MUNDARIJA
KIRISH……………………………………………………………………2-5 I.
BOB. AQLI ZAIF O’QUVCHILARNI KASB HUNAR MALAKASINI
SHAKLLANTIRISHNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI. 1.1. Aqli zaif
bolalarni aqliy ijtimoiy rivojlanishda mehnatning roli…6-13 1.2. Aqli zaif
bolalarni ongli kasb tanlashda maktab va oilaviy muhtning ijtimoiy psixologik
ta’siri………………….…………………………..14-20 1.3. Yordamchi maktab
o’quvchilarini kasb –hunarni egallashning o’ziga xos
xususiyatlari…………………………………………………………21-24 II. BOB.
YORDAMCHI MAKTAB O’QUVCHILARINING KASBHUNARGA
YONALTIRISHNING TA’LIMIY NAZARIYASI. 2.1. Yordamchi maktab
mehnat ta’limi “dasturini” mazmuni va
vazifalari..................................................................................................25-34 2.2.
Yordamchi maktab ta’lim jarayonida o’quvchilarni kasb hunarga yo’naltirishning
omillari…………………………………………………35-38 2.3. O’quvchilarni
kasb hunarga yo’naltirishda sinfdan tashqari va maktabdan tashqari olib
boriladigan ishlarning o’rni……………………39-41
XULOSA……………………………………………………………………..42-46
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI...................................47-49
ILOVA……………………………………………………………………….50 - 53
KIRISH
Muammoning dolzarbligi: Respublikamiz mustaqillikka erishgach yurtimizdagi
ko’p o’zgarishlar kabi ta’lim sohasida xam juda katta o’zgarishlar bo’ldi. Xususan
nogiron bolalarga ta’lim tarbiya berish, ularni jamiyatda o’z o’rnini topishga
yordam berish lozimligi kabi masalalar atroflicha davlat siyosati darajasiga
kutarildi. Prezidentimiz ta’kidlaganidek “Respublikamizning bugungi va ertangi
taqdiri yosh avlodning kasb mahorati, intelektual darajasi ma’naviy taraqqiyot
etgan jismoniy sog’lomligiga bog’liq” Darhaqiqat yurtimizda sog’lom kishilar
qatori nuqsonli insonlar ham jamiyatda ma’lum jabhada faoliyat ko’rsatib, o’z
o’rnini topishga haqlidirlar. Shu o’rinda aqli zaif insonlarni kasb xunar egasi
bo’lishi, jamiyat uchun foydali kasbga yo’naltirish xususida so’z yuritib o’tsam.
Kasbga yo’naltirishdan asosiy maqsad yosh avlodni o’zi ma’qul ko’rgan kasbni
ongli ravishda tanlashdan iborat bo’lib, bu jarayon shaxsning bo’g’usi kasbiy
faoliyat sub’ekti sifatida shakllanish jarayonini o’tadi, bozor iqtisodi
munosabatlariga moslashib borishga ko’maklashadi. Kasbga yo’naltirishda
yoshlarni erkin va mustaqil tanlashlarining amaliy tizimi sifatida qaralishi lozim.
Kasb tanlashda har bir shaxsning individual psixologik xususiyatlari, xalq xo’jaligi
manfaatlari nuqtai nazaridan mehnat resurslarini to’laqonli ta’minlash zaruriyati
kabi omillar hisobga olinmog’I lozim. Xozirgi kunda respublikamizda amalgam
oshirilayotgan “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablaridan kelib chiqqan holda
kasb hunarga yo’naltirish sohasida mavjud bo’lgan ilmiy xulosalar va tavsiyalarni
ta’lim islohotlari bosh maqsadidan kelib chiqqan xolda yangilash zaruriyati yuzaga
kelmoqda. Kasbga yo’naltirish bu yoshlarning qiziqishlari, layoqatlari,
qobiliyatlari va jamiyatning turli xil kasblariga bo’lgan ehtiyojiga mos, ularni
asoslangan kasb tanlashga yordam beradigan maqsadli faoliyatdir. “Eng muhimi,
shuni anglab yetishimiz kerakki, kadrlar masalasini xal etmas ekanmiz, say
harakatlarimiz kutilgan natijalarni berishi, hayotimiz, ma’naviyatimiz o’zgarishi
qiyin kechadi. Demakki, zamonaviy ta’lim –tarbiya tizimini isloh qilish, zamon
talablariga mos kadrlar tayyorlash ishini yo’lga qo’yish faoliyatimizning bosh
yo’nalishi bo’lmog’I darkor”. 4 “Ta’lim to’g’risida”, “Kadrlar tayyorlash milliy
dasturi to’g’risida”, “Nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to’g’risida”gi
O’zbekiston Respublikasi qonunlari talablarini ta’minlash maqsadida
respublikkada imkoniyatlari cheklangan bolalar va o’smirlash uchun qulay iaroitlar
yaratish borasida hukumatimiz tomonidan katta ishlar amalgam oshirilmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 17 maydagi
“Imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar kollejlari
faoliyati to’g’risidagi” 100-sonli qaroriga asosan imkoniyatlari cheklangan
shaxslarga ehtiyojlaini qondiridh uchun kasb-hunar ta’limini olishning qonuniy
bazasi yaratildi. Ixtisoslashtirilgan kasb-hunar kolleji O’zbekiston
Respublikasining Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oliy va
o’rta maxsus ta’lim vazirligining O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi,
Iqtisodiyot vazirligi va Sog’liqni saqlash vazirliklarining qo’shma Qarori bilan
tasdiqlangan “Mutaxassisliklar va kasblar ro’yxati”ga asosan imkoniyatlari
cheklangan o’smir va yoshlarga kasb-hunarga ega bo’lishlarida teng huquqini
ta’minlaydi. “Imkoniyati cheklangan ta’lim muassasalari bitiruvchilarini kasbga
yo’naltirishni tashkil etish masalalari” metodik qo’llanmasi imkoniyatlari
cheklangan o’smir va yoshlarni kasbiy tayyorgarligi jarayonida ishtirok etuvchi
sub’ektlar – barcha maxsus maktablar va maktab-internatlar defektologlari,
oligofrenopedagoglar, surdopedagoglar, tiflopedagoglar hamda, hududiy xalq
ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo’limi
o’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish va pedagogic-psixoligik diagnostikasini
metodik ta’minlash kichik guruhlari defektloglari, shuningdek, imkoniyati
cheklangan bolalar bilan shug’ullanuvchi barcha mutaxassislar, imkoniyati
cheklangan farzandlari bo’lgan ota-onalar va keng jamoatchilik uchun
mo’ljallangan. Tadqiqotning maqsadi: maxsus yordamga muhtoj, xususan, aqli zaif
o’quvchilarni kasb-hunarga tayyorlashning ilmiy-nazariy asoslari va samarali
tizimini ishlab chiqish. Tadqiqotning obyekti – maxsus maktablarning 4-9 sinf
o’quvchilari. 5 Tadqiqotning predmeti – maxsus yordamga muhtoj o’quvchilarni
kasbhunarga tayyorlash yo’llari, mazmuni, shakl va metodlari. Tadqiqotning
vazifalari: 1) maxsus yordamga muhtoj o’quvchilarni: a) kasb-hunarga
tayyorlashning nazariy va amaliy asoslarini o’rganish; b) kasb-hunarga tayyorlash
tizimini va amaliyotdagi mavjud ahvolni o’rganish va tahlil qilish; 2) maxsus
maktablar mehnat ta’limi o’qituvchilarining kasbiy-metodik tayyorgarligi
darajasini aniqlash: 3) maxsus yordamga muhtoj o’quvchilar uchun metodik
kompleks ishlab chiqish va pedagogik tavsiyalar tayyorlash. Tadqiqotning ilmiy
farazi: - maxsus yordamga muhtoj o’quvchilarni kasb-hunarga tayyorlash
muammosi nazariy-metodologik asosga ega bo’lsa; - ularni mehnat va kasb-
hunarga yo’naltirishda o’quv fanlari mazmunining psixologik, pedagogik asoslari
aniqlansa; - ular milliy kasb-hunarlarga ta’lim-tarbiya jarayonida o’rgatilsa va
o’quvchilarni tarbiyalashda mehnat an’analari tajribalaridan samarali foydalanilsa;
- maxsus ta’lim muassasalari mehnat ta’limi o’qituvchilarining kasbiymetodik
tayyorgarligi talab darajasida bo’lsa; - maxsus maktablar va ixtisoslashtirilgan
sanoat kasb-hunar kollejlari mehnat va kasb ta’limi o’qituvchilari uchun ilmiy
asoslangan pedagogik tavsiyalar ishlab chiqilsa, respublikamizda aqli zaif bolalarni
kasb-hunarga tayyorlash samaradorligi oshadi. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 1.
Maxsus maktablar, maktab-internatlaridagi aqli zaif o’quvchilarni kasb-hunarga
tayyorlash ilmiy-nazariy jihatdan asoslab berildi. 2. Maxsus yordamga muhtoj aqli
zaif o’quvchilarning kasb-hunarni tanlashga bo’lgan qiziqishining yuzaga kelishi
va rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar aniqlandi. 6 3. Maxsus ta’lim
muassasalarining mehnat ta’limi o’qituvchilari uchun aqli zaif o’quvchilarni kasb-
hunarga tayyorlashga doir, ta’limning uzviyligini ta’minlash borasida pedagogik
tavsiyalar ishlab chiqildi va maxsus yordamga muhtoj o’quvchilarni kasb-hunarga
tayyorlashning samarali tizimi yaratildi. Tadqiqotning metodlari: - pedagogik
tajriba-sinov; - savol-javob, suhbat, so’rovnoma, kuzatish; - natijalarni
umumlashtirish. Tadqiqotning ilmiy-amaliy ahamiyati: Maxsus yordamga muhtoj
o’quvchilarni kasb-hunarga tayyorlashning ilmiynazariy jihatlari asoslandi, qiyosiy
tahlil asosida bunday o’quvchilarning psixologik xususiyatlari aniqlandi hamda
kasb-hunarga tayyorlashning ijtimoiypedagogik shart-sharoitlari belgilandi.
Tadqiqotning metodologik asosi: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti
I.A.Karimovning ta’lim-tarbiyaga oid asarlari, O`zbekiston Respublikasining
«Ta’lim to`g`risida»gi Qonuni «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», maxsus maktab
o’quvchilari ta’lim faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan me’yoriy hujjatlar
hamda mavzuga oid ilmiy psixologik va pedagogik, metodik manbalar. Ishning
tarkibiy tuzilishi: Ish kirish, 2 bob, 6 ta paragraf, tajriba-sinov natijalari, xulosa,
ilova va foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat.
7 I. BOB. AQLI ZAIF O’QUVCHILARNI KASB-HUNARGA MALAKASINI
SHAKLLANTIRISHNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI 1.1. Aqli zaif
bolalarni – aqliy ijtomoiy rivojlanishida mehnatning roli Imkoniyati cheklangan
shaxslar bo’lgan o’quvchilarni chuqurlashtirilgan ixtisosli, tabaqalashtirilgan
o’qitish, intellectual rivojlantirishni ta’minlash va ularning jismoniy kamol topishi
xususiyatlariga muvofiq tanlangan kasblar bo’yicha mutaxassislikni egallash soha
mutaxassislarining maqsadi hisoblanadi. Imkoniyatlari cheklangan shaxslar
mutaxassislik bo’yicha bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishi, ularning kasbiy-ta’lim
xizmatlariga bo’lgan ehtiyojlarini qondiridh uchun shart –sharoitlar yaratish
pedagog xodimlarning asosiy vazifasi. Shunday ekan davlat ta’lim standartlari
doirasida umumta’lim va kasb-hunat dasturlarini amalgam oshirishda
o’quvchilarning tanlangan kasbga muvofiq o’qishni ta’limning navbatdagi
bosqichlarida davom ettirish va mehnat faoliyati bilan shug’ullanish uchun zarur
va yetarlicha bo’lgan bilimlari va kasb tayyorgarligi darajasini chuqurlahtirish
talab etiladi. Ta’limning mazmuni, ta’lim jarayonini tashkil etish (o’qish muddati,
o’quv jarayoni jadval) Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan
kelishilgan holda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining O’rta maxsus ,
kasbhunar ta’limi markazi tomonidan tasdiqlangan davlat ta’lim standartlari
asosida ishlab chiqiladigan maxsus o’quv rejalari va dasturlari bilan belgilanadi.
Ta’lim jarayoni kasbiy va amaliy ko’nikmalar bilan birga o’quvchilar shaxsning
shakllanishiga, ularning ijtimoiy moslashuviga va jamiyatga uyg’unlashuvuga
ko’maklashadi. Imkoniyati cheklangan o’quvchilarni tanlagan kasblari bo’yicha
o’qish muddati o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limningining tegishli mutaxassisliklari
va kasblari bo’yicha imkoniyatlari cheklangan shaxslar o’qishi uchun zarur va
yetarli o’quv yuklamasining umumiy hajmi hisobga olingan holda belgilanadi.
Bunda tanlangan kasblarning soni va murakkabligi e’tiborga olinadi. 8
O’quvchilarni kollejga qabul qilish ularning o’qish yo’nalishlarini ixtiyoriy
tanlashi hisobga olingan holda umumiy o’rta ta’lim negizida amalgam oshiriladi.
O’qishga qabul qilishda imkoniyati cheklangan shaxslar uchun mutaxassisliklari va
kasblar ro’yxatiga muvofiq tibbiy tavsiyalar hisobga olinadi. Turli darajadagi aqli
zaif shaxslar uchun tavsiya etiladigan kasblar. Kasallik turi bo’yicha nogironlik:
Oligofreniya. Oligofreniya tashxisi qo’yilgan shaxslarga-yuqori harorat va
balandlikdagi ishlar, har qanday xavf-xatar bilan bog’liq ishlarda ishlash tavsiya
etilmaydi. Ruhiy rivojlanishida nuqsonlari bo’lgan bitiruvchilar uchun
mutaxassislik kodi, mutaxassislik va kasblar turi. Mexanik yig’ish ishlari. Mexanik
yig’ish ishlari mexanigi. Kesish asboblari charhlovchisi. Yog’ochga ishliv berish
va mebel’ ishlab chiqarish. Yog’ochga ishlov berish va mebel’ ishlab chiqarish
ustasi, mebellarni yig’uvchi, mebellarni qoplovchi-pardozlovchi. Matbaa ishlab
chiqarish jihozlari va texnologiyasi. Fal’slash, qotirma, tikuv qo’shma va kesish
agregatlari texnigi, broshyuralar-muqovalsh ishlab chiqarish operatori. Matbaa
mashinalari va jihozlarini ishlatish. Matbaa mashinalari mexanigi, ta’mirlovchi –
chilangar. Bosish jarayoni texnologiyasi. Ofset bosma bosuvchi, Yuqori bosma
bosuvchi. Terish texnoligiyasi va matn qoliplarini tayyorlash. Bosma qoliplar
tayyorlash texnologi, matbaada kom’yuterda terish operator-dizayneri. Tikuvchilik
ishlab chiqarish. Keng turdagi kiyimlar tikuvchisi. Poyafzal va charm galantereya
ishlab chiqarish. Poyafzal va charmgalantereya buyumlari tikuvchisi. Ortopedik
oyoq-kiyimlarini tikish va ta’mirlash poyafzalchisi. Qurilish ishlari. Umum
qurilish ishlari ustasi, Po’lat vat emir-beton konstruksiyalarini o’rtanish ustasi. 9
Qurilish –pardozlash ishlari. Qurilish-pardozlash ishlari ustasi. Qoplash,
koshinkorlik, mozaikalash va marmarlash ishlari ustasi. Duradgorlik va parket
ishlari. Duradgorlik ishlari ustasi. Parket ishlari ustasi. Bog’-park qurilishi. Bog’-
park qurilishini tashkil etuvchi. Ko’kalamzorlashtiruvchi. Gulchi, o’simliklarni
himoya qilish laboranti. Suv ta’miloti va kanalizasiya tizimlarini montaj qilish va
ta’mirlash. Suv ta’minoti va kanalizasiya tizimlarini montaj qilish va ta’mirlash
texnigi. Umumiy ovqatlanishni tashkil etish. Umumiy ovqatlanish texnologi.
Milliy taomlar oshpazi. Chet el taomlari oshpazi. Qandolatchi. Nonvoy.
Fotografiya. Retushyor. Foto-labarant. Bu masalalarda mintaqa xususiyatlarini,
milliy an’analarini va tarixiy tajribasini xisobga olish lozim bo’ladi. Shuningdek,
fan –texnika taraqqiyotining xozirgi talablari asosida yoshlarga mehnat tarbiyasi
berish va ularni turli kasblarni egallashga yo’naltirish shakl va metodlarni
takomillashning yangi yo’llarini qidirish lozim. Sharq mutafakkirlari ta’limotida
o’g’il va qizlarga ta’lim tarbiya berish, ularga kasb-hunar o’rgatish g’oyasi muhim
o’rin egallaydi, buni biz o’zbek xalq maqollaridan bilib olishimiz mumkin.
Maqollarda bilim va kasb korliklarning inson hayotidagi o’rniga yuksak baho
berib, farzandlarining barkamol bo’lib o’lg’ayishini orzu qilganliklarini
ko’rishimiz mumkin. O’quvchilarning kasb tanlashi o’qiga xos murakkab va qat’iy
ketma ketlikda jarayon bo’lib bu, jarayonga jiddiy yondashilsa ko’proq
anglashilmovchilikni keltirib chiqaradi. Bundan tashqari kasb tanlashda barcha
tanlovlardagi singari vaqt o’tib borishi bilan afzallikning o’zgarib borishi masalasi
turadi. Ya’ni avval afzal deb topilgan tanlov vaqt o’tishi va ijtimoiy
rivojlanishnatijasida o’zining qimmatini o’zgartirib boradi. Har bir insonning yoshi
ulg’ayishi sari uning qiziqishlari o’zgarib boradi, natijada kasbga nisbatan tanlov
ham vaqt o’tgan sari o’zgarishi mumkin. Xulosa qilib aytganda, ishlab chiqarish
xalq xo’jaligining barcha sohalarida mamlakatimiz rivojlanishini ta’minlovchi
yetuk kadrlarni tayyorlash har bir pedagogning oldida turgan dolzarb vazifadir. 10
Yordamchi maktablardagi mehnat nuqsonli bolalarni kelajakda ijtimoiy
moslashuvda mehnatning o’rni beqiyosdir. Maxsus maktablarda mehnat alohida
tashkil etilishi lozim. Chunki mehnat faoliyatida nuqsonli bolalardagi psixofizik
yetishm,ovchiliklar ko’proq tuzatiladi va bartaraf etiladi. Mehnat jarayonlari
yordamchi maktab bolalarini atroflicha rivojlantirish va hayotga, mehnatga
tayyorlashning asosidir. Bu maktablardagi mehnat tarbiyasining vazifalari
o’quvchilarni mehnat malakasi va ko’nikmalari bilan qurollantirish ijtimoiy
hayotda o`z o’rnini topishiga yordam beruvchi omil hisoblanadi nuqsonli bolalarni
tarbiyalshda ijtimoiy mehnat, mehnat darsini ahamiyati beqiyosdir. Ijtimoiy foydali
mehnatga o’z-o’ziga xizmat qilish, turli kechalarni tashkil etish va o’tkazish,
ko’rgazmalar, tanlovlar, maktabni obodonlashtirish ishlari, hosilni yig’ishtirib
olish, to’garak ishlari va boshqa qator mehnat turlari kiradi. Bu mehnat turlari
mazmunining turli –tumanligi nuqsonli bolalarning keng hajmda bilim
egallashlariga imkoniyat yaratadi. Maxsus maktablarda mehnat tarbiyasi ishlab
chiqarish mehnatlarida samarali natija beradi. Mehnat orqali bolalar turli fanlarga
nazariy bilimlar olish bilan birga, ularda shaxsiy sifatlar shakllanib borishi asosida
mehnat davolash vazifalarini ham o’taydi. Barcha mehnat jarayonidagi
hattiharakatlar oqibatida fiziologik jarayonlar yaxshilanib boradi, ruxiyatga ijobiy
ta’sir etadi. Ularning ijobiy hislatlari shakllanadi. Ularda irodaviy sifatlar namoyon
bo’la boshlaydi. Ular faoliyatiga tashkiliy ma’no beradi, asosiysi, mehnat tufayli
aqli zaif bolalar o’z kasalliklari oid fikrlardan chalg’iydilar. Mehnat orqali
bolalarni kelajakda jamiyat uchun xavfli inson bo’lib shakllanmasligi uchun
immunitet shakllanadi. Bolalar kelajakda ijtimoiy hayotda o’z o’rnini topa olishi,
o’z-o’zini boqa olishi, mehnat darslari, mehnat tarbiyasi orqali kasbga
yo’naltirishda amalgam oshiriladi. Bu bir omil hisoblanadi. Yordamchi
maktablarda o’quv qo’llanmalarini va maktab jihozlarini ta’mirlash, sinfda gul
o’stirish, “jonli burchak”da jonivorlarni parvarish qilish, chiqindi qog’oz va metal
to’plash, maktab yer maydonidagi ishlar, o’quvchilar va tarbiyalanuvchilar uchun
mehnat va to’garaklarda o’yinchoqlar yasash, sinfda, maktabda, oshxonada
navbatchilik qilish ishlari qilishi kiradi. 11 Ana shunday topshiriqlarni bajarish
asosida o’quvchilarda axloqiy tushunchalar mustahkamlanadi, ular jamoatchilik
faoliyatiga qiziqa boshlaydilar. Ular bunday mehnat natijasida odat, ihtiyoj
shakllanadi, maqsad sari intilish rivojlanib boradi. Berilgan barcha topshiriqlar
bolalarni xususiyatiga, nuqsoniga mos bo’lib ma’lum vaqt beriladi. Aqli zaif
bolalarni amalda ishlatib tarbiyalash muhim pedagogic korreksion masala
hisoblanadi. Bolalarni mehnatga tarbiyalash jarayonida: - bola mehnatga qanchalik
jalb etilsa, uning mehnat tarbiyasi shunchalik muvaffaqiyatli o’tadi. - Bolalarni
mehnati ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lishi kerak. - Charchoq, horish hissini
to’g’ridagigan sevimli mehnatgina bolalarga quvonch bag’ishlaydi. Jismoniy va
aqliy kuch talab etmaydigan yengil mehnat samara bermaydi. - Kattalat bolaning
mehnatini odob doirasida nazorat qilish, boladagi o’z kuch g’ayratiga ishonchini
qo’llab –quvvatlashi kerak. Agar yordamchi maktab o’quvchisi topshiriqni
bajarganidan keyin o’z muvaffaqiyatidan quvonsa, qilgan ishi bilan faxrlansa,
haqiqiy inson sifatida kamol topadi, baxtiyor bo’ladi. - Yordamchi maktab
o’quvchilarini mehnati dam olish bilan almashtirib borishi kerak. Mehnat turlarini
navbat bilan bajarilishi ham charchoqni bosadi. - Har qanday mehnat topshirig’I
foydali, imkon boricha natijali bo’ishi kerak. Bu natija jamoat uchun va o’zi uchun
qanchalik ahamiyatga ega bo’lsa, mehnatning tarbiyaviy ta’siri shuncha kuchli
bo’ladi. Sharq mutafakkirlari, pedagoglar xo’ja ko’rsinga qilinadigan yoki
bolaning vaqtini oladigan qatiy e’tiroz bildirganlar. - Unumli mehnatda bolaning
shaxsiy, moddiy manfaatdorligini rad etmasligi kerak. Tajribalarning
ko’rsatishicha faqat shaxsiy manfaatdorligi orqali bola to’la kuchi bilan ishlashi
o’rganishi, jamoaga singib ketishi va shu tarzda to’la qimmatli mehnatkash
darajasiga ko’tarlib, shu asosda burch 12 va sharafga binoan ishlash imkoniyatini
beradigan yuksak ong hosil qilish mumkin. - Mehnat faoliyatini tashkil qilish
ahloqiy tarbiya, intizom bilan bog’lanishi lizim. Zero insonning kundalik turmush
tarzi mehnat va faoliyati bilan bog’liqdir. Shi sababli mehnat butun moddiy va
ma’naviy boylklarning ijtimoiy taraqqiyoti mezodidir. Mehnat tarbiyasi shaxsni
har tomonlama shakllanish vositasi, uning shaxs sifatida ulg’ayishi omili hamdir.
Muntazam qilingan mehnat jarayonida bola o’z aqlini, irodasini hissiyotini
xarakterini rivojlantirishi mumkin. Pedagogika fanida yosh avlodni
shakllantirishda mehnat tarbiyasi juda katta rol o’ynashini rus pedagogi
D.K.Ushenskiy bunday deb yozgan edi; “Tarbiyaning o’zi agar u kishini baxtiyor
bo’lishini istar ekan, uni baxt uchun tarbiyalash kerak emas, balki turmush
mehnatiga tayyorlash lozim”. Mehnat tarbiyasi bolaning tevarak atrofdagi muxitni,
real buyumlarni anglab olishining mustahkam vositasi bo’lib, unga nazariy
bilimlarni qo’llash imkoniyatini yaratib beradi, uning ongini xissiy tasavvurlar
bilan boyitadi. Mehnatning ijtimoiy axloqiy ahamiyatiga e’tibor berishi, mehnat
o’quvchning yoshi, hayot tajribasi va imkoniyatlariga to’la mos bo’lishi, ularning
mehnat faoliyatlari ijodiy xarakatda bo’lishi, o’z vaqtida turli kasblar haqida
ma’lumotlar berib borilishi, mehnat ahllari bilan doimo suhbat va uchrashuvlar
tashkil qlish kabilar. Umuman olganda mehnat tarbiyasi ijtimoiy tarbiyaning
tarkibiy qismidir. Mehnat tarbiyasining bosh g’oyasi shaxsda mehnat faoliyatini
tashkil etish, ko’nikma va malakalarni hosil qilish, ijtimoiy mehnatni qadrlash,
mehnatsevarlik xislatini tarbiyalash sanaladi. Mehnat, mehnat qilishga ruhiy
tayyorgarlik zarur. Bunda; -Mehnatning inson faoliyatidagi ahamiyatini anglash -
Mehnatning maqsadi va vazifalarni anglash; -Mehnat faoliyatini tashkil etish
rag’batini qaror toptirish; -Mehnatga ongli munosabatda bo’lishlikni qaror
toptirish; -Mehnatni tashkil etish ko’nikma va malakalarini shakllantirish; -Mehnat
kishilik taraqqiyotidagi bosqichlardagi roli va o’rnini anglash; 13 -O’tmish
ajdodlarimizning ulug’lovchi qadriyatlarni anglash va shu kabilar; Mehnat
tarbiyasining vazifalari qo’yidagilardan iborat:
1. Mehnatning mohiyatini anglash orqali o’quvchilarga mehnatning shaxs kamoloti
va jamiyat taraqqiyotidagi rolini yoritib berish;
2. Inson mehnati hamda mehnat vahsuli bo’lgan voddiy va ma’naviy ne’matlarni
qadrlash, asrab avaylashga o’rgatish;
3. Mehnat qilishga rag’batni, shuningtdek, muxabbatni uyg’otish; - mehnat
faoliyatini jamoa asosida tashkil etish;
4. Muayyan kasb sirlarini o’zlashtirishga erishishdir. Zero, imkoniyati cheklangan,
rivojlanishida nuqsoni bor bolalar va o’smirlar orasida aqli zaif bolalar anchagina
miqdorni tashkil etadi.
Aqli zaif bolalar juda yoshligidan boshlab nafaqat tibbiy yordamga, balki tarbiya
va ta’limning mahsus sharoiti hamda usullariga muhtoj bo’ladilar. Ularning
jamiyat hayotiga moslashuvi darajasi ko’pchilik mutaxassislar, birinchi navbatda,
pedagog-defektologlarning kuch g’ayrat bilan ishlashlarini talab qiladi. Aqli zaif
bolalarda ta’lim va tarbiya jarayonida zaruriy axloqiy tushunchalar, madaniyat
xulqi malakasi shakllanadi, shaxs shakllanadi, rivojlanishdagi kamchlik
to’g’irlanadi va natijada ijtimoiy moslashuv uchun zamin yaratiladi. Biroq
o’tkazilgan tajribalar shuni ko’rsatadiki, aqli zaif bolalar uchun mahsus
bitiruvchilarning mehnat, maishiy va psixologik moslashuvi har doim ham
muvaffaqiyatli ketavermaydi. Ishni tez-tez almashtirish tendensiyasi, ish haqidan
qoniqmaslikning har doim ham asoslanmaganligi, jamoaning boshqa a’zolari bilan
aloqa o’rnatishda qiyinchiliklar tug’ilishi, korxonaning jamoatchilik va ma’daniy
hayotida ishtirok etishdan chetlashtirishlar seziladi. Ota-onasi bilan yashaydigan
bitiruvchilarda esa boqimandalik kayfiyati aks etadi. Ijtimoiy moslashuv shaxsni
turlicha ijtimoiy muhitning strukturaviy elimentlariga faol kirishishiga imkon
beruvchi ya’ni jamoaning jamiyatchilik hayoti va faoliyatida baholi qudrat ishtirok
etuvchi, jamiyatning ijtimoiy va maishiy hayitiga qatnashuvchi, yotoqxonaning
miyorlari va qoidalariga muvofiq o’z hayotini qura oluvchi sosializasiyaning
mexanizmlaridan birinchi o’zida aks ettiradi. Ijtimoiy moslashuv – bu shaxs va
jamiyat o’zaro ta’sir ko’rsatuvchi 14 uzluksiz jarayon. Aqli zaif bolalar o’z
xususiyatlariga ko’ra mustaqil ravishda ma’lumot va bilim ololmaydilar. Bunda
ularni o’rab turgan olam, katta yoshdagilar va tengdoshlari bilan muloqatning
kamligi ham qisman rol o’ynaydi. Shunga bog’liq holda maktabda amalga
oshiriladigan maqsadga yo’naltirilgan tarbiyaning o’rni alohida ahamiyatga ega.
Bu hammadan oldin o’quvchilar uchun yagona ko’p omilli ta’sir tizimi bo’lishi
kerak. Uni ijtimoiy maishiy mo’ljal bo’yicha, mehnat ta’limi, umumta’lim
predmetlari va darsda hamda darsdan tashqari vaqtdagi tarbiyaviy ish tashkil etadi.
- Ijtimoiy –maishiy bilim va ma’lumotlarini to’plash sekin-astalik bilan, muntazam
ravishda doimiy ketishi kerak. Ijtimoiy –maishiy mo’ljalning amaliy
yo’naltirilganligi, uning mazmuni va shaklini takomillashtirishda o’quvchilarning
shxsiy va umumiy xususiyatlarini hisobga olish majburiy shart bo’lib hisoblanadi.
Mehnat faoliyatining har qanday turida bo’lgani kabi maishiy mehnat ham oldinda
turgan ishni tahlil qlishni uddalashni, o’z-o’zini nazoratni amalga oshirishni talab
qiladi. O’qituvchi maktab o’quvchilarini umummehnatga o’rgatarkan ularda
nafaqat ro’zg’or mehnatida mustaqillikni shakllantiradi, balki mehsus maktabning
muhim masalalaridan bo’lmish aqliy faoliyat etishmovchiligini korreksiyalaydi. 15
1.2. Aqli zaif bolalarni ongli kasb tanlashda maktab va oilaviy muhitning ijtimoiy
–psixologik ta’siri Ishonchli manbalardagi ma’lumotlarga ko’ra “Avesto”ga
bizning vatanimizda asos solingan. Bu dalil ta’lim-tarbniya faoliyatimiz va
aqidalarimiz qadimiyligidan dalolat beradi. Bolalar yoshligida har bir kasbga
qiziquvchan bo’lishadi, lekin ularning ma’lum bir kasbga layoqatdan aniqlashdan
ko’zlangan maqsad, bolalarga ularning qiziqish va qobiliyatlariga muvofiq mehnat
faoliyatining turiga doir bilim va ko’nikmalarini, malakalarini tarkib toptirishdir.
Ularga kasbga yo’naltirishning asosiy yo’nalishlari esa kasbiy ma’lumot berish,
kasbiy tarbiya, kasb diagnostikasi haqida kasbiy maslahatlarni faol yo’sunda olib
borishdan iborat. Bolaga kasbiy ma’lumot berish dastlab oilada amalgam oshirilsa
samarasi yaxshi bo’ladi. Ular kasbga doir bilimlarni keyinchalik maktabda,
to’garak va klublarda kengaytiradi va chuqurlashtiriladi. Mehnatning
korreksiyalovchi va rivojlantiruvchi vazifasi aqli zaif o’quvchilarning
psixofiziologik rivojlanishidagi kamchiliklarni tuzatishda, ularda ijtimoiy mehnat
va maishiy ko’nikma hosil qilish uchun zarur bo’lgan shaxsiy sifatlarni
tarbiyalashda ifodalanadi. 1-3 sinflardagi qo’l mehnati aqli zaif bolalarga kasb-
mehnat ta’limi berishning proektiv (kirish) bug’ini hisoblanadi. Qo’l mehnati
darslarida kasb –mehnat tayyorgarligini bog’liqligini yordamchi maktab
o’quvchilarida mehnat ta’limiga hozirlikni shakllantirishdan iborat. Yordamchi
maktab o’quvchilari dastlabki mehnat ko’nikmalarini hosil qiladilar. O’zlariga
qulay bo’lgan turli materiallar bilan ishlash usullarini o’zlashtiradilar, ularning
xususiyatlari, asboblar bilan ishlash usullarini o’zlashtiradilar, ularning
xususiyatlari,asboblar bilan tanishadilar. Buyumlar tayyorlashda ulardan
foydalanish mahoratini egallaydilar. To’g’ri ish holatini o’zgalarning ishga bo’lgan
g’ayratlarini boshqaradilar. Oligofrenopedagog qo’l mehnati darslarida doimo
o’quvchilarga turli shakllagi mehnatga qiziqishni singdirib borishi lozim.
Ta’limning yakunlovchi bosqichida muayyan ixtisosliklarga qiziqish uyg’otish
ishlarini kuchaytirish va o’quvchilarni kasbga yo’naltirish ishlarini boshlash
mumkin. 16 Keyincha o’quvchilar maktabda o’rganishi lozim bo’lgan barcha
kasblarning muhimligi, zarurligini qulay va qiziqarli shaklda ochib berishi zarur.
Ana shu maqsadda maktab ustaxonalariga, korxonalarga ishlab chiqarish
ekskursiyalari uyushtirish tavsiya etiladi. O’quvchilar bu yerda ommaviy ishlab
chiqarish ishlari, o’z ota-onalarining mehnati bilan dastlabki tarzda tanishadilar.
Ota-onalar bolalarga ta’lim berishning muvaffaqiyati o’quvchilarning o’zlariga
taklif etiladigan mehnat topshiriqlarini o’zlashtirishga, olingan bilimlar asosida
mashqlar bajarishga qanchalik tayyorgarligi bog’liq bo’ladi. Bunday bolalar o’z
psixologik rivojlanishlari xususiyati tufayli barcha ish bosqichlarini zarur darajada
chuqur o’zlashtirmasligi mumkin. Yordamchi maktabning o’ziga xos xususiyati
ta’limning kirish yo’nalishi yaqqol ifodalanishi bilan ajralib turadi, bunda har bir
yangi bosqichdan oldin tayyorgarlik darajasi amalgam oshiriladi. Masalan, aqli zaif
bolalar buyumning tayyorlashning butun jarayonini esda saqlab qololmasligi
mumkin. Shu sababli ish tushuntirib beriladi, ayrim usullar operasiyalar bo’yicha
namoyish qilinadi. Bundan maqsad bola butun ish jarayonini yaxlit va har bir
detalni alohida tasavvur qila olsin. Tuzatish va yo’naltirish vazifasini hal qilishda
o’qituvchi yetakchi rol o’ynaydi. O’quv –tarbiya jarayoni metodik jihatdan to’g’ri
yo’lga qo’yilgan taqdirdagina aqli zaif o’quvchila rning psixofiziologik
rivojlanishdagi kamchiliklarini muvaffaqiyatli tuzatish mumkin. Defektolog
o’qituvchi o’z fanini o’z o’quvchilarini yaxshi bilishi, o’quv materialini, ta’lim
metodlarini, ko’rgazmali qurollarini, bolalarning har tomonlama rivojlanishiga
yordam beradigan didaktik materialni sinchiklab tanlashi lozim. O’qituvchi
o’quvchiga o’z shaxi bilan ham ta’sir ko’rsatadi. Tarbiyalanuvchilarga hurmat
bilan o’yg’unlashtirib borishga talabchanlik, pedagoglik nazokati aqli zaif
bolalarga ta’lim va tarbiya berishga alohida ta’sirchanlik bag’ishlaydi. Shunday
qilib, qul mehnati darslari orqali o’quvchilarni har tomonlama rivojlanishiga va
ularni kasb-mehnat ta’limiga tayyorlashga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Ishonchli
manbalarga ko’ra “Avesto” bizning Vatanimiz xududida asos solingan. Bu dalil
ta’lim-tarbiya faoliyatimiz va aqidalarimizning nihoyatda qadimiyligiga kafolat
beradi. 17 Shuningdek, musulmon dunyosining muqaddas kitobi Qur’oni Karimda
ham Muxammad alauhissalom Hadislarida ham din va tasavvuf asoschilari
davomchilari o’git va asarlarida ham, xullas, mumtoz fan va madaniyat
arboblarining ma’daniy-ma’rifiy meroslarida ham ta’lim-tarbiya, xususan bolalarga
kasb –kor o’rgatish masalasi birinchi o’ringa qo’yiladi. Har bir oilada ota-ona
sevimli farzandlari tarbiyasi bilan mashg’ul ekan, ulardan albatta ertaga sog’lom
komil inson, yaxshi kasb-kor egalari chiqishini hohlaydilar. Chunki bolaning
bilimli, ilmli, o’quvchi yaxshi kasb egasi bo’lishidan avalo oila manfaatdor,
qolaversa solih farzand tarbiyalab borish ota-onaning burchidir. Shunday ekan bola
ulg’ayib borishi bilan biror kasb-hunarga yo’nalish berishda bosh-qosh bo’lish,
maslahatlar berib borish, fikrini bildirish, mazkur yo’nalish bo’yicha shartsharoit
va imkoniyatlar yaratib berish ota-ona tarbiyasining bir qismi hisoblanadi.
Dunyoda minglab kasblar bor. Mana shu rang-barang kasblar olamida bola qanday
qilib muljal olish kerak? Hayot yo’lining mehnat faoliyatining to’g’ri boshlash
uchun qaysi kasbni tanlagn maqul? Bolaning ichki dunyosida shu kabi savollar
g’ujg’on o’ynar ekan, shu asnoda albatta, birinchi yordam sevimli oilasidan,
otaonasidan bo’lmog’I lozim. Ota-ona esa o’z navbatida esa albatta bolaning
qiziqishlari, Mayllari va qobiliyatlariga tayangn holda ish ko’rishlari muhim
ahamiyatga ega. Xush bular nima? U bolada qanday aks etadi? Qiziqish – bu
odamning muayyan mehnat sohasidagi ijobiy munosabatlarda bo’lib, uning
bilimga va faoliyat ko’rsatishga bo’lgan intilishdir. Qiziqishlarning mazmuni va
ko’lami bolaning bilim darajasini hamda muayyan narsaga qiziquvchanligini aks
ettiradi. Bunday qiziqishlar ko’pincha o’sib ulg’aya borib, maylga, bolaning
muayyan faoliyat bilan shug’ullanishga bo’lgan intilishida hamda mazkur faoliyat
turiga munosib keladigan mahorat va malakalarni takomillashtirib doimiy ravishda
o’z bilimini oshirib borishi uchun intilishga aylanadi. Qobiliyat esa odamning biror
faoliyati sohasida muvaffaqiyat qozonishga yordam beradigan indibudual
psixologik xususiyatdir. Demak, ota-ona shularning barchasini hisobga olgan holda
bu masalaga to’g’ri yondoshishi kerak bo’ladi, chunki boshlang’ich tarbiyani bola
oiladan oladi. 18 Menimcha bolaga juda erta vaqtlardanoq turli kasb –hunarlar
haqida baholi qudrat ma’lumot va tushunchalar berib boorish joiz. Sababiki ular
o’zlarini qiziqtirgan kasb sirlariga, ularning yaxshi tomonlariga barvaqt e’tibor
bilan qaraydigan bo’lishadi. Bundan tashqari bolaga kasblarning yomon
bo’lmasligini albatta o’qtirish lozim (aksincha ma’lum kasb egalarining hulq-
atvori, xarakterlari, turlicha bo’lishi mumkin). Bolani kasb-hunarga yo’llashga
dastavval o’yinlar va o’yinchoqlar vositasida kechadi. Shu asosda bolada kasb-
hunarga bo’lgan mehr shakllanib boradi. Shu barobarida bolani mehnatga ham
o’rgatib boorish muhim ahmiyat kasb etadi. Bog’cha davrida ota-onaga bog’cha
tarbiyachilari hamkorlik qilishsa, o’qish davrida esa bunga muallimlar,
tarbiyachilar va tugarak rahbarlari qo’yiladi. Har jihatdan bolani nazorat qilib esa
alohida ahamiyatga ega. Ma’lumki, o’qishni yaxshi o’zlashtirgan bola o’zini
qiziqtirgan kasb-hunarga ham tez ko’nikib ketadi. Yana shuni alohida ta’kidlash
joizki, oilada ota-ona (yoki bobobuvi)lar bolaning kelajagini oldindan belgilab
qo’yishi mutloqo noto’g’ri hisoblanadi. Bolalar yoshligida ham kasbga
qiziquvchan bo’lishadi. Lekin uning ma’lum bir kasbga layoqatini aniqlashdan
ko’zlangan maqsad, bolalarda ularning qiziqishi va qobiliyatlariga muvofiq mehnat
faoliyatini turiga qarab bilim, kunikma va malakalarini tarkib toptirishdir. Ularning
kasbga yo’naltirishning asosiy yo’nalishlari esa kasbiy ma’lumot berish, kasbiy
maslahatlarni faol yo’sinda olib borishdan iborat. Bolaga kasbiy ma’lumot berish
dastlab ailada amalgam oshirilsa samarasi yaxshi bo’ladi. Ular kasbga doir
bilimlarni kiyinchalik bog’cha maktabda tugarak va klublarda oladilar. U yerda o’z
bilimlarini amalda sinab ko’radi. Ota-onaning bola bilan kasb haqidagi suhbatlari
bolada kasbiy burch, kasb sha’ni, kasb ma’suliyati va kasb etikasi singari
fazilatlarni shkllantirish imkonini beradi. Bolaning kasbiy maqsadlari aniqlangach,
ular erishayotgan yutuqlarni muntazam nazorat qilib, ularning o’zini o’zi
tarbiyalashni rag’batlantiriladi va o’z maqsadlariga erishishlarida o’z vaqtida
yordam beriladi. Keyinchalik ular tugarak, klublardagi mashg’ulotlari jarayonida
bu kasbga kunikib qoladilar. 19 Binobarin “Kasbga yo’naltirish bo’yicha” oiladagi
tarbiyaning o’ziga xos xususiyatlari, maqsadi, vazifalari va uning beqiyos
ahamiyati mavjud. Kasb tanlashning tegishli motivlari shakllanishiga tarbiya
vositalari (adabiyot, san’at, matbuot, kino, radio, televideniy, kutubxona, klub va
hakozalar) ta’siri samaradorligini oshirish yanada yaxshi natija beradi. Shu asnoda
sevimli farzandlari uchun ota-ona yaratib berishi kerak bo’lgan oddiy shart-
sharoitlarni bir nechta kasblar misolida ko’rib chiqishimiz mumkin. Yog’och
ustachiligiga qiziqayotgan bolani avval keraksiz, mayda –chuyda taxta
bo’laklaridan qanday foydalanishi kuzatilsa yaxshi bo’ladi. Keyinchalik
qo’shimcha yaroqli taxta materiallar, chizish va rejalash asboblari, so’ngra mix,
bolg’acha, arra, bolta, randa kabi asboblardan foydalanishiga ruxsat etilsa malakasi
oshgan sari zaruriy jiddiy asboblar va materiallar bilan ta’min etib boorish
mqsadga muvofiq bo’ladi. Duradgorlik to’garagida esa bu ishlari yana davom
ettiriladi va nazorat qilib hamda rag’batlantirib boriladi. Shu bilan birga bola kasb-
hunarning murakkab va salbiy tomonlaridan avvaldan xabardor bo’lishi shart,
chunki borib bir kuni kutilmagan shu arzimas jihati uchun kasbidan ko’ngli sovib
ketishi ham ehtimoldan holi emas. Har bir kasb –kor yo’nalishida va unga
o’rinishda oddiydan boshlab murakkab sari harakatda bo’linadi. Kasbga
yo’naltirish ishlarida kasb tanlashning nazariy va amaliy vazifalarini bajaradigan
ruhshunos, pedagog va shifokor mutaxassislar bilan maslahatlashish yaxshi foyda
beradi. Chunki ba’zi bir kasb turlariga sog’lig’I to’g’ri kelmasligi ehtimoli bo’lishi
mumkin, yoki boshqabir kasbga jur’at va irodasi yetishmayotganini aniqlash,
mumkin bo’ladi. Kasbiy maslahatlarda bola voyaga yetgan o’qish uchun boradigan
o’quv yurtlari va korxonalar haqida ma’lumotlarni berish, kasbning ahamiyati,
ishlab chiqarish tizimidagi o’rni, kasb bo’yicha mehnatning mazmuni haqida
hikoya qilish foydali bo’ladi. Suhbat vaqtida mazkur kasb egalarining ish
sharoitlari, mehnat faoliyatining ijobiy va salbiy jihatlari, ish kuni, ta’til, ish haqi,
imtiyozlar haqida va ayniqsa malaka oshirish imkoniyatilari alohida ta’kidlanadi.
20 Farzandlarimizni kasb tanlashidan bir necha mativlar: Birinchi guruhga –
farzandlarining kasb tanlashiga faol ta’sir etuvchi oilalar (59,5 %) kiradi. Bu
guruhdagi ota-onalar farzandlarining I n d I v I d u a l - p s I x ol o g I I k
xususiyatlari – xarakteri, qobiliyati, qiziqishi va sog’ligiga qarab, bolalariga aniq
maslahatlar berishadi, har bir kasbning o’ziga xos tomonlari, talablari, mamlakat
taraqqiyotidagi ahamiyati haqida so’zlab beradilar. Bunday oilalarda bolalarning
kasb tanlashi va rivojlanishi uchun barcha sharoit etarli. Ota-onalar o’z
farzandlarida hali bolalik davridan boshlaboq mehnat ko’nikmalarini hosil qiladi,
mehnat qilishga o’rgatadi. Darhaqiqat, ota-ona to’g’ri tarbiya mehnat tarbiyasidan
boshlanishini doimo yodda tutib, bolalarni kuchi yetadigan ish bilan band
qilishlari, bu borada o’zlari ibrat namuna bo’lishlari lozim. Ota-ona uy ishlarida
kuchi etadigan ish bilan o’z bilganicha qarasha boshlagan bolalarning yordamini
ma’qullashi va maqtashi zarur. Bola ham ko’pgina hatti –harakatlarini qilingan
mehnat bilan o'lchaydi, uni qadrlaydi. Bu esa ular qalbida e’tiqod va ishonch
to’yg’ularini o’yg’otadi. Ota-ona nafaqat bolalarning kiyinishi, kundalik turmushi
haqida, balki ularning kelajagi, ma’naviy shakllanishi, iqtidoriga mos kasb
tanlashi, hayotga, faoliyatga tayyorlash haqida ham o’ylaydilar. Ikkinchi guruhga
mansub oilalar (25%) farzandlarining kasb tanlashga e’tiborsiz qarashadi, ularga
amaliy yordam berishmaydi va qo’yidagicha hukm chiqaradilar: “Qaysi kasb
yaxshi bo’lsa, ushal kasbni tanla” va ularning hayot kasb haqidagi tasavvurlari ham
yetarli bo’lmaganligi tufayli o’z qobiliyatiga mos kasb topguncha ancha yillar o’tib
ketadi. Uchunchi guruhdagi (15,5%) ota-onalarni – avtoritar ota-onalar deb atash
mumkin. Bu guruhdagi ota-onalar farzandlarining hayotiy rejalariga aralashadi.
Bunda bolalarning qiziqishi, imkoniyatga olinmaydi. Barcha rejalar ota-onalar
tomonidan tuziladi va hal etiladi. Ota-ona tomonidan qo’llaniladigan ushbu
tarbiyaviy usul natijada hayotdan, tanlagan kasbidan, o’z faoliyatidan qoniqmaslik
xissini keltirib chiqaradi. 21 Boladagi biron bir narsaga bo’lgan havasni bo’g’ib
qo’yish, bola qiziqqan narsa bilan shug’ullanishni man qilish ularga nisbatan
bo’lgan adolatsizlikning bir ko’rinishidir. Bu yo’l bilan bola tarbiyasining yoki
ularning o’qishga, kasbga bo’lgan qiziqishini o’zgartirib bo’lmaydi. O’sib
kelayotgan yosh avlodni kasbga yo’llash – ko’p qirrali, ko’p yo’nalishli
muammodir. Ota-onalarning shaxsiy ibrati, kasblar haqida yetarli bilim va tajriba
egaligi, kasbiy tarbiyaning mohiyatini tushunishi, oila pedagogikasidan
xabardorligi, ularning ma’naviy saviyasi, bilimi, ma’daniyati, ijtimoiy faolligi –
kasb tanlash ishlarining muvaffaqiyatli bo’lishi garovidir. Shuni alohida ta’kidlash
joizki, kasb tanlash ishining muvaffaqiyatli bo’lishida oilaning o’rni beqiyosdir.
Chunki, birinchidan, ota –ona katta hayotiy tajribaga,ikkinchidan, ular o’z
bolalarining psixofizlologik xususiyatlarini boshqalarga qaraganda yaxshi biladi.,
uchunchidan faqatgina oilada mehnat tarbiyasining asosi shakllanadi. 22 1.3.
Yordamchi maktab o’quvchilarini kasb-hunarni egallashning o’ziga xos
xususiyatlari Yordamchi maktabda o’quvchilarni kasbga yo’naltirishga o’quv
dasturining asosiy tarkibiy qismidir. Ma’lumki, agar kasb to’g’ri tanlansa inson
uchun mehnat quvonchi, ijodiy ilhom manbaiga aylanadi, bu esa inson uchun ham
jamiyat uchun ham foydalidir. Jamiyatning intelektual, ma’naviy imkoniyatlari
rivojlanishida hozirgi sharoitda mamlakatning barcha bulg’usi mutahasislarini
tayyorlab beruvchi maktab oldida muhim vazifalar turadi. Yordamchi
maktablarning umumiy vazifasi o’quvchilarni mustaqil hayotga va ishlab chiqarish
korxonalarida mustaqil mehnat qilishga tayyorlashdir. Aqliy zaif o’quvchilarni
ijtimoiy reabilitasiya masalasini hal qilishda kasb –hunarga yo’naltirish muhim
o’rin egallaydi. Jahon pedagogik hamjamiyatidagi ishlab chiqarish va
o’quvchilarni kasbga yo’naltirishni o’rta umumta’limni yaxshilashning muhim
omili sifatida tan oldi. Ta’lim masalalari bo’yicha Yuniskoning halqaro
Konferensiyasining tavsiyalarida asosiy sohalarida qo’llaniladigan asosiy ilmiy
qoidalarni tushunishga yordam berishi o’quvchilarni jismonan va aqliy
qobiliyatlarini hamohang kamol toptirishga xizmat qilishi, ishlar sharoitida stanok
va boshqa jihozlar bilan ishlash, ko’nikmalar, malakalarini egallashda yordam
berishini ta’kidlab o’tganlar. Yoshlarni kasbga yo’naltirishda o’quvchilarning
alohida qobiliyatlari va mehnat resurslarini jamiyat manfaatlariga mos tarzda
taqsimlanishini hisobga olish lozim. Kasbga yo’naltirish har bir shahsning alohida
fzilatlari mamlakat halq xo’jaligining iqtisodiy manfaatlaridan kelib chiqib, mehnat
bozorining to’laqonli hisobga olib yorqin v mustaqil kasb tanlashga tayyorlashga
asoslangan tizimidir. Ishchi kasblarni o’rganishning imkoniyatlari mavjud,
jumladan, Respublikada ishchi –kadrlar tayyorlashga jiddiy e’tibor berilmoqda.
Kasb hunar kollejlarida yoshlar turli kasblarni o’rganishmoqda. O’quvchilarni
yordamchi maktabda aniq ixtisos bo’yicha kasbiy tayyorgarlik berish lozim.
Maktab tizimida tugaraklar muxim o’rin tutadi. 23 Fan tugaraklari, elektrotexnika,
radiotexnika traktor, tillachilik, o’simlikshunoslik, duradgorchilik, kosibchilik,
tikuvchilik, bog’bonlik to’garaklarida bolalar bilimlarini kengaytirish bilan barcha
kasb tanlashga amaliy tayyorgarlik ko’riladi. O’quvchilarni kasbga yo’naltirishda
ularning maktabdagi ko’zda tutilgan unumli mehnati va ijtimoiy foydali ishlaridan
ham foydalanish zarur. Masalan, o’quvchilarni qishloq xo’jaligi ishlarida jalb
qilish ko’rgazmali qurollar yasash, shanbalik obodonlashtirish ishlari shular
jumlasidandir. Kasbga yo’naltirishda maktab jamoasining barcha a’zolari ishtirok
etadi. O’quvchilarni kasbga yo’naltirishda maqsad, maktabda kasbga yo’naltirish
kengashi tuziladi. Kengashning asosiy vazifasi pedagogic jamoada va ommaviy
korxonalarda o’quvchilarning kasbga yo’naltirish ishini tubdan yaxshilash uchun
birlashtirish va yo’llashdan iborat. Maktab kasbga yo’naltirish kengashi har bir
o’quv yili uchun maktabdi direktori buyrug’I bilan tasdiqlanadi. Kengash ishiga
qo’yidagi pedagogik talablar qo’yiladi; -kasbga yo’naltirish ishlarini
rivojlannishidagi turli kasb egalari ilg’orlari bilan uchrashuvlar o’tkazish; -
maktabda kasbga yo’naltirish o’quv metodlari kabinti ashkil etish, uni jihozlash,
rivojlanishini tasdiqlash; -ota-onalar bilan aloqa o’rnatish; -o’quvchilar uchun
kasbga yo’naltirish bo’yicha konsultatsiyalar uyushtiriladi; kasbga yo’naltirishda
ma’ruza va suhbatlarda kasb mazmuni istiqboli, ishning tahkil etish shakllari va
metodlari, mehnat qurollari, imkoniyatlari, moddiy ahvolini o’rganish yo’llari
haqida fikr yuritish lozim. -o’quvchilar diqqatini kasb tanlash masalalarida jalb
etish va ularga kasblar haqida tushuncha berish uchun maktablarda kasbga
yo’naltirish kabinet burchaklari tashkil etiladi. Tajribalar hamda ilmiy
izlanishlarning ko’rsatishicha yordamchi maktab o’quvchilari mehnat faoliyatining
turli jabhalarida muvoffaqiyatli ishtirok etish mumkin. 24 Jamoa bo’ib mehnat
qilish asosida o’quvchilar aqliy, estetik jismoniy rivojlanib, ularni dunyo
qarashlari, axloqiy sifatlari, harakteri shakllanib boradi. Aqli zaif bolalarni mehnat
tarbiyasisiz korreksion rivojlanishini tasavvur etish mumkin emas. Yordamchi
maktablarda mehnat tarbiyasini amalgam oshirishda mehnat haqida suhbatlar,
ayrim mehnat jamoalari haqida hikoya qilib berish, mashhur, ilg’or kishilar
to’g’risida ma’lumot berish, qishloq mehnatkashlari haqida savoljavoblar tashkil
etish yaxshi natijalar beradi. Turli mavzularda qiziqarli suhbatlarda o’tkazish, aqli
zaif bolalardagi qator salbiy sifatlarni to’g’rilanishiga olib keladi. “Barcha kasblar
kerak”, “Bizning rejalarimiz –bizning sevgan ishimiz”, “Barcha mehnat faxrlidir”,
“Usimliklarni asrang”, “Nonni tayyorlash jarayoni” va boshqa mavzular bolalar
tomonidan sevib o’rganiladi. Dars jarayonida va to’garaklarda o’yla, izla top,
kasbiy daqiqa o’tkazish kabi mashg’ulotlar o’tkaziladi. O’yla, izla, top
mashg’ulotlarida bolalar aylana bo’lib o’tiradilar. O’qituvchi turli topishmoqlarni
aytadi: o’quvchilar topishmoq javobiga qo’shib kasb nomini ham aytadi. O’yin
oxirida g’olib aniqlanib, rag’batlantiriladi. Bu o’yin o’quvchilarni zehnini
o’tkirlaydi, nutqini kasbiy tasavvurini rivojlantiradi. 1.Kulga o’xshar, mayindir,
qotirmog’I tayindir (sement, quruvchi). 2.Ortida tishi, yer haydash ishi (traktor,
haydovchi) shular jumlasidandir. Har bir o’yinda avvalo qo’l va meya ishlatiladi,
o’yin bolalarga shodlik bag’sh etiladi. Ko’plab taniqli pedagoglar o’yinni
mehnatga, mustaqil hayotga tayyorgarlik deb hisoblaydilar. A.S.Makarenkoning
aytishicha, bola o’yinda o’yinda qanday tarzda o’zini tutsa, hayotda o’sib katta
bo’lgandan keyin, ishda ham o’zini shunday tutadi. Boshlang’ich sinf
o’quvchilarini asosiy faoliyati o’yin bilan bog’liq. Demak, ularning har bir
o’yinlarda o’zlari his etmagan holda mehnat elementlari tarkib topgan bo’ladi. 25
“Ishlab chiqarish korxonalariga sayohat uyushtirish orqali maktab mehnat
ustaxonalaridagi, mehnatga boshqa munosabatda bo’ladilar” –deb ta’kidlaydi
Ya.Ya.Karvales. Demak sayohat faqat tomoshja uchun o’tkazilmaydi, balki
ijtimoiy ongni shakllantirishga xizmat qiladi. Buning uchun maxsus tayyorgarlik
ishlari turli korxonalarga, jamoa xo’jaliklariga ikskursiyalar uyushtirish asosida
aqli zaif o’quvchilarda o’ziga xos ishonch hosil qiladi. Hayotda asosiy narsa vijdon
mehnat qilish kerak, degan fikr paydo bo’ladi. Mehnatdagi yutuqlar uchun berilgan
turli mukofotlar tanqidiy sur’at ko’rish yordamchi maktab internatlari
o’quvchilarini qanday yashash, ishlash kerakligi haqida o’ylay boshlaydilar. Har
bir sayohat oxirida suhbat uyushtiriladi. Yordamchi maktablarda bolalar vaqtini
shunday tashkil qilish kerakki, ularni miyasi fikrlashsiz, qo’li ishsiz qolmasin, aks
holda qator noxush holatlar kungil voqeyalar xuddi shi bekorchi vaqtda yuz berishi
mumkin.
26 II. BOB. YORDAMCHI MAKTAB O’QUVCHILARINI KASBHUNARGA
YO’NALTIRISHNING TA’LIMIY NAZARIYASI 2.1. Yordamchi maktab
“mehnat ta’limi dasturi”ni mazmuni va vazifalari Yordamchi maktab
o’quvchilarini kasb –hunarga yo’naltirish maktabning asosiy va bosh vazifasi.
Chunki ular ertangi hayotida jamiyatda o’z o’rnini topishlari uchun bu zarur vosita
hisoblanadi. Yoshlarni kasbga yo’naltirishda o’quvchilarning alohida qobiliyatlari
va mehnat resurslarini jamiyat manfaatlariga mos tarzda taqsimlanishini hisobga
olish lozim. Kasbga yo’naltirish tizimi – individga kasblarni va uning shaxsiy
sifatlarini o’rganishga yordam beruvchi maqsadlar mohiyat hamda qoidalar
uslublar va vositalar birligidir. Kasbga yo’naltirish barcha o’quv tarbiya ishlari
bilan uyg’un tarzda olib boriladi. O’quvchi yetarli darajada umumiy tayyorgarlikka
ega bo’lgan taqdirdaginaongli ravishda kasb tanlash imkoniyatiga ega bo’ladi.
O’quvchilarni biror kasbga maqsadli yo’naltirishdan avval uning shaxsini
o’rganish lozim. Buning uchun uni ko’zatish (bevosita, bilvosita) o’quvchining
maktabdagi, jamoat joylaridagi oila va mehnatdagi amaliy harakatlarini tahlil qilib,
so’rovnoma o’tkazish, suhbat, test, interval olish mumkin. Kasb-hunarga
yo’naltirishd turli kasblar, ularga qo’yiladigan talablar, bu kasbni qayerda
egallashlari mumkinligi to’g’risida o’quvchilarga ma’lumot berish katta
ahamiyatga ega. Bu esa o’quvchilarni aniq kasbni tanlashga ongli munosabatda
bo’lishga tayyorlaydi. O’quvchilar kasblar to’g’risida ma’lumotlar, bilimlar faqat
maktabda emas balki ommaviy axborot vositalaridan, tanishlari, qarindoshlaridan
oladilar. Yoshlarni kelajakdagi hayot yo’llarini to’g’ri belgilab olishlari uchun o’z
iqtidoriga muvofiq holda ko’ngillariga yoqqan jamiyatga zarur va foydali kasbni
tanlashlari zarurdir. Talim berishda o’quvchilarga mehnat inson hayotining asosiy
va birinchi sharti, mehnatkash esa jamiyatning bosh ishlab chiqaruvchi kuchi deb
tushuntiriladi. 27 Mehnat jismoniy va aqliy kuch sarflanadigan xarakatgina emas,
balki avvalo odamning biror maqsadga qaratilgan ijtimoiy foydali faoliyati hamdir.
Hozirgi jamiyatda mehnat tarbiyasi bolalar, o’smirlar va yoshlarni mustaqil mehnat
faoliyatigata’lim bilan bog’langan holda tarbiyalash jarayonidir. O’quvchilar
mehnat tarbiyasi natijasida jamiyat foydasi uchun zarurligini yanada chuqurroq
anglab yetishi mehnat qilish ehtiyojini sezishlari lozim. Mehnat jarayonida
o’quvchilarni jamiyatchilik, ongli intizom, mehnat sevarlik, tejamkorlik, ijtimoiy
mulkka xo’jayinlarcha munosabatda bo’lish ruhida tarbiyalash uchun qulay
shartsharoitlar ham vujudga keladi. O’quvchilarning mehnatga bo’lgan
munosabatlari maktabda mehnat ta’limi darslarida o’tkazladigan amaliy darslarda
singdirib boriladi. Mehnat ta’limi darslarida amaliy ishlarga ko’proq vaqt ajratish
zarur. O’quvchi qizlar bilan olib boriladigan amaliy ishlarda o’quvchilar
pazandachilik, gazlamalarga ishlov berish, tikuv mashinasidan foydalanish, uy-
ro’zg’or tutimini, kiyimlarni ta’mirlash kabi bilim va malakalarga ega bo’ladilar.
Pazandachilik bo’yicha o’tkaziladigan amaliy darslarda har xil sabzavot va
mevalarga birinchi ishlov berish, ulardan har xil taomlar, salatlar tayyorlashni,
ularni did bilan dasturxonga tortish pazandachilik sir-asrorlaridan puxta bilim hosil
qiladilar. Gazlamalarga ishlov berishda gazlamalarning hossalari, ularning
chidamliligi, bichish tikish ishlari o’rganiladi. Qizlar mustaqil ravishda o’zlari
ko’ylak, xalat, nimcha, ish fartugi, lozimlar tikadilar. Amaliy darslarda
o’quvchilarning mehnat jarayoniga qiziqishi o’rtoqlaridan orqada qolmaslikka
intilish tabiiy intilishi boshqalarga qaraganda ko’proq yutuqlarga erishish istagi
tug’iladi. Shaxsning kasbiy shakllanishi o’zoq davom etadigan jarayon u kasbiy
faoliyat turlari, yo’nalishlari, mativlari, maqsad va mazmuni hamda bu faoliyatning
ta’minlash vositalari, usul va shakllari bilan uzviy bog’liq. Shu bois kasbiy
tarbiyaga pedagoglar noyob mutaxassis tayyorlash tizimi sifatida qarashlari kerak.
Kasbiy tarbiya bir necha bosqichda amalgam oshiriladi. Birinchi bosqich o’z ichiga
kasbga yo’naltirish ishlarini qamrab oladi. 28 Ikkinchi bosqich kasbiy tashxis
qo’yish va o’quvchining kasbga bo’lgan mayili, kasbiy maqsadi, kasbiy qiziqishi,
kasbiy imkoniyatini aniqlash asosida kasb tanlashga yo’naltirish ishlarini ta’minlab
boradi. Pedagogik jamoaning tarbiyaviy vazifalari qo’yidagilardan iborat
bo’lmog’I lozim. -ta’lim oluvchining ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, qiziqishi
va mayiliga qarab o’zini namoyon etishiga imkoniyat yaratish, ularni shaxs va
individ sifatida psixologik pedagogic jihatdan qo’llab-quvvatlash: -ta’lim
oluvchilarda o’z-o’zini rivojlantirishga bo’lgan ehtiyojini, ijtimoiy muhitga
moslashish, raqobatbardoshlik qobiliyatini, o’zini mehnat bozorida taqdim eta
olish malakalarini shakllantirish: -o’quvchilarda salomatlik asosiy qobiliyat
qadriyatlardan biri ekanligini tushuntirish ularni sog’lom hayot tarziga o’rgatish:
Bugungi kunda ta’lim muassasasi faoliyati natijalari faqat bilim, ko’nikma va
malakasini belgilamaydi. Chunki bilim ko’nikma va malaka maqsadli vazifalarni
bajarishga emas, ko’proq o’quvchilarning mutaxassis sifatida rivojlanishi uchun
xizmat qiladi. O’quvchilar duradgorlik va parket ishlari, kesish asboblarini
charxlovchisi, qurilish, pardozlash ishlari ustasi, umumqurilish ishlari ustasi va
vahokozo kasblarga oid bilimlarga ega bo’lishi lozim. O’z ishining ustasi bo’lish
mashaqqatli mehnat va o’zluksiz kasbiy tarbiyani talab etadi. Aqli zaif bola
o’zlashtirgan ijtimoiy tajribalar asosida faoliyatning murakkab turlarini amalgam
oshirish qobiliyati, o’z ishining ustasi bo’lishi uchun ijtimoiy tajribalarning
qo’yidagi turlarini o’zlashtirishi lozim. -bilish faoliyati (uning natijasi
o’zlashtirilgan bilim hisoblanadi). -ma’lum bo’lgan faoliyat turlarini amalgam
oshirish (namunaga qarab faoliyat ko’rsatish huquqini). -hissiy qadriyatiy
munosabatlarni yo’lga qo’yish (shaxsiy yo’nalishlar shakli). -faoliyatni ijodiy
tashkil etish (shaxsni yo’nalishklar shakli. Mommali vaziyatlarda samarali
yechimlarni qo’llay bilish o’quvi). 29 Pedagogik ko’zatish natijalari shuni
ko’rsatadiki, reja va dasturlar ishlab chiqishda kasbiy tarbiya masalasiga kam
e’tibor beriladi. Xolbuku kasbiy tarbiya aqli zaif bolani uzluksiz ta’limning
ajralmas qismidir. Kasbiy tarbiyani tashkil etish uchun alohida uslubiy ishlanma va
tavsiyalar zarur. Aqli zaif bolalar juda yoshligidan boshlab nafaqat tibbiy
yordamga, balki tarbiya va ta’limning maxsus sharoiti hamda usullariga muhtoj
bo’ladilar. Ularning jamiyat hayotiga moslashuv darajasi ko’pchilik mutaxassislar,
birinchi navbatdan pedagog –defektologlarni kuch-g’ayrat bilan ishlashlarini talab
qiladi. Aqli zaif bolalarda ta’lim va tarbiya jarayonida zaruriy ahloqiy
tushunchalar, ma’daniyat xulqi malakasi shakllanadi, shaxs shakllanadi,
rivojlanishdagi kamchilik tug’irlanadi va natijada ijtimoy moslashuv uchun zamin
yaratiladi. Nogiron va alohida yordamga muxtoj bolalarni kasb-hunarga
tayyorlashning avvalo O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risidagi” Qonun
talablaridan kelib chiqqan holda hozirgi zamon ishlab chiqarish asoslari xalq
xo’jalik tarmoqlari haqida yetarli darajada cguqur bilim berishda pedagoglik
texnologiyaga asoslanish ham talab etiladi. “Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi”
ijrosi ham ana shundan kelib chiqadi. Ayni paytda nogiron va alohida yordamga
muhtoj o’quvchilarni kasbhunarga tayyorlashda yorqin, mustaqil fikrlashga
o’rgatish ularni o’z kuchiga – o’ziga xos qobiliyatiga ishonish kabi xislatlarni
shakllantirish kabi masalalar ham dolzarbdir. Yordamchi maktab o’quvchilarini
kasb-hunarga tayyorlashda oligofreno pedagoglar mutaxassislar oldida nogiron va
alohida yordamga muhtoj bolalarni psixik va jismoniy nuqsonlarini inobatga olgan
holda yangi dastur va darsliklar o’z vaqtida ishlabchiqarish tugaraklar ishi
samaradorligini oshirish, turli kasblarga oid axborotlar, kasblar bo’yicha
konsultatsiyalar ishlarini to’g’ri yo’lga qo’yish kasbga yo’llash markazlarini ishini
takomillashtirish orqaligina erishish mumkin. Karimov I.A. asarlarida davlat
ravnaqi va taraqqiyoti mutaxassislarga ishbilarmonlarga, umuman insonga o’z
imkoniyatlarini namoyon qilish shartsharoit yaratib berish muhim ahamiyat kasb
etadi. 30 Ruhiy va jismoniy nuqsonga ega bo’lgan nogiron bolalar kasb-hunar
o’rganishda biron –bir kasb egasi bo’lishiga chaqqondirlar. O’zbek xalqi azaldan
mehnatkashdir. Ajdodlarimiz “Mehnat –mehnatning tagi rohatdir”, “Mehnatning
ziynati”, “Mehnat qilsang yasharsan, katta –katta olarsan” kabi xalq hikmatlariga
to’la amal qilgan holda mehnat qilib yashagan, chunki ijtimoiy –iqtisodiy
muammolar birinchi navbatda mehnat orqali yechiladi. O’zbekiston Mustaqillikga
erishdi deb qayta-qayta gapiramiz. Albatta har bir inson bundan faxrlanish
g’ururlanishga haqli, lekin uning gullab yashnashiga, ravnaqiga taraqqiyotiga,
mustahkamlanishiga, uni suvini, osmonini, o’simlik, hayvonat olamini-tabiatni
asrash bilan o’z mehnati bilan hissasini qo’shish lozim ekanligini maxsus maktab
o’quvchilari ongiga har soniya singdirib boorish lozim. Ana shundagina yordamchi
maktab o’quvchilarining mustaqillikdan g’ururlanishi to’la oqlanadi. Yordamchi
maktab o’quvchilarini mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash ya’ni ularda mehnat qilish
odobini istagini shakllantirish va ko’nikmalarini hosil etishning juda ko’p shakllari
mavjud. Mehnat mavzusi yaxshi tasvirlangan badiiy asarlarnii jamoa bo’lib
mutoolo qilish, ularni sinfda yoki sinfdan tashqari mashg’ulotlarda masalan, asar
qahramonlarini muhokama qilish. Mehnat qahramonlarini muxim ahamiyat kasb
etadi. Bu o’rinda Zardushtiylarning muqaddas kitobi, Qur’oni Karim, xadislaridan
foydakanish ham kutilgan natijalar beradi. Avestoda Zardushtiylarning
chorvachilik va dehqonchilik bilan mashg’ul bo’lganligini, uning doimiy mehnat
bilan shug’ullanganligini, shuningdek mehnat tufayli baxt saodatga erishish, bog’-
rog’lar yaratish mumkinligi haqidagi fikrlari misol qilib keltiriladi. Xuddi
shuningdek Qur’oni Karimda atrof-olamni asrash, mehnatga munosabat yaxshi
mavzular yoritilgan. Ayniqsa nogiron kishilarni joylardagi mehnat qahramonliklari
va ular bilan uchrashuv kechalari uyushtirish ular bilan mehnat mavzusida
suhbatlar tashkil qilish yordamchi maktab o’quvchilari yanada samaraliroq ta’sir
etadi. Umuman olganda yordamchi maktablarda 1-sinfdan 9-sinfgacha yordamchi
maktab o’quvchilarini mehnat va turmushga tayorlash birinchi galdagi vazifasidir.
31 Hayot va turmushni mehnatsiz tasavvur etish also mumkin emas. Maxsus
maktablarda mehnat tarbiyasini faqat mehnat darslarida emas balki boshqa fanlar
darslarida ham hal etish ularni ya’ni kelgusi hayotga ongli mehnatga tayyorlashda
muhim ahamiyat kasb etadi. Mahsus ta’limda mehnat tarbiyasining hech bir turini
nazardan qochirmaslik kerak. Uy ro’zg’or mehnatlari (ishlari), qo’ni –qo’shnilarga
yordam, hashar, otaonaga barcha ishlarida qarashish, tomarqasidagi mehnat,
chorvachiligidagi mehnat, qishloq xo’jaligidagi mehnat, korxonadagi mehnat,
shahar obodonchiligidagi mehnat – bularning barchasiga jismoniy mehnat mavjud.
Yordamchi maktab o’quvchilari 40 ortiq mehnat (turmush) turlarini bajara oladilar,
bu ilmiy asoslangan. O’qtirilgan fikrlarni amalda sinab ko’rib mehnatni malaka va
ko’nikmaga aylantirishga yordam berish yordamchi maktab o’qituvchi va bevosita
mehnat o’qituvchilari. Korxona, muassasa va tashkilotlar jamoatchilikning
birgalikdagi faoliyati muhim ahamiyatga egadir. Demak, yordamchi maktabda
mehnat tarbiyasi ham kechiktirib bo’lishmaydigan kundalik va doimiy bajarilishi
shart bo’lgan muhim variantlardir. Yangi Mustaqullik O’zbekiston davlatning olib
borayotgan siyosati va ilgar surilayotgan ilmiy g’oyalar negizida umum ta’lim
bilan bir qatorda maxsus ta’lim hamda yordamchi maktab o’quvchilarini kasb-
hunarga tayyorlash borasidagi sayharakatlarda mehnat qilishga diqqat e’tibor
qaratilishi ham taqqozo etadi. Bu borada defektolog olimlar (G.M.Dulnev,
K.M.Mirskiy, S.S.X.Ayetmetova, D.A.Gordiyenko, K.H.Mamedov, P.M.Pulatova
va boshqalar) takidlashicha yordamchi maktabda o’quvchilarni kasb - hunarga
tayyorlashda o’quvchilarning yosh tanlash kutilgan natijalar berishi haqida fikr
bildirganlar. Bunda ular yordamchi maktab o’quvchilariga differensial
yondashuvga bir muncha e’tibor beradilar. 32 Bunda yordamchi maktab
o’quvchilarni intellektual, jismoniy va emotsional iroda xususiyatlar, qiziqishlari,
ularning matorikasi harakat koordinatsiyasining o’ziga xos xususiyatini nuqson, tur
hususiyatlarini inobatga olgan holda mehnat ta’limi berishi kasb hunarga
o’rgatilishi taqoza etadi. Yordamchi maktabda o’quvchilarni kasb-hunarga
tayyorlashning tayyorlovchi maxsus kollejlarga tanlagan kasbini mukammal
o’rganish uchun o’qishni davom ettirishga yuboriladi. Chunki yordamchi maktab
o’quvchilari 9-sinfni tugatgach ularning yoshi yetishmaganligi sababli kasb –
hunarni chegaraganligi tufayli ishga joylashish muammo bo’ladi. Aynan
anashuning uchun ham yordamchi maktab o’quvchilari kasb-hunarga oid
bilimlarini maxsus kollejlarda davom ettirishga to’g’ri keladi. Shundagina
yordamchi maktab o’quvchilari kuchada ishsiz bekor qolmaydilar. Hayotda o’z
o’rinlarini topa oladilar. Jamiyatimizga ishchi kuchi sifatida foyda keltirar edilar.
Kuchadagi ba’zi yomon ta’surotlar ta’siriga tushib qolmaydilar. yordamchi
maktabda o’quvchilarni iloji boricha ko’proq ijtimoiy mehnatga ishtirok ettirish
kerak. Ma’lumki yordamchi maktabda ijtimoiy- foydali mehnat ga faol ravishda
tayyorlash har xil yo’nalishlar (ekologik, huquqiy, mehnat, axloqiy) bo’yicha olib
boriladi. Yordamchi maktab o’quvchilarini ijtimoiy foydali mehnat jarayonida har
tomonlama diagnostic nuqtai nazardan yondashish shaxsning bundan keyingi
rivojlanishini prognozlashni nazarda tutadi. Shu maqsadda biz yordamchi
maktablarda ijtimoiy foydali mehnat jarayonida o’quvchilarning milliy g’oyaviy
jixatdan tarbiyalashga doir tavsiyalar ishlab chiqildi. Masalan: 1.Tanlagan ixtisosi
bo’yicha mehnat qilish jarayoninig asosiy qonuniyatlarini bilishi kerak. Mazkur
kasb bo’yicha tajriba orttirish yo’llarini mustaqil ishlashga zarur malaka va
ko’nikmalarini egallashga o’rgatish. 2.Burch va ma’suliyat yordamchi maktab
o’quvchisi jamiyat va kollektiv oldidagi burchini anglab yetish malakasini
shakllantiradi, jamoat ishlari va xodisalariga qiziqish bildiradi : ularda faol ishtirok
etishga o’rgatish. 33 3.Ongli intizom o’rgatish maktab o’quvchisi har doim va har
tomonlama intizomli va bunga boshqalarni jalb qilishga o’rgatish.
4.Bahamjihatlikka birodarlik. Yordamchi maktab o’quvchilar muomala qilishda
dilkash va andishalik ularga sidqidildan beg’araz yordam berishga o’rgatish.
5.Mehnatsevarlik, insonparvarlik boshqalarning halol mehnatlarini hurmat qilishni
ongiga singdirib borishdan iboratdir. Yuqorida aytib o’tilganlarni amalgam
oshirishga axloqiy tarbiya bilan birga mehnat tarbiyasi barcha tarbiya turlaridan
ustunligi bilan ajralib turishi kerak. Ayni paytda mehnat yordamchi maktab
o’quvchilaridagi psixofizik yetishmovchiliklarning korreksiyalaydi. Yordamchi
maktabda o’quvchilarni kasb-hunarga tayyorlashning asosiy vazifasi maktabni
tamomlayotgan o’quvchilarni o’z mayllari hamda qobiliyatlariga muvofiq
qiladigan kasbni to’g’ri, ongli ravishda anglashlariga erishishdan iboratdir. Bu
borada ya’ni bolalarni mehnatga o’rgatish borasida Az –zamaxshariyning
aytganlari juda o’rinlidir. U mehnatning tarbiyaviy tomonlari haqida fikrlar bildirar
ekan shunday deydi “Mehnat insonni 3 bolodan asraydi; bezorilikdan, o’g’irlikdan,
qashshoqlikdan asraydi” zamaxshariy aytganlarini yordamchi maktab o’quvchilari
uchun shior qilib olsa arziydi, chunki yordamchi maktab o’quvchilari maktabni
tugatgach mustaqil hayotga qadam quyar ekanlar ularga hayotda o’z yo’llarini
topishda ana shu olgan kasb-hunarlarigina, mehnat malakalarigina as qotadi.
To’g’ri adashmay halol non topib yeydi. Qo’llarida hunarlari bor ekan nojuya ish
qilishga o’rin qolmaydi. Yuqorida aytib o’tilganlardan xulosa qilgan holda aynan
yordamchi maktablarda shu kecha kunduzda kechikmay jamiyatimizga foyda
keltiradigan mehnatsevar kishilarni yetishtirish, bolalar qiziqishga monand holda
kasb-hunarga o’rgatishning samarali usullarini zamon talabiga mos holda
talablardan kelib chiqib takomillashtirib borishi yordamchi maktab
oligofrenopedagoglarining muqaddas burchidir. 34 Yordamchi maktabda mehnat
ta’limida kasbga tayyorgarlikni aniqlash va unga nisbatan mehr o’yg’otish va
diagnostic metodlarini amaliyotga tatbiq qilish va moslashtirish; kasb –hunar
kabinetlarini jihozlash professionallashtirish ishlarini o’tkazish va boshqalar
muhim jarayondir. Shuning bilan bilan birga o’quvchilarda tug’ma qobiliyat,
ishtiyoq, o’qishga va kasbga qiziqish hamda bularning yordamchi maktab
o’quvchilaridan barqarorligini amaliy ifodasini va ko’rinishi singari ijobiy
fazilatlar to’g’risida ma’lumotga ega bo’lishi muhimdir. Yuqorida sanab o’tilgan
eng zarur jihatlar yordamchi maktabda korreksion – pedagogik yo’nalishlar
zamirida amalgam oshiriladi. Kasb –hunar maorifi, kasb tanlashga yo’llash, kasb
konsultatsiyasi, kasbni saralash, kasbga moslashish, kasb tarbiyasi kabilardir.
Hozirgi davr talabiga binoan kasb-hunarning boshqa turlaridan yordamchi maktab
o’quvchilariga o’rgatish taqozo etmoqda. Masalan, chorvachilik, qishloq – xo’jalik
ishlarini, obodonchilik, kosibchilik. Yordamchi maktab o’quvchilar shaxsininh
jismoniy rivojlanishi, salomatligi, moyilligi, aqliy taraqqiyotning umumiy darajasi,
u yoki bu kasbga nisbatan qobiliyati kabilarni esa kasb konsultatsiyasi orqali
amalgam oshiriladi. Ayni paytda aniqlangan natijalar ma’lumotlardan kelib chiqib
kasb –hunar egallashga doir maslahatlar beriladi. Yordamchi maktab
o’quvchilarini kasb –hunarga tayyorlashda oligofren – pedagoglardir. Psixologlar,
vrach –terapevt va boshqa mutaxassislar hamkorlikda ish olib borishi lozim.
Yordamchi maktab o’quvchilarini kasb –hunarga tayyorlashda o’quvchilarning ota
–onalari kasbiga, avlodlar kasb koriga ham e’tibor beriladi. Bolalarda ota kasbiga
qiziqish bo’lsa kasbga o’rgatish oson kechadi. Yordamchi maktab o’quvchilarini
kasb hunarga tayyorlashda hunarga tayyorda ularni kasbga yaroqliligi darajasini
ko’rsatuvchi jismoniy hamda psixik sifatlarini aniqlash muhim rol o’ynaydi. 35
Yordamchi maktab o’quvchilarini o’z ko’chiga ishontirish mehnat natijalari
jamiyatimiz uchun ahamiyatli, o’z mehnatidan zavqlanish kabi, psixologik –
pedagogik ish tizimini amalgam oshirish maqsadga muvofiq bo’ladi. Yordamchi
maktab o’quvchilarni kasb-hunarga o’rgatishning qimmatliligi shundaki. Mehnat
orqali ular turli fanlarga oid bilimlar olish bilan birga ularda shaxsiy ijobiy sifatlar
shakllanib boradi. Mehnat orqali esa davolovchi – korreksion ish hm amalgam
oshiriladi. Yordamchi maktab o’quvchilari uchun to’g’ri tanlashgan mehnat,
mehnat jarayonlarda ularda fiziologik jarayonini yaxshilaydi. Ularning ruxiyatiga
ijobiy ta’sir etadi. Ular faoliyatiga tashkiliy ma’no beradi. Asosan yordamchi
maktab o’quvchilari mehnat tufayli o’z kasalliklariga, nuqsonlariga oid fikrlardan
chalg’iydilar, taskin topadilar. Lekin bunda mehnat topshiriqlari bolalarning
individual xususiyatlariga, nuqson darajasiga qarab boradigan samarali natijaga
olib keladi. 36 2.2. Yordamchi maktab ta’lim jarayonida o’quvchilarni kasb-
hunarga yo’nltirishning omillari Yordamchi maktablarda o’quvchilar mehnat
ta’limi va kasb yo’naltirishdan chuqur va puxta bilim olishlari lozim. Ta’lim
muassasalarida o’quvchilarning o’quv, umummehnat, umummilliy, umummadaniy
bilimlari, boshlang’ich kasbiy ma’lumotlari, dastlabki ijtimoiy va mehnat
munosabatlari shakllanib boradi. O’quvchilarni mehnat jarayoniga tayyorlashda
ularning mehnat jihozlari, kishilar ongli va ishchan munosabatda bo’lishi talab
etiladi. O’quvchilar mehnat mahsulotlarini iste’molga chiqarish mazkur jarayonda
tejamkorlik,uddaburonlik, ishbilarmonlik kabi fazilatlarni shakllantirilishi,
ishbilarmonlik kabi fazilatlarni shakllantirilishi, ularning mehnatga tayyorlashning
asosini tashkil etadi va qo’yidagilarni amalgam oshirishni maqsad qilib qo’yadi: -
O’quvchilarda mehnat jarayonida hamda mehnatni yuzaga keltiruvchi kishilarga
hurmatni shakllantirish; - O’quvchilarni zamonaviy ishlab chiqarish, xalq
xo’jaligiga xizmat ko’rsatish, qurilish, mashinasozlik va xalq hunarmandchiligi
asoslari bilan tanishtirish; - O’quvchilarni umummehnat bilim, ko’nikma va
malakalarini shakllantirish hamda ularni oddiy mehnat jarayonida ishtirok etishga
tayyorlash; - O’quvchilarni ta’lim jarayonida va uni bitirgandan so’ng turli xil
yo’nalishlardagi kasb –hunarlarga tayyorlash kabilardir. 9-16 yoshli
o’quvchilarning mehnatga tayyorgarlash yordamchi maktablarida, maktabdan
tashqari ta’lim muassasalarida oila, mahalla, ishlab chiqarish va mustaqil
faoliyatda amalga oshiriladi hamda qator vazifalarni bajarishni nazarda tutadi.
Mehnat tayyorgarligining vazifalarini amalga oshirishda ta’lim va tarbiyaning
rivojlantiruvchilik, ta’limiylik, amaliylik, yaratuvchanlik, kasbiy yo’nltirilganlik,
ishlab chiqaruvchilik kabi jihatlari qo’yidagilar nazarda tutiladi. 37 Hozirgi davrda
o’quvchilarni mehnatga tayyorlashning vazifalari qo’yidagilardan iborat; -
O’quvchilarda va mehnatga bo’lgan munosabatlarini shakllantirish, uning aqliy va
jismoniy rivojlanishini korreksiyalash va ta’minlash; - O’quvchilarda, ahloqiy,
mehnatsevarlik, tejamkorlik, fuqarolik, ijodkorlik kabi fazilatlarni tarbiyalash
hamda ular faoliyatida mehnatni doimiy ehtiyojga aylantirib boorish; -
O’quvchilarda bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobatbardoshlik xususiyatlarini
shakllantirish; - Tabiat zahiralari, moddiy buyumlar, narsalar va materiallarga
bo’lgan tejamkorlik munosabatlarini shakllantirish; - Fikrimcha, o’quvchi –
yoshlarni mehnat tayyorgarligi hozirgi davrda mehnat tarbiyasi, ma’limni, kasbga
yo’naltirishlari, ishlab chiqarishda ishtirok etish, turli kasblarni egallash kabi
jarayonlarni qamrab oladi. Mehnat ta’limida kasb –hunarga yo’naltirish omillari
qo’yidagilar deb hisoblayman; - Mehnat ta’limi darsida bolalarga kasb –hunarlar
to’g’risida boshlang’ich ma’lumotlarni berib boorish; - Bolalarni qo’l motorikasini
rivojlantirib boorish; Yordamchi maktablarning umumiy vazifasi o’quvchilarni
mustaqil hayotga va ishlab chiqarish korxonalarida mehnat qilishga tayyorlashdir.
Aqli zaif o’quvchilarni ijtimoiy realibitatsiya masalasini hal qilishda kasb –hunarga
yo’naltirish muhimi omil hisoblanadi. Yordamchi maktablarda kasb-hunarga
yo’naltirish psixologik –pedagogik va tibbiy chora-tadbirlar tizimidan iborat bo’lib
maktab bitiruvchisiga jamiyat ehtiyojlari va uning qobiliyatlarini inobatga olgan
holda kasb tanlashga yordam beradi. Ko’zatishlar natijasiga ko’ra aqli zaif
o’quvchilar juda kam hollarda o’zlariga kasb tanlashadi. Ularning kasbiy
qiziqishlari asosan mehnat ta’limi sohasi ta’sirida shakllanadi; o’quvchilar
ko’pincha maktabda tayyorgarlik ko’rgan mutaxassislikni tanlashadi yoki
aksincha, bu mutaxassislik bo’yicha ishlashni istashmaydi. 38 Yordamchi maktab
bitiruvchilarining katamnezini tahlili shuni ko’rsatadiki, ular ishlab chiqarish
korxonalarida, maishiy xizmat va qishloq xo’jaligida turli hil majburiyatlarini
bajarib, mehnat qilmoqdalar. Biroq o’sha ma’lumotlar yordamchi maktab
bitiruvchilari uchun yuqori intilektual talablar qilinmaydigan kasblarni tanlashlari
mumkinligini ko’rsatadi. Odatda ular pult boshqaruv operatori kabi murakkab
ishchi mutaxasisliklarni tanlay olmaydilar. Yordamchi maktablarda kasbiy mehnat
ta’limi ularning aqliy va jismoniy imkoniyatlarini hisobga olgan holda quriladi.
Maktabda hunarga yo’naltirish masalasiga ham ahamiyat berilgan hollarda
o’quvchilarning kasbiy yo’naltirilganligi ularning qobiliyatlarini berilgan mehnat
turiga mos kelmaslik holatlarning sonini o’sishiga sabab bo’ladi. Odatda bu vaziyat
o’quvchilarni kasbiy qobiliyatlarini o’rganish va mehnat ta’limi turlari bo’yicha
saralash ishlari yetarli darajada tashkil qilinmasa yoki butunlay bo’lmasa yuzaga
keladi. O’quvchilarni mustaqil kasbni tanlash imkoniyatlari saviyasining pastligi
sababli yordamchi maktabda kasb –hunarga yo’naltirish ishlari eng avvalo ularning
kasbiy qobiliyatlari va mayilliklarini aniqlash, shuningdek rivojlanish dinamikasini
o’rganish vazifalarini hal qilishni taqozo etadi. Bu ishdagi 2-yo’nalish
o’quvchilarda ulardagi real qobiliyati, imkoniyati va maishiy sharoitlarni hisobga
olgan holda kasbga turg’un qiziqishini shakllantirishdan iboratdir. O’quvchining
mehnat ta’limi yo’nalishini tanlashda uning intilektual darajasi, asosiy va
ikkilamchi nuqsonlari xarakteri, jismoniy taraqqiyoti xisobga olinadi. Berilgan
mehnat turiga o’quvchining qobiliyatlarini baholashda kasblar
professiogrammalari qo’llaniladi. Professiogramma insonga u yoki bu kasb
tomonidan qo’yiladigan talablar tizimidan iborat. Mehnat turini tanlashda
o’quvchining taraqqiyoti davomida olingan ma’lumotlarga asoslanish ham muhim
ahamiyatga egadir (masalan, mehnatda nutqdan foydalanish, amaliy ishda fazoviy
munosabatlarni idrok etish malakalari). 39 Kasb hunarga yo’nltirish ishlarining
katta qismini boshlang’ich sinf o’qituvchilari va tarbiyachilari bajaradi.
“Umumta’lim predmetlari bo’yicha ta’lim jarayonida qo’l mehnati darslari va
sinfdan tashqari mashg’ulotlar davomida o’quvchilarni kuzatish orqali o’qituvchi
va tarbiyachi o’quvchilarning ilk mehnati qobiliyatlarining turli ta’lim
bosqichlarida o’tkaziladigan ko’zatishlar natijalarini qiyoslash orqali ularning
mehnatga bo’lgan qobiliyatlarini rivojlanish dinamikasiga baho beriladi.
Boshlang’ich sinf o’ituvchilari o’quvchilarni yuqori sinf o’quvchilarini sinf
o’quvchilarining mehnat faoliyati bilan tanishtiradi. Ona tili darslarida bu
mutaxassiliklar haqida ma’lumot beradilar. Maktab o’quv ustaxonalarida
ekskursiyalar tashkil qiladilar, shuningdek, o’quvchilarni kasbga yo’naltirish
xonasi (burchagi) ayrim materiallari bilan tanishtiradilar. O’quvchining mehnat
yo’nalishi belgilash uning ota-onalari bilan kelishgan holda amalga oshiriladi. Ota-
onalar o’quvchilar tanlagan mehnat turiga ijobiy munosabatni tabiyalashda
maktabga faol yordam berilishi lozim. Kasb-hunarga yo’naltirish va mehnat
ta’limiga oid masalalar muntazam ravishda ota onalar majlislarida yoritib borilishi
kerak. O’quvchilarda mehnatga, o’rgatilayotgan kasbga ijobiy munosabat, mehnat
ahliga hurmatni tarbiyalashda kasb-hunarga yo’naltirish xonalari katta rol
o’ynaydi. Kasb –hunarga yo’naltirish xonalarida maktab o’quvchilariga
berilayotgan mutaxassisliklar bo’yicha ishlab chiqarish korxonalari haqida
ma’lumotlar, zavod (fabrika) mehnat jamoasining mehnati, dam olishi, ommaviy –
ma’daniy chora tadbirlarni aks ettiruvchi fotosuratlar bilan jihozlangan stendlar,
tumandagi ishchi mutaxassisliklarga bo’lgan ehtiyoj haqidagi ma’lumotlar
saqlanadi. Bundan tashqari kasb-hunarga yo’naltirish xonalarida maktab
bitiruvchilari bilimlari lozim bo’lgan hujjatlarning na’munalari bo’lishi kerak.
Kasb-hunarga yo’naltirish xonasining materiallarini muntaz m yangilab turish,
fotosuratlarni almashtirish, kutubxonani mehnat mavzusidagi kitob va broshyuralar
bilan to’ldirib borishi zarur. Maktabda olib borilayotgan o’quv –tarbiya ishlarining
natijalarini natijalari ko’p jihatdan kasb –hunarga yo’naltirish xonasining
materiallaridan o’qituvchi va tarbiyachilar qay tarzda unumli foydalanishlarga
bog’liq. 40 2.3. O’quvchilarni kasb –hunarga yo’naltirishda sinfdan tashqari va
maktabdan tashqari olib boriladigan ishlarning o’rni Sinfdan tashqari ishlar
yordamchi maktabdagi o’quv-tarbiyaviy ishlarning tarkibiy qismlaridan biri bo’lib,
nuqsonli bolalarni har tomonlama rivojlantirishga, ijtimoiy foydali faoliyatda
ishtirok etishga tayyorlashga xizmat qilishdan tashqari, ishlar asosan ta’lim –
tarbiyani davom ettirib, aqli zaif bolalardagi ruhiy kamchiliklarni yumshatishga,
tuzatishga sharoit yaratadi. Sinfdan tashqari ishlardan ko’ra ijtimoiy, ta’limiy,
ijtimoiy foydali, jismoniy tarbiya va sog’lomlashtirish san’atining turli sohalari,
o’quvchilarning ma’daniy dam olishlari bo’yicha tashkil etishlari mumkin. Sinfdan
tashqari va maktabdan tashqari ishlarning mazmuni turlicha bo’lishiga qaramay,
bo’larning barchasida asosiy e’tibor o’quvchilardagi nuqsonni korreksiyalah
ishlarini qaratiladi. Bolalardagi turli ruhiy jismoniy nuqsonli korreksilash ishlariga
qaratiladi. Bolalardagi turli ruhiy, jismoniy nuqsonlar xarakteri ish mazmunini
tanalshga yordam beradi. Sinfdan tashqari ishlar darsdan tashqari o’tkaziladi.
Ularning tizimi izchil bo’lishi aqli zaif bolalarning psixofizik imkoniyatlarini,
ularning qiziqishlarini, qobiliyatlarini hisobga olgan holda tashkil qilinishi darkor.
Sinfdagi o’quv – tarbiyaviy ishlar bilan sinfdan tashqari ishlar orasida uzviy
mintaqaviy bog’lanish bo’lishi kerak. Shuningdek, ularda sinfdan tashqari ishlar
davomida sinfda olgan bilimlarini amalda qo’llay olish malakalari shakllanadi.
Sinfdan tashqari ishlarga asosan o’qituvchi va tarbiyachi rahbarlik qiladi. Sinfdan
tashqari ishlarda kasb – hunarga yo’naltirishdan tashqari o’zlarini boshqarish
malakalari ham shakillantirib boriladi. Maktabdan tashqari ishlar shaklan,
mazmunan, vazifalari bo’yicha sinfdan tashqari ishlarga o'xshab ketadi. Maktabdan
tashqari ishlar asosan maktab rahbarlari tomonidan amalgam oshiriladi. Turli
toifadagi bolalarga kasb –hunar o’rgatishda turli kechalar, musobaqalar,
ustaxonalar tashkil etadi. Sinfdan, maktabdan tashqari ishlar nihoyatda muhim
ahamiyatga ega. Ularni to’g’ri tashkil etish maktabning aqli zaif bolalarga bo’lgan
ta’lim tarbiyasini oshiradi. 41 Sinfdan tashqari ishlar bolani mehnat darsida
o’rganganini mustahkamlash uchun yarashadi. Shu bilan birga bolada kasbiy etika,
ma’daniyat, jamoa bilan ishlash, ijtimoiy moslashuv, mehnatsevarlik kabi tuyg’ular
shakllanishiga yordam beradi. Shu o’rinda tugarak ishi faoliyatini ham kiritib
o’tishni lozim deb topdim. Tugarak ishlariga asosan 4-9 sinf o’quvchilari qabul
qilinadi. Ba’zan esa yoki katta 3-sinf o’quvchilari ham qabul qilinishi ham
mumkin. To’garak ishlari haftada bir marta ma’lum soatlarda o’tkaziladi. Sinfdan
tashqari ishlarga to’garak ishlari kirar ekan to’garak ishlari ,aktabda ma’lum soatda
o’tkaziladi. Ba’zan o’quvchilar to’garak ishlarining og’ir yengilligiga qarab
mashg’ulotni tayyorlashdan oldin tayyorgalik vaqti, tanaffus belgilanadi.
O’quvchilarni to’garak ishlariga kirishib ketishlari uchun mashg’ulot jarayonida
ularni ruhini ko’taruvchi, qiziqishlarini orttiruvchi mehnat faoliyatida ularning
qiziqishini orttiruvchi materiallardan kuproq foydalanish kerak. Har bir bolaning
aqliy rivojlanishi mashgulotlarga tayyorgarligi charchash kabi xislatlarga etibor
beriladi. Ba’zan o’quvchilar 2 ta to’garakka ham qatnashishlari mumkin. To’garak
ishlarining og’ir, yengilligiga qarab, mashg’ulotning boshlashdan oldin
tayyorgarlik vaqti tanaffus belgilanadi. To’garakka o’quvchilar o’z hohishi bilan
qatnashadilar. Bolalarning qiziqishlari, imkoniyatlari, qobiliyatlari hisobga olinadi.
To’garak ishlari bir yilga rejalashtiriladi. To’garak rahbarlari qaysi materialni
qachon, qanday o’rganish kerakligini hisobga olinadi. Mashg’ulot uchun
tayyorlangan mavzu o’quvchilarning tafakkurini rivojlantiradigan, chamalash
xususiyatlarini o’stiradigan nutqdagi kamchiliklarni tuzatadigan bo’lishlari kerak.
Mashg’ulot jarayonida kasb nomlari to’g’risidagi lug’at ustida ishlanadi. Kasblar
to’g’risidagi yangi so’z va atamalarga duch kelsalar, o’qituvchi shu so’z haqida
tushuncha berib, mashg’ulot uchun lug’at daftarga yozib boriladi. To’garakda har
bir o’quvchilarning muvoffaqiyatini yoritib boruvchi alohida jurnal tutiladi.
Yordamchi maktabda sinfdan tashqari ishlarda kasb hunarga yo’naltirishgan
tashqari bolani nuqsonini bartaraf etish inobatga olinadi. 42 Turli hayotiy hisoblash
ishlari aqli zaif bolalar nutqining rivojlanishiga, lug’atning boyishida, muljal olish
ishlarida, savdo ishlarida mehnat qilish ko’nikma va malakalarini shakllantirishga,
estetik did, muomila ma’daniyatini, odamlar bilan ishlashga yordam beradi.
Sinfdan tashqari ishlarga badiiy kechalar, tabiatni o’rganishga oid tadbirlar, maktab
yer maydonida mehnat qilish, gigiyenik tarbiyaga oid tadbirlar, navbatchilik,
o’lkani o’rganish, bayram tadbirlari, jonli burchakda mehnat qilish, to’garaklar,
ijtimoiy foydali mehnat, texnika vositalari bilan ishlash, olimpiada, kuzatish, o’quv
qurollari tayyorlash, qo’shimcha adabiyot o’qish, kutubxona, boshqa maktablar
bilan aloqa, ko’rgazma tayyorlash, kecha va o’yinlar, sayohat va ekskursiyalar
kiradi. Sinfdan tashqari ishlarda to’garak ishlari rahbari ishlarini bir yilga
rejalashtiradi. Qaysi materialni qachon, qanday o’rganish kerakligini yaxshilab
ko’rib chiqib, rejalashtiradi. Mashg’ulot uchun tanlagan mavzu o’quvchilarni
tafakkurini rivojlantiradigan, chamalash xususiyatini o’stiradigan nutqdagi
kamchiliklarni tuzatadigan bo’lishi kerak, mashg’ulot jarayonida lug’at ustida ish
olib boriladi. O’quvchilar kasb haqida yangi so’z va atamalarga duch kelsa
o’qituvchi shu so’z haqida tushuncha berib, mashg’ulot uchun yangi so’zlar yozib
boriladi. Mashg’ulotda har bir o’quvchining muvaffaqiyatini yoritib boruvchi
jurnal tutiladi. Sinfdan –sinfga ko’chirish, tavsifnoma berishda shu jurnaldan
foydalaniladi. O’quvchilarni to’garak ishlariga kirishib ketishlari uchun mashg’ulot
jarayonida individual ishlash lozim. Maktabda bolalar mehnat ustaxonalarida turli
stanoklarda ishlash jarayonida xavfsizlik qoidalariga rioya qilish qatiyan
belgikanadi. Qizlar tikuvchilik, tuquvchilik, pazandachilik, o’g’ibolalar yog’och
o’ymakorligi, duradgorlik, silesirlik kabi to’garaklarda o’z mahsulatlarini
ko’rsatishi mumkin. Maktabdan tashqari ishlarda turli toifadagi bolalar yozgi
umumiy va maxsus lagerlar tashkil etilganda turli xil klublar, to’garaklar ham
tashkil etiladi. Bundan ko’zlangan maqsad bolani bo’sh vaqtini mazmunli tashkil
etish. Xulosa qilib aytganda sinfdan tashqari va maktabdan tashqari ishlar
o’quvchilarni kasb –hunarga yo’naltirishning samarali bir omili sifatida qaraladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |