Biznesni boshqarish va axborot texnologiyalari fakulteti biznesni boshqarish kafedrasi


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati



Download 2,57 Mb.
bet125/159
Sana26.01.2023
Hajmi2,57 Mb.
#903059
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   159
Bog'liq
1e5befdaabfff15250534c5d852d3d39 IJTIMOIY ISH TARIXI VA NAZARIYASI

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
Osnovi sotsial’noy raboti: Uchebnik/ Otv. red. P.D.Pavlenok.-M.: INFRA-M, 1997.
Van Deyk T. A. YAzik, poznanie, kommunikatsiya . –M.: Progress, 1989.
Vasil’eva A. N. Osnovi kul’turi rechi. – M., 1990.
Vedenie vo Xram Slova: kniga dlya chteniya s det’mi v shkole i doma. – M.: SHkola-Press, 1994.
Goyxman O. YA., Nadeina T. M. Osnovi rechevoy kommunikatsii: Uchebnik.- M.: INFRA-M, 1997.
Guslyakova L.G., Kuvshinnikova V.A., Sintsova A.K. Sbornik
zadach i uprajneniy po sotsial’noy rabote.— M.: Nauka, 1994.
Ivanova S. F. Govori: Uroki razvivayushey ritoriki. – M.: SHkola-Press, 1997.
Polishuk G. G. Russkiy yazik i kul’tura obsheniya: Poymi menya pravil’no: Nauchno-populyarnoe izdanie. – Saratov: Slovo, 1998.
Jurnal “Sotsial’naya rabota”.
Gazeti: “Sobesednik”, “YA - molodoy”, “Argumenti i fakti”.
12-mavzu . Ijtimoiy ishda ish yuritish ,xizmat yuzasidan suxbat o’tkazish va muzokaralar olib borish.
Reja:

  1. Ijtimoiy ishda ish yuritish.

  2. Muzokaralar , tortishuv va bahslashuvning moxiyati.

  3. Muzokaralar olib borishning umumiy sxemasi va tamoyillari .

  4. Do’stona suhbatlarning xizmat yuzasidan o’tkaziladigan suhbatdan farqi .



Xizmat yuzasidan suhbat o’tkazish uslubiyati.“qalam bilan yozilganni bolta chopa olmaydi”.


Rus maqoli
“o’qish kishini bilimdonlikka, suhbat topqirlikka, yozib yurish odati esa aniqlikka erishtiradi”.
F. Bekon
Ish yuritish - bu hujjatlar bilan ishlash. xujjatlar yaratiladi, qayta ishlanadi, saqlanadi, ulardan turli maqsadlarda foydalaniladi. Ma`lumki, hujjatni qo’lda, yozuv mashinkasida (birdaniga bir necha nusxada), shuningdek, komp’yuter texnikasidan foydalanib yozish mumkin. Komp’yuter texnologiyalari mijoz to’g’risidagi ma`lumotlarni ixcham, tejamli, qulay shaklda taqdim qilish, ijtimoiy xizmatlar mijozlari to’g’risidagi to’la ma`lumotlar bankini tuzish imkonini beradi. Mashinkada yozish va komp’yuterni bilish hujjatlarni yaratish bo’yicha mehnatni soddalashtiradi va ayni paytda ularning sifatini oshiradi. Jonli nutqni tezda yozib olish uchun uzoq vaqtlardan buyon stenografiyadan foydalaniladi.
So’nggi vaqtlarda hujjatlashtirishning audio- va videoyozuv singari xizmat ko’rsatish jarayonini, mijoz va ijtimoiy xizmatchining kuzatilayotgan xulq-atvorini ko’rgazmali aks ettiradigan shakllari borgan sari kengroq tarqalmoqda.
Ish yuritish ma`muriy faoliyat (boshqaruv)ning hujjatlar va ular bilan ishlashga bog’liq bo’lgan alohida turidir.
Ishni risoladagiday yuritish uchun mamlakatimizda va undan tashqarida qanday texnika vositalari mavjudligidan xabardor bo’lish kerak.
xujjatlarga hamma joyda duch kelamiz. xar qanday muassasaga: maktabga, uylar boshqarmasiga, shifoxonaga kirib ko’ring, u erlarda hujjatlarga ko’zingiz tushadi. Alohida vitrinalarda, e`lon taxtalarida turli-tuman e`lonlar, tashkilot rahbarining buyruqlari, uyda istiqomat qiluvchilarning ro’yxati va boshqalarni uchratish mumkin. o’n to’rt yoshga to’lganda har bir fuqaro pasport, o’rta maktabni tugallagach, umumiy o’rta ma`lumot to’g’risida attestat oladi, ishga joylashgandan so’ng esa uning mehnat daftarchasi yuritila boshlaydi. Bu va bunga o’xshash hujjatlarga shunchalik ko’nikib qolganmizki va ular shu qadar keng tarqalganki, ular bizga o’z-o’zidan bo’lishi zarur narsalarday tuyuladi..
YOzuv paydo bo’lgan vaqtdan buyon hujjatlar yozish, qayd qilish, boshqacha qilib aytganda voqea, hodisalarni hujjatlashtirishning ishonchli vositasi bo’lib qoldi. xujjatlar bizga bo’lib o’tgan voqealar to’g’risida go’yo guvohlik berganday bo’ladi, ular insonning haqiqiy xotirasidir.
xujjatlarga, demakki ish yuritishga millionlab odamlar aloqadordir. xujjatlardan muasssasalarning xizmatchilari turli maqsadlarda foydalanishadi. Ularni u yoki bu topshiriqni berish, u yoki bu faktni unutmaslik maqsadida tuzishadi, ulardan tegishli ma`lumotlarni olishadi. Muassasalardagi hujjatlar uzluksiz harakatda bo’ladi, bir qo’ldan ikkinchisiga o’tib turadi. Ularda topshiriqlar bitilgan bo’ladi, ular nimani va qachon bajarish kerakligini eslatib turadi.
o’z mijozlarining manfaatlarini himoya qilish maqsadida sud instantsiyalariga murojaat qilib turadigan ijtimoiy xizmatchi, ijtimoiy pedagog o’zining barcha iltimoslari, arizalari, istaklari, turli muassasalarga (ayniqsa, davlat muassasalariga) murojaatlarini har doim o’z so’zlarining to’g’riligini tasdiqlash uchun tegishli tarzda rasmiylashtirishi, har bir hujjatda vizalar (qondirish yoki rad etish to’g’risidagi) bo’lishini ta`minlashi lozim.
xujjatlar ortida tirik odamlar, tirik ish va hayotning o’zi turadi. xujjatlar ortida faqat qog’ozni, ish yuritishda esa faqat byurokratizmni ko’rish yaxshi emas.
Mijoz haqida hujjat yuritish ijtimoiy xizmatchi faoliyatini tashkil qilish, mijozning holatini, uning muammolari, xizmat ko’rsatish jarayonini tahlil qilish shaklidir. xujjatlarni yuritish yangi fikr va g’oyalarning paydo bo’lishi, demak mijozga nisbatan uning nomidan amalga oshirilayotgan faoliyatning takomillashuviga yordam beradi. Ish yuritish hatti-harakatlarning tartibsizligiga, ishdagi tasodifiylik va vakolatsizlikka barham beradi.
Ijtimoiy xizmatchi ish yuritish bo’yicha qanday majburiyatlarga ega va qanday ishlarni bajarishga layoqatli bo’lishi kerak?
U mustaqil tarzda, rahbarning og’zaki yoki yozma topshiriqlariga binoan asosiy ish hujjatlarini tuzishi va rasmiylashtirishi lozim. Mashinkada yozish va komp’yuterda ishlashni bilar ekan, ijtimoiy xizmatchi u yoki bu ish hujjatini diktovka ostida yoki mustaqil ravishda to’g’ridan-to’g’ri mashinkada yoki komp’yuterda yozishi mumkin, hujjatning stenografik bayonini esa keyinchalik mashinkada yozilgan hujjat shaklida rasmiylashtirib qo’yishi mumkin.
Ijtimoiy xizmatchi yozuvning diktofon, magnitofon, videokamera singari vositalaridan foydalanishni bilishi lozim.
Ko’p hujjatlarni birnecha nusxa shaklida ko’paytirishga to’g’ri keladi. SHuning uchun hujjatlarning nusxasini olish, ko’paytirishning asosiy vositalari va usullaridan xabardor bo’lish lozim, ayni paytda ular yuridik jihatdan savodli rasmiylashtirilgan bo’lishi ham kerak.
Ijtimoiy xizmatchi hujjatlarni qayta ishlash tartibini bilishi, ular qachon va kim tomonidan bajarilishi kerakligini eslab qolishi, va ijroni nazorat qila bilishi lozim. U mijozlarning xatlari, arizalari, shikoyatlari bilan ishlashi, ularni tegishli muassasa va tashkilotlarga yuborishi lozim.
Ijtimoiy xizmatlardagi barcha hujjatlar hisobga olinadi (qayd qilinadi). Bu hujjatlar yo’qolib qolmasligi va ularni topish oson bo’lishi uchun kerak. qayd qilish - hujjatlar ijrosini nazorat qilish shakllaridan biri. qayd qilish kartotekalari va jurnallarini yuritish shuning uchun ham ijtimoiy xizmatchiga yuklatilgan. qayd qilishning turli usullari afzalliklari va kamchiliklarini bilishi, qayd yozuvlarini to’g’ri va toza yuritishi lozim.
xujjatlar bilan olib boriladigan joriy ishda ularni guruhlarga bo’lish, tasnif qilish va saqlashning to’g’ri tizimi muhim rol o’ynaydi. Muassasalarda hujjatlarni tasnif qilish uchun delolar nomenklaturasi va klassifikatori yaratiladi. Ularning yordamida hujjatlar delolarga, delolar guruhiga (masalan,muassasaning biror bir bo’limi yoki ishidagi biror yo’nalish delolar guruhiga) jamlanadi. Ijtimoiy xizmatchi delolar nomenklaturasi tuzishni, klassifikatordan foydalanishni bilishi lozim.
Bajarib bo’lingan hujjatlardan asta-sekin arxiv tashkil topadi. U avvalo ish yuritish jarayonida vujudga keladi, keyin hujjatlar saqlash uchun muassasa arxiviga o’tkaziladi. Doim saqlanadigan hujjatlar keyinchalik davlat arxivlariga topshiriladi. Ijtimoiy xizmatchi hujjatlar bilan ishlash jarayonidayoq arixivning asoslarini to’g’ri tashkil qila bilishi kerak. Keyin u tayyor bo’lgan va yakunlangan delolarni muassasa arxiviga shunday holatda topshirishi kerakki, keyinchalik ularni qayta ishlashga to’g’ri kelmasin.
Arxivni shakllantirishda hujjatlar muhimligi, qimmatiga qarab, saqlash muhlatlari bo’yicha guruhlanadi. Buning uchun ular baholanadi (ekspertiza qilinadi). Ijtimoiy xizmatchi maxsus ma`lumotnomalardan foydalanib hujjatlarni ularning saqlanishi lozim bo’lgan muhlatlarga qo’ya bilishi kerak.
xar bir hujjat bir necha tarkibiy qismdan iborat. xujjatlarni to’g’ri tuzish, tahlil qilish sifatini aniqlash uchun ulardan xabardor bo’lish lozim.
xar bir hujjat o’z muallifiga ega. Bu muallif muassasa (“yuridik”) shaxs yoki alohida (“jismoniy”) shaxs. xujjatlarning mualliflari yakka shaxslar yoki jamoalar bo’lishi mumkin. Masalan, ariza alohida shaxs nomidan ham, jamoa nomidan ham (uning nomidan vakolatli organ, masalan, kasaba uyushmasi, byuro, kengash va h. k.) berilishi mumkin.
Barcha hujjatlar o’z mazmuniga ega, ular ana shu mazmun uchun tuziladi. xujjat mazmuni (matni) bitta masalaga taalluqli bo’lishi mumkin. Bunday hujjatlar oddiy hujjat deyiladi. Agar hujjatda bir necha masala aks etgan bo’lsa, ular murakkab hujjat hisoblanadi.
xar bir hujjat muayyan vaqtda tuziladi va demak, u o’zining zaruriy tarkibiy qismi sifatida muayyan sanaga ega bo’lishi lozim. Amaliyot ko’rsatishicha, sanalarning turi ko’p, ular hujjat tuzilgan sana, imzo chekilgan, olingan, qayd qilingan, e`lon qilingan va h.k. sanalar bo’lishi mumkin.
Masalan. ariza olti tarkibiy qismdan iborat:

  • adresatni belgilash;

  • ariza muallifining ifodasi;

  • hujjat turining nomi (“ariza”) ;

  • ariza mazmuni (matni);

  • muallif imzosi;

  • imzo qo’yilgan sana.

Mazkur tarkibiy qismlarning bari ushbu hujjatda ham, boshqa har qanday hujjatda ham bo’lishi zarur. Masalan, sanani qo’ymasak, hujjat zamondan tashqariga chiqib qoladi. Imzosi yo’q arizani ham qabul qilishmaydi. Mazmunsiz ariza ham, tabiiyki, bo’lishi mumkin emas.
xujjatdan foydalanish qulay bo’lishi uchun arizaning barcha tarkibiy qismlari shunday ajratilishi va joylashtirishili lozimki, ularni darrov topish va o’qish oson bo’lsin.
Tarjimai hol esa quyidagi tartibda joylashtirilgan to’rt tarkibiy qismdan iborat bo’ladi:

  • hujjat turining nomi (“tarjimai hol”);

  • mazmun (matn);

  • muallif imzosi;

  • imzo qo’yilgan sana.

Tug’ilganlik to’g’risidagi guvohnomaning ko’rinishi boshqacharoq, uning shakli va mazmuni qonun yo’li bilan aniq belgilangan bo’lib, ular namunaviy, ya`ni tug’ilganlik to’g’risidagi barcha guvohnomalar uchun umumiy hisoblanadi. Tug’ilganlik to’g’risidagi guvohnomalar oldindan chop etilgan blanklarga yoziladi. ZAGSlar (fuqarolik holatlarini qayd qilish bo’limlari)da, ya`ni fuqarolikning tug’ilish, nikoh, o’lim singari holatlari qayd etiladigan muassasalarda faqatgina blankda belgilab qo’yilgan o’rinlar to’ldiriladi. Tug’ilganlik to’g’risidagi guvohnoma quyidagi tarkibiy qismlarga ega:

  • hujjat turining nomi (“tug’ilganlik to’g’risida guvohnoma”);

  • mazmun ;

  • qayd qilish joyi;

  • berilgan sana;

  • guvohnomaning raqami;

  • mansabdor shaxs imzosi;

  • muhr.

Blankdagi ba`zi elementlar bo’yicha qanday ma`lumotlar yozilishi to’g’risida oldindan ko’rsatmalar berilgan (ular ko’pgina nuqtalardan iborat bo’lgan chiziqlar ostida mayda shrift bilan yozib qo’yilgan). Guvohnomaning butun mazmuni blankda oldindan ko’zda tutilgan. Tug’ilganlik to’g’risidagi guvohnomada tuzatishlar, o’chirishlarga yo’l qo’yilmaydi. Guvohnoma shaklini har qanday buzishlar va noto’g’ri to’ldirish yaroqsiz qilib qo’yadi.
Yig’ilish bayonnomasi quyidagi tarkibiy qismlardan iborat:

  • hujjat turining nomi (“bayonnoma”);

  • yig’ilish o’tkazgan tashkilotning nomi;

  • yig’ilish sanasi;

  • majlisda kimlar ishtirok etdi?;

  • kun tartibi;

  • mazmun;

  • imzolar (tashkilot kotibi, yig’ilish raisi va h.k).

xujjat original yoki nusxa shaklida taqdim qilinishi mumkin. Original deb u yoki bu hujjatning yagona, odatda, birinchi nusxasiga aytiladi.
Originaldan bitta yoki bir nechta nusxa olish mumkin. Nusxa – originalning in`ikosi. xujjatlar nusxalarining bir necha turi mavjud. Masalan, hujjat bir bo’lagining nusxasi ko’chirma (masalan, bayonnomadan ko’chirma) deyiladi. YUborilgan hujjatning nusxasi ko’pincha jo’natish, deb ataladi. Original o’rnini bosishi lozim bo’lgan va original singari yuridik kuchga ega bo’lgan nusxa dublikat deb ataladi. Dublikatni faqat originalni bergan muassasa berishi mumkin. Masalan, pasportning dublikatini faqatgina militsiya organlari berishi mumkin. Ma`lumot to’g’risidagi guvohnoma dublikatini maktab, oliy o’quv yurti beradi.
Guvohnomaning xususiyatiga, nusxaning originalga mosligiga qarab notarial va oddiy nusxalar farqlanadi. Notarial nusxani o’zining imzosi va tamg’ali muhri bilan nusxa originalga to’la mos kelishini tasdiqlaydigan rasmiy mansabdor shaxs – notarius tasdiqlaydi. Oddiy nusxalarni (albatta originali mazkur muassasada tayyorlangan hujjatlarning nusxalarini) mansabdor shaxslar tasdiqlaydilar. Tasdiqlanmagan nusxalar bo’lishi ham mumkin, odatda ular kserokopiya va fotokopiyalar bo’ladi.
xar bir hujjat uchun taalluqli bo’lgan sanab o’tilgan elementlardan tashqari hujjatlarning faqat u yoki bu turi uchun xos bo’lgan elementlar bo’lishi ham mumkin. Masalan, muassasa tomonidan yuborilayotgan xizmat xatlarida ular yo’naltirilayotgan korrespondent (adresat) ko’rsatiladi. Xizmat xatlari odatda “blanklar”da, ya`ni yuqori tomondagi chap burchagida yoki yuqoridagi xoshiyasida muassasa nomi ko’rsatilgan qog’ozlarga yoziladi. Ko’pgina hujjatlarda grif deb ataladigan alohida belgilar: “tezkor”, “avia”, “maxfiy” va boshqalar qo’yiladi.
qonun bilan belgilangan yoki amaliyotda o’rnatilgan hujjat shakllaridagi zaruriy elementlar rekvizitlar deb ataladi. xujjatlarning rekvizitlarini bilish ularni to’g’ri tuzishning muhim shartidir. U yoki bu rekvizitlari ko’rsatilmagan hujjat brak hisoblanadi.
Alohida hujjatlarda alohida faktlar, masalalar, voqealar aks ettiriladi yoki hujjatlashtiriladi. Masalan, maktab direktori yozma ko’rsatmalar-buyruqlar beradi. Pedagogik kengash majlislari bayonnomada aks ettiriladi. o’qituvchi o’quvchilarning o’zlashtirishi hisobini jurnalda yuritadi. o’quvchilarning baholari ularning har biriga beriladigan tabellarda ifodalanadi. Direktor maktabning ishlari to’g’risida hisobot tayyorlaydi va mahalliy ta`lim boshqarmasiga taqdim qiladi. Bularning bari hujjatlashtirishning alohida turlari.
Maktabning hujjatlari muayyan tizimni tashkil qiladi va u maktab hayotining alohida jihatlarini aks ettiradi. Masalan, buyruqlarda direktorning ko’rsatma berish faoliyati, bayonnomalarda pedagogik kengash ishi, jurnallarda o’quvchilarning o’zlashtirishi va h.k izchil hujjatlashtiriladi. SHunga o’xshash holatni hujjatlari uning barcha faoliyatini muayyan tizim bo’yicha hujjatlashtirish natijasi bo’lgan har qanday muassasada ham kuzatish mumkin. xujjatlashtirishning bunday tizimlariga ish yuritish nomi berildi, ular o’z ichiga hujjatlarni yaratish, ular bilan ishlash va saqlashni qamrab oladi.
Ijtimoiy xizmatchining ish yuritishi quyidagilardan tashkil topadi: 1) ijtimoiy xizmat yoki xususiy amaliyotni tartibga solib turuvchi me`yoriy huquqiy hujjatlar; 2) muassasa va mutaxassis faoliyatini umumiy rejalashtirish; 3) yordamga muhtoj bo’lganlar va ijtimoiy xizmatchi bilan uchrashishi lozim bo’lganlarning qo’ng’iroqlari va murojaatlari qayd etiladigan umumiy daftarga qabulga kelganlarni yozib borish; 4) “mijoz – ijtimoiy xizmatchi – ijtimoiy xizmat”ning o’zaro munosabatlarini belgilaydigan shartnomalar va bitimlar; 5) uchrashuv davrida mijoz o’zi to’g’risida bergan ma`lumotlarni yoki ijtimoiy xizmatchi uchrashuv tugagandan so’ng qisqacha qaydlar shaklida ifodalaydigan ma`lumotlarni “stenografiya” qilish; 6) bajarilgan ishning tahlilini shaxsiy kundalikka yozib borish; 7) mijozning muammolarini hal qilishda ishtirok etayotgan muassasa va tashkilotlar bilan yozishmalardan olingan hujjatlar; 8) u yoki bu vaqt davomida qilingan, u yoki bu bo’linma ishi to’g’risidagi yoki umuman ijtimoiy xizmatning faoliyati to’g’risidagi hisoboti.
Mijoz bilan bevosita ishlashdagi ish yuritish ijtimoiy xizmatchining biror shikoyat yoki muammoni bayon qiluvchi shaxs bilan bevosita uchrashuvidan boshlanadi. Ijtimoiy xizmatchi bilan hamkorlikda ishlashga rozilik birgalikdagi qaror bilan tasdiqlanadi. Bu qaror odatda yozma shartnoma, bitim, kontrakt shaklida qayd etiladi. Unda hamkorlikdagi ishning maqsadlari, ularni amalga oshirish usullari, mijozning o’zi haqidagi zaruriy axborotlarni bayon qilishga tayyorligi kabilar aniqlanadi. Ish davomida ijtimoiy xizmatchi mijozning roziligi bilan o’zaro ta`sir tizimini kengaytirishi va dastlabki bitim shartlariga tegishli o’zgarishlar kiritishi mumkin. xamkorlik shundan boshlanadi, u tomonlarning mas`ullik sohalarini belgilar ekan, hujjatlashtirishni mijoz ishtiroki va xabarisiz, uning insoniy huquqlariga zid ravishda o’ziga xos “dos’e”ga aylantirish mumkinligini (har qanday shaklda, jamlovchi papka yoki komp’yuter disketi shaklida bo’lmasin) istisno qiladi.
Keyingi qadam mijoz to’g’risida, uning oilasi, hayot sharoitlari, muammolari to’g’risida ma`lumotlar bazasini yaratish bo’ladi. Bu axborotlar keyingi qabullar, uyiga borishlar, tegishli axborotni taqdim qilish, tekshirish, blanklar “shakllar”ni to’ldirish jarayonida boyitib boriladi.
Xizmat ko’rsatish, yordamni tashkil qilish jarayonlarini professionallar xizmatini muvofiqlashtirishga ko’maklashadigan, ijtimoiy o’zaro ta`sirning turli darajasidagi ijrochilar tomonidan yo’naltiriladigan yordam va qo’llab-quvvatlash strategiyasini, qaror qabul qilish jarayonini, muhokamalar natijalarini, rasmiy ko’rsatmalarni qo’shishni, qarorlarning amalga oshirilishini, hamkorlikdagi harakatlarning istiqboli va tizimini anglash mutaxassislarning kundaliklarida va hisobotlarida aks ettiriladi.
Erishilgan ijobiy siljish to’g’risidagi yakuniy qayd bajarilgan ishlarning natijalari to’g’risidagi asosiy xulosalardan iborat bo’lgan va “delo”ni yopadigan rezyumedir. Ijtimoiy xizmat markazlaridagi asosiy toifani tashkil etuvchi odamlarning ulkan miqdori bugun ekstremal, stress, boshi berk ko’cha holatiga yaqin bo’lgan vaziyatda yashamoqda. Ish yuritishga bo’lgan ehtiyoj ijtimoiy xizmatchi va mijoz tomonidan mutlaqo keraksiz, ortiqcha ish sifatida qabul qilinadi va u hamkorlikdagi harakatlar majmuini shakllantirishda anglab etilmaydi. ehtimol, shuning uchundir, odamlar ijtimoiy xizmatlarga nisbatan rasmiyatchi instantsiyalarga murojaat qilgandagi his-tuyg’uni sezadilar. qanday bo’lganda ham ijtimoiy ish buning natijasida o’zining doimiy mijozlar singari muhim tarkibiy qismidan, ularga nisbatan yordam, haloskorlik strategiyasi va tizimi tuziladigan tarkibiy qismdan ajralib qoladi.
Ish yuritish - so’zdagi timsollarni qayd qilish, iboralarni, “tarix”larni kodlashtirish bo’lish bilan bir paytda o’zining xulq-atvorini, mijoz xulq-atvorini tartibga solish usuliga aylanib bormoqda. xujjatlashtirish tufayli individual faoliyatni ongli tashkil qilish vujudga keladi. U bir tomondan mutaxassisni kundalik ma`muriyatchilik oqibatlaridan saqlasa, ikkinchi tomondan o’z imkoniyatlarining mustaqil sohasi va uning ortidan ijtimoiy muhit va mijozning imkoniyatlarini belgilab beradi. Mijozga taalluqli hujjatlarni yuritish barcha uchun va ayniqsa endi ish boshlayotgan ijtimoiy xizmatchilar uchun juda muhim.
xujjatlar:

  • mijoz, uning muammolari, ijtimoiy xizmatchi mijoz bilan birgalikda ularni hal qilish uchun belgilagan maqsadlar to’g’risidagi o’ziga xos “eslatma”, “yodga solib turuvchi” narsadir. xar tomonlama va batafsil to’plangan hujjatlar muayyan vaqt davomida muammolarni hal qilish bo’yicha nima ishlar qilingani, bu ishda nimalarga erishilgani va erishilmagani, yana nimalarni va nima uchun bajarish zarurligining dalili va isboti bo’lishi mumkin;

  • muayyan natijalar, ish rejalari, xizmat ko’rsatish vazifalariga kiritiladigan o’zgarishlarni qayd etadi, demak hisobot hujjati rolini bajaradi;

  • ijtimoiy xizmatchining mutaxassis sifatida o’z ishiga sidqidildan yondashayotgani va kompetentligining isbotiga aylanadi;

  • ijtimoiy xizmatchining malaka oshirishiga ko’maklashadi, uning shaxsiy kasbiy tajribasi shakllanganlik darajasini ifodalaydi;

  • muloqot va umumlashtirishning, faoliyatning kommunikativ va intellektual-predmetli, ideal va amaliy shakllarining birikishi sifatida namoyon bo’ladi. Masalan, ijtimoiy xizmatchi yozma qaydlarni qog’ozga tushirar ekan mijozning holatini, u bilan bevosita muloqotni yangidan his qiladi va tahlil qiladi, unda usullar va yondashuvlarni takomillashtirishga ko’maklashadigan yangi fikrlar hosil qiladi, tafakkurning tanqidiy uslubini mustahkamlaydi.

Ijtimoiy ishdagi ish yuritish jarayonida hal qilinadigan vazifalar:

  1. mijoz, uning muammolari, u bilan ishlash vositalari va usullari haqida aniq ma`lumot to’plash;

  2. ko’rsatilayotgan yordam jarayonini uning samaradorligini oshirish maqsadida qayd etish;

  3. fanlararo hamkorlikni mustahkamlash, turli mutaxassislar, idoralar, institutlar harakatlarini muvofiqlashtirish;

  4. mijozning muammolari holati to’g’risidagi ma`lumotni boshqaruv va ijroning barcha darajalariga uzatish;

  5. u yoki bu usullar, me`yorlar, ta`sir o’tkazish yo’llarini sxemalar, grafiklar, komp’yuter dasturlari, sxemali istiqbolli rejalashtirish va boshqalar yordamida umumlashtirish;

  6. yordamning turlari va shakllari to’g’risidagi ma`lumotni unga har bir ehtiyoj sezuvchi erishishini ta`minlash maqsadida tizimlashtirish;

  7. ma`lumot xizmatlarining axborot banklari uchun mijozlar va ularga xizmat ko’rsatish sharoitlarini tiplarga bo’lish.

Ish yuritishning ijtimoiy ishdagi funktsiyalari:

  • klinik: bayon qilingan va tashxis qo’yilgan muammolarni hal qilish, bartaraf qilish, “davolash”. Bu o’ziga xos “kasallik tarixi” bo’lib unda shikoyatlar, alomatlar va “davolash”ning borishidan to bu jarayonda foydalangan usullar va vositalargacha ko’rsatib o’tiladi;

  • kasbiy: yordam vositalari va manbalarini aniqlash, o’zaro ta`sirning boshqa ishtirokchilari bilan o’zaro munosabatlarni yo’lga qo’yish bo’lib, ijtimoiy xizmatchining professionalizmi va malakasini oshirish vositasi sifatida xizmat qiladi;

  • tashkiliy: yordamni tashkil qilish jarayonini aks ettirish, mutaxassisni tashkiliy tadbirlarning muayyan tizimiga rag’batlantirish;

  • ma`muriy: mijozlar, ularning muammolari, ko’rsatilayotgan yordamning to’laligi, adekvatligi, har tomonlamaliligi to’g’risida zaruriy axborot bilan ta`minlash, ijtimoiy xizmatni nazorat qilish va boshqarishning tarkibiy qismi sifatida xizmat qiladi;

  • ilmiy tadqiqot: ijtimoiy ish tajribasini umumlashtirish, uning rivojlanishini prognozlash.

Ijtimoiy xizmatdagi ish yuritishning muhim xususiyatlaridan biri shundaki, hujjatlarning qismlari turlicha taqdim qilinishi mumkin, ular:

  • mijozning so’zlariga ko’ra muammoni darak shaklida bayon qilish (sub`ektiv axborot);

  • tahlil qilish, umumlashtirish, xizmat ko’rsatishni baholash munosabati bilan, tomonlarning xulq-atvorini, rasmiy shaxslar va tashkilotlarning yordam ko’rsatish jarayoniga munosabatini e`tiborga olgan holda tavsiflash (tahliliy axborot);

  • anketa so’rovlari, turli ma`lumotlar, guvohnomalar natijalari (ob`ektiv axborot); harakat rejalari va dasturlari, muayyan shaklda tuzilgan bayonnomalar, qabul qilingan majburiyatlar, tavsifnomalar, ishonchnomalar (taktik xizmat axboroti);

  • hisobot mahsulotlari (bajarilgan ish to’g’risida, olingan pul mablag’lari va boshqalar to’g’risida) komissiya xulosalari, tekshirish hujjatlari va boshqalar (natijalarni qayd qiluvchi axborot).

SHunday qilib, ish yuritish ijtimoiy xizmatda juda muhim rol o’ynaydi va uning asoslarini bilish har bir mutaxassis uchun zarur.


nazorat qilish savollari.

Ish yuritish nima va undan qanday foydalanishadi? Ijtimoiy xizmatchi uchun ish yuritish asoslarini bilish nima sababdan zarur?


Ijtimoiy xizmatdagi ish yuritishning funktsiya va vazifalari nimalardan iborat?
Ijtimoiy xizmatchi uchun, sizning fikringizcha, eng zarur bo’lgan hujjatlar ro’yxatini tuzing. Mazkur ro’yxatdagi hujjatlarni tasnif qilish yo’lini aniqlang.



Download 2,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish