Bob. Geoekologik muammolar



Download 126 Kb.
bet3/7
Sana03.07.2022
Hajmi126 Kb.
#734556
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
GIOEKOLOGIK MANITORING

Global geoekologik muammolar.XX asrning oxiri o‘n yilliklari dunyo xalqlari oldiga ko‘plab o‘tkir va murakkab muammolarni ko‘ndalang qilib qo‘ydi. Bu muammolar global (lotincha globus – shar, kurra, frantsuzcha global umumiy) muammolar deb nom oldi. Xususiyatlariga ko‘ra global muammolar tabiiy, tabiiy – antropogen yoki sof antropogen (shu jumladan, iqtisodiy – ijtimoiy va b.sh.) hodisalar bo‘lib, butun dunyoga, butun insoniyatga tegishlidir. XX asrning oxiri va hozirgi davr uchun ko‘pgina hodisa va jarayonlarning globallashuvi harakterlidir. Global muammolar uchun quyidagi asosiy xususiyatlar xosdir:
1) iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda katta talofatlarga, inqirozlarga sabab bo‘lishi, chuqurlashgan taqdirda esa sivilizatsiyaning mavjudligini xavf ostida qoldirishi;
2) jami insoniyatga, barcha mamlakatlar, xalqlar, ijtimoiy tabaqalar manfaatlari va taqdiriga tegishli ta‘sir ko‘rsatishi;
3) yechimini topishda umumplanetar miqyosdagi hamkorlikni, barcha mamlakatlar va xalqlarning birgalikda harakat qilishini talab etadigan muammolar ekanligi.
Global muammolar ijtimoiy - iqtisodiy, tabiiy va texnikaviy jihatlarga ega bo‘lganligi sababli bu muammolarni o‘rganishga doir tadqiqotlar hozirgi fanlarning deyarli barcha sohalarida o‘tkazilishi va o‘zaro bog‘liq harakterda bo‘lishi lozim. Global muammolarni tadqiq qilishda tabiatshunoslar, muxandislik – texnika tarmoqlarining mutaxasislari, sotsialoglar, shifokorlar, iqtisodchilar va boshqa mutaxassislar hamkorlik qilishlari lozim. Global muammolarni o‘rganishga doir barcha tadqiqotlar “aholi – ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanish – atrof muhit” uchburchagida mavjud bo‘lgan o‘zaro aloqalarni ochish va o‘rganishni umumiy vazifa qilib qo‘yadi. Yechimiga doir tadqiqotlar o‘tkazmoqda. Shuningdek, insonning ishlab chiqarish va noishlab chiqarish faoliyati ta’siri ostida o‘zgarish qonuniyatlarini ochib berishga, ishlab chiqarishni rivojlanishi, urbanizatsiya, atrof – muhitning barqarorligi va o‘zgaruvchanligining bashoratlashtirishning ilmiy asoslarini yaratish atrof muhitning global muammolarini o‘rganishga doir geografiya fanlari oldida turadigan vazifalarni tashkil etadi. Shu sababli atrof muhitni muhofaza qilish va optimallashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan tadqiqotlar – tabiiy muhitni muhofaza qilish va yaxshilash, geosistemalarni va ularni boshqarishni optimallashtirish, atrof muhit monitoringining ilmiy asoslarini, atrof muhitga inson faoliyati ta’siri tufayli yetkaziladigan zararni baholashning ilmiy asoslangan metodlarini ishlab chiqish, atrof muhit sifatini baholash mezonlarini tadbirlarning iqtisodiy samaradorligi mezonlari bilan muvofiqlashtirilgan holda aniqlash ayniqsa dolzarb masalalardir.
Global muammolar ijtimoiy – iqtisodiy va ekologik muammolar bo‘lsada, ular muayyan makonda (eng o‘lkan geosistema bo‘lgan geografik qobiqda va uning nisbatan kichikroq geosistemalarida – materiklarda va Dunyo okeani miqyoslarida) sodir bo‘ladi hamda tabiiy va ijtimoiy – iqtisodiy qonuniyatlar asosida kechadi. Shu sababli global muammolarning aksariyat qismi mazmun va mohiyatiga ko‘ra geografik muammo ham hisoblanadi. Geografik tadqiqotlar tasarufadagi global muammolar tabiiy geografiya (uning “Umumiy yer bilimi” sohasi) o‘rganadigan Yerning qobiqlari – atmosfera, gidrosfera, litosfera va biosferaning o‘zaro munosabatlari qonuniyatlari asosida tadqiq qiliniladi. Geografiya fanlari tomonidan tadqiq qilinadigan yoki geografiya fanlari ishtirokida tadqiq qilinadigan muammolar geografiya va ekologiya oralig‘ida vujudga kelgan yosh integral fan – geoekologiyaning o‘rganish predmetini tashkil etadi.
XX asrda ekologik vaziyatning global tus olishi sayramizda butun tirik mavjudotning hayoti xavf – xatar ostida qolganligini yaqqol ko‘rsatdi va insoniyatga bu muammo hayot – mamot muammosi ekanligini anglatdi. Pirovardida hayotning o‘zi olimlar oldiga tabiat va jamiyat o‘zaro ta’sirining mexanizmini imkoni boricha chuqur tadqiq qilishni, dunyodagi ekologik va demografik vaziyatni ob‘ektiv va har tomonlama baholash, tabiiy resurslarning barcha turlari va majmualaridan oqilona foydalanishni yo‘llarini belgilash, Koinotni va Dunyo okeani resurslarini insoniyat ravnaqi uchun o‘zlashtirish, tinch – totuv yashash muammolarining yechimini topishni vazifa qilib qo‘ydi. Yuqorida ko‘rsatilganidek, bu muammolarni yechimida turli ilmiy yo‘nalish mutaxassislari – faylasuflar, iqtisodchilar, xuquqshunoslar, biologlar, agronomlar, muxandislar, kimyogarlar, tibbiyotshunoslar va boshqalar ishtirok etmoqdalar. Bu muammolar yechimida ishtirok etishdan geograflar ham chetda kolganlari yo‘q. Shu sababli geografiyada ilmiy izlanishning kompleks yo‘nalishlarini rivojlantirishga ko‘proq e‘tibor berila boshlandi.
Tadqiqot predmetining xususiyatlariga ko‘ra tabiiy va ijtimoiy fanlar oralig‘ida turadigan, tabiatni tadqiq qilishga kompleks yondoshadigan geografiya fanlari jamiyat va tabiat o‘zaro ta’siri muammolariga an‘anaviy ravishda juda katta e‘tibor bilan qaraydi. Geografiya fanlari atrof muhitni tashkil etuvchi turli kattalikdagi geosistemalarni, ularning o‘zaro aloqalarini, tabiiy jarayonlarning yo‘nalishi va o‘zaro ta’sirining dinamikasini global va regional muammolari

Download 126 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish