Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati



Download 76,65 Kb.
bet2/5
Sana16.04.2022
Hajmi76,65 Kb.
#557071
1   2   3   4   5
Bog'liq
Foydalanilgan adabiyotlar ro

Qadimiy marshrutlar insoniyatning to buyuk geografik kashfiyotlargacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Dastlabki marshrutlar oldindan o‘rganiladigan joylarga sayohatlar uyushtirish hisoblanadi. Insoniyat taraqqiyotida qadimiy ibtidoiiy odamlarning ovqat izlab ko‘chib yurishlarining izlari ham hozir topilgan, isbotlangan. Eng katta va dastlabki sayohat Misr firaoni Nexao topshirig‘i bo‘yicha Afrikaning dengiz qirg‘oq chiziqlari bo‘ylab amalga oshirilgan 3 yillik sayohati hisoblanadi. Bu sayohatni Finikiyaliklar amalga oshirdi. Ular kemalarda Qizil dengizdan Hind okeaniga chiqishdi, 3 yildan so‘ng Gibraltar bo‘g‘ozidan o‘tib O‘rta yer dengizi orqali Misrga yetib kelishdi. Bunday sayohatlar tarixda juda ko‘plab qayd qilingan. Nexao topshirig‘i bo‘yicha finikiyaliklar sayohatini keltirganimizning bosh sababi shundaki, aynan shu sayohatdan keyin 2 ta qit’a nomlandi:

  1. «Asy», «Azu» - kunchiqar - keyinchalik Osiyo nomi

  2. «Ereb» - kun botar - keyinchalik Yevropa nomi.

Qadimiy marshrutlarni harakatlanish jihatidan 2 xil sharoitga bo‘lishimiz mumkin:

  1. Dengiz - suv yo‘li marshrutlari.

  2. Quriqlikdagi marshrutlar.

Dengizlar orqali amalga oshirilgan marshrutlar:Fernando Magellanning yer shari boylab sayohati, Robert Skott va Raul Amundsen, shimoliy va janubiy qutblarga sayohatlari, Semyon Dejnyov va Vitus Beringning shimoliy muz okeani boylab sayohatlari, M.Lazarov va N.Lisyanskiyning janubiy qutbga sayohati, Mikluxo Maklay sayohati, Xristofor Kolumb va Jeyms Kukning okeanlar boylab sayohat marshrutlari.
Quruqlikda o‘tgan eng katta marshrutlardan biri «Buyuk ipak yo‘li» marshruti hisoblanadi. Shuningdek, xitoylik Chjan Syan yurgan yo‘l ham jahondagi eng katta marshrutdir.
Buyuk geografik kashfiyotlar davridagi marshrutlarga 1490-1504- yillardagi Xristofor Kolumb, Amerigo Vespuchchi, Vasko da Gama, Jeyms Kuk, David Livingiston, Afanasiy Nikitin, A.Tasman, Mikluxo Maklay, D.Dikson va boshqa sayyohlar ochgan marshrutlar kiradi.
Yangi zamonaviy marshrutlar Yevropada va Amerikada dastlabki avtomobillar, poyezdlar va samolyotlar, bug‘ bilan suzadigan kemalar ixtiro qilingan XVII-XVIII asrlarga to‘g‘ri keladi.
O‘zgartirilgan marshrutlarni inson o‘zi uchun qulaylik, sharoit yaratadigan geografik relf shakllari o‘zgarganidan keyin o‘zgartiradi. Albatta, yangi yo‘l oldingisiga (eskisiga) qaraganda o‘zining xavfsizligi, qulayligi, harakatlar uchun ko‘plab sharoitlar, imkoniyatlar mavjudligi bilan ajralib turadi. O‘zgartirilgan marshrutlar ko‘pincha davlatlar o‘rtasidagi siyosiy, iqtisodiy me’yorlarning buzilishidan kelib chiqadi. Xuddi shuningdek, davlat ichidagi marshrutlar yangi shaharlar qurilishi, boy tabiiy mineral resurslarning ochilishi bilan bog‘liq bo‘ladi. Sanoat ob’ektlarining markazlashuvi, arxeologik topilmalar va tabiat qo‘riqxonalarining tashkil qilinishi ham ko‘pincha yangi marshrutlarning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.
O‘zgarmaydigan marshrutlar - barcha yo‘llar Rimga olib boradi shiorida bo‘ladi va asosan dunyoning qadimiy - tarixiy obidalari, diniy rahnomalar dafn etilgan joylar, tabiatning noyob haykallari joylashgan manzillar bilan bog‘liq bo‘ladi. Masalan, Misrdagi piramidalar, Xitoy, Hindiston, Tailanddagi qadimiy, toshdan qurilgan ibodatxonalar, Makka, Madina, Quddus, Buxoro, Samarqand, Xiva, Vatikan kabi shaharlarga, tabiat haykallari, Niagara sharsharasiga, g‘orlar, buloqlar, tog‘larga boriladigan marshrutlar o‘zgarmaydi. Shaharlar, davlatlar o‘rtasidagi temir yo‘l, havo yo‘li, avtomobil yo‘llari marshrutlari ham deyarli o‘zgarmaydi. «Buyuk Xitoy devori» bo‘ylab o‘tgan marshrut ham bu devor to yo‘qolib ketguncha harakatda bo‘ladi, o‘zgarmaydi.
Tiklanadigan marshrutlar. Bunday
marshrutlar asosan qadimiy marshrutlar bo‘lib asrlar o‘tishi va ilmiy-texnika taraqqiyoti, marshrutda transport turlarining o‘zgarishi tufayli dastlabki ahamiyatini yo‘qotgan
marshrutlar hisoblanadi.
Masalan: Eramizdan oldingi II-

  1. asrlarda mashhur bo‘lgan, asosan tuya karvonlari bilan harakatlanadigan «Buyuk ipak yo‘li» marshrutini tiklash uchun xalqaro harakatlar boshlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning 1995-yil 2-iyunda «Buyuk ipak yo‘li»ni qayta tiklashda O‘zbekiston Respublikasi ishtirokini avj oldirish va Respublikada xalqaro turizmni rivojlantirish borasidagi chora-tadbirlar to‘g‘risida» Farmoni qabul qilindi. Ushbu farmon asosida «Buyuk ipak yo‘li» marshrutini tiklash masalasi qadimiy yo‘l marshruti aniqlanib, zamonaviy avtomagistral yoki zamonaviy temir yo‘l transporti tarmoqlariga aylanishi ham ko‘rib chiqildi. Shu bilan birga tuya karvonlari marshrutini ekzotik turizmni rivojlantirish uchun qisqa masofalarda ham tashkil qilish rejasi ishlab chiqilmoqda.

Download 76,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish