Biznesni boshqarish va axborot texnologiyalari fakulteti biznesni boshqarish kafedrasi


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati



Download 2,57 Mb.
bet128/159
Sana26.01.2023
Hajmi2,57 Mb.
#903059
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   159
Bog'liq
1e5befdaabfff15250534c5d852d3d39 IJTIMOIY ISH TARIXI VA NAZARIYASI

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.


Osnovi sotsial’noy raboti: Uchebnik / Otv. red. P.D. Pavlenok.— M-: INFRA-M, 1997.
Alekseeva O. Tretiy sektor, ili Blagotvoritel’nost’ dlya “chaynikov”. - M.: Izd-vo Blagotvoritel’nogo fonda Bi-bi-si MPM Limited, 1997.
Teoriya i metodika sotsial’noy raboti: Kratkiy kurs / Pod. Red. Jukova V. I. – M.: Soyuz, 1994.
13-mavzu .Ijtimoiy ish va ijtimoiy ish soha mutaxassislarini kasbiy tayorlashning xorij tajribasi.
Reja:

  1. Ijtimoiy ishni tashkil qilish va rivojlantirishda xorij tajribasi .

  2. Aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash bo’yicha Amerika va G’arbiy Evropa modellari.

  3. Xorijiy mamlakatlardan birida aholiga ijtimoiy xizmat ko’rsatish.

  4. Xorijiy mamlakatlarda ijtimoiy xizmatchilarni tayyorlashning o’ziga xos xususiyatlari.

“Vatanga bo’lgan muhabbatim mendan xorijliklar xizmatiga ko’z yumishni talab etmaydi. Aksincha, Vatanni qanchalik sevsam, mamlakatimni tashqaridan keltirilgan boyliklar bilan shunchalik ko’proq to’ldirishga harakat qilaman”.


Volter
Rossiyadagi ijtimoiy ishni rivojlantirishda dunyo mamlakatlarida to’plangan tajribani o’rganish, uni anglash va undan foydalanish ulkan ahamiyat kasb etadi.


Ijtimoiy ish turlarini guruhlarga bo’lish universal hodisa emas va u turli mamlakatlarda turli xususiyatlarga ega bo’lishi mumkin. Masalan, Germaniyada ijtimoiy ishning asosiy turlarini keyingi yillarda an`anaviy tarzda quyidagi yo’nalishlar bo’yicha guruhlarga bo’linadi: a) ijtimoiy sug’urta; b) ijtimoiy ta`minot; v) ijtimoiy yordam.
AqSHda ijtimoiy ishning turlarini guruhlarga bo’lish uchun shu ish yo’naltirilgan ob`ekt asos vazifasini bajaradi. AqSHda: a) individ bilan olib boriladigan ijtimoiy ish; b) o’xshash vaziyatlarga tushib qolgan odamlar guruhi bilan olib boriladigan ijtimoiy ish; v) jamoa bilan olib boriladigan ijtimoiy ish.
Kasbiy faoliyat sifatidagi ijtimoiy ish turlarining kelib chiqishi ko’p jihatdan mamlakatlar taraqqiyotidagi madaniy va milliy xususiyatlar, turli ijtimoiy institutlar o’rtasidagi o’zaro ta`sir xususiyatlari, ijtimoiy ong, madaniyat, fan, ta`limning rivojlanish darajasi bilan belgilanadi.
xar bir mamlakatdagi davlatning ijtimoiy ko’mak berish tizimi shu erdagi tarixiy shart-sharoitlardan kelib chiqib shakllantirilgan bo’lib, bajarilayotgan vazifalarning o’xshashligi va bir xilliligiga qaramasdan ulardagi yondashuvlar, uslublar va tashkiliy shakllarda tafovut mavjud. Bu tafovutlar ijtimoiy ishdagi Evropa va Amerika modellarini qiyoslaganda ko’zga ayniqsa yaqqol tashlanadi.
Evropa qit`asida ijtimoiy ta`minot tizimining rivojlanishi uzoqroq tarixga ega. U jamoalar o’rtasidagi (jamoalararo) aloqalar uzilishiga bog’liq tarzda shakllandi. Evropaning ko’pchilik mamlakatlarida ijtimoiy siyosat va ijtimoiy ta`minot dasturlarini amalga oshirish, turli ijtimoiy guruhlarni qo’llab-quvvatlash uchun mo’ljallangan rasmiy tuzilmalarning yaratilishida davlat tashabbuskor bo’ldi. Amerikaga ko’chib borganlar uchun xos belgi esa o’zining kuchiga, shaxsiy tashabbusga va davlat tuzilmalarining ta`sirini maksimal darajada kamaytirishga intilish bo’ldi. Bunday individualistik yondashuv hozirgi kungacha aholini ijtimoiy muhofaza qilishda unchalik katta rol o’ynamaydigan AqSH davlat ijtimoiy siyosatining shakllanishiga o’z ta`sirini o’tkazdi. AqSHdagi aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimining xarakterli xususiyati va Evropa modellaridan asosiy farqi uning nomarkazlashtirilganidadir. U federal qonunchilik, yoki shtat qonunchiligi, yoki bo’lmasa federal davlat organlari va shtatlarning boshqaruv organlari tomonidan tartibga solinadigan turli ijtimoiy dasturlardan iborat. Bundan tashqari, alohida dasturlar mahalliy hokimiyatlar tomonidan ham qabul qilinadi. Bunday yondashuv muayyan mintaqada ijtimoiy ko’makka bo’lgan ehtiyojni etarlicha to’la va tezkor aniqlash imkonini beradi.
AqSHdagi ijtimoiy ta`minot davlat tizimi ikki shaklga asoslanadi: ijtimoiy sug’urta va davlat tomonidan ko’rsatiladigan ko’mak, ular o’zaro moliyalashtirish manbalari bilan farqlanadi. Ijtimoiy sug’urta bo’yicha to’lovlar mehnatkashlardan ham, tadbirkorlardan ham olinadigan ijtimoiy sug’urta solig’i shakllantiradigan sug’urta jamg’armalari hisobiga amalga oshiriladi. Davlat tomonidan beriladigan ko’mak federal byudjet mablag’lari, shtatlar byudjeti yoki mahalliy hokimiyat organlari byudjetlari mablag’i hisobidan amalga oshiriladi.
AqSHning ijtimoiy sug’urta haqidagi (1935 yil) qonuniga ko’ra ijtimoiy sug’urtaning ikki turi: qarilik nafaqasi va ishsizlarga to’lanadigan yordam puli belgilangan. qonunda kambag’allarning ba`zi toifalari, birinchi navbatda nogironlar va etimlarga yordam berish ham ko’zda tutilgan. Vaqt o’tib borishi bilan ijtimoiy sug’urtaning yangi shakllarini tadbiq etish ko’zda tutilgan ko’plab tuzatishlar kiritib borildi: boquvchisini yo’qotganda beriladigan nafaqa; ishlab chiqarishda shikastlanish bilan bog’liq bo’lmagan mehnat qobiliyatini yo’qotish tufayli beriladigan nafaqa; 65 va undan katta yoshlilarga beriladigan tibbiy sug’urta huquqi va boshqalar.
1935 yilda qabul qilingan qonun va uning qo’shimchalarida ko’zda tutiladigan ijtimoiy sug’urtaning barcha turlarini Umumiy federal dastur nomi bilan atash qabul qilingan. Umumiy federal dastur doirasidagi barcha pensiya va nafaqalar ijtimoiy sug’urta solig’i hisobiga moliyalashtiriladi. Mehnatkashlar uchun soliq stavkasi ish haqiga nisbatan foiz hisobida, tadbirkorlarga nisbatan esa to’langan ish haqiga nisbatan foiz hisobida belgilanadi.
AqSH shtatlari darajasida ishlab chiqarishda shikastlanish yoki kasbiy xastaliklar uchun mo’ljallangan sug’urta dasturlari mavjud. qonun tomonidan ishchiga ishlab chiqarishda etkazilgan shikast uchun mas`uliyat tadbirkorlar zimmasiga yuklangan, to’lanadigan badalning darajasi va vaqtincha mehnatga layoqatsizlik uchun beriladigan to’lovlarning davomiyligi yoki ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa natijasida halok bo’lganlar oilasiga beriladigan to’lovlar miqdori belgilab qo’yilgan. To’lovlar darajasi oylik ish haqiga nisbatan foiz hisobida aniqlanadi va uning umumiy hajmiga nisbatan 2/3 ni tashkil qilishi mumkin. Pul to’lovlarining asosiy qismi xususiy sug’urta kompaniyalari tomonidan to’lanadi, chunki tadbirkorlarning ko’pchiligi ana shunday holatlardan sug’urta qilingan bo’ladi. Ba`zi shtatlarda tadbirkorlardan olinadigan soliq hisobiga maxsus sug’urta jamg’armalari tashkil etilgan bo’lib, shtatlarning hokimiyatlari ishlab chiqarishda yuz bergan shikastlar uchun sug’urta mablag’larini ana shu jamg’armalar hisobidan amalga oshirishadi.
Ijtimoiy muhofazaning Amerika davlat tizimidagi yana bir tarkibiy qism kambag’allarga beriladigan ko’makdir. Bu tizim 60-yillardan boshlab keng rivoj topdi. Ijtimoiy sug’urtadan farqli o’laroq, ijtimoiy ko’mak tizimida yordam olish uchun oldindan maxsus to’lanadigan badallar talab qilinmaydi. Uni olish uchun asosiy mezon - muhtojlik.
Ko’mak berish tizimining asosiy vazifalari quyidagilar: kafolatlangan daromadni ta`minlash, yordamga muhtoj bolali oilalarni qo’llab-quvvatlash, oziq-ovqat, turar joy va tibbiy yordam ko’rsatish.
Kafolatlangan daromadni ta`minlash dasturi keksayib qolganlar va nogironlarni qamrab oladi. Aholining bu toifasiga federal hukumat ular uchun kafolatlangan daromad deb ataladigan yashash vositalarining minimumini ta`minlash maqsadida pul mablag’lari to’laydi. Bu mablag’lar “qashshoqlik chegarasi” ga to’g’ri keladigan summaning taxminan 60 % ini tashkil qiladi. SHtatlarga ana shu nafaqalar miqdorini o’zlarining byudjet vositalari hisobiga oshirish huquqi berilgan.
Bolali oilalarga yordam dasturi kam daromad oladigan, oila boshlig’i, eridan ajralgan yoki yolg’iz beva bo’lgan ko’p bolali oilalarga yordam ko’rsatishni nazarda tutadi. Bir qator shtatlarda mazkur dastur bo’yicha nafaqalar boshlig’i ishsiz bo’lgan oilalarga ham beriladi.
Oziq-ovqat yordami doirasida muhtojlarga oziq-ovqat talonlari berish juda keng tarqaldi. Ular bepul yoki arzonlashtirilgan narxlarda beriladi. Boshqa oziq-ovqat dasturlari – maktab nonushtalari, bir yoshgacha bolasi bor onalarga beriladigan yordam va boshqalar. Turar joy subsidiyalari kam daromadli oilalarga beriladi. Ijtimoiy sug’urtaning xususiy tizimlari davlat tizimini to’ldirib turadi va ular muayyan murvatlar yordamida davlat tomonidan tartibga solinadi. AqSHda xususiy sug’urtaning ikki turi – ish joyidagi jamoaviy va individual turlari mavjud. Etakchi shakl jamoaviy shakl hisoblanadi. Kasaba uyushmalari va tadbirkorlar o’rtasidagi jamoaviy shartnomalar odatda, muayyan ijtimoiy to’lovlar va kafolatlarni ko’zda tutadi. Sug’urtaning shunga o’xshash turlari kasaba uyushmalari bo’lmagan ko’pgina sohalar va firmalarda ham mavjud.
Mehnatkashlarning katta qismi uchun xususiy nafaqalar muhim ahamiyatga ega. Jamg’armalarning sezilarli o’sishiga qaramasdan xususiy nafaqa tizimi davlat tizimiga qaraganda uch marta kamroq shaxslarni qamrab oladi. Gap shundaki, davlat pensiyalari miqdorini hisoblaganda ish joyidan qat`iy nazar, umumiy staj hisobga olinadi, xususiy nafaqaga ega bo’lish uchun esa ishchi yoki xizmatchi bitta firmada odatda, kamida 10 yil uzluksiz ish stajiga ega bo’lishi lozim. “Korporatsiya” maxsus federal agentligi xususiy pensiyalarning kafolati sifatida amaldagi pensiya jamg’armalarining to’lov qobiliyatini kuzatib boradi va kompaniyalar bankrotlikka uchragani taqdirda, ularning qatnashchilariga beriladigan to’lov miqdori va tartibini belgilaydi.
Urushdan keyingi davrda xususiy sug’urta tizimida qo’shimcha to’lovlar deb ataladigan to’lovlar keng tarqaldi. Ular ta`tillar va kasallik varaqalari, ishsizlik bo’yicha qo’shimcha nafaqa, ta`limni davom ettirish va yuridik xizmatlar uchun xarajatlarni subsidiya qilishni qamrab olishi mumkin. qo’shimcha to’lovlarning miqdori, shakli, hajmi turli kompaniyalardan berilish usuliga qarab keng doira ichida tebranib turishi mumkin.
Keyingi yillarda individual nafaqa hisob raqamlari keskin o’sib ketdi. Xususiy pensiya ta`minoti to’g’risidagi 1974 yilda qabul qilingan qonun xususiy pensiya berish tizimi bilan qamrab olinmagan yollanma ishchilarga har yili soliq olinmaydigan 1,5 ming dollarni bankdagi alohida hisob raqamiga jamlash huquqini berdi. Buning oqibatida individual nafaqa hisob raqamlari soni sezilarli darajada o’sdi.
Evropa mamlakatlarining ijtimoiy qonunchiligi Amerika qonunchiligidan davlatning ijtimoiy siyosat yo’nalishlarini belgilash, rejalashtirish, moliyalashtirish va hayotga tadbiq etishdagi ishtirokining yuqoriroq darajasi bilan farqlanadi. Bunda ijtimoiy xizmatlarni ko’rsatishdagi mahalliy o’zini-o’zi boshqarish organlarining muhim roli hamda aholining ko’proq qismini ijtimoiy xizmatlar va yordam turlari bilan qamrab olinishini ta`kidlash lozim. Finlyandiya tajribasi xarakterlidir. Bu mamlakatda qishloq jamoasi va cherkov qavmlari hozirgi kunda ijtimoiy ta`minot organlari faoliyati doirasiga kiradigan ko’pgina funktsiyalarni o’tmishda bajargan edilar.
Ijtimoiy siyosatni davlat va kommunalar ishlab chiqadi va hayotga tadbiq qiladi. eng muhim o’rinni munitsipal hokimiyat organlari egallaydi. Kommunalar katta mustaqillikka ega bo’lar ekan, o’z hududida yashaydigan aholidan va shu erda joylashgan korxonalardan mahalliy soliqlar olish huquqiga tayanib o’z hududlarida ijtimoiy xizmatlarni tashkil qilish masalasini o’zlari hal qiladilar va ularning faoliyati uchun mas`uldirlar. Masalan, aholiga dastlabki ijtimoiy va tibbiy xizmat ko’rsatish Finlyandiyada munitsipal shifoxonalar va poliklinikalar, bolalar bog’chalari, internatlar, qariyalar uylari, narkologiya xizmatlari va boshqalar tomonidan to’la ta`minlanadi.
Kommunalar aholiga maishiy xizmat ko’rsatish, bolalar tarbiyasi va rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, turar joylar qulayligini oshirish masalalariga alohida e`tibor beradilar, mahalliy rejalarni, loyihalarni tuzish va xizmatlarni tashkil etishga jamoatchilik harakatlarini jalb etadilar.
xozirgi davrda Finlyandiyaning ijtimoiy siyosati nomarkazlashtirishning uchinchi bosqichini boshdan kechirmoqda. Birinchi bosqichda uni amalga oshirish huquqi davlatdan mintaqalar va kommunalarga, ikkinchi bosqichda kommunalardan kichik tumanlar va jamoalarga olib berilgan bo’lsa, uchinchi bosqichda boshqaruv funktsiyalari fuqarolar jamoalari va hatto alohida shaxslarga o’tkazilmoqda.
Masalan, Davlat kengashi sog’liqni saqlashni rivojlantirishning besh yillik rejasini ishab chiqadi, unda bajarilayotgan ishning asosiy maqsadlari va yo’nalishlari, shuningdek, ularni amalga oshrish uchun zarur bo’lgan kapital mablag’lar miqdori ko’rsatilgan bo’ladi. Reja har yili qayta ko’rib chiqiladi, yangilanadi va to’ldiriladi. Munitsipalitetlar markaz subsidiyalarini hisobga olgan holda o’zlarining rejasini tuzadi, bu rejalar guberniya boshqaruvi tomonidan tasdiqlanadi. Nihoyat, fuqarolar jamoalari o’zlarining rejalarini tuzish, o’z kichik tumanlari, ko’chalari va h.k. hududida sog’liqni saqlashning u yoki bu sohasini rivojlantirish haqidagi tashabbuslari bilan chiqishlari mumkin va ular munitsipal hokimliklar tomonidan hisobga olinadi va moliyalashtiriladi.
Evropa an`anadorligining yana bir xarakterli misoli sifatida SHvetsiyada aholiga ijtimoiy xizmat ko’rsatish modelini keltirish mumkin. Bu mamlakatda har yili ijtimoiy soha bo’yicha tayyorlanayotgan oliy ma`lumotli mutaxassislar (sotsionomlar) miqdori 1000 kishini tashkil qiladi. Ijtimoiy xizmat sohasida band bo’lgan professional sotsionomlar miqdori 18 ming kishini tashkil etadi. SHunisi qiziqki, bu mamlakatdagi ijtimoiy ish sohasida oliy ma`lumotga ega bo’lmagan yuz minglab odamlar: qariyalarga qaraydigan xonadon yordamchilari, enagalar, nogironlar va aqliy zaiflarga yordam beruvchilar ham band bo’lib ularning bari ijtimoiy ish bo’yicha faqat boshlang’ich nazariy tayyorgarlikka ega.
SHvetsiyadagi ijtimoiy xizmatlar faoliyati amaldagi qonunlar asosiga quriladi. Bu qonunlarda ijtimoiy xizmatning alohida sohalariga (iqtisodiy yordam, bolalar, yolg’iz onalar va boshqalarga bag’ishlangan) avvalgilaridan farqli o’laroq, faoliyat sohasi bo’lgan ijtimoiy xizmatga integrativ yondashuv amalga oshirilganki, unda ijtimoiy xizmatlar, munitsipalitet va guberniya hokimiyatlari, oilalar va alohida fuqarolar o’zlarini o’rab turgan vaziyat omillarini hisobga olgan holda o’zaro ta`sir ko’rsatadilar.
Munitsipal hokimiyatlar fuqarolarga qonun tomonidan kafolatlangan ijtimoiy xizmatni ularning shaxsiy ehtiyojlari va shart-sharoitlariga mos tarzda ko’rsatishga majburdir. Fuqarolarga ijtimoiy xizmat ko’rsatish majburiyati munitsipalitetlarga yuklangan. Bunda ulardan har biriga munitsipal hokimiyatlar tomonidan ijtimoiy ko’mak va xizmat ko’rsatish huquqi hatto muvaqqat yashash joylarida ham berilishi nazarda tutilgan.
xar bir munitsipalitetda ijtimoiy xizmat ko’rsatish uchun ijtimoiy yordam qo’mitasi mas`ul bo’lib, u o’ziga amaldagi qonunlar tomonidan beriladigan vakolatlar doirasida faoliyat yuritadi. U, jumladan, maqsadga muvofiq deb hisoblasa, tuman qo’mitalarini tuzishi ham mumkin. Munitsipal va tuman qo’mitalarining ishi quyidagi asosiy yo’nalishlarda olib boriladi: kommunal xizmat; aholi muayyan guruhlari (bolalar, qariyalar, yolg’izlar, nogironlar va h.k.)ning ijtimoiy sharoitlarini yaxshilash; alohida shaxslar va oilalar bilan muayyan muammolar (iqtisodiy yordam, bolalar va o’smirlar to’g’risida g’amxo’rlik, alkogoliklar va giyohvandlar bilan ishlash, me`yoriy oilaviy munosabatlarni yo’lga qo’yishda yordam berish va h.k) bo’yicha individual ish olib borish.
SHvetsiyadagi ijtimoiy ta`minot tizimi har bir fuqaroga insonlarga xos turmush kechirish va ijtimoiy ko’makka ishonchni kafolatlaydi. Agar odam o’zi olayotgan ijtimoiy yordamdan qoniqmasa, qonun bo’yicha u viloyat ma`muriy sudiga murojaat qilishi mumkin. Umuman olganda, qonun tomonidan ta`minlash, tuzilma, tashkil qilish va moliyalashtirish nuqtai nazaridan SHvetsiyadagi ijtimoiy xizmat ko’rsatish sohasi atroflicha o’ylab tuzilgan bo’lib, ““Farovonlik” davlatining shved modelidagi” muhim elemntlardan biridir.
o ’zini-o’zi nazorat qilish uchun savollar
Nima uchun Rossiyada ijtimoiy ishni tashkil qilish va rivojlantirishda xorij tajribasiga tayanish muhim ahamiyatga ega?
Aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash bo’yicha Amerika va £arbiy Evropa modellari o’rtasidagi asosiy farqlar nimada?
Sizning fikringizcha, ijtimoiy ishning qaysi modeli Rossiya uchun ko’proq mos keladi?
Xorijiy mamlakatlardan birida aholiga ijtimoiy xizmat ko’rsatishning tashkil qilinishi to’g’risida ma`ruza tayyorlang.



Download 2,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish