Bob. Mahsulotining sifati nazorat qulish haqida umumiy tushunchalar


II. BOB. OZIQ-OVQAT MAHSULOTINING SIFATI VA XAVFSIZLIGI TO‘G‘RISIDAGI QONUNIY ASOSLAR



Download 0,51 Mb.
bet4/6
Sana11.04.2022
Hajmi0,51 Mb.
#542953
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Bob. Mahsulotining sifati nazorat qulish981

II. BOB. OZIQ-OVQAT MAHSULOTINING SIFATI VA XAVFSIZLIGI TO‘G‘RISIDAGI QONUNIY ASOSLAR


Mamlakatda oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, qadoqlash, tamg‘alash, saqlash, realizatsiya qilish hamda utilizatsiya qilish O‘zbekiston Respublikasining 1997 yil 30 avgustdagi `Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi to‘g‘risida`gi Qonuni bilan tartibga solinadi, deb xabar bermoqda`O‘zstandart.


Iste'molchi o‘zi xarid qilayotgan mahsulot to‘g‘risidagi axborotni ushbu mahsulotning tamg‘asidan (markirovka) oladi. Shuning uchun ushbu qonunda oziq-ovqat mahsulotlarini qadoqlash va tamg‘alashga alohida e'tibor qaratilgan.
Mazkur qonunning 12-moddasida: Oziq-ovqatlar ishlab chiqaruvchi yuridik va jismoniy shaxslar ularni qadoqlangan, o‘ralgan (barcha muomala bosqichlarida sifati va oziqlik qimmati saqlanib qolishini ta'minlaydigan) va qonun hujjatlariga muvofiq tamg‘alangan holda chiqarishlari shart ekanligi ko‘rsatib o‘tilgan.


    1. Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari.


Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligini ta’minlash sohasida davlat tomonidan normalash oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligiga, uni ishlab chiqarish, tayyorlash, xarid qilish, qayta ishlash, yetkazib berish, saqlash, tashish va realizatsiya qilish shart-sharoitlariga qo‘yiladigan talablarni o‘z ichiga oladigan sanitariya, veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarini, fitosanitariya normalarini, qoidalarini va gigiyena normativlarini, davlat standartlarini, texnikaviy shartlarni (bundan keyin matnda normalar va qoidalar deb yuritiladi) belgilash yo‘li bilan amalga oshiriladi. Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligiga doir normalar va qoidalar davlat organlari tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlanadi va ular oziq-ovqat mahsuloti muomalasi sohasida ish olib borayotgan yuridik hamda jismoniy shaxslar uchun majburiydir. Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi ushbu qonunning 4- moddasida ko‘rsatilgan davlat nazorati organlari tomonidan ularning vakolatlari doirasida nazorat qilinadi va tekshiriladi.
Oziq-ovqat mahsulotini ishlab chiqarish, tayyorlash, xarid qilish, qayta ishlash, yetkazib berish, saqlash, tashish va realizatsiya qilish bilan shug‘ullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslar belgilangan normalar va qoidalarga rioya etilishi ustidan ishlab chiqarish nazoratini ta’minlaydilar. Ishlab chiqarish nazoratini amalga oshirish tartibi oziq- ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligiga doir normalar va qoidalarga, normativ hamda texnologiya hujjatlari talablariga muvofiq yuridik va jismoniy shaxslar bajaradigan ishlar va xizmatlarning xususiyatlarini va shart-sharoitlarini hisobga olgan holda belgilanadi hamda tegishli davlat nazorati organlari bilan kelishiladi.
Ishlab chiqarish nazoratini amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar normalar va qoidalarning talablari buzilganligi aniqlangan taqdirda ishlarni amalga oshirishni va xizmatlar ko‘rsatishni aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar to‘xtatib qo‘yishlari shart.

Oziq-ovqatlar ishlab chiqaruvchi yuridik va jismoniy shaxslar ularni qadoqlangan, o‘ralgan (barcha muomala bosqichlarida sifati va


oziqlik qimmati saqlanib qolishini ta’minlaydigan) va qonun hujjatlariga muvofiq tamg‘alangan holda chiqarishlari shart.
Qadoqlangan va o‘ralgan oziq-ovqatlar, ovqatga qo‘shiladigan biologik faol qo‘shimchalar, oziq-ovqat qo‘shimchalari yorliqlarga (suqma varaqalarga) ega bo‘lishi, ularda quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
oziq-ovqatning nomi;
oziq-ovqatni nimaga mo‘ljallanganligi (bolalarga maxsus mo‘ljallangan mahsulotlar va parhez taomlar uchun);
tayyorlovchining nomi;
tovar belgisi (belgiga ega tashkilotlar uchun);
oziq-ovqat tarkibiga kirgan narsalar, shu jumladan oziq-ovqat qo‘shimchalarining nomi;
oziqlik qimmati, navi; saqlash shart-sharoitlari;
tayyorlangan sanasi, yaroqlilik muddati;
tayyorlash usuli (masalliqlar hamda maxsus bolalarbop va parhez oziq-ovqat mahsulotlari uchun);
og‘irligi;
foydalanish usuli (biologik faol qo‘shimchalar: oziq-ovqat qo‘shimchalari, maxsus bolalarbop va parhez oziq-ovqat mahsulotlari uchun);
muvofiqlik belgisi (mahsulotini muvofiqlik belgisi bilan tamg‘alash huquqini beradigan litsenziyasi bor korxonalar uchun); normativ yoki texnikaviy hujjatlarning nomyerlari.
Oziq-ovqatlarni saqlash va tashish, oziq-ovqatlarni saqlaydigan va tashiydigan yuridik va jismoniy shaxslar normalar va qoidalarga rioya etishlari, oziq-ovqat sifati saqlanishini va xavfsizligini ta’minlashlari shart. Majburiy sertifikatlanadigan oziq-ovqat mahsuloti yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligini tasdiqlaydigan moslik sertifikati yoki muvofiqlik belgisi bo‘lgan taqdirda realizatsiya qilinadi.
Oziq-ovqat mahsulotini chakana sotish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi.Oziq-ovqat mahsuloti bilan savdo qilishga mahalliy
davlat hokimiyati organlari tomonidan shu maqsadlar uchun ajratilgan joylarda yo‘l qo‘yiladi.Quyidagi hollarda oziq-ovqat mahsulotini realizatsiya qilishga yo‘l qo‘yilmaydi:
mahsulot sifati belgilangan normalar va qoidalar talablariga muvofiq bo‘lmasa, majburiy sertifikatlanadigan mahsulotlar uchun esa moslik sertifikati bo‘lmasa;
saqlash va realizatsiya qilish uchun tegishli sharoit bo‘lmasa; yaroqlilik muddati tugagan bo‘lsa;
mahsulot qalbakilashtirilgan bo‘lsa; mahsulotlarni taqqoslash mumkin bo‘lmasa.
O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan oziq-ovqat mahsuloti ushbu Qonunda ko‘rsatilgan normalar va qoidalarning talablariga muvofiq bo‘lishi shart. Chetdan olib kirilayotgan oziq-ovqat mahsulotini yetkazib beruvchi uni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun ishlab chiqaruvchining va eksport qiluvchi mamlakat maxsus vakil qilgan organning ushbu mahsulot xavfsiz ekanligini tasdiqlovchi hujjatlarini, tegishli ekspertiza o‘tkazish zarur bo‘lganida esa oziq-ovqat mahsulotining namunalarini taqdim etadi.
Chetdan olib kirilayotgan oziq-ovqat mahsuloti, texnologiyalar va uskunalar qonun hujjatlariga muvofiq majburiy sertifikatlanishi lozim.
Yaroqlilik muddati o‘tgan, sifatsizligi belgi berib turgan, taqqoslash va ishlab chiqaruvchisini aniqlash mumkin bo‘lmagan, shuningdek sanitariya-gigiyena ekspertizasi, laboratoriya tekshiruvlari va (yoki) veterinariya, veterinariya-sanitariya ekspertizasi va sertifikatlashtirish sinovlari natijalariga ko‘ra davlat sanitariya nazorati va (yoki) davlat veterinariya xizmati organlari tomonidan ovqatga ishlatish uchun yaroqsiz deb topilgan oziq-ovqat mahsuloti ishlab chiqarilish va realizatsiya qilinishdan olib tashlanadi, u belgilangan maqsadda ishlatilmasligi hamda qayta ishlanishi yoki yo‘q qilib tashlanishi kerak.
Oziq-ovqat mahsulotini qayta ishlash yoki yo‘q qilib tashlash usullari va shartlari uchun egasi tomonidan tegishli davlat nazorati organlari bilan kelishib olinadi.
Oziq-ovqat mahsulotidan foydalanish (uni qayta ishlash) yoki yo‘q qilib tashlash uning egasi tomonidan yoki mahsulot egasi shu ishlarni
bajarishni shartnoma bo‘yicha topshiradigan tashkilotlar tomonidan komissiya ishtirokida amalga oshiriladi. Komissiya tarkibiga davlat hokimiyati mahalliy organlarining, davlat nazorati organlarining, soliq organlarining va jamoatchilikning vakillari kiradi. Oziq-ovqat mahsuloti hayvonlarga yem sifatida ishlatilgunicha yoki yo‘q qilib tashlagunicha alohida joyda (rezervuarda), alohida hisobda, miqdorini, ishlatish (qayta ishlash) yoki yo‘q qilib tashlash usullari va shartlari aniq ko‘rsatilgan holda saqlanishi kerak. Bunday mahsulotning but saqlanishi uchun uning egasi javobgar bo‘ladi.
Oziq-ovqat mahsulotini ekspertiza qilish, yo‘q qilib tashlash usullari va shartlarini belgilash, qayta ishlash, saqlash, tashish va yo‘q qilib tashlash bilan bog‘liq xarajatlarni uning egasi to‘laydi.Oziq-ovqat mahsulotining egasi davlat sanitariya nazorati va (yoki) davlat veterinariya xizmati organlariga ushbu mahsulotdan foydalanilganligi yoki u yo‘q qilib tashlanganligi to‘g‘risidagi dalolatnomani taqdim etadi.
Bundan tashqari, oziq-ovqat mahsulotlarini tamg‘alash yuzasidan 2017 yil 12 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Oziq-ovqat mahsulotini tamg‘alash yuzasidan uning xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash to‘g‘risida`gi 490- sonli qarori qabul qilindi. Ushbu qaror bilan UzTR.490-022:2017 sonli
`Oziq-ovqat mahsulotini tamg‘alash yuzasidan uning xavfsizligi to‘g‘risidagi` umumiy texnik reglamenti qabul qilindi hamda bu texnik reglament joriy yilning 12 iyul kuni amalga kiritildi.
Mazkur texnik reglamentda quyidagi tushunchalar keltirib o‘tilgan: tamg`a — iste'mol o‘ramiga, transport o‘ramiga, suqma varaqqa,
etiketkaga yoki yorliqqa tushiriladigan yozuvlar, rasmlar, belgilar, ramzlar, boshqa belgilar va (yoki) ularning kombinatsiyalari tarzidagi oziq-ovqat mahsuloti to‘g‘risidagi ma'lumot;
etiketka — tamg‘a bosiladigan va iste'mol o‘ramiga va (yoki) transport o‘ramiga, shu jumladan yelimlash yo‘li bilan mahkamlanadigan axborot manbai;
yorliq — o‘ramga mahkamlanadigan tamg‘alashni tushirish uchun mo‘ljallangan axborot manbai.
oziq-ovqat mahsulotining yaroqlilik muddati — tamg‘alashda qayd qilingan vaqt davri, ushbu vaqt mobaynida oziq-ovqat mahsuloti texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar bilan belgilangan unga qo‘yiladigan xavfsizlik talablariga to‘liq muvofiq bo‘lishi, shuningdek tayyorlovchi (ishlab chiqaruvchi) tomonidan belgilangan saqlash shartlariga rioya qilinganda o‘z iste'mol xossalarini saqlab qolishi kerak va ushbu muddat tamom bo‘lgandan keyin oziq-ovqat mahsuloti sotilmasligi va belgilangan maqsadda foydalanilmasligi kerak. Sut va sut mahsulotlarining xavfsizligiga bo‘lgan talablar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 7 iyuldagi 474-sonli qarori asosida `Sut va sut mahsulotlarining xavfsizligi to‘g‘risida`gi umumiy texnik reglamentida (UzTR.474-020:2017), shuningdek mahsulotlarning me'yoriy hujjatlarida belgilab berilgan.Ushbu texnik reglament asosida kefir mahsulotining
tamg‘alanishi quyidagicha.
Bugungi kunda mamlakatimizda kefir O’zDSt 1086:2011 standarti asosida ishlab chiqariladi. Bu standartning 4.4 bandida kefir mahsulotini tamg‘alashga talablar berilgan. Bunda, mahsulot solingan har bir idish bo‘yoq hidi kelmaydigan, buzilib ketmaydigan tamg‘a bilan tamg‘alanishi kerak hamda quyidagi ma'lumotlar bo‘lishi shart:
ishlab chiqaruvchining nomi, mulkchilik shakli, manzili, telefon raqamlari;
ishlab chiqaruvchining tovar belgisi (agar mavjud bo‘lsa); mahsulot nomi; Mahsulot nomi: mahsulotning xom ashyosi, nima
uchun ishlatilishi, tarkibi, alohida xususiyatlari asosida shakllantiriladi hamda ko‘rsatilgan barcha ma'lumot qat'iy to‘g‘ri bo‘lishi shart, masalan, Yog‘sizlantirilgan kefir.
yog‘ning massa ulushi; Masalan, yog‘sizlantirilgan kefirda yog‘ massa ulushi 0,1%.
idishdagi mahsulot massasi (hajmi), g, cm3.
100 g mahsulotning energetik qiymati to‘g‘risida ma'lumot; mahsulotning tarkibi (asosiy tarkibi hamda qo‘shimchalar,
aromatizator, krasitel, biodobavka va sh.k.);
mahsulotni saqlash sharoitlari va muddati (yil, oy, kun); Masalan, kefir uchun, (4±2)°S va 70%dan kam namlikda 72 soat.
ishlab chiqarish sanasi (yil, oy, kun);
O’zDSt 1086:2011 standarti yozilgan bo‘lishi shart;
O’zDSt 5.8 standarti asosida muvofiqlik belgisi bo‘lishi shart; Izoh: Muvofiqlik belgisi — muayyan mahsulot yoxud xizmat aniq standartga yoki boshqa normativ hujjatga mos ekanligini ko‘rsatish uchun mahsulotga yoxud ko‘rsatilgan xizmatga doir hujjatga qo‘yiladigan, belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan belgi. Shuningdek, mahsulot yorlig‘ida muvofiqlik belgisi mavjud bo‘lganda ushbu mahsulot sertifikatlanganligini anglatadi. qayd etilgan raqami ko‘rsatilgan holda shtrix-kod; Izoh, O‘zbekiston Respublikasi shtrixli kodlash tizimi EAN xalqaro tovar raqamlash tizimi doirasida ishlab chiqilgan va faoliyat yuritadi, milliy va xalqaro kodlash tizimining mos kelishini hamda axborot almashish uchun yagona tilni ta'minlaydi. EAN shtrixli kodlaridan foydalanish ustidan nazorat GS1 UZBEKISTAN (EAN UZBEKISTAN) assotsiatsiyasi va O‘zstandart` agentligi “Shtrixli kodlash markazi” DK tomonidan birgalikda amalga oshiriladi. GS 1 UZBEKISTAN (EAN UZBEKISTAN) (Belgiya, Bryussel) Xalqaro assotsiatsiyasi tomonidan mamlakatimizga 478 raqamli identifikatsion kod berilgan.
EAN-13 shtrix kodi 13 ta raqamdan iborat bo‘lib, quyidagi ma'noga ega. Dastlabki 3 ta raqam, ya'ni prefiks milliy uyushmaning raqami hisoblanadi. Bu 3 ta raqam, masalan, 478 prefiksi `GS1 Uzbe- kistan` uyushmasini anglatadi va u `GS1` Xalqaro Uyushmasi (EAN International, Belgiya)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi hisoblanadi. Qabul qilingan taomilga ko‘ra, har bir davlatda GS1 xalqaro uyushmasining faqat bitta vakolatxonasi yoki boshqarmasi mavjud.
EAN-13 shtrix kodining batafsil tavsifi:

  • 478 0100147721

  • dastlabki 3 ta raqam `GS1 Uzbekistan` uyushmasiga berilgan prefikc hisoblanadi;

  • keyingi 6 ta raqam korxonaning raqamini anglatadi;

  • keyingi 3 ta raqam esa tovar va mahsulotning raqami hisoblanadi;

  • oxirgi 13-raqam esa nazorat raqami deb ataladi. Bu orqali `GS1 Uzbekistan uyushmasi tomonidan ta'sis etilgan shtrix kod nazorat

qilib turiladi. Agar mahsulot ichki bozorda realizatsiya qilinadigan bo‘lsa O’zbekistonda ishlab chiqarilgan, agar mahsulot eksport qilinadigan bo‘lsa Made in Uzbekistan yozuvi tushiriladi.Demak, mahsulot tamg‘asidagi har bir ma'lumot ortida bir qancha axborotlar ko‘rsatib o‘tilgan. Agar mahsulot xarid qilish oldidan mahsulotning tamg‘asiga alohida e'tibor berib xarid qilinsa maqsadga muvofiq bo‘ladi, deyiladi agentlik xabarida.



    1. Download 0,51 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish