Biznesni boshqarish va axborot texnologiyalari fakulteti biznesni boshqarish kafedrasi



Download 2,57 Mb.
bet133/159
Sana26.01.2023
Hajmi2,57 Mb.
#903059
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   159
Bog'liq
1e5befdaabfff15250534c5d852d3d39 IJTIMOIY ISH TARIXI VA NAZARIYASI

1982 yilda qabul qilingan tibbiy etika tamoyillari
1976 yilda Bosh Assambleya Jahon sog’liqni saqlash tashkilotiga qo’lga olish yoki qamoqxonaga qamashning har qanday shakliga duch kelishi mumkin bo’lgan shaxslarni muhofaza qilish maqsadida tibbiy etika kodeksi loyihasini ishlab chiqishni topshirdi. Bosh Assambleya 1982 yilda JSST, xalqaro ilmiy tibbiy tashkilotlar Kengashi va Umumjahon tibbiyot assambleyasi yordamida sog’liqni saqlash xodimlari, ayniqsa vrachlar uchun mahbuslar yoki qo’lga olinganlarni qiynoqlar va boshqa shafqatsiz, g’ayri-insoniy yoki shaxs sha`nini pastga uradigan munosabatlar va jazodan himoya qilishdagi roliga taalluqli tibbiy etika tamoyillarini qabul qildi. 1983 yilda Bosh Assambleya barcha hukumatlarni tibbiy xodimlar tomonidan va funktsiyasi qo’lga olish va qamash bo’lgan muassasalar xodimlari tomonidan ana shu tamoyillarga amal qilinishi uchun ko’maklashishga chaqirdi.
SHafqatsiz, g’ayri-insoniy yoki inson sha`nini pastga uradigan muomala yoki jazo turlariga qarshi 1984 yilda qabul qilingan konventsiya
Mazkur Konventsiya milliy qonunchilik doirasida qiynoqqa solishni ma`n etishni ko’zda tutibgina qolmay, yuqori lavozimli boshliqning hech qanday buyrug’i va hech qanday istisnoli holatlar qiynoqqa solish yoki boshqa shafqatsiz, g’ayri-insoniy yoki inson sha`nini haqoratlaydigan munosabat yoki jazolarni oqlay olmasligini aniq-ravshan ko’rsatib o’tadi. Konventsiyada, qiynoqlarni qo’llagan har qanday shaxs BMTga a`zo bo’lgan har qanday davlat hududida sud tomonidan ta`qib qilinadi, biror bir davlat hududida qiynoqlarni muntazam qo’llash haqida aniq ma`lumot bo’lgani taqdirida konventsiya xalqaro surishtiruv o’tkazishni nazarda tutadi. Konventsiyaga a`zo davlatlar, shuningdek, o’zlarining yurisdiktsiyasi ostida bo’lgan har qanday hududda qiynoqlarning oldini olishga yo’naltirilgan samarali qonuniy, ma`muriy, sud yoki boshqa choralarni ko’rish majburiyatini oladilar. xech qanday istisnoli sharoitlar, ular urush sharoiti bo’ladimi, ichki siyosiy beqarorlik yoki har qanday favqulodda holat bo’ladimi, qiynoqlarni oqlay olmaydi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining balog’atga etmaganlarga nisbatan odil sudlovni amalga oshirishga taalluqli 1985 yilda qabul qilgan qoidalarining minimal andozalari
Bu qoidalar jinoiy javobgarlikning minimal yoshi, balog’atga etmaganlarga nisbatan odil sudlovni amalga oshirish maqsadlari, balog’atga etmaganlarni odil sudlashning samarali, adolatli va insonparvarlik xususiyatlari va inson huquqlari sohasida qo’llash lozim bo’lgan tamoyillari singari masalalarga tegishlidir. Ular, shuningdek, balog’atga etmaganlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarni tergov qilish, sudda ko’rib chiqish, shuningdek, sudgacha hibsda tutib turish singari masalalarni qamrab oladi. Umuman ularda balog’atga etmaganlarni axloq tuzatish muassasalariga qamash bilan bog’liq bo’lgan tadbirlarni minimal darajada qo’llash kerakligi to’g’risida tavsiya beriladi. Ular, shuningdek, axloq tuzatish muassasalariga olib kelingan balog’atga etmagan qonunbuzarlarning muhofazasi to’g’risidagi qoidalarni ham qamrab oladi.
Bolalarning huquqlari to’g’risida 1989 yilda qabul qilingan konventsiya
Konventsiyaning asosiy maqsadi bolaning manfaatlarini maksimal himoya qilishdan iborat, bunda u o’zini ratifikatsiya qilgan davlatlarni bolalarning o’z mamlakatlari ijtimoiy-siyosiy hayotlarida faol va ijodiy qatnashishlari uchun tegishli sharoitlar yaratishga chaqiradi. Konventsiyaga ko’ra, 18 ga to’lmagan har qanday shaxs bola hisoblanadi, agar milliy qonunchilik balog’at yoshini ertaroq qilib belgilamagan bo’lsa. Fuqarolik, siyosiy, iqtisodiy va madaniy huquqlarning butun majmuini qamrab olar ekan, konventsiya bir huquqning ro’yobga chiqarilishi boshqa huquqlarning ro’yobga chiqarilishi bilan uzviy bog’liqligini e`tirof etadi. Unda bolaning intellektual, axloqiy va ma`naviy qobiliyatlari rivojlanishi uchun zurur bo’lgan erkinlik boshqa narsalardan tashqari, sog’lom va xavfsiz atrof muhit, sog’liqni saqlash tizimiga kirish erkinligi, oziq-ovqat, kiyim-kechak va boshpana bilan minimal darajada ta`minlanganligiga bog’liqligi ham ko’rsatib o’tiladi. Bolalar o’zlarining huquqlaridan irqi, terisining ranggi, jinsi, tili, kelib chiqishi, moddiy ahvoli, salomatligi holati va uning yoki ota-onalarining yoki bo’lmasa vosiylarining tug’ilishdagi vaziyatlardan, va boshqa har qanday holatlardan qat`iy nazar, erkin foydalanishlari lozim. Konventsiya bolalarni ekspluatatsiyaning har qanday shaklidan himoya qiladi, milliy ozchiliklar vakillarining va tub joy aholi guruhlari bolalariga taalluqli masalalarni, shuningdek, giyohvand moddalarni suiiste`mol qilish va bolalar to’g’risida g’amxo’rlikning yo’qligi muammolarini ham ko’rib chiqadi. U jinoiy faoliyatga tortilgan bolalarning huquqini himoya qilish bo’yicha aniq qoidalarga ega. Konventsiya bolalar to’g’risida g’amxo’rlik qilish va ularni himoyalashda oila va ota-onalarning birinchi darajali rolini, shuningdek, davlatning ularga ko’maklashish bo’yicha majburiyatlarini e`tirof etadi.
Barcha mehnatkash-migrantlar va ular oila a`zolarining huquqlarini himoya qilish bo’yicha 1990 yilda qabul qilingan Xalqaro konventsiya
Bu Konventsiya barcha mehnatkash-migrantlar va ularning oila a`zolariga jinsi, irqi, terisining rangi, tili, dini va e`tiqodlari, siyosiy va boshqa qarashlari, milliy, etnik yoki ijtimoiy kelib chiqishi, fuqaroligi, yoshi, iqtisodiy, mulkiy, oilaviy va tabaqaviy holati va boshqa har qanday belgisidan qat`iy nazar qo’llanadi. Konventsiya Paktlarda e`lon qilingan boshqa huquqlarning keng doirasini ham qamrab oladi.

o ’zini-o’zi nazorat qilish uchun savollar


Odamlarni ijtimoiy muhofazalash bo’yicha eng muhim xalqaro hujjatlarni tahlil qiling.
Sizning fikringizcha, qabul qilingan qarorlar ijrosini xalqaro tashkilotlar tomonidan nazorat qilish murvati nimadan iborat?
Xalqaro hujjatlarning Rossiyada to’la amalga oshishi uchun nimalar zarur?

Vaziyatlar


“Ta`lim to’g’risida”, “RFning “Ta`lim muassasasi to’g’risida”gi qonunidan, RF bosh sanitariya vrachining “Umumta`lim muassasalarining sanitariya me`yorlari to’g’risida“gi Farmoyishi, shuningdek, sizning mintaqangiz ta`lim tizimiga taalluqli bo’lgan me`yoriy huquqiy hujjatlardan foydalanib ota-onalar va o’quvchilarning quyidagi savollariga javob bering:
qo’riqlash uchun pul berishga majburmizmi?
Maktabdagi bepul ovqat barchaga tegishlimi?
Maktabdagi tushlikdan voz kechish mumkinmi?
Maktabimizda ikki kishiga bitta tarix darsligi beriladi. SHunisi ham borki, uning mazmuni, yumshoq qilib aytsak, kishini ajablantiradi. Bu vaziyatni biz qanday tuzatishimiz mumkin?
Mening bolam mana ikki yildirki, maktabda o’qimaydi. U bor-yo’g’i olti sinfni tugatgan. Uni maktabga olishmayapti, rayon ta`lim boshqarmasining boshlig’i esa “direktorga havola!” – deydi. Sizdan iltimos qilaman, bolamni maktabga joylashda yordam bering.
Gimnaziya va litsey guruhlari nechanchi sinfdan ochiladi?
Bizning direktor maktab formasi uchun barchani pul to’lashga majbur qilish uchun urinmoqda. SHu qonuniymi?
Mening ikkinchi sinfda o’qiydigan qizim ritmika va aerobikaga qatnashi shartmi?
o’g’limning sinf rahbari bolalarga tazyiq o’tkazadi, hatto qo’l ko’tarish hollari ham bo’lgan. Biz qanday chora ko’rishimiz kerak.
Sinfimizda 31 o’quvchi bor. SHu to’g’rimi?
Ikkinchi smenani ochish va olti kunlik o’qishga o’tish to’g’risidagi qarorni kim qabul qiladi? Ota-onalar ana shu qarorlarga ta`sir o’tkazishi mumkinmi?
Ta`lim muassasasidagi ijtimoiy pedagog va ijtimoiy xizmatchining lavozim vazifalarini kim belgilaydi? Maktabdagi bu mutaxassislar, sizning fikringizcha, qaysi funktsiyalarni bajarishi lozim?
A maliy topshiriq
Xalqaro jamg’arma yoki xalqaro tashkilotga ijtimoiy loyihani moliyalashtirish to’g’risida talabnoma tayyorlash.

Igor Viktorovich Vachkovning psixologik o’yinlari va mashqlari


Ijtimoiy ish muammolari bo’yicha Umumjahon konferentsiyasi” mashqi
(2-majlis)
Bundan avvalgi mashg’ulotda boshlangan xizmat o’yini davom ettiriladi. xar bir “delegatsiyaga” “ijtimoiy ish tamoyillari Deklaratsiyasi”ni ishlab chiqish topshiriladi. 10-15-20 daqiqadan so’ng “delegatsiyalar” bu hujjat bo’yicha o’zlari tayyorlagan variantlarni taqdim qiladilar. Opponentlarning savollariga javob berar ekan, ular aynan o’zlarining “Deklaratsiyasi” afzalliklarini ishonarli qilib isbotlab berishlari kerak. Majlisning so’nggi bosqichida barcha “delegatsiyalar” vakillaridan iborat ekspertlar komissiyasi tuziladi va unga “Deklaratsiyalar”ning barcha variantlaridagi eng yaxshi tamoyillar va g’oyalarni qo’shib hujjatni “oxiriga etkazish” topshiriladi. Komissiya ishining natijalari keyingi majlisda muhokama qilinadi.



Download 2,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish