik va qattiqdeformatsiyalar ro`y berish jarayonlari kechadi.
Bu jarayonlar qaytuvchan va qaytmas xarakterga ega. Agar
mahsulotga ta`sir qilayotgan ta`sirlarni olib tashlansa uning parametrlari dastlabki parametrlarga qaytsa bunday jarayonni qaytuvchan jarayon deb nomlaymiz. Agar mahsulotga ta`sir qilayotgan ta`sirlarni olib tashlagandan so`ng dastlabki xolatga qaytmasa, bunday mahsulotning fizik strukturasida qaytmas jarayon yuz berganligini anglatadi. Real sharoitlarda asboblarda qaytuvchan va qaytmas
jarayonlar yuz beradi. SHu vaqtning o`zida shuni yodda tutish kerakki konstruksiya detallarining ayrimlarini emirilishi va materiallarning eskirishi natijasida mahsulotning ishchi faoliyatini yo`qotilishi nostabillik yoki degradatsiyaga olib keladi. Eskirish so`zining ma`nosida – mahsulotni ekspluatatsiyasi, tashilishi va saqlanishi jarayonida material xususiyatining qaytmas o`zgarish jarayoniga aytiladi. Eskirish – bu asbob elementlarini bir – biri bilan ishqalanishi yoki elektr toki ta`siri ostida elementlarning maxsus buzilish ko`rinishi xisoblanadi.
Asboblar konstruksiyasining detallarida va elementlarning fizik strukturasida ro`y berayotgan o`zgarishlar ta`siriga bog`liq. Ushbu ta`sirlar tabiati turlicha, chunki mahsulotni ekspluatatsiya sharoitlari xam turlicha bo`ladi. Ekspluatatsiya sharoimahsulottlariga ko`ra er usti, kemadagi va samalyotdagi, shuningdek qatoriga kosmik mahsulotlarga ajratishimiz mumkin. mahsulotlarning stabil ishlashi ularning turli ta`sirlarga bardoshliligiga xam bog`liq. Ta`sirlar klassifikatsiyasi.
Mahsulotlarga ta`sir qilayotgan barcha ta`sirlarni tashqi va ichkilarga
(2.1
-
rasm) ajratishimiz mumkin. Tashqi ta`sirlar – mahsulotni ekspluatatsiya rejimiga bog`liq emas va mahsulotni saqlash sharoiti, transportirovkasi va ekspluatatsiyasi bilan aniqlanadi.tashqi ta`sirlar tabiiy ta`sirlarga va ob`ekt ta`sirlariga bo`linadi, ularning tarkibida mahsulot xaqida ma`lumot mavjud bo`ladi. Tabiiy ta`sirlar deganda, ob`ekt joylashgan joydagi atrof muxit xolati sababi bilan kelib chiqadigan klimatik,
biologik, kosmik va mexanik ta`sirlar yig`indisi tushuniladi. Mahsulot
o`rnatilgan ob`ekt ta`siri, uning ishlashi bilan bog`liq. Bunday ta`sirlarga klimatik, mexanik, radiatsion va x.k.; elektr va magnit maydonlar kiradi. Sanab o`tilganlar ichida eng muximi mexanik ta`sir xisoblanadi. Ichki ta`sirlar mahsulotni ishlash rejimi bilan aniqlanadiva yuklama bilan xarakterlanadi, misol uchun mahsulotni ishlashi bilan bog`liq bo`lgan elektr va mexanik ta`sirlar.
Mahsulotlar zanjirlaridagi elektr signallarni o`zgartirishi va shakillantirishi kerakligi sababli kelib chiqadigan elektr yuklamalar mahsulotni eskirishiga olib keladigan issiqlik, elektr va elektr kimyoviy jarayonlarni uyg`otadi. Mexanik yuklamalar mahsulotlarda turli chiziqli kengayishga ega bo`lgan temperatura koeffitsientli materiallar birlashuvi bilan bog`liq.
Sub`ektiv faktorlar mahsulotni loyixalash, ishlab chiqarish va
ekspluatatsiya etaplarida odam faoliyatini xarakterlaydi. Ushbu faktorlarning ta`siri loyixalash, ishlab chiqarish va ekspluatatsiya xatoliklari xisoblanadi, bu esa mahsulotda nuqson paydo bo`lishiga olib keladi. Ushbu nuqsonlarga ob`ektiv faktorlarning ta`siri natijasida mahsulotni ishchi faoliyati qisman yoki to`liq yo`qotiladi. Mahsulotning ishlash faoliyatiga ob`ektiv va sub`ektiv faktorlarning ta`siri bir – biridan farq qiladi. Ob`ektiv faktorlarning ta`siri natijasida ularning soniy qiymatiga bog`liq. SHunday qilib mahsulotni ishdan chiqishga olib keluvchi, mahsulot ichidagi fizik – kimyoviy jarayonlardir, tabiiyki ob`ektiv faktorlarning yuqori darajali ko`rsatgichida kechadi. Sub`ektiv faktorlarning mavjudligi sababli loyixalanayotgan mahsulotni ob`ektiv faktorlari ta`siri barqarorligi susayadi, buning natijasida oxirgilarning chegaraviy ruxsat etilgan qiymati kamayadi, bunda mahsulotning
ishonchliligi va sifati pasayadi. Sub`ektiv faktorlar ta`sirining negativ
natijalari loyixalovchi va yaxlit mahsulot tayyorlovchilardan yashirin bo`ladi. Ularni aniqlash uchun mahsulotning “hayot”iy faoliyatining butunssiklida turli xil nazorat va sinovlar amalga oshiriladi. Klimatik ta`sirlar. Mahsulot ekspluatatsiyasi davrida klimatik ta`sirlarni tabiiy va sun`iylarga ajratish mumkin. Tabiiy klimatik ta`sirlar o`z tarkibiga xaroratni, namlikni, shamolni, atmosfera bosimini va x.k. larni oluvchi ob – xavo sharoitlaridan aniqlanadi. Sun`iy klimatik ta`sirlar mahsulotni ishlash natijasida paydo bo`ladi va yonida joylashgan ob`ektlar natijasida vujudga keladi. Tabiiy klimatik faktorlarni shakillantirish. Mahsulotga texnik sharoitni tuzishda, shuningdek tabiiy klimatik ta`sirlarni uslubiyati va dasturini odatda iqlim deb nomlashadi. Uzoq vaqt davomida er yuzining istalgan qismidagi o`rtacha klimatik faktorlar xisobga olinadi. Aniq bir xududda iqlimni shakillanishi radiatsion jarayonlar, atmosferassirkulyasiyasi,namlik almashinuvi ta`siri ostida shakillanadi va Erning issiqlik va suv balansini belgilaydi. Radiatsion jarayon quyosh energiyasi radiatsiyasining sarflanishini xisobga oluvchi R radiatsion balans taqsimlanishini xarakterlaydi. Radiatsion balansning tashkiliy qismlari bo`lib to`g`ridan – to`g`ri (Q) va sochilgan (q) quyosh radiatsiyasi xisoblanadi, shuningdek Erning effektiv nurlanishi (E). Erning effektiv nurlanishi deganda – atmosfera va er yuzasi nurlanishlarining qarama – qarshi yo`nalganliklarining ayrimasi tushuniladi. Quyosh energiyasining son bilan xarakterlanadi, “alьbedo”radiatsiyasini qaytishini tushishiga nisbati deb nomlanadi va odatda protsentlarda ifodalanadi. “Alьbedo” er
yuzasining fizik – geografik shart sharoitidan kelib chiqadi, ya`ni dengiz
yaqinligi, dengiz oqimining yo`nalganligi, tog` tizmalari, xudud balandligidan kelib chiqadi deyishimiz mumkin. -1)E.Radiatsion balans tenglamasi: R=(Q+q)*(a-1)E
Erning aloxida xududlarida radiatsion jarayonlarni ko`p sonli tadqiqotlari asosida radiatsion balansni ko`rsatib beruvchi jaxon kartasi tuzilgan. Xavo ochiq bo`lgan quyoshli kunda radiatsiya summasining qiymati o`zgarmas bo`lishi xam aniqlangan, bu xolat asosan xudud kengligi fasl bilan aniqlanadi.
Atmosferassirkulyasiyasi – bu xavo massalarining xarakatlanishi (tarkibida issiqlik va namlik bo`lgan oqimlar), shuningdek turli xavo massalari orasida yuzalar ajralishini yuzaga kelishi bilan kechadigan ularning xususiyatlarini o`zgarishi.
Atmosferaningumumiyssirkulyasiyasining asosiy sababi – bu er aylanishi va Er shari yuzasini Quyosh tomonidan bir xilda isitilmasligi. Bundan tashqari, atmosfera umumiyssirkulyasiyasiga Er yuzasining landshaftini o`zgarishi xam ta`sir qiladi, ya`ni erdan qaytgan issiqlik
oqimining doimiy ta`sir qiluvchi turbulent kuch keltirib chiqaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |