Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Grigor’ev S. I., Guslyakova L. G., El’chaninov V. L. i dr. Teoriya i metodologiya sotsial’noy raboti.— M.: Nauka. 1994.
Drujinin V. N. Psixologiya v sem’e. – M.: KSP, 1996.
Doel M, SHadlou S. Praktika sotsial’noy raboti / Per. s angl. yaz. pod red. B. YU. SHapiro.— M.: Aspekt Press, 1995.
Mudrik A. V. Sotsial’naya pedagogika.- M.: Izd-vo MPGU, 1990.
Osnovi konfliktologii: Uchebnoe posobie / Otv. red.
V. N. Kudryavtseva. - M.: YUrist`, 1997.
Osnovi sotsial’noy raboti: Uchebnik / Otv. red. P.D. Pavlenok.— M-: INFRA-M, 1997.
9-mavzu .Ijtimoiy ish va ijtimoiy informatika .
Reja:
Ijtimoiy informatika tushunchasi.
Ijtimoiy ish va ijtimoiy informatikaning aloqadorligi.
Ijtimoiy xizmatchi va zamonaviy axborot texnologiyalari.
“Aniq fanlar shunday atalishiga sabab ularning aniqligi emas, balki bu fanlar bo’yicha olimlar o’z fikrlarining aniq emaslik darajasini bilishlarida”.
A. A. Lyubishev
“Biz hali ham juda avtomatlarmiz, yoki avtomatlar unchalik mukammal emas”.
V. L. Levi
Ijtimoiy informatika axborot tizimlarining turli amaliy sohalari: personalni boshqarish, muayyan vaziyatlarda ish yuritish, muassasa jamoalari madaniyatini rivojlantirish, bemorlarga turar joylarda qarash, onalar uchun ta`tillarni rejalashtirish, tanglik holatlariga aralashuv dasturlarini tuzish va boshqalarda qo’llaniladi.
Ijtimoiy ishdagi axborot xizmatlari turlicha, ya`ni axborot, maslahat, ma`lumotnoma, huquqiy ko’mak, axborotni saqlash va uzatish, mijozlar tanlash, test yoki sotsiologik tadqiqot natijalarini qayta ishlash va talqin qilish, axborot manbalariga kirish, kasbiy tayyorgarlik, yordamchi xizmatlar va boshqalar bo’lishi mumkin.
Ijtimoiy xizmatlar tomonidan aholiga komp’yuter texnikasi vositasida ko’rsatilayotgan va mohiyatiga ko’ra ko’plab tashqi xizmat tizimlarini o’zaro bog’lab turadigan axborot-ma`lumot xizmatlari hamma uchun ochiq va murojaat usuli (yozma, telefon orqali, shaxsiy uchrashuvda yoki avtomat javob beruvchi vositasidagi muloqot)dan qat`iy nazar, bepul bo’lishi lozim.
Bundan tashqari axborot-ma`lumot xizmatlari tizimi rejalashtiruvchi, siyosiy va tadqiqot murvati bo’lib, u tamoyilni aniqlash, kamchiliklar, ko’rsatilayotgan xizmatlarning noadekvatligi va samarasizligini ko’rsatish qobiliyatiga egadir.
Ijtimoiy informatika axborot texnologiyalariga nisbatan bilimlar, ko’nikma va mavqelar birligi bo’lib, bo’lg’usi kasbda o’quvchilar undan foydalanishiga to’g’ri keladi.
Ijtimoiy informatika komp’yuterni o’rganish yoki komp’yuterda ishlash malakalarini o’rganish bilan cheklanmaydi, ijtimoiy informatika axborot to’g’risidagi fandir. Ijtimoiy ishlar axborot so’rov vositasida to’planadi va komp’yuterda qayta ishlab chiqiladi, yoki yana ham ehtimollirog’i shundaki, alohida mijozni o’rganish orqali olinadi. Videotexnika yordamida ma`lumotlar to’plash alohida shaxsga nisbatan o’tkazilgan tekshirishlar haqida hisobotga qo’shimcha materialni ta`minlovchi juda foydali vosita.
Ijtimoiy xizmatchining kasbiy faoliyati videotexnika yordamida juda samarali o’rganilishi mumkin. Videokamera yordamida osonlik bilan muhrlab qo’yish mumkin bo’lgan real xulq-atvor ijtimoiy xizmatchi va mijoz o’rtasidagi barcha munosabatlar tizimini rivojlantirish uchun yaxshi yo’nalish vazifasini bajaradi.
Biroq, ijtimoiy sohaga texnologik yangiliklar tadbiq etilayotgan davrda boylar va kambag’allar o’rtasidagi tengsizlik kuchayib borayotgan bo’lsa, yangi texnologiyalarni birinchi bo’lib idrok qilayotganlar jamiyatning yuqori qatlamlariga xos ekanliklaridan ajablanmasa ham bo’ladi. Ijtimoiy tuzilmaning eng quyi qismida joylashgan shaxslar bunday texnologiyalarning mahsulotlaridan hech qachon foydalana olmasliklari mumkinligiga ham ajablanmaslik kerak. Achinarli voqelik shundan iboratki, eng kambag’al va eng oz ma`lumotga ega bo’lgan, yangi texnologiyalarga eng ko’p ehtiyoj sezayotgan odamlar unga hech qachon etisha olmasliklari ehtimoli juda yuqori. Ijtimoiy ishda axborot yoki komp’yuter texnologiyalaridan foydalanishga oid adabiyotlarga shunchaki ko’z yugurtirish ularning asosiy ko’pchiligi komp’yuter texnologiyalarida dasturlar va boshqa axborot tizimlari bilan ishlash, yangi texnologiyalarni xizmatchilar va talabalarni menejmentga va boshqa kasbiy ko’nikmalarga o’rgatishda qo’llanishdan, hamkasabalar bilan muloqotda foydalanishdan iborat ekanini ko’rsatadi. Mijozlar komp’yuter texnologiyasidan qanday foydalanish mumkinligi haqidagi maqolalar oz, huquq va axborot demokratiyasi haqidagi maqolalar esa undan ham oz. Komp’yuterlarga va dasturlarga kirishning erkinligi axborot demokratiyasining zaruriy qismidir, biroq aftidan, uning o’zi etarli emas. YAngi texnologiyalardan, ayniqsa ular murakkab bo’lsa, foydalanishga o’rgatish ijtimoiy muvaffaqiyatning muhim tarkibiy qismidir.
Aholini ijtimoiy muhofaza qilishni boshqarish organlarida komp’yuter texnikasidan foydalanish ularning ish sifatini yaxshilash, mijozlarning ijtimoiy muammolarini hal qilishda vaqtni iqtisod qilish imkonini beradi. Masalan, Moskvada quyidagi komp’yuterlashtirilgan axborot tizimlari ishlab turibdi: “Imtiyozlar-ma`lumotnomalar”, ular fuqarolarning alohida toifalariga beriladigan imtiyozlar to’g’risida ma`lumot olish imkonini beradi; “murojaat-hisob-kitob” tizimi fuqarolarning nafaqa, imtiyozlar, ijtimoiy-maishiy xizmat masalalari bo’yicha yozma murojaatlari haqidagi ma`lumotlarni jamlaydi; “arxiv” – vafot etgan, chet elga ketib qolgan, turar joyini o’zgartirgan, nafaqaning boshqa turiga o’tgan nafaqaxo’rlarning familiyalari va manzillari to’g’risidagi ma`lumotlarni jamlaydi; “nafaqaxo’r – naqliyot” – nogironlarni transport vositalari bilan ta`minlash, transport xizmati va benzin uchun kompensatsiyalar berish haqidagi ma`lumotlarni ifodalaydi; “nafaqaxo’r - ma`lumotnoma” – nafaqa yoki yordam pullarining, kompensatsiya to’lovlarining miqdori haqida axborot olish imkonini beradi.
Ijtimoiy ishga o’rgatishning hozirgi Rossiya tizimi eng yangi axborot texnologiyalari (komp’yuterlar, video, ommaviy axborot vositalari)dan foydalanish istagini hosil qilmaydi, bu pedagoglarning ulardan qo’rqishi tufayli emas, balki bu vositalardan samarali foydalanish qobiliyatlari mavjudligiga ishonmaslik tufayli vujudga keladi.
Moliyaviy va insoniy resurslarni ko’plab xarajat qilish orqali yuz bersa ham, axborot texnologiyalaridan foydalanib yondashish ta`lim jarayonini individuallashtirishga, butun o’quv kursi jarayonida o’quvchilarning faol ishtirok etishiga yordam beradi.
Ijtimoiy xizmatchilarning axborot texnologiyalaridan foydalanishga qarshilik ko’rsatish hollari mavjudligini e`tirof va bartaraf etish, bu vositalardan foydalanish axloqiy mezonlari va konfidentsialligi himoyasini ta`minlash ham zarur.
o’zini-o’zi nazorat qilish uchun savollar
Ijtimoiy xizmatchiga zamonaviy axborot texnologiyalari nima uchun zarur?
qanday qilib komp’yuter texnologiyalarining hamma uchun ochiqligini ta`minlash mumkin?
Ijtimoiy xizmatchi faoliyati samaradorligini begilaydigan qanday mezonlarni siz alohida ko’rsatgan bo’lar edingiz?
Do'stlaringiz bilan baham: |