zarradas tanqidiy fikr xam mjodkorga nashtarday qotadi. Chunki unga xar bir asari xudi
vujudining bir bo’lagiday, farzaididay ko’rinadi. Ammo o’quvchilvrga taqdim qilingan asar
adabiyotning mulkisanaladi. Bu mulk odamlarning didiga, fikriga ziyon yetkazmasligi shart.
Adabiy tanqidchilik esa elning adabiy saviyasi uchun o’ziga xos ximoyachi sanaladi. Shuning
uchun u bazi ijodkorlarning diliniog’ritadi. Ayrimlarini esa elga tanilishiga sababchi bo’ladi
.Adabiy tanqidchilikning madaniy jamiyatdagi o’rni, vazifasi Ayni shu Bilan belgilanadi
Keyingi davr adabiy tanqidchiligi tilga olingan yangiliklardan tashqari, u faqat
adabiyotshunoslik
bilan cheklanmay, tarixshunoslik, jamiyatshunoslik, siyosatshunoslik
unsurlarini o’ziga singdirdi. Xususan, Fitrat, Cho’lpon, Usmon Nosirlar ijodi xususida
yaratilgan tadqiqotlarda shu hol ko’rinadi. Umuman, keyingi yillar tadqiqotlarida shunday
yondashish yetakchilik qilyapti.
Fitrat ijodini to’lii; tadqiq etishga 80-yillarning yarmi, aniqrog’i, 1987 yildan kirishildi.
Bu davr fitratshunoslikda yangi bosqich щisoblanadi. I.Sulton, O.Sharafiddinov, E.Karimov,
B.qosimov, B.Nazarov, N.Karimov, U.Normatov, AAliyev, N.Vladimirovna, Sh.Turdiyev,
S.Mirvaliyev, B.Do’stqorayev, H.Boltaboyev, I.Ganiyev va boshqalarning tadqiqotlarini bu
borada yozilgan salmoqli ishlar sifatida ko’rsatish mumkin.
Bu yangi davrda tadqiqotlar
asosan uch yo’nalishda olib borildi:
a)Fitratning tarjimai holini tiklash;
b)asarlarini nashr ettirish va dastlabki tadqiqotlarni amalga oshirish;
v)uning ijodini muayyan masalalar yuzasidan o’rganish. Cho’lpon, Usmon Nosirlar
ijodiga yendashish ham shu tariqadir.
Ma’lumki, yozuvchi-tanšidchi ma³oratining o’ziga xos ilmiy –
nazariy masalalarini o’rganish ja³on adabiy tanqidchiligi va adabiyotshunoslik ilmida
doimo mu³im o’rin tutib kelgan. Chunki Dunyodagi mash³ur yozuvchilar badiiy ijod bilan
birga adabiyotshunoslik va tanšidchilik ilmining nazariy ³amda amaliy masalalari bilan ³am
muntazam shu¾ullanishgan.
O’zbek tanšidchiligi tarixiga nazar solsak, Navoiy, Bobur, Furšat, Abdulla Qodiriy,
Cho’lpon, Fitrat, Mašsud Shayxzoda, Mirtemir kabi mash³ur so’z san’atkorlari ³am badiiy ijod
jarayonining o’ziga xos ji³atlari ³amda adabiy – tanšidiy fikrlar bayon etib risolalar va ko’lab
ilmiy tanšidiy mašolalar yozganlar. Yozuvchi-tanšidchi ma³orati xususida turli xil ilmiy
nazariy fikrlar bor. Yozuvchi tanšidchiligi
badiiy ijod, adabiy ³ayot mu³it muammolarini
asosan publisistik talšin etib, barcha ikir-chikirlarni o’z ichiga šamrab oladi, Yozuvchi
tanšidchiligini keng ko’lamda rivojlantirish zarurki, bu badiiy ijodning ravnašiga ijobiy ta’sir
ko’rsatadi.
Adabiy tanqid hozirgi adabiy jarayon bilan hamnafaslikda shiddat bilan rivojlanib
borayotganligini yaratilayotgan ilmiy risolalar, adabiy tanqidiy maqolalar, adabiy portretlar va
tadqiqotlar orqali ko’rishimiz mumkin. Hozirgi o’zbek she’riyati,
nasri va dramaturgiyasining
taraqqiyot tendensiyalari, yetakchi tamoyillari qator o’zbek munaqqidlari tomonidan har
tomonlama chuqur o’rganilayotganligini U.Normatov, B.Nazarov, N.Xudoyberganov,
A.Rasulov, Q.Yo’ldoshev singari olimlarning yaratgan qator risolalari orqali kuzatamiz.
Ustoz munaqqidlardan O.Sharafuddinovning «Ijodni anglash baxti» (2004), «Dovondagi
o’ylar» (2004) kabi risolalari; professor U.Normatovning «Qodiriy bog’i» (1994), «Qahhorni
anglash mashaqqati» (2000), «Umidbaxsh tamoyillar» (2001), professor A.Rasulovning
«Tanqid, talqin, baholash» (2006), «Ilmu g’aribani qo’msab» (1998), «Iste’dod va e’tiqod»
(2000); professor B.Sarimsoqovning «Badiiylik asoslari va mezonlari» (2004); I.Haqqulovning
«Badiiy so’z shukuhi», «Zanjirband Sher qoshida», «She’riyat ruhiy munosabat», «Tasavvuf va
she’riyat»), «Abadiyat farzandlari», «Irfon va idrok», «Tasavvuf saboqlari», «Ahmad Yassaviy»,
«Kim nimaga tayanadi» (2006) kabi qator ilmiy risolalari mustaqillik davrida yaratildi.
Adabiyotshunos olimlar N.Rahimjonov, B.Karimov, I.Mirzayev, S.Sodiqov, A.Ulug’ov ham
hozirgi adabiy jarayonning dolzarb muammolarini o’rganuvchi ilmiy tadqiqot ishlari,
monografiya, adabiy tanqidiy maqolalari bilan hozirgi o’zbek tanqidchiligi ravnaqiga hissa
qo’shib kelayotirlar. Xususan, adabiyotshunos I.G’aniyev «Fitrat va fitratshunoslik» masalalarini
o’rganib, bu sohada sezilarli natijalarga erishayotgan bo’lsa, olim D.Quronov Cho’lponning
poetik maHoratini o’rganuvchi fundamental tadqiqotlarini yaratdi; I.Mirzayev «Hozirgi o’zbek
prozasida yangi badiiy tafakkur va taraqqiyot tamoyillari» (1991); A.Rahimov «O’zbek romani
poetikasi» (1993); H.Boltaboyev «XX asr boshlari o’zbek adabiyotshunosligi va Fitratning ilmiy
merosi» (1996); S.Sodiqov «Abdulla Qahhor ijodi va adabiy tanqid» (1997); B.Yo’ldoshev
«O’zbek adabiyotshunosligi va adabiy tanqidchiligida uslub va mahorat muammolari» (2000);
B.Karimov «XX asr o’zbek adabiyotshunosligida talqin muammosi» (2002) kabi
yirik tadqiqot
ishlarini yaratdilar.
Hozirgi adabiy tanqid diqqat markazida yozuvchi shaxsi va ijodkorning burchi masalalari
tahlil qilinmoqda. Respublika matbuotida E.Vohidov, A.Oripov, H.Do’stmuhammad, P.Qodirov,
Nazar Eshonqul, Bahrom Ro’zimuhammad, Islom Hamro kabi ijodkorlar hozirgi adabiy jarayon
tevaragidagi baxslarda ishtirok etib, o’z mulohazalarini bildirganliklari quvonarli holdir.
«O’zbekiston adabiyoti va san’ati» gazetasi sahifalarida muntazam ravishda yoshlar she’riyati,
nasri muammolari, hozirgi o’zbek hikoya va qissalariga xos uslubiy yo’nalishlar to’g’risida
«Davra suhbatlari» o’tkazildiki, bunday baxslar jarayonida hozirgi adabiy jarayon muammolari u
yoki bu darajada tahlil qilindi, xulosalar chiqarildi.
Professor U.Normatov tomonidan yaratilgan «Umidbaxsh tamoyillar» nomli ilmiy va
adabiy tanqidiy risolada o’zbek nasriga xos o’sish-o’zgarishlar chuqur tahlil qilingan. Zotan,
mustaqillikka erishilgandan keyingi barcha sohalardagi kabi badiiy ijoddagi izlanishlar natijalari
istiqlol talablariga muvofiq haqqoniy yoritilmasa, taraqqiyotning butun dunyo andozalariga mos,
bozor iqtisodiyotiga asoslangan xuquqiy demokratik jamiyat qurish tomon yo’li, maqsadlari
besamar bo’lishi mumkin.
Shu bois, Xurshid Do’stmuhammad adabiy jamoatchilik diqqatini
ijodkor shaxsiga, uning bugungi jamiyatimizda tutgan o’rniga, mavqyeiga qaratganligi bejiz
emas.
1
Islom Hamro esa zamonamiz qahramonlari obrazlari publisistik asarlarda, ocherklarda
haqqoniy, hayotiy bo’lishi, «soxta pafoslarga o’ralmay» tirik insonlarday tasvirlanishi, ularning
ichki dunyosi, ruhiyati teran badiiy tahlildan o’tkazilishi zarurligini o’rinli ta’kidlagan edi.
Yaxshi bilamizki, adabiy tanqidning taqriz, adabiy sharh, adabiy biografik ocherk, adabiy
portret, badia, muammoli maqola singari janrlari mavjud. Ayni chog’da,
tanqidda qadimdan
uchta uslubiy yo’nalish bo’lgan: falsafiy, ilmiy publisistik va shoirona. Bugungi kunda ana shu
barcha uslubiy yo’nalishlar o’zbek tanqidchiligi tevaragida adabiy jarayonning muhim
muammolarini tahlil va talqin qilishga yo’naltirilganligi bilan diqqatga sazovor.
Taniqli tanqidchi, f.f.d., professor Norboy Hudoyberganov mustaqillik davri o’zbek
adabiyoti, xususan, tanqidchiligi taraqqiyoti bilan bog’liq muammolarni tahlil qilib: «Tanqidchi
hech qachon yozuvchi va badiiy ijod saviyasini oshirishga qodir emas, bunday vazifani
bajarishga safarbar etilmaydi, faqat ta’sir ko’rsatishi mumkin», - degan fikrni ilgari surib,
mustaqillik davri o’zbek tanqidchiligining adabiy jarayonga, badiiy ijod ravnaqiga ta’siri
sezilarli
darajada emasligini kuyunib yozadi. Bugungi adabiy tanqid «har yili bir necha yuzlab emas,
minglab she’rlaru dostonlar, hikoyalar, qissalar, hatto romanlarni do’ndirib, ularning aksariyatini
ham poytaxtdagi ham viloyatlardagi nashriyotlarda; shuningdek, hozir respublikamizda
chiqayotgan sakkiz yuzga yaqin gazetalar, jurnallarda chop etiyotgani-yu,
pirovardida bu
boradagi sifatni emas, faqat sonu miqdorni rivojlantirayotgani...» kabi salbiy holatga ta’sir
ko’rsata olayaptimi? – degan haqli savolni ko’ndalang qo’yib, bu borada jiddiy mulohaza
yuritish vaqti allaqachon yetganligini to’g’ri ta’kidlaydi
2
.
Shunga qaramay, adabiy tanqid adabiy jarayon muammolarin baholi qudrat tadqiqu tahlil
qilishga intilib kelayotganligini O’zAS gazetasining 2005 yil may sonidagi, «Jahon adabiyoti»
jurnali sahifalarida 2005-2006 yillarda bo’lib o’tgan baxs-munozaralar misolida kuzatish
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: