Бўйича 1-курс талабаси



Download 0,75 Mb.
bet60/97
Sana14.05.2022
Hajmi0,75 Mb.
#603471
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   97
Bog'liq
2 5219736169293546527

Yangi iqtisodiy siyosat Vaziyat Sovetlar yo’lboshchilari oldiga ahvolni o’nglash, tang
vaziyatdan chiqish va xo’jalik siyosatining yangi vazifalarini belgilashni ko’ndalang qilib
qo’ydi. Bu vazifalar 1921 yil mart oyida bo’lib o’tgan RKP (b) X s’ezdi belgilab bergan
yangi iqtisodiy siyosat (NEP) da o’z ifodasini topdi. Bu siyosatning muhim bo’g’inlari
oziq-ovqat razverstkasini oziq-ovqat solig‘i bilan almashtirish, savdo-sotiqni
erkinlashtirish, sanoatda, mayda hunarmandchilik va boshqa sohalarda xususiy
tadbirkorlikka ruxsat etish, bozorni tartibga solish, yollanma mehnat cheklanishini bekor
qilishdan iborat bo’ldi.
Eng muhimi, bu siyosat shahar bilan qishloq o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni
izga solishga, yangi hokimiyatning tayanch negizi hisoblangan ishchilar bilan dehqonlar
ittifoqini, iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qilardi. Yangi iqtisodiy
siyosatning bosh maqsadlaridan biri - bu dehqon xo’jaligini oyoqqa turg’izish, uni
rivojlantirish edi. Negaki, busiz sanoatni ham, xalq xo’jaligining boshqa sohalarini ham
hech bir yuksaltirib, etarli xomashyo bazasini yaratib bo’lmasdi. Oziq-ovqat solig’i
talabiga ko’ra ekish mavsumi oldidan yakka dehqon xo’jaligi bilan davlat o’rtasida
mahsulot etkazib berish majburiyati to’g’risida shartnoma tuziladigan bo’ldi. Bu esa
dehqonlarni erdan ko’proq hosil olish uchun astoydil mehnat qilishga undardi. Xullas,
yangi iqtisodiy siyosat dehqonning o’z mehnatidan manfaatdor bo’lishini tayin qildi.
Endilikda dehqonning ortiqcha g’allasi tortib olinmaydigan bo’ldi, o’zi etishtirgan
oshiqcha mahsulotni bozorda erkin sotish huquqi berildi.
Yangi iqtisodiy siyosat Turkiston uchun bir qator o’ziga xos xususiyatlarga ega
edi. Birinchidan, Turkiston qoloq chekka, asosan qishloq xo’jaligi o’lkasi edi. Demak, bu
erda zamonaviy qishloq xo’jaligi va sanoatni yangidan barpo etish kerak edi. Ikkinchidan,
o’lkada milliy ishchilar sinfini shakllantirish zarur edi. Uchinchidan, Turkiston ko’p
millatli o’lka bo’lib, yangi iqtisodiy siyosatga o’tishda erli xalqlarning qadriyatlari,
an’analari, urf-odatlari xususiyatlarini hisobga olish kerak bo’lardi. Ammo RKP (b) va
sovet hukumati Turkistonda yangi iqtisodiy siyosatni joriy etishda o’z manfaatlaridan
kelib chiqib ish yuritdilar.
1921 yil aprelda Turkiston ASSR Markaziy Ijroiya Qo’mitasi oziq-ovqat, emxashak va xomashyo razvyorstkasini mahsulot solig’i bilan almashtirish to’g’risida qaror
qabul qildi. Unda 1921-22 yillar uchun soliq miqdori belgilandi. Turkiston
mehnatkashlaridan olinadigan soliq markaziy rayonlardan farqli o’laroq yil oxirida yig’ib
olingan hosil miqdoriga qarab emas, balki ekilgan erning har desyatinasi, shuningdek,
qora mol va mayda mollar hisobidan olinadigan bo’ldi. Bu esa Turkiston dehqonining
kamsitilishini bildirardi.
Bundan tashqari, sovet hukumati o’lkada birinchi navbatda o’zi uchun zarur
bo’lgan tarmoqlarni, chunonchi, paxta, qand lavlagi, tamaki va boshqa texnik ekinlarni
rivojlantirishga alohida e’tiborni qaratdi. Yordam ko’rsatish bahonasida 300.000 dan
ortiq ishchi va dehqon oilalari Rossiya markaziy rayonlaridan Turkistonga keltirilib
joylashtirildi.
Yangi iqtisodiy siyosat asosida sanoatni xo’jalik hisobiga o’tkazish jarayoni
amalga oshirib borildi. Bu esa sanoat korxonalari ishlab chiqarishining biroz bo’lsada
jonlanishiga olib keldi. Mayda va o’rta sanoat korxonalari, yirik kooperativ tashkilotlari
va ularning birlashmalari tadbirkorlarga ijaraga berildi. O’lkada yangi sanoat korxonalari,
temir yo’llar qurildi. Xilkovo tsement zavodi, Farg‘ona pillachilik fabrikasi, Toshkent
guruch zavodi, Qizilqiya, Xilkovo temir yo‘l shahobchalari shular
jumlasidandir.
O’lkada ayniqsa paxtachilik va u bilan bevosita bog’liq bo’lgan paxta tozalash
korxonalari tez sur’atda o’sdi. Bu Markaz to’qimachilik sanoatining o’zbek paxtasiga
talab-ehtiyoji ortib borayotganiga ko’p jihatdan bog’liq edi.
Natijada paxta ekiladigan maydonlar 1924 yilda 1921 yilga nisbatan 3 barobar
ko’paydi. Ishlab turgan sanoat korxonalari soni 144 taga etdi. Birgina paxta tozalash
sanoatida yalpi maxsulot ishlab chiqarish 1923 yildagi 23,9 mln. so’mlikdan 1924 yilda
57,8 mln. so’mga etdi. Bundan ko’rinadiki, yangi iqtisodiy siyosat asosida Turkiston
sanoati tiklanib sezilarli darajada rivojlana boshladi.
Biroq partiya va sovet hukumati yangi iqtisodiy siyosat Turkistonda sinfiy
kurashning keskinlashuviga olib kelmoqda, mahalliy boylar, milliy burjuaziya qoldiqlari,
yirik savdogarlar, musulmon ruhoniylari va boshqa ekspluatator unsurlar jonlanmoqda,
deb ularga qarshi mafkuraviy tashviqot va targ’ibot ishlarini kuchaytirib yubordi.
Jumladan, RKP(b) XII s’ezdida (1923) Buxoro va Xivada turkman va qirg’izlarga qarshi
«o’zbek shovinizmi» mavjud, deb qayd etishgacha borildi. Bu asossiz da’vo va e’tirozlar
o’lkada milliy nizolarni keltirib chiqarishdan boshqa narsa emas edi.
Bu xol asta-sekinchilik bilan o’lkada yangi iqtisodiy siyosat yo’lidan chekinishga
olib keldi. Dehqonga berilgan imtiyozlar qaytarib olindi. Ular qishloq xo’jalik artellariga
birlashtirila boshlandi. Sanoatni milliylashtirish jarayoni avj oldirildi. Ayniqsa 20-
yillarning oxirlariga kelib ittifoqning, shu jumladan, O’zbekistonning ijtimoiy-siyosiy va
iqtisodiy-madaniy hayotida ma’muriy-buyruqbozlik boshqaruvi tizimining kuchayishi
natijasida yangi iqtisodiy siyosat o’z mazmuni va mohiyatini tobora yo’qota bordi.

Download 0,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish