Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati
Aleksandrova A.Yu. Mejdunarodniy turizm. Uchebnik.- M: Aspekt Press, 2004.- 470 str.
Mamatqulov X.M. Turizm infratuzilmasi. O'quv qo'llanma. -T.: «O'zbekiston faylafuslar jamiyati» nashriyoti, 2011.- 273b.
Durovich A.P., Bondarenko G.A. Organizatsiya turizma. Uchebnoye posobiye. 2-ye izd. ispr. - Mn.: Novoye znaniye, 2005.-640 str.
Mirzayev M.A., Aliyeva M.T. Turizm asoslari. O'quv qo'llanma.-T.: O'zbekiston faylafuslar jamiyati, 2011.- 287b.
Kvartalnov V.A. Turizm. Uchebnik.-M., Finansi i statistitka 2004.-320str.
Tuxliyev I.S., Qudratov G'.H., Pardayev M.Q. Turizmni rejalashtirish. Darslik. - T.: «Iqtisod-moliya» nashriyoti. 2010.-263b.
Tuxliyev I.S., Ibadullayev N.E. Turizm operatorlik xizmatini tashkillashtirishning asoslari.O‘quv qo‘llanma.Samarqand, SamISI, 2011.
http.://www.uzbektourism.uz
http.://www.study-tourism.uz
mavzu. TURIZM MARSHRUTLARINI ISHLAB CHIQISH JARAYONI
Reja:
Turizm marshrutlarining turlari va tasnifi
Turizm marshrutlarini ishlab chiqish bosqichlari va texnologik haritasini tuzish
Turlarni shakllantirishda xizmat ko‘rsatish dasturini tayyorlash jarayoni
Turizm marshrutlarining turlari
Xalqaro turizmni shuningdek, milliy turizmni rivojlantirishning asoslaridan biri turistik marshrutlarni ishlab chiqish va bu marshrutlarga turistlarni jalb qilish hisoblanadi. Puxta, qiziqarli ishlangan turistik marshrut turistlarning barcha talablarini qondiradi va natijada ko‘plab turistlarni o‘ziga jalb qiladi. Shuning uchun ham, turistik marshrutlarni mukammal ishlab beradigan malakali mutaxassislarga talab juda katta bo‘lib, turizm marshrutlarini ishlab chiqishni o‘qitish, o‘rgatish O‘zbekistonda turizmni rivojlantirishdagi dolzarb masala hisoblanadi.
Inson ko‘rib, eshitib yurgan har qanday mo‘jizaviy, qiziqarli inshootlar, tabiatning so‘lim go‘shalari, qadimdan saqlanib kelinayotgan tarixiy obidalar, daryolar, sharsharalar, hayvonot yoki turli - tuman o‘simliklar o‘sadigan joylar, tomosha bog‘larining hammasiga ma’lum bir yo‘ldan boriladi. Bu yo‘l turizmda «marshrut» deyiladi. Marshrut - fransuzcha - marche - yurish, oldinga harakat, route - yo‘l.
Respublikamizdagi barcha turistik resursga - ob’ektga- manzilu-makonga- maskanga turli yo‘llar olib boradi. Bu yo‘llar asfaltli, toshli, mahalliy tuproq yo‘llari, so‘qmoqlar va hakozo ko‘rinishlarida bo‘ladi. Lekin, bu yo‘llarni turistik marshrutga aylantirilgandan keyingina turistik resursda turistlar soni ko‘payishi mumkin.
Turistik marshrutlar. «Marshrut» so‘zi aniqlangan, belgilangan yo‘lni bildiradi. Marshrut so‘zi faqat turizm sohasida tegishli emas balki, insonlarning turizm bilan bog‘liq bo‘lmagan doimiy, muntazam ravishda ma’lum tomonga, aniqrog‘i o‘ziga ma’lum geografik manzilga harakatlanishini ham anglatadi. Turistik marshrut deyilganda, bu yo‘ldan turist maqomini olgan yakka inson yoki insonlar guruhi yuradigan harakatlanadigan, ma’lum bir makonga boradigan va qaytadigan yo‘l tushiniladi.
Hozirgi paytda turizm marshrutlari quyidagi marshrutlarga bo‘linadi:
Qadimgi marshrutlar.
Buyuk geografik kashfiyotlar davridagi marshrutlar.
O‘zgartirilgan marshrutlar
O‘zgarmaydigan marshrutlar
Tiklanadigan marshrutlar.
Tiklanmaydigan marshrutlar
Yangi, zamonaviy marshrutlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |